Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 2,15 Mb.
bet8/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

MAVZU: KUCH BILIM VA TAFAKKURDA


XXI asrda har tomonlama etuk, yuksak intellektual, axloqan pok, vatanparvar, sog‘lom hayotiy obrazli yoshlarni tarbiyalash, jamiyatning eng dolzarb vazifalaridan hisoblanib, unga erishish, yurtimizning porloq va buyuk kelajagini belgilashda asosiy omillardan bo‘lib xizmat qiladi. Insoniyat yaralibdiki, bilmagan narsasini bilishga, bilganlarini mustahkamlashga, mustahkamlangan bilimlarini esa amalda qo‘llashga va shu orqali o‘zi uchun etarlicha shart-sharoitlar yaratishga intiladi. Oddiy olovni o‘ylab topgan ibtidoiy jamoa tuzumidagi odamlar davridan to bugungi, ya’ni butun dunyoni bir nuqtadan ko‘rib, kuzatib turgan internet tarmog‘i-yu murakkab kompьyuterlargacha, hamma-hammasiga qadar bo‘lgan vaqt evrilishlarida biz inson deb atalgan oliy xilqatning bilim olishga nisbatan bemisl ishtiyoqi, qiziqishi va g‘ayratini idrok etamiz.
Bilim va hunar egallash insonni ma’naviy kamolot cho‘qqisiga olib chiqadi. YUksak ma’naviyatli inson ilmu ma’rifatda, kasbu kamolotda, madaniyatda barkamol bo‘lib, barchaga ibrat va namuna bo‘la oladi. Bunda, shubhasizki, ma’naviyatning o‘rni va roli birlamchi ahamiyat kasb etadi. Zero, ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir.4
Bilim va hunarning kishilik jamiyatidagi hal qiluvchi maqomi qadimiy madaniyat o‘choqlari bo‘lgan YUnoniston, Hindiston va Xitoyda, shu bilan birga, turkiy xalqlar yozma yodgorliklarida va keyingi davrlarda yaratilgan yozma manbalarda yorqin aks ettirilgan.
Rivoyatlarga ko‘ra, bir kuni Xorazmshoh ot ustida turib Beruniyni hujrasidan chaqirishni buyurgan. Ammo Beruniy nima sababdandir biroz ushlanib qolgan. Sabri chidamagan Xorazmshoh buni o‘zicha talqin qilib, ot jilovini Beruniy tomon burgan va ulovdan endi tushmoqchi bo‘lib turganida Abu Rayhon hujradan chiqqan va shoh oldiga tez etib kelib:

  • Xudo haqqi shohim, bunday qilmasinlar, - deb yalingan.

SHunda Xorazmshoh tamsil tariqasida bunday degan:

  • Ega bo‘linadigan narsalarning eng sharaflisi ilmdir. Barcha unga qarab boradi-yu, lekin u kelmaydi. Ilm har narsadan yuksak, hech narsa undan yuqori bo‘lolmaydi.5



4 Islom Karimov. «YUksak ma’naviyat – engilmas kuch». T.: «Ma’naviyat». 2008. 173 b. B.: 19.
5 H.Homidiy. Qo‘hna SHarq darg‘alari. T.: «SHarq» nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati.1999.345b. B.: 34
«Bilim» so‘zi – 1. Ob’ektiv borliq haqidagi yoki muayyan (ilmiy, madaniy, ma’rifiy, ma’naviy, harbiy va b.) sohalarga oid ilmiy, amaliy ma’lumotlar, tushunchalar, majmui; ilm. Til bilimi. Er bilimi. Huquq bilimi. 2. O‘qimishlilik darajasi, ma’lumot, qobiliyat (eruditsiya) kabi ma’nolarni anglatadi.6
Tarixda yashab o‘tgan ulug‘ donishmand, alloma-yu faylasuflar bilim va kasb-hunarning insoniyat, jamiyat, butun bir davlat hayotida beqiyos o‘rni borligini, davlat va jamiyatning ravnaqi undagi insonlarning bilim darajasi, madaniyati va ma’naviy kamoloti bilan bog‘liq ekanligini o‘z asarlarida ta’rif va tavsif etganlar. Bu borada YUsuf Xos Hojibning “Barcha ezguliklar bilim nafi tufaylidir. Bilim bilan hatto osmonga ham yo‘l topiladi” - deya aytgan hikmatli so‘zi e’tiborli. 7
Ilmu hikmat egallash haqida Abu Nasr Forobiy shunday deydi: “Har kimki ilm-hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, sog‘-salomatligi yaxshi bo‘lsin, yaxshi axloq va odobli bo‘lsin, so‘zining uddasidan chiqsin, xiyonat, makr va hiyladan uzoq bo‘lsin, diyonatli bo‘lsin, barcha qonun-qoidalarni bilsin, bilimdon va notiq bo‘lsin, ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin, barcha real, moddiy narsalar to‘g‘risida bilimni egallasin”.8
Ajdodlarimizdan biri o‘z davrining buyuk siymosi, alloma Abu Abdulloh Muhammad ibn-Ali ibn al-Xasan ibn Bashir al-Hakim at-Termiziy o‘z asarlaridan birida “Ustozim – volidamdan judo bo‘lganda men sakkiz yoshda edim. Uning sa’yi harakatlari bois men ilm olishga shunday berilib ketgandimki, kitob mutolaa qilish men uchun asosiy mashg‘ulot bo‘lib qolgan edi. Vaholanki, mening tengqurlarim o‘yin-kulgu, vaqtixushlik bilan band bo‘lardilar. Volidamning ijtihodlari tufayli men shu yoshimda “Ilm al- osor” (hadis ilmi) va “Ilm ar-ray” (Hanafiy mazhabi fiqhi) bilimlarini to‘liq egallab olgan edim”, - deya farzandlarning ilm olishida ota-onalarning roli kattaligini aytib o‘tadi.
Ilm-fanning har bir sohasi jamiyat va davlatning taraqqiyotida asosiy rolь o‘ynaydi. SHu bois ham tarixda yashab o‘tgan ma’naviyati yuksak adolatparvar, yurtparvar podshohlar o‘z atrofiga ilm-fan sohalarining mashhur namoyondalarini, ilm va ijod ahlini jamlagan. Ular uchun etarlicha imkoniyat hamda sharoitlar yaratib, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlaganlar. YUksak saviyadagi ilmiy-ijodiy muhitni qaror toptirganlar. Obodonchilik, bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishgan. Bunga qadim Xorazmdagi Ma’mun




6 O‘zbek tilining izohli lug‘ati. T.: «O‘zME». 1-jild. 679 b. B.:260
7 Tafakkur durdonalari. T.: «YAngi asr avlodi».2012. 381 b. B.: 113.
8 O‘sha manba. B.:114.
akademiyasini, Sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy, Amir Umarxon, Muhammad Rahimxon Feruz va Ogahiy kabi davlat hamda jamoat arboblarining faoliyatini misol qilish mumkin.
Xususan, Sohibqiron bobomiz Amir Temurning bu boradagi faoliyati xususida tarixchi Ibn Arabshoh shunday yozgan: “Temur olimlarga mehribon bo‘lib, sayyidu shariflarni o‘ziga yaqin tutardi. Ulamolar va fozillarga to‘la- to‘kis izzat ko‘rsatib, ularni har qanday kimsadan batamom muqaddam ko‘rardi. Ularning har birini o‘z martabasiga qo‘yib, o‘z ikromu hurmatini unga izhor etardi. Ularga nisbatan o‘z muruvvati bisotini yoyardiki, bu muruvvati uning haybati bilan aralash edi. Ular bilan mazmunli bahs ham yuritar ediki, bu bahsida insofu hishmat bo‘lardi. Uning lutfi qahri ichiga qorilgan bo‘lib, qo‘rsligi ezguligi orasiga qo‘shilgan edi… ”. Albatta, Amir Temur yurtida ilm-fan ahli, ijodkor uchun yaratilgan bunday shart-sharoit va g‘amxo‘rlik tufayli Samarqand dunyoning ma’rifat markazlaridan biriga aylandi, diniy ilmlar va dunyoviy fanlar barqaror rivojlandi. Tarix bizga hikoya qiladiki, Sohibqiron Movarounnahrning hamma joylaridan, yaqin va O‘rta SHarq o‘lkalaridan, tobe mamlakatlardan juda ko‘p fan va san’at ahllarini poytaxtga to‘pladi. YAna Ibn Arabshohning ma’lumotlariga tayanadigan bo‘lsak, “…Temur har bir (foydali) jonni yig‘ib, nimaniki narsa bo‘lsa sarasini Samarqandga keltirdi. Natijada Samarqand har bir ajib fan ahli namoyandasidan va san’atlar g‘aroyib uslubdan fazilati peshonasidan nishona bo‘lib, o‘z tengqurlaridan ustun turgan o‘z sohasida alloma kishilar yig‘ilgan edi”.
Ilm olish ham oliy qadriyatlardan sanaladi. Hadislarda bilimni takrorlab borish, bilimni faqat uni olishga ishtiyoqmand kishilargagina berish joizligi qayd qilingan. SHuningdek, hadislarda bilim kishining fahm-farosatini o‘tkir, zehnini zukko, xotirasini kuchli qilishi ta’kidlanadi va “Ilmu xunarni CHin (Xitoyda)dan bo‘lsa ham borib o‘rganinglar”, - deb da’vat etiladi. SHunga ko‘ra “Olim bo‘l yoki bilim o‘rganuvchi bo‘l, yoki tinglovchi bo‘l, yo bo‘lmasa bilimga va ilm ahliga muhabbatli bo‘l. Beshinchisi bo‘lma, halok bo‘lasan”, - deyiladi.
Buyuk vatandoshimiz faqix Abu Lays Samarqandiy o‘zining “Tanbehul- g‘ofilin” kitobida qiziq bir voqeaga o‘quvchining diqqatini tortadi. Basra shahri ahli orasida ixtilof chiqadi. Ba’zilari, ilm moldan afzal, deyishsa, ayrimlari, mol ilmdan afzalligini aytadi. Ibn Abbos har ikki tomondan kelgan elchilarga ilm afzalligini aytib, shunday deydi: “Ularga ayt, ilm payg‘ambarlarning merosi, mol esa, fir’avnlarning. Ilm seni qo‘riqlaydi, sen
molni qo‘riqlaysan. Ilmni Alloh yaxshi ko‘rganigagina berur, molni esa yaxshi ko‘rganiga ham, yomon ko‘rganiga ham beraveradi”9.
Ilmga intilgan kishi eng yaxshi insondir. Ilmdan yuz o‘girishni esa insoniylikdan yuz o‘girish deb bilmoq kerak. Ilmga amal qiluvchi olim - olam nuridir. Insonlar shu nurga intiladilar, tog‘larga chiqqan insonlar rohatlangani kabi ilmga rag‘bat qilgan aql egasi olimlarning oldiga borganda ajib bir huzur topadi. Imom G‘azzoliy hazratlari ilmiga amal qilmagan ustozni boshqalarni kiyintirgani holda o‘zi yalang‘och qolgan ignaga o‘xshatganlar. Hazrati Navoiy bobomiz esa “Ilm o‘qib unga amal qilmagan - erni haydab, urug‘ sepmagan yoki urug‘ sepib, hosildan bahra olmaganga o‘xshaydi”, - deya ta’kidlaganlar.
Har qanday ilm olishdan avval, vaqtning qadriga etishni o‘rganish zarur. “Vaqt o‘tkir qilichdirki, unga qo‘l siltagan odamning qo‘li kesiladi” (Xalq maqoli). Mashhur matematik va kibernetik olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra inson miyasi taxminan 1020 (100000000000000000000) birlik informatsiyani qayd qila oladi. Boshqacha aytganda, u Moskvadagi eng yirik kutubxonaning millionlab tomidagi informatsiyani o‘zida qayd qila oladigan darajadagi noyob tabiiy qurilmadir. Genetik olim, akademik N.P.Dubinin inson miyasining imkoniyatlari haqida shunday yozadi: “Inson qanchalik genial bo‘lmasin, u o‘z hayoti davomida miyaga berilgan imkoniyatlarning milliarddan bir qismidangina foydalanadi” (e’tibor qiling-a, milliarddan bir qismidangina!).
YOshlikda ilm olishning o‘zi etarli emas. Uni amaliyotga tatbiq eta olmasa, vaqtini behuda o‘tkazgan bilan barobardir. “Ilm bilan amaliyot taom bilan tuzga o‘xshaydi. Kimda mana shu ikki narsa mavjud ekan, u to‘la ma’noda, dono hisoblanadi. (CHunki) ovqatni tuzsiz iste’mol qilish mumkin, ammo tuzni taomsiz ishlatib bo‘lmaydi” (Majid Havofiy “Ravzati xuld”).
Ilmsizlik kishini jaholatga boshlaydi. Ajdodlarimizning asarlarida ilmsizlik oqibatida dunyodan bevaqt o‘tgan kishilar haqidagi qator hikoyalarni o‘qiganmiz. Ammo bugungi kunga kelib, ilmsizlik, ko‘r-ko‘rona ergashish millionlab kishilarning yostig‘ini quritmoqda. Bilimli, ongli odam, oriyatli shaxs, vijdonli kishi shamoltabiat bo‘lmaydi, millat va mamlakat istiqloli, istiqboli bilan bog‘liq muqaddas narsalarni arzon- garovga sotmaydi, baqiriq-chaqiriqlarga quloq tutmaydi. Bilimsizlik natijasida o‘qib-o‘rganishdan erinib, chalamullalardan eshitganiga ishonib tafakkuridagi bo‘shliqni to‘ldirayotgan kishilar dunyoni ostin-ustun qilmoqda. Qurbonlar orasida o‘zlarining yaqinlari ham bo‘lishi ularni seskantirmaydi


9Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul-g‘ofilin. –T.: 2013. –B. 367, 369.
ham. Ilmsizlik oqibatida ular baxtsizlikka mahkum bo‘lganlar. Aslida insonning eng yuksak xususiyati uning baxtga erishganligidadir. Baxtga esa, faqat foydali bilimlarni o‘zida jamlash orqali erishish mumkin. CHunki inson dil rohatining eng yuqori cho‘qqisi – bilim olish jarayonidir. Dunyoda ikkinchi muallim deb tan olingan bobomiz Forobiy barcha kishilarning baxt egasi bo‘lishini istab, ularga tinmay bilimlar egallashni tavsiya qiladi. Haqiqatan ham, inson uchun oliy baxt bu tafakkur degan oliy tuhfani tangri tomonidan in’om qilinganligidir. SHu bois bu in’omni qadriga etib, tinmay ilm o‘rganishimiz va ezgulikni qalbimizga singdirishimiz lozim.
Inson hayotini faqat tirikchilik tashvishi-yu qorin g‘ami belgilamaydi. Inson uchun moddiy ehtiyojdan ko‘ra ko‘proq tafakkurni qamragan, ruhiyatni band etgan ma’naviyatni belgilovchi shunday g‘oyalar, fikrlar, ideallar, orzu- niyatlar borki, ular har bir yurakni to‘lqinlantirib, jamiyat atalmish borliq ummonini tashkil etadi va uni istiqbol sari chorlaydi. Insonning ma’naviy kamolotga etishishi yuksak xulq, odob, ilm va fanni egallash asosidagina amalga oshishi mumkin. Muhammad ibn Muso Xorazmiy bobomiz bilishni sezgidan mantiqiy tasavvur orqali farq qilishi haqida "Sezgi orqali bilish
– qisman bilish bo‘lsa, mantiqiy bilish esa haqiqiy bilishning muhim tomonini namoyon etadi" degan fikrni aytgan. Forobiy bobomiz esa er yuzida faqat insongina bilish qobiliyatiga ega. Haqiqatni bilish esa insonning tabiiy rivojlanish holatidan biridir, degan. Inson zotiga ikki xususiyat mansub, deydi alloma. Biri tabiatdan berilgan xususiyatlar, ikkinchisi uning o‘z xohish va ixtiyori bilan ta’lim va tarbiya orqali orttirilgan xususiyatlaridir. Ma’rifat tarbiyalanuvchining xohish va irodasini kerakli yo‘nalishda boshqarish san’atidir deb, aytgan. YUqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, millatning ma’naviy qo‘rg‘oni faqat shu millatni o‘zi va o‘z ichidan etishib chiqqan daholari orqali, shuningdek umumbashariy qadriyatlarning insonparvar g‘oyalari ta’siridagina yuksalishi mumkin.
Kuchli davlat va kuchli jamiyatni kuchli bilim va tafakkurga ega kishilargina barpo qila oladi. Buni hech birimiz unutmasligimiz darkor.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish