modda. Er, er osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish
Er, er osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(197-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 10 avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015 y., 32-son, 425- modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunining 17 va 18-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining Er kodeksining 40, 79 va 90-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining «Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 7 iyundagi PQ-649-sonli qarori bilan tasdiqlangan
«Er qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish tartibi va shartlari to‘g‘risida»gi nizom.
modda. Ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast etkazish yoki ularni nobud qilish
Olovga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lish natijasida ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast etkazish yoki ularni nobud qilish ko‘p miqdorda zarar etkazilishi yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq bilan jazolanadi.
O‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesish ko‘p miqdorda zarar etkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan etmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch oydan olti oygacha qamoq yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(198-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 10 avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015 y., 32-son, 425-modda)
Ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga qasddan shikast etkazish, ularni payhon qilish, nobud qilish ko‘p miqdorda zarar etkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining etmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(198-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 10 avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015 y., 32-son, 425-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Etkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(198-modda to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 10 avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015 y., 32-son, 425- modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining «O‘rmon to‘g‘risida»gi Qonuni 26-
moddasi, 30-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining
«O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonuni 10-moddasi ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 22 noyabrdagi 506-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi o‘rmonlarida yong‘in
xavfsizligi» qoidalari va «O‘zbekiston Respublikasida o‘rmonni parvarish qilish uchun kesish» qoidalari.
LexUZ sharhi
Do'stlaringiz bilan baham: |