Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


Tafakkur durdonalaridan namunalar Amir Temur va Mirzo Ulug‘bek



Download 2,15 Mb.
bet88/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

Tafakkur durdonalaridan namunalar Amir Temur va Mirzo Ulug‘bek


Amir Temur o‘z yurishlarida Mirzo Ulug‘bekni ham o‘zi bilan olib yurgan. YUrishda bo‘lgan voqealardan biri: Amir Temur oldiga asir olinganlarni keltirishadi. Amir Temur Ulug‘bekka qarab, sinash maqsadida shunday deydi:
«Ulug‘bek, alarni sizga topshirdim, xohlasangiz hammasini o‘ldirgaysiz, xohlasangiz, ozod etgaysiz». Ulug‘bek navkarlarga suv keltirishni buyuradi.
Ulug‘bek: «Bobojon, alar mehmonimiz bo‘ldilar, mehmonni o‘ldirish fazlu karam ahlining rasmi emasdir. Men alarni ozod qilurmen».

Mavzu: Badan tarbiyasi

Badan tarbiya bilan mo‘‘tadil va o‘z vaqtida shug‘ullanuvchi kishi kasalliklarning davosiga muhtoj bo‘lmaydi.


Abu Ali ibn Sino Odatda badan tarbiyasi deyilganda, jismoniy mashqlar qilish tushuniladi. Vaholanki, badan tarbiyasi juda keng qamrovli tushunchadir. Bizning chiroyli ko‘rinishimiz, sog‘ligimiz avvalo badan tarbiyasiga bog‘liq. Badan tarbiyasiga noto‘g‘ri munosabat eng avvalo, tozalikka rioya qilmaslik, to‘g‘ri tanlab va vaqtida ovqatlanmaslik faqat kasalliklarni keltirib chiqaradi. Gavdani to‘g‘ri tutib turmaslik, qiyshiq o‘tirish, hatto gavdani to‘g‘ri tutib uxlamaslik ham chiroyli qomatni tush ko‘rishga sabab bo‘ladi. Kiyimlarni to‘g‘ri tanlamaslik (qonning tomirlarda harakatlanishiga monelik qilar darajada tor, kalta, havo o‘tkazmaydigan kiyimlarni tanlash), sovuq havoda yupun kiyinish, kiyim ranglarini to‘g‘ri tanlamaslik (yozda to‘q rangli kiyimlarni kiyish), ochiq suv havzalarida cho‘milish vaqtlarini bilmaslik kabilar sog‘likka putur etishiga sabab bo‘ladi. Ko‘pincha keksalar noto‘g‘ri xatti-harakatlar natijasiga izoh bermay, “yomon bo‘ladi” deb qaytarishga urinishadi. Ana shu “yomon bo‘ladi”larni sodda usulda izohlashga
harakat qilamiz.
Ota-bobolarimiz bejizga, “YUz ko‘r, hol so‘r”, deyishmagan. Suhbatdoshingiz chiroyli kiyingan, o‘zini yaxshi tutgani bilan undan qo‘lansa hid kelib tursa, tezroq ajralishning payida bo‘lasiz. Mehmonga borganda ba’zi mehmonlarning oyog‘idan kelayotgan badbo‘ylikdan dimog‘ingiz yoriladi. Ba’zan nomutanosib hidli (qo‘ltiq uchun sepilgan dezodarant kiyim ustidan sepilgan atir bilan aralashib badbo‘y hid taratadi) atirlardan foydalanish ham atrofdagilarni Sizdan uzoqlashtiradi. Har kuni yuvinasiz, tishlarni yuvasiz, paypoqlarni almashtirasiz, baribir noxush hid kelaveradi. Xo‘sh nima qilish kerak? Albatta birinchi navbatda o‘zimizni o‘rganishimiz zarur. Mijozimiz qandayligi, bizga nimalar yoqadi-yu, nimalar yoqmasligini bilib olish kerak. CHunki noto‘g‘ri ovqatlanishning o‘ziyoq ko‘p kasalliklarga sabab bo‘ladi. Doimiy quyuq ovqatlar eyish qonning qo‘yilishi va yurak qon-tomir kasalliklarini tezlashtiradi. YOki surunkali ravishda kuchsiz ovqatlarni eyish ham qon bosimining tushishi va lohaslikka olib keladi. Ichak faoliyatini nazorat qilishni ham unutmang.
Avvalo, har kuni ertalab turib, xona havosini almashtirish, badanni (issiq suvda yuvib, qattiq siqilgan) tuki kalta qirqilgan “vafli” sochiq bilan ishqalab artib chiqish kerak. Bu badan teshiklarini tozalab ochib, butun
vujudning nafas olishiga yordam beradi. Inson faqat burundan nafas oladi desangiz, xato qilasiz.
Qadimda bir podsho shahzodani oddiy xalqdan ajralib turishi uchun, butun badanini tilla bilan qoplab chiqishlarini buyuribdi. Zargarlar shahzodaning badaniga tilla suvini surib chiqishibdi. Ertasiga esa hech bir sababsiz shahzoda olamdan o‘tibdi. SHoh tabiblarni shahzodani saqlab qolishmaganligida ayblabdi. SHunda bir tabib, shahzodaning o‘limiga asli shohning o‘zi aybdorligini, tilla suvi tufayli uning vujudi nafas ololmay, bo‘g‘ilib o‘lganini aytibdi.
Demak, badanni doimo toza tutishimiz, ichki a’zolarimizning sog‘ligiga yordam beradi. Ba’zilar o‘zidan kelayotgan badbo‘y hidni yo‘qotish maqsadida tez- tez yuvinishni odat qilishadi. Kunda g‘usl qilishni keksalarimiz maslahat berishmaydi. Ammo tahoratli yurishni talab qilishadi. Agar Siz doimiy pokiza yurish talablariga rioya qilsangizu, badaningizdan noxush hid kelabersa, shifokorga murojaat qiling. Ichki a’zolardagi xastaliklar sabab bo‘lishi mumkin.
* * *
Tishingizni kunda yuvsangiz-u, badbo‘ylikni bartaraf qilolmasangiz, milk shamollagan bo‘lishi yoki tishda kovak paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha yozda muzdek ichimliklar va muzqaymoq eyish natijasida milklar shamollaydi. Issiq taomdan keyin muzdek suv ichish ham yaxshilikka olib kelmaydi. Bu holatlarda ham tish shifokorisiz, yaxshi natijaga erishmaysiz.
Ba’zilarda ko‘p tish kovlash odati bor. Qo‘liga ilingan cho‘pmi, ipmi tish oralarini go‘yo tozalab yurishadi. Aslida to‘g‘ri kelgan narsani og‘izga solish yaramaydi. Quyida manbalardan olingan ba’zi cho‘plar bilan tish kavlashning zarari haqidagi ma’lumotlarni keltiramiz:

  1. Har qanday cho‘p (maxsus tish kovlagich bundan mustasno) bilan tish kavlash sariq va parishonxotirlik kasalliklariga sabab bo‘ladi.

  2. Rayhon cho‘pi bilan kavlamoq tish og‘rig‘iga sabab bo‘ladi.

  3. Anor cho‘pi bilan kavlamoq boshni og‘ritadi.

  4. Idris o‘ti cho‘pi bilan kavlash orqa va biqin og‘rig‘iga sabab bo‘ladi.

  5. Xurmo cho‘pi bilan kavlash faqirlik keltiradi.

  6. YUlg‘un cho‘pi bilan tish kavlash oniy o‘limga sabab bo‘lishi mumkin.

  7. Supurgi cho‘pi bilan tish kavlash qichima kasaliga sabab bo‘ladi.43

Ertalab ko‘chaga chiqishdan avval o‘tkir hidli taomlar (sarimsoq piyozli) iste’mol qilmaganingiz ma’qul.
* * *


6 Abu Homid G‘azzoliy. Ey, farzand.—T.: “Movarounnahr”, 2005. 84-bet.
Oyoq terlashi va hidlanishi ko‘proq yigitlarni qiynaydigan masaladir. Buni ketkazish uchun avvalo tozalikka ahamiyat berish kerak. Oyoq kiyimni to‘g‘ri tanlashga ahamiyat bering. Kattalar bilan maslahatlashing. Haqiqiy teridan tayyorlangan oyoq kiyimlarni tanlang. Botinka, etik va kalta qo‘njli etiklar eng avvalo, nam o‘tkazmaslik xususiyatiga ega bo‘lishi zarur. Ko‘p hollarda ota- onalar farzandining ko‘ngliga qarab, ko‘ziga chiroyli ko‘ringan, ammo oyoqning “nafas” olishiga imkon bermaydigan, ta’bir joiz bo‘lsa, oyoq yuzasida “parnik effekti” hosil qiladigan, eng yomoni, allergik va zamburug‘li kasalliklar qo‘zg‘ashi mumkin bo‘lgan oyoq kiyimlarni xarid qilishadi. SHuning uchun qaysarlik qilmay, kattalarning maslahatiga amal qiling. Uchi uchli oyoq kiyimlarni kiyishdan ham saqlanganingiz ma’qul. CHiroyli ko‘rinishga ega bo‘lgani bilan sog‘ligingiz uchun zararlidir.
Har gal oyoq kiyimni echgandan keyin tozalab, quritib, shamollating. Paypoqlarni kunda almashtiring. Kishida shamollash alomatlari va ba’zi moddalarning etishmovchiligi ham ko‘p terlashga sabab bo‘ladi. Demak, bu holda ham shifokor bilan maslahatlashsangiz foydadan holi bo‘lmaydi.
* * *
14-18 yoshda teri bilan bog‘liq muammolarga ko‘p duch kelinadi. Ayniqsa, husnbuzar toshishi ko‘pchilikni qiynaydi. Bilimsizlik va o‘zboshimchalik oqibatida siqilgan husnbuzarlardan dog‘lar qoladi. Har qanday toshmani siqishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing. Balki bu ichki a’zolaringizning shamollashi yoki noto‘g‘ri tanlangan taom natijasi bo‘lishi mumkin. Bu yoshda o‘ta achchiq, sho‘r, shirin, nordon, yog‘li taomlardan tiyilgan ma’qul. Ko‘p pista chaqish ham mumkin emas.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish