3.2. Mavzuni Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‟tish yuzasidan
metodik tavsiyalar
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‟ng ta‟limda islohotlar
o‟tkazilishi hayotimizning muhim mohiyatli yo‟nalishi hisoblanadi. Hozirgi kunda
kadrlar tayyorlash va ta‟lim tizimida islohotlarni amalga oshirishning kontseptual
asoslari ishlab chiqilgan. Bu kontseptsiyaning asosi kadrlar tayyorlash Milliy
modeli hisoblanib, bu model “Islom Karimov modeli” nomini oldi. Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi jahon ta‟lim tizimlarining yutuqlarini yosh avlodni
tarbiyalashdagi bizning ajdodlarimiz ko‟p asrlik tajribalarini o‟z ichiga olgan.
Respublikamizning rivojlanishi o‟ziga xosligini hisobgan olishga, o‟zbek
xalqining mentalitetiga asoslangan.
O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta‟kidlab o‟tganidek:
«Aslida ta‟lim-tarbiya sohasidagi islohotning chegarasi yo‟q. Toki hayot davom
etar ekan, ta‟lim ham, tarbiya sohasida chuqur o‟zgarishlari amalga oshirildi. Bu
o‟zgarrishlar butun ta‟lim mazmunini qayta tashkil etishni, ta‟lim muassasalari
faoliyatini, maqsad va vazifalarini hamda ularni boshqarishni o‟zgartirishni talab
etdi»
1
.
O‟sib kelayotgan yosh avlodga ta‟lim berish va tarbiya qilish tizimini
rivojlantirish ham zamon o‟rtaga qo‟yayotgan yangi-yangi talablarga ko‟ra
mustaqil ravishda o‟zgarib-yangilanib boraveradi
2
.
Hozirgi kunda pedagogik adabiyot, ta‟lim muammolariga oid ma‟ruzalar,
rasmiy hujjatlarda keng qo‟llanilayotgan “yangi pedagogik texnologiya”, “ilg‟or
pedagogik texnologiya”, “zamonaviy pedagogik texnologiya” iboralari XX
asrning 20-yillarida birinchi bor pedagogika bo‟yicha asarlarda tilga olingan.
Texnologiya - tushunchasi yunoncha “mahorat”, “san‟at‟, “tushuncha”,
“o‟rganish” demakdir. Texnologiya tushunchasi ishlab chiqarish jarayonidagi
texnologik operatsiyalar va mahsulotni tayyorlash mazmuni (sirlari) bilan
1
Karimov I. A. O‟zbekiston buyuk kelajak sari.- T., 1998. –62- b.
2
Pedogogik texnologiyalar fanidan ma‟ruzalar matni. TDPU. - T., 2007. – 10-b.
bog‟langan. Texnologiya so‟zi zamirida jarayonlarni amalga oshirish usullari va
vositalar haqida bilimlar yig‟indisi, shuningdek, ob‟ektda sodir bo‟ladigan sifat
o‟zgarishlari tushuniladi.
Ta‟lim texnologiyasi ta‟lim metodikasi tushunchasiga qaraganda kengroqdir.
Pedagogik
texnologiya
deganda,
texnologik
(ishlab
chiqarishdagi)
yondashuvlarga aynan o‟xshash bo‟lgan ta‟limda qo‟yilgan maqsadlarga erishish
kafolatlangan (yakuniy natijani olish) ta‟lim jarayoni tushuniladi. Bunday ta‟lim
jarayoni texnologiyalashtirilgan deyiladi. Texnologiyalashtirilgan ta‟lim jarayonida
o‟qituvchi shaxsiga bog‟liq bo‟lmagan faqat o‟quvchi (talaba) ning shaxsiy
ehtiyojlari, talablari va xislatlariga asoslangan ta‟lim jarayonidir. O‟quvchi (talaba)
ta‟lim jarayoni markazida turadi. Bunda darsni kim olib borayapti (tajribali
o‟qituvchimi yoki yosh o‟qituvchimi) qat‟iy nazar ko‟zlangan yakuniy natija
(maqsadga ko‟ra) ga erishish kafolatlanishi lozim. Ta‟limda o‟qituvchi faqat
ijrochi vazifasini bajaradi
1
.
O‟qituvchi va o‟quvchi-talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday
texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy
maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunda o‟quvchi-talabalarning bilim
saviyasi, guruh harakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi,
masalan, natijaga erishish uchun balkim, kompьyuter bilan ishlash lozimdir,
balkim film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot
texnologiyasi kerak bo‟lar, bular o‟qituvchi va o‟quvchi-talabaga bog‟liq.
“Mustaqillik yillarida O‟zbekistonda ijtimoiy siyosat va uning mohiyati”
mavzusini Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‟tishda dars jarayonida
quyidagi pedogogik texnologiyalardan foydalanilsa mavzuni o‟quvchilar yaxshi
tushunadi va darsdan ko‟zlangan natijalarga erishiladi:
1. “Tushunchalar tahlili” pedogogik tehnologiyasi. Bunda mavzu yuzasidan
tushunchalar tarqatma material shaklida o‟quvchilarga tarqatiladi.
O‟quvchilar tushunchalar yoniga o‟zlari egallagan bilimlar asosida
1
Jo‟raev R.H., Raximov B.X., Xolmatov Sh.F.Yangi pedogogik texnologiyalar. - T., 2005. 9-b.
berilgan tushunchani qanday tushungan bo‟lsalar shunday izoh yozadilar.
Shundan so‟ng o'qituvchi har bir tushunchaning tog‟ri izohini o‟qiydi va
o‟quvchilar o‟zlari yozgan izohlar bilan o‟z-o‟zini tekshiradi. Ushbu
pedogogik tehnologiyadan foydalanish o‟quvchilarning mavzu yuzasidan
kerakli tushunchaga ega bo‟lishi,o‟z-o‟zini tekshirishi, baholashi va
bilimlarini yana bir bor mustahkamlashi imkonini beradi.
2. “Muloqot” pedogogik tehnologiyasi. Ushbu pedogogik tehnologiyani
qo‟llashda mavzu yo‟nalishlarga ajratiladi va o‟quvchilar yo‟nalishlar
bo‟yicha guruhlarga ajratiladi. O‟quvchilar o‟zlarining yo‟nalishlari
bo‟yicha tayyorgarlik ko‟radi. Shundan so‟ng o‟quvchilar o‟rtasida asosiy
mavzu va uning yo‟nalishlari bo‟yicha muloqot olib boriladi. Ushbu
tehnologiyadan foydalanish jarayonida o‟qituvchining guruhlar fikrini
muayyan maqsadga yo‟naltirib borishi o‟quvchilarning mustaqil
fikrlashlariga imkon beradi.
3. “Aqliy hujum” usuli. Ushbu usul mavzu e‟lon qilingandan keyin
o‟quvchilar ushbu mavzu yuzasidan qanday bilimga ega ekanliklarini bilib
olish yoki darsning yakunida o‟quvchilarning mavzuni qanday
tushunganliklarinitekshirishda samarali hisoblanadi.
4. FSMU pedogogik tehnologiyasi. Bu tehnologiyani qo‟llashda o‟qituvchi
o‟quvchilar bilan bahs mavzusini belgilab oladi. FSMU tehnologiyasining
4 bosqichi yozilgan qog‟oz varaqlari tarqatiladi va o‟quvchilar ularni
shaxsan to‟ldiradi. Bunda har bir o‟quvchi mavzu yuzasidan bergan fikrini
sababini
ko‟rsatishi
lozim.
Ushbu
tehnologiya
yordamida
o‟quvchilaro‟zlarining mustaqil fikrini aniq bayon etishga o‟rgatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |