Kashanda o‘z vaqtida nos qabul qilmasa:
kayfiyati yomonlashadi; boshi og‘riydi;
boshi aylanadi; yuragi o‘ynaydi; bo‘shashadi;
sovuq ter bosadi; ishtahasi yo‘qoladi;
atrofdagilarga qo‘pol muomala qiladi; ishlagisi kelmaydi;
o‘zlashtirish, fikrlash kabi aqliy ish bajarish qobiliyati pasayadi;
uyqusizlik paydo bo‘ladi; xotirasi yomonlashadi;
o‘qigan, ko‘rgan, eshitgan narsalarini esida saqlay olmaydi.
Kashanda organizmining nos tarkibidagi kimyoviy moddalardan zaharlanishi chuqurlashib boradi. Uning yuragi, o‘pkasi, jigari, buyraklarining zararlanishi tufayli harakatlanganda:
nafasi qisadi; yuragi o‘ynaydi;
arterial qon bosimi ko‘tariladi; tomir urishi tezlashadi;
rangi oqaradi; lablari ko‘karadi;
jigar sohasida (o‘ng qovurg‘a ostida) og‘riq paydo bo‘ladi;
buyraklarining kasallanishi tufayli ertalab uyqudan turganda ko‘zlarining osti shishadi;
kechqurun esa oyoqlari shishadi.
SHunday qilib, ko‘p yillar nos chekish natijasida odam asta-sekin aqliy va jismoniy jihatdan zaiflashadi, ish qobiliyatini yo‘qotadi, vaqtidan ilgari keksayadi va “nogiron”ga aylanadi.
Spirtli ichimliklar ichish oqibatlari
Spirtli ichimliklarni muttasil qabul qilish kishini, avvalo, insoniylikdan chetlashtiradi:
oila ham, ijtimoiy hayot ham qiziqtirmay qo‘yadi;
jamiyat va davlat oldida mas’uliyat sezish hissini yo‘qotib qo‘yadi;
dangasalik avj oladi;
bezorilik qilishdan or qilmaydi;
axloqsizlikning har qanday namunasini ko‘rsatishdan uyalmaydi;
qonunni buzishga aloqador har qanday xatti-harakatni amalga oshiradi.
Spirtli ichimliklarni uzoq vaqt iste’mol qilgan kishining miya nerv hujayralari zararlanadi. Qator kasalliklarning belgilari namoyon bo‘la boshlaydi:
diqqat-e’tiborini bir joyga to‘play olmaydi; xotira quvvati susayadi;
ko‘zi xiralashadi;
qulog‘i ham og‘ir tortib qoladi; jig‘ildoni qaynaydi;
kekirganda tomog‘iga achchiq suv keladi; tinimsiz og‘zi quriydi;
ko‘ngli ayniydi...
Ichkilikning zararli ta’siri moddalar almashinuvi, ayniqsa, vitaminlar almashinuvining buzilishiga olib keladi. Qo‘l barmoqlari, ko‘z qovoqlari, til uchining titrashi, shuningdek, har kuni bajarib yurgan oddatdagi ishini bajara olmay qolishi mumkin.
Akademik I.P.Pavlov shirakayflikni o‘z belgilari bilan shizofreniya (aqldan ozish) kabi og‘ir kasallikni eslatadigan asab-ruhiy kasallikka ixtiyoriy ravishda mubtalo bo‘lish, deb hisoblar edi.
Alkogolning zararli ta’siri organizm qancha yosh bo‘lsa, shuncha yuqori bo‘ladi. Ayniqsa, o‘smirlarda 5-6 oy davomida (kattalarda 3-5 yilda) alkogolni iste’mol qilish natijasida alkogolizm kasalligi rivojlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |