Navoiy asarlaridan namunalar Tovusning arzi. Men qasru gulshanlarga chiroy beruvchiman. Tangri bergan go‘zalligimni ulus tamosho qiladi. Menga nasib bo‘lgan ish shudir.
Boshqasiga men toqat qila olmayman.
Hudhudning javobi. Odamlik tashqi chiroy tufayli emas. Kimki bunday chiroy bilan gerdaysa, u odam emas. Er kishi dardu mehnat bilan yaxshidir.
Tashqi chiroy faqat masxaraga sabab bo‘ladi, g‘urur boisi bo‘la olmaydi.
Hikoyat. Bir hindi yasan-tusan qilib bezanib, yoniga o‘ziga o‘xshagan o‘yinchi va cholg‘uchini olib, ko‘p masxarabozlik bilan hunar ko‘rsatdi. SHunda muxtasiblar ularni tutib xo‘b kaltalashdilar.
Qadimda bir mamlakatning podshohi bo‘lib, u qafasda odamxo‘r itlar saqlar, kimki ayb va gunoh etsa, uni ana shu itlar orasiga tashlar ekan. SHohning xizmatida esa bir xizmatkor yigit bo‘lib, sadoqat va vafoda tengsiz ekan. SHohning ham bu yigitga mehri baland bo‘lib, unga hamisha ishonar va muhim ishlarni unga buyurar ekan.
Kunlardan bir kun ne bo‘libdiki, xizmatkor yigitning bir xatosidan shoh qattiq g‘azabga kelibdi va mulozimlariga yigitni odamxo‘r itlar ichiga tashlashni buyuribdi. Ikki o‘t orasida qolgan mulozimlar afsus va nadomat chekkancha, yigitni itlar orasiga tashlab, qafasning eshigini yopibdilar-da, yuraklari dosh berolmay, beixtiyor qafas oldidan ketibdilar.
Oradan kunlar o‘tibdi, kunlar o‘tgan sari shoh xizmatkorini esga olib battar ezilaveribdi. Ko‘z oldidan uning odobu tavoze’ bilan turgan nurli siymosi aslo ketmabdi va o‘ziga “Jahl ustida bunday hukm etganim chakki bo‘ldi, o‘ylab ko‘rsam, unda gunoh yo‘q ekan. Afsus, shunday bilimli va sadoqatli xizmatkorimning umriga zomin bo‘ldim. Allaqachon uning suyaklari ham qolmagan bo‘lsa kerak”-debdi o‘ziga-o‘zi va beixtiyor itlar saqlanuvchi qafas yoniga boribdi. Borib, hayrat ichra qotib qolibdi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, xizmatkor yigit bus-butun holda itlar orasida o‘tirgan ekan. Itlar uning hech eriga tegmagan, aksincha, ular yigit atrofida parvonadek aylanib yurar edi.
Butun vujudini hayrat olovi kuydirayotgan shoh yarim mehr, yarim hukm ohangida so‘rabdi:
Nechun bunday voqea yuz berdi. Nechuk itlar senga tegmadilar?
Yigit odob bilan o‘rnidan turib, shohga salom beribdi. Qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, ta’zim etibdi va ijozat so‘rabdi. SHoh izn bergach, odob bilan so‘z boshlabdi:
SHohim, xizmatingizda yurganimda nogoh itlar oldidan o‘tgan vaqtimda shul itlarga o‘zim eb turgan nonimning bir bo‘lagini tashlab o‘tardim. Ularni o‘zimga do‘st tutishni istardim. CHunki qachondir siz qaysidir aybim uchun meni jazoga loyiq topib, itlar orasiga tashlaganingizda, ular ichida omon qolishni xohlardim.
Podshoh xizmatkor yigitning donoligi va muruvvatiga qoyil qolibdi. Bundan keyin uni asrab-avaylashni ko‘ngliga qattiq tugib, in’om-ehsonlar beribdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |