Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat



Download 0,63 Mb.
bet9/9
Sana05.12.2019
Hajmi0,63 Mb.
#28568
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5397947964566013390




Ikkinchi bosqich







o’qituvchi

talab

jamoa

faol

talab

jamoa



To’rtinchi bosqich




Uchinchi bosqich




Jamoaga qo’yilayotgan talablar mazmunidagi farq jamoa rivojlanishi bosqichini aniqlovchi yorqin tashkiliy ko’rsatkich sanaladi. Jamoaning amaliy faoliyati mazmuni, jamoa a’zolarining jamoa oldidagi javobgarligi, ular o’rtasidagi ijodiy hamkorlik, shuningdek, ularning xulq-atvori axloqiy kamolot darajalarini ko’rsatuvchi muhim belgilar sifatida namoyon bo’ladi. Jamoani shakllantirishda uning hayotini belgilovchi ichki jarayonining mohiyatini inobatga olish zarur.

Bugungi kunda o’qituvchi-olimlar (L.I.Nikova va boshqalar) bolalar jamoasining rivojlanish jarayonining mohiyatini tahlil qilar ekanlar, uni qo’yidagi uch bosqichga bo’ladilar:

a) jamoani dastlabki jipslashtirish;

b) jamoani shakllantirish asosida uning har bir a’zosini individual rivojlantirish;

v) jamoaning umumiy faoliyatini yo’lga qo’yish.

Jamoa hayotida muhim o’rin tutuvchi har bir bosqichni ajratib ko’rsatish yuqorida bayon etilgan fikrlarga zid emas, balki shaxsning rivojlanishida jamoaning yetakchi ahamiyatini ta’kidlaydi.

A.S.Makarenko jamoa a’zolari o’rtasida yuzaga keluvchi munosabatlarining ichki xususiyatlariga katta ahamiyat bergan edi. Pedagog jamoada shakllangan eng muhim quyidagi belgilarni ajratadi

1) major - doimiy tetiklik, o’quvchilarning faoliyat (harakat)ga tayyorliklari;

2) o’z jamoasining qadriyatlari mohiyatini tushunish, uning uchun g’ururlanish asosida o’z qadr-qimmatini anglash;

3) jamoa a’zolari o’rtasidagi do’stona birlik;

4) jamoaning har bir a’zosida qaror topgan do’stona birlik;

5) tarbiyali, ishchan harakatga yo’llovchi faollik;

6) hissiyotni boshqara olish hamda muloqot odobiga amal qilish ko’nikmasi.

Jamoani shakllantirishda jamoa a’zolari va ularning faoliyatlariga qo’yiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi. Yagona talab o’quvchilarning dars jarayonidagi, tanaffus, sinfdan tashqari ishlar vaqtidagi, shuningdek, jamoat joylari hamda oiladagi xulq-atvor qoidalarni o’z ichiga oladi. Puxta o’ylab qo’yilgan talablar tizimining muntazam amalga oshirilishi maktabda muayyan tartibning o’rnatilishini ta’minlaydi.

3.O’quvchilar jamoasini shakllantirish shart-sharoitlari.

Sizningcha o’qituvchilar tomonidan qo’yiladigan qanday talablar jamoani jipslashuviga hizmat qiladi?

O’qituvchilar tomonidan qo’yilgan talablar quyidagi sharoitlarda ijobiy natija beradi:

1. qo’yilayotgan talablar o’quvchi shaxsini hurmat qilish tuyg’usi bilan uyg’unlashgan bo’lishi kerak.

2. Talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni hisobga olgan holda qo’yilishi lozim.

3. Jamoaga nisbatan qo’yilayotgan talablar aniq bo’lishi lozim.

4. O’quvchilarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi hamda muomalasiga nisbatan qo’yilayotgan talablar, ularda ma’naviy madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi shart.

O’quvchi qo’yilayotgan talablar hajmi va tizimini bilibgina qolmasdan, talab qo’yish metodikasini ham o’zlashtira olgan bo’lishi kerak. O’quvchilar jamoasiga nisbatan talablarni qo’yish metodikasi bolalarni talablar mazmuni bilan tanishtirish, talablarning ahamiyatini tushuntirish, tajriba orttirish hamda o’quvchilar faoliyat, shuningdek, qo’yilayotgan talablarning bajarilish holatini muntazam suratda nazorat qilib turishdan iborat. O’quvchilarni talablar bilan tanishtirish ko’pincha umumiy majlislarda amalga oshiriladi, bunda ta’lim muassasasining direktori yoki o’quv ishlari bo’yicha direktr o’rinbosari istiqbol rejalari va ularni amalga oshirish jarayonidagi talablar mazmuni bilan o’quvchilarni tanishtiradi. Batafsil tanishtirish ayrim hollarda amalda ko’rsatish, keyinroq sinflar bo’yicha sinf majlislari yoki maxsus suhbatlarni uyushtirish asosida amalga oshiriladi. Xulq-atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan talablar bilan tanishtirish mazkur talablar ustida mashq qildirish bilan qo’shib olib borilishi kerak. Xulq-atvorni tarbiyalash ongni tarbiyalashga qaraganda ancha murakkab ish. O’quvchilar talablar mohiyatini yaxshi anglashlari mumkin, biroq aksariyat hollarda ularga rioya qilmaydilar. SHu bois muntazam ravishda mashq qildirish madaniy xulq-atvorni odatga aylantiradi. Talablarning qo’yilishi jarayonida ularga o’quvchilarning amal qilishi ustidan nazorat o’rnatish lozim. Nazorat qilib borish turli shakllar yordamida amalga oshiriladi, chunonchi, xulq-atvor jurnalini yuritish, sinfdagi navbatchilik uchun stendda baholarni qayd etib borish va boshqalar. qo’yilayotgan talablarning bajarilishi yuzasidan olib borilayotgan nazorat muntazam ravishda, izchil olib borilishi va haqqoniy bo’lishi zarur. Olib borilgan nazorat natijalaridan o’quvchilarni ogoh etib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Jamoani uyushtirish va jipslashtirish unda faol (aktiv)ni tarbiyalash bilan chambarchas bog’liq. Har bir o’qituvchining jamoani shakllantirish borasidagi harakti jamoaning tayanch yadrosini tanlashdan boshlanadi. Jamoa faolini shakllantirish jamoaning u yoki bu faoliyatiga nisbatan ehtiyoji mazmunidan kelib chiqadi. Ishonchli, ishchan jamoa faolini yaratish uchun o’qituvchi o’quvchilar faoliyatini ularning jamoa ishlaridagi ishtiroki, xulq-atvorini kuzatib borishi har bir o’quvchining ijtimoiy faoliyatni tashkil etish layoqatini aniqlash zarur. Jamoa faolini shakllantirishda o’quvchilarning jamoadagi obro’sini ham inobatga olish lozim. Jamoa faoli tarkibini bolalarning o’zlari, albatta, o’qituvchi ishtirokida va rahbarligida tanlasa maqsadga muvofiq bo’ladi. O’qituvchi jamoa faoli bilan maslahatlashish asosida tarbiyaviy faoliyatni tashkil etadi. Jamoa faolining har bir a’zosi zimmasiga muayyan vazifani yuklash, ularning ma’lum davrda ana shu vazifalar yuzasidan hisobot berib borishlariga erishish maqsadga muvofiq. O’qituvchi aynan faolga oshirilgan talab qo’yadi. O’quvchilar jamoasida faol rahbarligida o’z-o’zini boshqarish jamoa a’zolaridan ayrimlarining boshqasi ustidan ustun kelishiga olib kelmasligi kerak. SHu bois o’qituvchi faolni maqsadga muvofiq faoliyat yuritishini nazorat qilib borishi lozim. O’quvchilarning o’z-o’zini boshqarishi bu o’qituvchilar tomonidan tashkil qilinadigan jamoa ishini uyushtirish va boshqarishda o’quvchilarning faol ishtirok etishidir. O’z-o’zini boshqarishning shakllari orasida jamoa a’zolarining yig’ilishi, konferentsiyasi hamda turli komissiyalar (masalan, o’quv komissiyasi yoki tozalik komissiyasi) faoliyati muhim o’rin tutadi.
Eng qadimgi davrdan VII asrgacha ta’lim-tarbiya, metodologik fikrlar

Insoniyat faoliyatining asosiy turi sifatida tarbiyaning yuzaga kelishi mil.av. 40-35 ming yilliklarda zamonaviy qiyofadagi odamlar (“homo sa­piens”- “ongli odam”)ning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida mehnat tarbiyasi yetakchi o’rin tutgan. Ana shu asosga ko’ra mehnat bilan bog’liqlikda kishilar uch guruhga bo’lingan: 1) bolalar va o’smirlar; 2) ijtimoiy hayot va mehnatda to’la ishtirok etuvchilar; 3) keksalar.

Co’nggi paleolitda insoniyat o’z taraqqiyotida yana bir bosqich yuqori ko’tarildi. Odamlar ilk to’da tarzida yashamay qo’ydilar va qarindosh-urug’chilik jamoalariga bo’lindilar. Jamiyatda juft oilalar paydo bo’ldi, ular ayrim urug’larni birlashtirib, urug’ jamoasini tashkil etdilar. Odamlar g’orlardan tashqari erto’la va chaylasimon uylarda ham yashashga o’rgandilar. Juft oilalarning paydo bo’lishi haqida kichik uy-joylarning tarqalishi darak beradi.

O’sha zamon jamoasida ona-ayolning ijtimoiy o’rni baland bo’lib, urug’ uning nomi bilan boshlangan. Ayollar uy, o’choq va muqaddas olovning egasi sifatida uy xo’jaligida hamda bolalarni tarbiyalash jarayonida, o’choqda o’tni saqlashda, ovqat pishirishda, ro’zg’or buyumlarini, mehnat qurollarini qo’riqlash, uy-boshpanani asrash paytida muhim vazifalarni bajarganlar.

Mezolit davrida O’zbekistonda qoyatosh suratlari kashf etilgan. Ularning ba’zisi rang berib cheqilgan, ba’zilari o’yib ishlangan. Surxondaryo viloyatidagi Zarautsoy qoya tasvirlari mezolit davriga oid. Ular qadimgi odamning fikru o’ylari, atrof-muhit haqidagi tasavvuri, qanday hayvonlarni ovlagani, qaysi mehnat va ov qurollarini qo’llagani haqida fikr yuritish imkonini beradi.

Neolit davrida ona urug’i matriarxat o’z taraqqiyotining yangi bosqichiga o’tadi. Urug’ jamoalari kattalashadi va ularni bir joyda boqish amri mahol bo’lib qoladi. Oqibatda urug’ jamoasidan mayda guruxlar-kichik oilalar ajralib chiqa boshlaydi.

O’rta Osiyo hududida bronza davri miloddan avvalgi 3-mingyillik o’rtalaridan boshlanadi va miloddan avvalgi 2-mingyillikka kelib o’z rivojining yuksak darajasiga etadi.

Patriarxat urug’chilikka o’tish patriarxal oilaning vujudga kelishiga olib keladi. Sunday oila bir-biriga qarindosh ota urug’i bo’yicha yuritiladigan bir necha avlodlardan iborat bo’ladi.
Avesto”dagi ta’limiy-axloqiy g’oyalar

Avesto” – zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanib, dastlabki Sharq falsafiy qarashlarini o’zida aks ettiruvchi manbadir. Unda insonni kamolotga erishuvida mehnat, ezgulik, insoniylik, soflik, bag’rikenglik kabi sifatlarning ahamiyati chuqur ifodalangan.



Zardushtiylik dinining nomi ushbu din asoschisi Zardusht (turli tillarda Zaratushtra, Zoroastr) ismidan olingan. Uning tug’ilgan joyi noma’lum. Zardusht miloddan avvalgi 1-mingyillikning birinchi choragida yashagan.

Zero, zardushtiylikda axloqiylikning asosi, sahovatlilik belgisi - mehnat deb ko’rsatilsa, ishyoqmaslik barcha nuqsonlarni keltirib chiqaruvchi sabab ekanligiga urg’u beriladi.



Zardushtiylik yoyilayotgan davrda ibodatxona ham, maxsus ilohiy kitoblar ham bo’lmagan. Diniy marosimlar ochiq havoda, gulxan yonida ado etilgan. Keyinchalik kohinlar Zardusht va’zlarini yozib borganlar. Zardusht dini kohinlari bunday diniy matnlarni yod bilganlar va ibodat paytida o’qiganlar. Zardusht vafotidan bir necha asr o’tgach barcha diniy marosimlar, madhiya va duolar kitob holiga keltirildi. Bu zardushtiylar muqaddas kitobi «Avesto» edi. «Avesto» so’zi «qat’iy qonunlar» ma’nosini bildiradi.

Zardusht diniga ko’ra, atrofdagi dunyo ikki qismdan tashkil topgan: yaxshilik va yomonlik. Bular o’rtasida azaldan kurash ketadi. Masalan, nur bilan qorong’ulik, hayot bilan o’lim, ezgulik bilan yomonlik, qonun bilan qonunsizlik o’rtasida.

Zardushtiylar hayotining asosiy mazmuni xayrli ish, shirin so’z, olijanob o’y-fikrdan iborat bo’lgan. Insonning asosiy burchi adolatli turmush tarzi bo’lmog’i kerak. Yaxshilikning yomonlik ustidan g’alaba qilishini ko’zlab yashash kerak: yolg’on gapirmaslik, so’zning ustidan chiqmoq, faqat yaxshilik qilmoq.

Zardusht dini bo’yicha har bir inson hayot yo’lini o’zi belgilaydi; kimga yon bosmoqlik, kimni himoya qilishni o’zi hal qiladi.

Zardushtiylikda olov, er, suv va havo muqaddas sanaladi. Ularni yomon, yovuz narsalar bilan aralashtirmaslik lozim.



Zardo’shtiylik axloqining asosiy uchligi

Inson



Ezgu fikr




Ezgu so’z




Ezgu amal

O’rxun-Enasoy yozma yodgorliklarida ta’lim-tarbiya masalalari
VII – VIII asrlarda qabr toshlariga turk-runiy yozuvida o’yib bitilgan «Urxun-Enasoy» bitiglarida ham bolalarni vatanparvar, xalqparvar, tadbirkor, uddaburon, oqil qilib tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, Qultegin bitigida turk xalqini uzoqni ko’ra olmaganligi natijasida Tabg’ach eliga qaram bo’lib qolganligi, kelgusi avlodlar bunday xatoliklarni takrorlamasliklari zarurligi quyidagicha uqtiriladi: «So’zimni tugal eshitgil, keyindagi inim, urug’im, xalqim….. bu so’zlarni yaxshilab eshit, diqqat bilan tingla…. Tabg’ach xalqining so’zi shirin, ipak kiyimi nafis….ekan. Shirin so’zi, ipak kiyimi bilan aldab, yiroq xalqni shu holda birlashtirar ekan… Yaxshi dono kishini, yaxshi alp kishini yo’latmas ekan. Biror kishi adashsa, urug’i, xalqi, uyi, yopinchig’igacha qo’ymas ekan. Shirin so’ziga, nafis ipagiga aldanib, ey turk xalqi, o’lding».

Pedagog olima A.S.Kaldibekovaning fikricha, bu bitigtoshlarda bolalarni baynalmilallik ruhida tarbiyalash masalasiga ham e’tibor qaratilgan. Bitigtoshlarda turk xalqining Tabg’ach xonligiga qarshi olib borgan urushlari ham ifoda etilgan. Biroq turk xonlari (To’nyuquq, Qultegin, Bilga hoqon, Eltarish hoqon) Tabg’ach xonlarining botirligi, siyosatdonligi, ishbilarmonligi, vatanparvar hamda elsevarligini inkor etmaydi. Ayni shu jihatlarni turk xalqida mujassam bo’lishini chin dildan istaydi. Shu bilan birga Tabg’ach xonlarining boshqa xalqlar ozodligi, iqtisodiyoti, madaniy hayotiga xavf solayotgani oshkora ko’rsatib berilgan. Agar ular bu qusurlarni bartaraf etishsa, ular bilan har tomonlama aloqalarni yo’lga qo’yish foydali ekanligi ta’kidlanadi.

VII asrdan XIV asrning birinchi yarimigacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagog fikrlari.

Reja:


  1. Islom dinining tarqalishi va uning ta’lim-tarbiyaga ta’siri.

  2. Musulmon maktablari va unda ta’lim-tarbiya mazmuni.

  3. Diniy kitoblarning tarbiyaviy ahamiyati. Qur’oni Karim - axloqiy-falsafiy ta’limotlar manbai.

  4. Hadis ilmining paydo bo’lishi. Muhaddislar (Imom Ismoil al-Buxoriy, Imom Iso at-Termiziy va boshqalar)ning hadis ilmi rivojiga qo’shgan hissasi.

Tayanch so’zlar: islom, din, musulmon, maktab, madrasa, Qur’on, hadis, muhaddis.

Jahon dinlaridan, umumbashariy ta’limotlardan bo’lib hisoblangan islom dini insonga mohiyat, faoliyatiga maqsad va yo’nalish beruvchi, jamiyat a’zolari o’rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirib, birlashtirib, ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotni tezlashtirish uchun xizmat qiladigan ma’naviyat, ma’rifat odob-axloq tarbiyasining barcha muammolarini o’z ichiga qamrab oladi. Umuman olganda, islom dini yosh avlodning ma’naviy-ma’rifiy kamolotiga oid bo’lgan fikrlar, qarashlar, ta’limotlarning mukammal manbai, yaxlit ilmiy-dunyoviy, diniy tizimidir.

Islom dini necha-necha asrlar mobaynida odamlarni, bani bashariyatini ulug’ maqsadlar yo’lida birlashtirishga, hamjihat bo’lishga, tinchlik-totuvlikni mustahkamlashga, axloqiy va ma’rifiy kamolotga, halollik va poklikka, iymon va e’tiqodga mehnatsevarlik va vatanparvarlikka, ezgulik va saxovatga, bahri kenglik va mehr-oqibatlilik, ezgulik maqsadlari yo’lida qo’lni qo’lga berishga, o’zaro nizolar, qonli to’qnashuvlarga, milliy, irqiy, diniy kamsitilishlarga yo’l qo’ymaslikka, umumiy uyimiz- kurrai zaminda do’st-birodarlar, ahil-hamkor bo’lib yashashga, umuminsoniy madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat boyliklaridan, jahon tsivilizatsiyasi yutuqlaridan o’zaro bahramand bo’lishga da’vat etib kelmoqda.

Islom dinining umumbashariy qadriyat, ilohiy, ilmiy-dunyoviy ta’limot sifatida barhayotligini ta’minlab kelayotgan asosiy manbalari Qur’oni Karim va Hadisi Shariflardir.

Qur’oni Karim bilan tanishar ekanmiz, “Ilm” so’zi asosidagi “alima” (bilmoq) fe’l negiziga tayangan kalimalar turli hollarda 750 marta takrorlanganligi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan bo’lib, bu o’zak faqat “Alloh”, “Rabb” (Parvardigor ma’nosida), “bo’lmoq” va “gapirmoq” kabi eng ko’p ishlatilgan o’zak-so’zlardan keyin beshinchi o’rinda turar ekan.

Rasullohga nozil bo’lgan 5 oyat hozirgi Qur’oni Karim matni3 96-surasi (“Alaq”)ning birinchi oyatlari bo’lib, shunday boshlanadi: “Iqra’ bi-ismi robbikal-lazi xalaq!” (“Yaratgan rabbing nomi bilan o’qi!”). Oradan bir oyat o’tib yana “o’qi!”so’zi qaytariladi: “Iqra’ va robbikal akram, allazi allama bil qalam. Allama-l-insona ma lam ya’lam” (“O’qi! Sening o’ta karamli parvardigoring qalam vositasi bilan ta’lim berdi. Insonga u bilmagan narsalarni o’rgatdi”).

Ilmga qiziqtirish borasida Alloh Qur’onda shunday deydi: «Aytgin, ilmlilar bilan ilmsizlar teng bo’la oladilarmi albatta bu haqda faqat aqlli kishilargina eslaydilar: (“Zumar” surasi, 9-oyat). Boshqa bir oyatda ilmli kishilar Allohning huzurida boshqalardan ko’ra yuqori darajada turishlari ochiq-oydin aytilgan: «Alloh taolo sizlardan imon keltirganlarni va ilmli bo’lganlarning darajasini ko’taradi» («Mujodala» surasi, 11-oyat).

Alloh o’zining yagonaligiga ham ilmli kishilarni guvoh qilgan: «Alloh albatta uning o’zi yagona iloh, undan boshqa ibodatga sazovor zot yo’qligiga shohidlik beradi. Shuningdek, farishtalar va ilm egalari ham bu narsaga adolat bilan shohidlik berdilar» («Oli Imron» surasi, 18-oyat).

Shu oyatda Alloh ilmli kishilarning shohidligini o’z farishtalarining shohidligi bilan tenglashtirgan. Bu esa, ilmli kishilarning hurmati Alloh huzurida naqadar yuqori ekanligini ko’rsatadi. Aksincha, Qur’on ilmsizlarni tanqid qiladi: “Shunday qilib Alloh ilmsizlarning qalbini berkitib qo’yadi”. (“Rum” surasi, 59-oyat). Qur’on ilmning chegarasi yo’q ekanligini ham bayon qilib o’tgan: “Har bir ilmlining ustidan undan ham ilmliroq bor” (“Yusuf” surasi, 76-oyat).

Bu oyatdan maqsad shuki, olimlar o’z ilmlari bilan mag’rurlanib, o’z ustida ishlashni tark etmasinlar, doimo ularni ham birov tanqid qilib qolishiga o’zlarini tayyorlab tursinlar, demakdir. Qur’on musulmonlarni barcha narsaning haqiqatini bilish uchun doimo ilm payida bo’lishga chaqiradi: «Ey, parvardigor, mening ilmimni ziyod qilgin deb ayt” ( “Toho” surasi, 114 -oyat).

Islom kishilarni ilmga chaqirish bilan kifoyalanib qolgan emas, balki aqliy va fikriy harakatsizlikning oldini olish asos-larini kishilarga ko’rsatgan. Bu quyidagi narsalarda ayon bo’ladi:


  1. Ilm biror narsani hujjatli, aniq dalil bilan bog’lamaguncha, uni haqiqat deb tan olmaydi. Qur’on ham musulmon-larga dalilsiz narsani qabul qilmaslikni buyuradi: «Ular aytdilar, jannatga kim yahudiy yoki nasroniy bo’lsa kiradi. Bu ularning orzusi xolos. Sen, agar gaplaringiz to’g’ri bo’lsa, dalil va hujjat keltiringlar, deb aytgin” (“Baqara” surasi,111-oyat).

Bir narsaga dalil va hujjat bo’lmasa, ishonib bo’lmaydi. Boshqalarga taqlid qilib, shirk e’tiqodida bo’lganlarni Alloh so’roq qiladi: «Kim Alloh bilan qo’shib boshqa ilohga dalil va hujjatsiz ibodat qilgan bo’lsa, uning hisob-kitobi Allohning huzurida bo’ladi. Albatta kofirlar najot topmaydilar» («Mo”minun» surasi, 117-oyat).

Ilm doimo mavhum narsani deb aytishdan qaytaradi. Gumonni rost deyish to’g’ri emas. Bir masala to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini bilish uchun uning hujjati, kuchiga qaraladi, agar xujjati kuchli bo’lsa, masala haqiqat, hujjat kuchli bo’lmasa, masala gumon. Mana shu ilmiy farqlash Qur’on ta’limotlariga ham to’g’ri keladi.

Qur’on haqiqiy - ilmiy narsalarga suyanishga, gumon va xayollardan uzoqda bo’lishga buyurgan va gumonga ergashganlarning holi yomon bo’lishini aytib o’tadi: «Balki zolimlar ilmsiz ravishda havoyi-nafslariga ergashadilar» («Rum» surasi, 29-oyat).

Alloh musulmonlarga ilmiy asosda ish olib borishni ko’rsatib, shunday deydi: «O’zing bilmagan narsaga ergashma. Albatta, ko’z, quloq va qalb barcha narsadan so’raladi» («Isro» surasi, 36-oyat). Oyatning ma’nosi shuki, o’zing aniq bilmasang, senga aytiladigan turli-tuman narsalarga ergashma. Chunki inson qiyomat kunida qulog’i eshitgan, ko’zi ko’rgan, qalbi jo qilgan barcha narsalar haqidagi so’roqlarga javob berishi kerak. Biz eslab o’tgan oyatlarning barchasi ishning asosi aniq, sobit, ilmiy ravishda bo’lishi zarurligini, gumon va turli fikrlar bo’lmasligini anglatadi.

Ilm ko’r-ko’rona taqliddan qaytarishda Qur’on bilan muvofiqdir. Qur’onda bir fikrni ota-bobomiz qilgan, deb, o’zlari aql ishlatmay yurganlarni tanqid qilingan: «Agar ularga Alloh tushirgan narsaga va payg’ambarga yaqin kelinglar, deyilsa, ular ota- bobolarimizdan qolgan narsa bizga kifoya qiladi, deydilar. Ota-bobolari hech narsani bilmagan, va to’g’ri yo’lda yurmagan bo’lsalar, unda nima bo’ladi» («Moida» surasi, 104-oyat).

Boshqa bir oyatda shunday deyilgan: «Agar ularga Alloh tushirgan narsaga ergashinglar, deyilsa, ular, yo’q biz ota-bobolarimizdan ko’rganimizni qilamiz, deydilar. Ota-bobolari hech narsani bilmagan bo’lsalar va to’g’ri yo’lda yurmagan bo’lsalar, unda nima bo’ladi. Kofirlar xuddi bir qo’y podasiga o’xshaydilarki, ular cho’ponning qichqirig’ini eshitadilar-u, ma’nosiga tushunmaydilar. Ular kar va ko’rdirlar, aqllarini ishlatmaydilar» («Baqara» surasi, 170-171-oyatlar).

Qur’onning shu oyatlaridan ko’rinib turibdiki, aql ishlatmay, o’zi ishonch hosil qilmay — ko’r-ko’rona taqlid qilish kofirlarning ishi ekan. Har bir inson Islomni bilib, unga ishonch hosil qilmaguncha, ko’r-ko’rona taqlid qilgani bilan mo’’min bo’la olmaydi. Qur’on xalqlarni boshliqlar va yo’lboshchilarga ko’r-ko’rona taqlid qilishdan ehtiyotlanishga chaqiradi. Uning aytishicha, yo’lboshchilar ham va unga ergashganlar ham noto’g’ri yo’lda bo’lsalar — qiyomat kunida teng azob chekadilar.

Buning ma’nosi shuki, bu dunyoda yo’lboshchilik qilganlar, qiyomat kunida o’ziga ergashganlardan qochar ekan. Ikki guruh ham azobga duchor bo’lib oralaridagi aloqa uzilar ekan.

Qur’on ota-bobolarga, boshliqlarga va yo’lboshchilarga ko’r-ko’rona taqlid qilishdan qaytarish bilan birga, faqat bir taraflama fikrlashdan ham qaytardi va biror narsa qilmoqchi bo’lsa o’sha narsaning yaxshisini tanlab olishga chaqiradi: “Ular (musulmonlar) gapni eshitganlaridan so’ng, eng yaxshisiga ergashadilar. Shunday kishilarni Alloh to’g’ri yo’lga boshlaganlar va ular aql egalaridirlar” (“Zumar” surasi, 18-oyat).

Mana shu oyatda Alloh musulmonlarni barcha gaplarni eshitib, tushunib, so’ngra yaxshisiga ergashishga buyuradi. Alloh shunday qilganlarni ilohiy hidoyatga erishganlar va o’tkir aql egalari, deb ataydi.

Aslida ilm degani ishlarni aql yordamida bajarishga aytiladi. Aql esa, uchragan narsani tushunib olish qobiliyatidir. Qur’on barcha ishlarda aqlni ishlatishga chaqiradi, aqlni ishlatmaganlarni qattiq tanqid qiladi. Qur’onda aqlga taalluqli so’zlar 50 marta ishlatilgan. Aql egalarining so’zi esa 10 martadan ko’proq ishlatilgan. Shuning o’zi ham Qur’on aqlga katta e’tibor berganini dalililidir. Qur’on aqlning ulkan ne’mat ekanligini bayon qiladi: “Albatta bu narsalarda aqlli kishilar uchun belgilar bor” (“Ra'd” surasi, 4- oyat). “Biz oyatlarni aqlli kishilar uchun bayon qilib qo’ydik. Aqlni ishlatmaydilarmi” (“Baqara” surasi, 76-oyat) va hokazo.

Boshqa oyatlarda esa, aqlni ishlatmaganlarni ayblaydi: “Allohning huzurida eng yomon jonzotlar kar-soqov, aqlni ishlatmaydiganlaridir” (“Anfol” surasi, 22-oyat). “Sen ularning ko’plari eshitadilar va aql ishlatadilar, deb hisoblaysanmi. Ular xuddi hayvonlarga o’xshaydilar, balki hayvonlardan ham battardurlar” (“Furqon” surasi, 34- oyat).

Boshqa bir oyatda aqlni ishlatmaslik oxirat azobiga sabab bo’lganligini eslatadi: «Ular (do’zaxilar) agar eshitganimizda va aql ishlatganimizda do’zaxilardan bo’lmas edik, deyishadi» («Mulk» surasi, 10-oyat).

Mana shu narsalarning barchasi Islomdan aql va aqliy tarbiyaning naqadar ulkan baholanishini ko’rsatadi.

Ilmning asoslaridan biri shuki, tabiiy haqiqatlar o’zgarmasdir. Ishonchli dalil bilan sobit bo’lgan haqiqat barcha vaqtlarda haqiqatligicha qolaveradi. Bu narsa Qur’onda shunday ta’kidlab o’tilgan: “Avvalgilarning qilganlariga qaramaydilar-mi, Allohning qilgan ishlariga hech qachon o’zgarish topa olmaysan. Allohning qilgan ishlarini hech qachon boshqachasiga aylantir-ganini ham topa olmaysan” (“Fotir” surasi, 43-oyat).

Boshqa bir oyatda “Allohning yaratganini o’zgartirib bo’lmay-di” deyilgan (“Rum” surasi, 30-oyat).

Bu oyatlarda tabiiy qonunlar va Alohning qilgan ishlari o’zgarmasdan o’z holiga sobit qolajagi ochiq-oydin aytilgan.

Biror narsani atroflicha o’rganish Qur’on buyurgan ilmiy asoslardan biridir. Qur’on oyatlarida bir narsani atroflicha o’rganish uchun ko’z, quloq, xususan aqlni ishlatib oldinga suriladi. «Ankabut» surasida shunday deyilgan: «Er yuzida yurib, maxluqotlar qanday yaratilganligini o’z ko’zingiz bilan ko’ringlar» (20-oyat).

Shunga o’xshash oyatlar Qur’onning boshqa suralarida ham ko’plab uchraydi. Ularning umumiy ma’nosidan ma’lum bo’ladiki, inson onadan tug’ilganidan so’ng ko’rish, eshitish va aqlni ishlatish orqali ilm hosil qiladi.

Qur’on oyatlarida tabiiy ilmlarni o’rganishga chaqiriqlar bor. “Rum” surasida shunday deyilgan: “Osmonlarning va erning yaratilishi Allohning alomatlaridandur, shuningdek, sizlarning tillaringiz, ranglaringizning turlicha bo’lishida ham, albatta, olimlar uchun alomatlar bor” (22-oyat). “Fotir” surasida esa: “Ko’rmaysanmi, Alloh osmondan suvni tushiribdi va u suv bilan ranglari turlicha bo’lgan mevalarni

o’stiribdi. Shuningdek, tog’larning ham rangi turlichadir - oq, qora, qizil. Odamlar, jonzotlar va uy hayvonlarining ham ranglari turlicha. Albatta, olim bandalar Allohdan qo’rqadi” (27-28-oyatlar).

Bu oyatlarda zikr qilingan “Olimlar”dan murod, Alloh er yuzida yaratgan mahluqotlarning sir-asrorlarini biluvchi shaxsdir. Bu oyatlarning mavzui ham tabiiy ilmlardir. Chunki tabiiy ilmlar borliqdagi narsalarni va ularning xususiyatini o’rganadi. Avvalgi oyatda aytib o’tilgan “osmondan suv tushirish sirini” faqat tabiiy ilm orqali bilinadi. Bu so’zning tarkibini va xususiyatlarini kimyo ilmi orqali bilinadi. Shu suv sababli o’sib chiqqan o’simliklar va mevalarning sirini esa tabiyot ilmi tushuntiradi. Tog’lar va ulardagi oq, qizil, qora turlarin jug’rofiya o’rganadi. Inson jinslarini va hayvonot olamini esa, antropologiya, zoologiya, biologiya o’rganadi. Oyatning oxrida gi “Albatta olim bandalargina Allohdan qo’rqadi” degan jumlaga nazar solsak, unda Allohni haqiqiy tan olib, unda haqiqatan qo’rqadigan kishilar, tabiiy ilmlarni yaxshi biluvchi kishilar ekanligini tushunamiz. Chunki bunday olimlar agar imonli bo’lsalar, ularning ilmi Allohdan qo’rqishga chorlaydi.

Qur’on oyatlarida insonni o’ziga nazar solish va qanday vujudga kelganini tafakkur qilishga da’vat bor: “Inson nimadan yaratilganligiga nazar solsin, u bir otilib chiquvchi suvdan yaratilgandir, bu suv sulbdan (orqa umurtqa suyak) va taroibdan (ko’krak suyagi) chiqadi” (“Tortiq” surasi, 5-7-oyat).

Vujudga kelishning asliga nazar solish orqali inson biologiya ilmiga etishadi, bu ilm esa, unga inson bir xujayradan rivojlanib borib, o’zining to’liq inson bo’lib yaratilganicha bosib o’tadigan bosqichlarining sir-asrorlarini bildiradi.

Qur’onda insonni o’z nafsi haqida fikr yuritishga chaqiruvchi oyatlar bor: “Va o’z nafsingizda ham alomatlar bor, bularni ko’rmaysizmi” (“Zariyot” surasi, 21-oyat). O’z nafsiga nazar solish orqali psixologiya ilmiga etib boriladi. Bu psixologiya ilmi esa, insondagi his-tuyg’ular, sezgi - hayajonlar va boshqa ko’pgina holatlarni o’rganadi.

Qur’on musulmon kishining ko’z oldida turgan mavjudotlarni o’rganishga chaqiribgina qolmay, avvalgi o’tgan halqlarning tarixi, ularning obodonchilik yo’lida olib borgan ishlari, havoyi-nafsga berilib, oqibatda halokatga uchraganlarini ham o’rganshiga undagan. “Rum” surasida shunday deyilgan: “Er yuzida yurib o’zlaridan avval o’tganlarning oqibati nima bo’lganiga nazar solmaydilarmi. O’tganlar bulardan ko’ra quvvatliroq edilar, er yuzida asar qoldirgan edilar, bulardan ko’ra er yuzini ko’proq obod qilgan edilar va ularga payg’ambarlari ochiq-oydin xabarlar bilan keldilar. Alloh ularga zulm qilmoqchi emas edi, lekin ular o’zlariga - o’zlari zulm qildilar”. (9- oyat).

Qarang, bir xalqqa shunday ta’limotlar kelibdi. Unda o’tgan ummatlarning taraqqiyot, obodonchiligi, yuz tuban ketishi va harob bo’lishi sabablarini o’rganishga chaqiriq bor ekan. Bu chaqiriq tarix va sotsiologiya ilmini o’rganishga chaqiriq emasmi?4

Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) Hadisi Shariflarida ilm inson kamolotining negizi, ezgulik va poklik insonlarni turli ofatlardan saqlovchi vosita deb qaraladi. Hadislarda ilm poklik, halollik, kishilarni yaxshilik sari boshlovchi, qorong’ilikda yo’l ko’rsatuvchi mash’al tariqasida talqin qilinadi. Ilm-bu hikmat, poklik ramzi, ilmsizlik johillik, u bilan shug’ullanmaslik nopoklikka va jaholatga olib kelishi ham, ham ulardan ta’kidlanadi.

Islom dinining asosini imon, e’tiqod tashkil etadi. Shuning uchun hadislarda “Dinning ofati uchtadir: 1) beamal olim; 2) zolim hokim; 3) bilmasdan fatvo aytuvchi ulamo” deyiladi;5 Shuning uchun ilmni qadrlovchi kishiga o’rgatish lozimligi, uni xo’rlovchi, mensimaydigan kishiga o’rgatish gunoh, deb qaraladi.

Ilm bilan shug’ullanishning o’zi etarli emas. Boshqalarni undan xabardor qilish muhimdir. Hadislarning birida ilm o’rganmoq uni tarqatmoq bilan barobar olib boriladi, deyiladi: “Kimki ummatlarimga mening sunnatimga oid 40 hadisni yodlab etkazsa, qiyomat kunida men uni shafoatimga loyiq kishilar safiga kirgizaman” (112-Hadis).

Tolibi ilmning xolis, kamtarin bo’lishi o’ta muhimdir. Bilganini ko’z-ko’z qilish, maqtanish gunohdir. Kishi bilganini e’tirof etish bilan birga bilmaganini ham tan olishi joiz. Ayniqsa, diniy faoliyat bilan shug’ullanadigan ulamolar, maktab va madrasalarda tolibi ilmlarga saboq beruvchi ustoz-mudarrislar aytadigan gapini, qiladigan ishini, chiqaradigan fatvosini va beradigan bilimini o’ylab berishi kerak. Hatto aytadigan maslahati ham holisona, beminnat bo’lishi lozim. Hadislarning birida shunday deyiladi: “Kimki birodariga bir ish qilishga bilib noto’g’ri maslahat bersa, demak birodariga xiyonat qilgan bo’ladi” (110-Hadis).



Ilm o’zligini anglash, xudoni, dinni bilish demakdir Ilm olimniki pesh qilish vositasi bo’lmasligi zarur. “Kimki olimlarga maqtanish uchun, - deyiladi hadislarda,- yoki nodonlar bilan tortishish, yoxud odamlarning dillarini o’ziga moyil qilish uchun ilm olsa do’zaxga boradi” (108-Hadis).

Ilmli kishilarni e’zozlash, hurmat qilish har kim uchun ham farz, ham qarzdir. Shuning uchun ilmli kishilarga insonlar, butun mavjudot xayrixoh. Bir hadisda aytiladi: “Ilmga har bir narsa istig’for aytadi, hatto dengizdagi baliqlar ham” (93-hadis).

Ilm olish hunar o’rganish olijanob va savobli. Ilm, hikmatlar, hunar kishini turli nopok ishlardan asraydi: “Hattoki bir soat ilm o’rganish kechasi bilan ibodat qilib chiqqandan afzaldir” (536-hadis).

Ilm kishilarga naf keltirishi lozim. Olimlar ilm o’rganib boshqalar yo’lini yorug’ qilishlari, ularga rahnomo bo’lishlari joiz. “Ilm ikki xildir, biri qalbda bo’ladi - uni ilmi nofe’ (foydali) deyiladi, ikkinchisi tilda bo’ladi - u odam bolasiga yuborgan Alloh taoloning xujjatidir” (95-hadis). Ilm foydali bo’lishi uchun u odamlarga o’rgatilishi lozim. Ilmli kishi sadoqatli bo’lishi, kishilarga yaxshilikni o’rgatishi kerak. Ilm bilimli kishi uchun fazilat bo’lsa, bu holatni u boshqalarga singdirishi zarur.

“Odamlarga yaxshilikni o’rgatib, o’zini esidan chiqargan olim, kishilarga yorug’lik berib, o’zini quydiradigan shamchiroqqa o’xshaydi” (106-hadis) yoki “Ilmni o’rganib uni hech kimga aytmayotgan odam boylikni to’plab uni hech (narsaga) sarf qilmayotgan baxilga o’xshaydi” (106-hadis).

Ilmu xikmat o’tkinchi emas, u abadiy. Shuning uchun mo’min kishiga vafotidan keyin etib turadigan savob narsa uning tarqatgan ilmdir.

Hadislarda ilmli kishi mevali daraxtga o’xshatiladi. Lekin ilmli kishining aytadigan fikrlari boshqalarga xush kelishi, tushunarli bo’lishi darkor. Muhammad payg’ambar o’z hadislarida va’z aytganda kishilarni zeriktirmaslik, aytilayotgan fikrni tushunarli bo’lishini ta’kidlagan: “Osonlashtiringiz, qiyinlashtirmangiz! Xushxabar aytingiz, nafratlantirmangiz (o’zingizdan bezdirmangiz)!” (121-hadis).



Ilmni o’rganish shaxsiy manfaat uchun bo’lmasligi darkor. “Bir kishi Alloh ilmmi (Islomni) teran o’rganadir, teran tushunadir va undan manfaatlanadir va Alloh yuborgan hidoyatni o’zi o’rganib, o’zgalarga ham o’rgatadilar. Ikkinchi bir kishi ilm o’rganib, odamlarga o’rgatadilar. Ammo o’zi amal qilmaydi. Uchinchi bir kishi mutakabbirlik qilib o’zi ham o’rganmaydir, o’zgalarga ham o’rgatmaydir. Bulardan birinchisi mo’’min, ikkinchisi fosiq, uchinchisi kofirdir” (26-hadis).

Ilm kishilarni odillik va insonparvarlikka undaydi. Ilmli kishilarni hadislarda unumdor tuproqqa o’xshatiladiki, undan ungan o’simliklar, giyohlar insonlarni oziqlantiradi. Suv erlarga hayot bag’ishlaganidek, ilm ham kishilarga ezgulik, yaxshilik keltiradi: “Ilm ko’p yoqqan yomg’irga o’xshaydir. Ba’zi er sof unumdor bo’lib, yomg’irni o’ziga singdiradir-da, har xil o’simliklar va ko’katlarni o’stiradilar va ba’zi er qurg’oq, qattiq bo’lib, suvni emmasdan o’zida to’playdir. Undan Alloh taolo bandalarini foydalantirgaydir. Odamlar suvdan ichgaydir, hayvonlarni va ekinlarni sug’orgaydirlar. Ba’zi er esa tekis bo’lib, suvni o’zida tutib qolmaydir, ko’katni ham ko’kartirmaydir”, - deyiladi hadislarda.

Ilm, hikmat o’rganmoq mo’minning eng yuksak fazilatidir. Chunki ilm kishilarga tayanch, rahnamo, zebu-ziynat, mo’min uchun ilm hayotining yo’ldoshi va dushmanlarga qarshi kurashda quroldir. “Ilm egallang!- deb xitob qilgan payg’ambarimiz. - Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik damlarida - yo’ldosh, baxtiyor daqiqalarda - rahbar, qayg’uli onlarda - madadkor, odamlar orasida - zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda - quroldir”. Shuning uchun ilm olish yo’lida har qanday riyozat bo’lsa ham kishi undan qaytmasligi kerak. Ilm-hunar o’rganish mashaqqatdir. Ammo inson o’z irodasi, aql-zakovati bilan unga intilmog’i lozim. “Ilmu hunarni Xitoydan bo’lsa ham borib o’rganinglar”, deydi (126-hadis) Muhammad payg’ambar.

Ilm - bu ma’rifat, fazilat. Ilm jamiyat musaffoligining belgisidir. Ilm- ma’rifat bor joyda diyonat bor. Agar ilm susaysa - jaholat, nodonlik kuchayadi. Ilmsiz mamlakatda fitnalar kuchayadi, qotillik avj oladi.

Ilm susaysa nopoklik, fohisha zo’rayadi. Bu borada hadislarda: “Ilmning susaymog’i - jaholatning kuchaymog’i, zinoning avj olmog’i, xotinlarning ko’paymog’i


  • erkaklarning ozaymog’i”, - deyiladi (36-hadis).

Ilm, xikmat jamiyatdagi ma’naviyat manbai. Shuning uchun ilm o’rganib uni tarqatish avj olsa fitnalar, haraj (qotillikning) oldi olinadi. Hadislarda ulamolar ilm o’rganib, ilm tarqatishga kirishsinlar, bilmaganlarga o’rgatsinlar. Zero, ilm sir tutilsa, halokat boshlanadi, deb aytilgan. Shu bilan birga ilm faqat birovlar mulki emas, u butun mo’minlarning ma’naviy mulkidir. Ilmni sir tutish, uni tarqatmaslik jamiyatni halokatga olib keladi. Hadislarning o’zidek ilm, xikmat ham umumbashariyat mulki bo’lmog’i lozim.

Hadislarning qimmatli, insoniy va axloqiyligi shundaki, ularda barcha masalalar holisona ifodalangan. Ularda ta’limning hozirgi ko’p muammolari o’ziga xos tarzda bayon etilgan. “Har bir musulmonga ilmga intilish farzdir”. Bu fikr ta’limning umumiy majburiyligiga ishora emasmi? Bu fikrlar Ya.A. Kamenskiyning “Buyuk didaktika”si yozilmasdan bir necha asr avval aytilgan.

Umuman hadislardagi fikrlarning qimmatli tomoni yana shundaki, ular umumbashariydir. Ular biron bir ijtimoiy guruh manfaati nuqtai-nazaridan yozilmagan. Bundan tashqari ular insoniyat ma’naviyati, axloqi, madaniyati taraqqiyotining sarchashmalari, ular rivojining poydevorini tashkil qilganligi bilan ham ardoqlidir. Qolaversa, hadislarning o’zi ham xikmat, ham ilmdir.

Shunday qilib, Qur’oni Karim va Hadislarda insonni o’qib-o’rganishga, ilm vositasi bilan dunyodagi voqea-hodisalarning tub mazmun-mohiyatini anglab etishga targ’ib qilinadi.

Qur’oni Karimda axloq va odob masalasiga alohida e’tibor berilgan. Ta’kidlanishicha, insonning jamiyatda tutgan o’rni bilan chambarchas bog’liq axloq- odob, ota-ona va qarindosh-urug’larga hurmat etim-esir, qambag’al-miskinlarga muruvvat va saxovatlilik, halollik, poklik, to’g’rilik, o’z halol mehnati va kasb-hunari bilan yashash, oila va nikoh munosabatlari, o’z bolalarini boqish, ta’lim va tarbiya berish, omonatiga xiyonat qilmaslik, adolatparvarlik, do’stlik va birodarlik kabi yaxshi xulqlar insonni haqiqiy kamolotga undovchi insoniy fazilatlardir.

Qur’oni Karimda sabr-qanoatli, ehsonli, saxovatli, muruvvatlik, keng fe’lli bo’lish yuksak ma’rifat va yuksak axloqiy fazilat belgisi, deb ta’kidlanadi: “Albatta sabrlilar o’z savoblarini hisob-kitobsiz to’liq oladilar” (“Zumar” surasi, 10-oyati). “Sabr-qanoatga ehson bilan bir qatorda eng yuksak fazilat sifatida katta e’tibor beriladi: Muhammad, mashaqatli va ozorlarga sabr qiling! Zotan, Alloh chiroyli amal qiluvchilarning ajr- mukofotlarini zoe etmas” (“Hud” surasi, 115-oyati).

Shuningdek insondagi axloqiy fazilatlardan eng muhimi xayri ehson haqida alohida fikr yuritiladi: “Alloh senga ehson qilgani kabi sen ham (Allohning bandalariga) infoq- ehson qil” (“Qasas” surasi, 77-oyati).

Qur’oni Karimning “Al-Isro” surasini 23-24-oyatlarida ota-onaning bolani dunyoga keltirishi bilan birga, farzandga yaxshi ism qo’yishi, o’z farzandini jismoniy va ma’naviy tomondan etuk kishi qilib tarbiyalashi, ya’ni ilmu ma’rifatga o’rgatish va biror bir kasb- hunar egasi qilish, o’g’il bola bo’lsa uylantirish, qiz bola bo’lsa turmushga chiqarish, ularga moddiy va ma’naviy yordam berib turishi ta’kidlanadi.

Shuningdek, mazkur oyatlarda farzandlar zimmasidagi uchta vazifa o’z ifodasini topgan. Birinchisi, farzandlar ota-onalariga yaxshi muamala, shirinsuxan bo’lishlari, ularga mehribon bo’lmoqlari lozim. Ikkinchidan, ota-ona kafolatini yaxshilash, nafaqa berish, ularni so’rashga muhtoj qilmay yoki minnat qilmay izzat-hurmat ko’rsatishdan iboratdir. Uchinchidan, ota-ona o’z farzandlari mol-mulkidan foydalanishga haqlidir va hokazo. Qur’oni Karimda marhamat qilinadi: “Rabbing o’zidan boshqa narsalarga ibodat qilmaslikka va ota-onasiga xayr-ehson va yaxshi muamala qilishga buyurdi. Ota- onangizdan biri yoki ikkovlari ulug’lik, keksalik yoshiga etsalar, ularga “uf’demang, gapiring. Va ota-onangizga rahmat qanoatini yozing va hamda “Ey parvardigoro, ota- onamni meni yoshligimdan qanday qilib tarbiyalab o’stirgan bo’lsalar, shundayin rahmat qil” ( “Al -Is” surasi, 23-24-oyatlar).

Qur’oni Karimning ma’lum oyatlarida insondagi eng zarur insoniy fazilatlardan sanalgan shirinsuxonlik, to’g’ri so’zlik va muomala madaniyatiga rioya qilish qonun- qoidalari talqin etiladi: “Kishilarga chiroyli so’zlar so’zlangiz” (“Baqara” surasi 53- oyati); “Alloh tomonidan bo’lgan bir marhamat sababli ularga (sahobalaringizga) yumshoq so’zli bo’ldingiz. Agar qo’pol, qattiqqo’l bo’lganingizda edi, albatta atrofingizdan tarqalib ketgan bo’lar edilar” (“Ol-i Imron” surasi, 159-oyati).

Qur’oni Karimni “Nur” surasining 27-28-oyatlarida yaxshi fazilatli kishilar bilan ham, yomon xislatli kishilar bilan ham muomala-muloqotda bo’lish va salomlashishning o’ziga xos odob-axloq qoidalari berilgan. Shuningdek, “Niso” surasining 86-oyatida esa salomga alik olishga oid qoidalar bo’yicha muhim ko’rsatmalar mavjud: “Qachon sizlarga biron ibora bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olinglar yoki (hech bo’lmasa) o’sha iborasni qaytaringlar”.

Qur’oni Karimda insondagi eng zarur xislatlardan sanalgan olijanoblik ulug’lanib, baxillik esa lan’atlanadi. Baxillik yo’lini tashlab saxiylikka tomon yuz o’girganlar najot topguvchilar sifatida talqin etiladi: “Kimki o’z nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas, ana o’shalar najot topguvchi zotlardir” (“Xashr” surasi 9-oyati).

Qur’oni Karimda insonni axloqiy kamolotga etkazishga zid xususiyatlar: manmanlik, takabburlik, yolg’onchilik, munofiqlik, xiyonatkorlik, xasislik, zulmkorlik, buzuqchilik, o’g’rilik, poraxo’rlik, ichkilikbozlik, zinokorlik, qimorbozlik, giyohvand-lik, nohaq qon to’kishlar, boshqalarni kamsitish, badgumonlik, chaqimchilik, baxillik, g’iybatchilik, hasadgo’ylik, g’azabnoklik, ochko’zlik va hakozalar xususida ham ibratli fikrlar bildirilgan.

Ma’lumki, manmanlik - aybini tan olmaslik, takabburlik sanaladi. Manmanlik haqida Qur’on Karimni “Isro” surasining 37-oyatida: “Er yuzida Kibr-Havo bilan yurmagin! Chunki sen (oyoqlaring bilan) hargiz erni teshib (uning tubiga) ketolmaysan va bo’yi bastda tog’larga etolmaysan”, - deyiladi.

Bu to’g’rida payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning hadislaridan birida: “Kimki o’zini katta olsa, yurishida o’ziga bino qo’ysa, oxiratda Allohning g’azabiga uchraydi” (821-hadis), deb ogohlantiradi.

Ma’lumki, VIII - IX asrlar Hadis ilmi uchun «oltin davr» hisoblanadi.



Islom dunyosida eng nufuzli manbalar deb sanalgan oltita ishonchli to’plam (as- sahih as - sitta) ni yaratgan muhaddislar “ham vatandoshlarimiz bo’lib, ilm - u fan rivojlangan IX asrda yashab ijod etganlar. Bular Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al

  • Buxoriy 194 (810) - 256 (870), Imom Muslim ibn al - Xajjoj 206 (819) - 261 (874), Imom Iso Muhammad ibn Iso at -Termiziy 209 (824), - 279 (892), Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy 202 (817) - 275 (880), Imom Ahmad an - Nasoniy 215 (830) - 303 (915), Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid ibn Majja 209 (824) - 273 (886) kabi allomalardir.

Olimlar “al-kutub as-sitta” (olti kitob)ni quyidagilardan iborat deb ko’rsatadilar:

  1. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy tomonidan yozilgan “As- Sahih”.

  2. Imom Muslim an-Nishonpuriy (imom Muslim ibn al - Hajjoj) tomonidan yozilgan “As-Sahih”.

  3. Imom Ibn Mojja tomonidan yozilgan “Sunnai”.

  4. Imom Abu Dovud Sulaymon - Sijistoniy tomonidan yozilgan “Sunnai”.

  5. Imom ibn Iso at-Termiziy tomonidan yozilgan “Aj-jami al-Kabir”.

  6. Ahmad an - Nasoiy tomonidan yozilgan “Sunnai” kabi to’plamlardir.

  7. Imom al - Buxoriyning shoh-asari “Al-Jome’ as-sahih” (“Ishonchli to’plam”) 4 jiddan iborat bo’lib, unga 600 ming hadidan 7275 ta eng “sahih” hadislar kiritlgan, takrorlanmaydiganlari 4000 hadisdan iboratdir.

Yuqoridagilarga xulosa qilib aytganda, islom ta’limoti mujassamlashgan Qur’oni Karimdagi “Biz odam bolalarini aziz-mukarram qildik... ularga halol-pok narsalardan rizqu - ro’z berdik va ularni o’zimiz yaratgan juda ko’p jonzotlardan afzal-ustun qilib qo’ydik”; “Ey mo’minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz-pokiza narsalardan englar”, “Bandalarimga aytingki, ular eng go’zal so’zlardan so’zlashsinlar”, “Odamlarni aldab fitnaga solish o’ldirishdan yomonroqdir”, “Alloh zulm qiluvchilarni sevmaydi”, “Parvardigoringiz... ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi... ” kabi muhim g’oyalar; shuningdek, Hadisi Sharifdagi “Ilm egallang! Ilm-sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik damlarida - yo’ldosh, baxtiyor daqiqalarda - rahbar, qayg’uli onlarda - madadkor, odamlar orasida - zebu ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda - quroldir”; “Ilm olish har bir muslim va muslima uchun farzdir”; “Beshikdan to qabrga kirgunlaringizcha ilm izlangiz”, “Yoshlikda olingan ilm toshga o’yilgan naqsh kabidir”; “Yolg’on so’zlama”, “o’zinga ravo ko’rganni boshqalarga ham ravo ko’r”, “Englar, ichinglar, sadaqa qilinglar, ammo isrofgarchilikka o’tmanglar”, “Ahmoqdan uzoqlashing”, “Nonni e’zozlanglar”; deb zikr etilgan hikmatlar komil insonni tarbiyalashda muhim manbadir.


MAVZU: SHARQ UYG’ONISH DAVRIDA PEDAGOGIK FIKRLARNING RIVOJLLANISHI

Reja:


  1. IX-XI asrlar - Sharq Uyg’onish davri.

  2. Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar.

  3. Abu Ali ibn Sino tarbiya va ta’lim haqida. Sharq Uyg’onish davrida ta’limiy- axloqiy fikrlar rivoji.

  4. Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik” asari - pandnoma asar sifatida.

  5. Kaykovusning “Qobusnoma” asarining tarbiyaviy ahamiyati.

Tayanch so’zlar: Uyg’onish davri, Forobiy, Sino, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus.

Arab xalifaligi yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, yagona Islom dinining tarkib topishi madaniy hayotga ham ta’sir etdi. Madaniy hayotda yuz bergan ko’tarinkilik ma’naviy hayotda ham o’zgarishlar bo’lishiga olib keldi.

Ana shu ko’tarilish butun arab xalifaligini, yaqin va o’rta sharqni qamrab olganligi uchun ham sharq uyg’onish davri deb ataldi. bu uyg’onish jarayoni ix asrdan boshlab XV-XVI asrlargacha davom etdi.

Arab xalifaligida 9 asrda vujudga kelgan Uyg’onish davri xalifalikning Bag’dod, Damashq, Halab shaharlarida boshlanib, barcha boshqa halqlar madaniy hayotiga tarqalgan, bu esa u davlatlarning ham madaniy rivojlanishga zamin tayyorlagan. xalifalik emirilishi jarayonida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi madaniy rivojlanish xalifalik davridagi madaniy rivojlanishning davomi edi.

Xalifa Horun ar-Rashid davrida (786-833 y.y.) va uning o’g’li al-Ma’mun davrida Bag’dodda “Bayt-ul-Hikma” (“Donishmandlik uyi”) (hozir Akademiya ma’nosida) tashkil etiladi. Mazkur Akademiya barcha ilm sohiblarining ilmiy markaziga aylanadi. Uning qoshida jahon kutubxonasi tashkil etilgan. Akademiya 813-833 yillarda yanada rivojlangan. Akademiya qoshida rasadhona ham bo’lgan, keyinchalik yangi kutubxona qurilgan. Bog’doddagi mazkur ilm markazi, o’z navbatida Sharq va G’arbda ilm-fanning taraqqiy etishiga, ma’naviy hayotning rivojlanishiga ta’sir etgan. Bu o’rinda xalifa al-Ma’munning ilm-fan ravnaqida ko’rsatgan homiyligini alohida ta’kidlash joiz.

Zero, xalifa al-Ma’mun ilm fanni juda qadrlagan. U IX asr boshlaridan xalifalikning Xurosondagi noibi bo’lib turganda ham Movarounnahr va Xurosondagi olimlarni to’plab, ularning ilmiy ijodiga sharoit yaratib bergan. Bular orasida al- Xorazmiy, al-Xuttaliy, al-Javhariy, al-Farg’oniy, al-Marazviy kabi vatandosh olimlarimiz ham bo’lgan. Al-Ma’mun xalifalik tahtiga o’tirgach u olimlarning barchasini Bag’dodga chaqirib oladi va “Bayt-ul-hikma” -donishmandlik uyi (“Ma’mun akademiyasi”)da arab olimlari bilan hamkorlikda ilm-fan ravnaq topadi.

Shuningdek, qadimgi yaratilgan madaniy yodgorliklar, ular xoh yunon, xoh arab, xoh Movarounnahr va Xuroson xalqining eng qadimgi antik davrlar madaniyati bo’lsin, Uyg’onish davri madaniyatining yaratilishi va rivojlanishiga asos bo’lib hizmat qildi.

Agar arablar Markaziy Osiyoni bosib olib, bu erda ilgari mavjud bo’lgan fan va madaniyat o’choqlarini yo’qotgan bo’lsalar, ko’p o’tmay qadimiy ilmiy an’ana asta-sekin tiklanib, natijada ilm-fanning etuk siymolari etishib chiqa boshlaydi. Bularning barchasining bir-biriga qo’shiluvi natijasida Sharqda bir butun madaniyat tarkib topadi va rivojlana boshlaydi.

Yaqin va o’rta Sharqda, jumladan, Eron, Kavkazorti va Movarounnahrda savdo aloqalarining rivojlanganligi, ilm-fan, hunarmandchilikning taraqqiy etishi moddiy va madaniy aloqalarning barchasi umumiy rivojlanishga ta’sir etdi. Yaqin va o’rta Sharq mamlakatlarida madaniy yuksalishga olib kelgan asosiy sabab-feodal munosabatlarning yangi bosqichi bo’ldi. Bu davr madaniy taraqqiyotida arab xalifaligiga bo’ysungan mamlakatlarning ho’jalik-iqtisodiy aloqalarining kuchayishi va buning oqibatida turli madaniyatlar-Hind, Movarounnahr, Eron, arab, Misr, grek-yunon-rim madaniyatlarining yaqindan o’zaro aloqasi va bir-biriga ta’sir etib borishi katta rol o’ynadi. Haqiqatdan ham bu davrda iqtisodiyot taraqqiy etdi, qishloq ho’jaligi, hunarmandchilik rivojlandi.

Bu davrda qishloq ho’jaligida foydalaniladigan er maydonlari kengaydi, ko’plab sug’oriladigan erlar ochildi, sug’orish inshootlari tiklandi, yangilari qurildi, pahta, zig’ir, kanop ekilib, ularning tolasidan mato to’qildi. Movarounnahrda, hususan, Xorazm, Urganch, Farg’ona, Samarqand va Buxoro to’qimachilik mahsulotlari, ayniqsa Samarqand va Buxoro shoyisi dunyoga mashhur bo’lgan.

Qishloq ho’jaligi va hunarmandchilik, sanoat mahsulotlariningishlab chiqarilishi savdoning rivojlanishiga yo’l ochdi. Natijada Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarining chet davlatlar: Ispaniya, Hindiston, Xitoy, Vizantiya bilan savdo ishlari ko’lami ortib bordi.

Pireney yarim orolining arablar tomonidan bosib olinishi insoniyat tarihining yangi sahifalarini ochib berdi. Bu jarayonning, ayniqsa, Ovro’pa uchun ahamiyati beqiyos bo’ldi. Sharq faqatgina Ovro’po madaniyatining rivojiga ta’sir etibgina qolmay, balki umuman, Ovro’polik odamning psihologiyasi, tafakkuri, harakteri, hayot tarzini tarihiy jarayonni tubdan o’zgartirib yubordi. Bu esa o’z navbatida matematika, falsafa, astronomiya, tabiiyot, tibbiyot, hulq-odob, turmush tarzi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’sir etdi.



  1. asrdan boshlab Movarounnahr va Xurosonda mustaqil feodal davlatlar- Tohiriylar, Somoniylar, Qorahoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlarining paydo bo’lishida xalifalikning emirilishi ham madaniy hayotning yanada ravnaq topishiga olib keldi.

Bu davrda pul muomalasi rivojlandi. Jamiyat siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o’zgarishlar, albatta madaniy hayotga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi.

Somoniylar davlatida Marv, Buxoro, Samarqand va Urganch o’sha davrning madaniy markazlari sanalardi.

Bu davrda arab tili ilmiy va aloqa tili edi. Maktablarda darslar arab tilida olib borilar edi. Rasmiy hujjatlar, shariat qoidalari arab tilida yuritilar edi. Ilmiy asarlar ham arab tilida yozilar edi. X asr o’rtalariga kelib, fors-tojik tilida ham ish yuritila boshlandi. Ammo hujjatlar, ishlar fors-tojik tilida bo’lsa ham, arab imlosida yozilar edi.

Bu shaharlardagi maktablarga hatto tevarak-atrofdagi qishloqlardan oddiy halq bolalari ham kelib o’qiganligi manbalarda keltiriladi.

O’sha davrda Buxoroda katta kitob bozori bo’lgan. Kitob do’konlarida olim va fozil kishilar uchrashib, ilmiy muloqot, munozaralar o’tkazganlar. Abu Ali ibn Sino kitob do’konlaridan birida Forobiyning Aristotel “Metafizika”siga yozgan sharhlarini sotib olganligini tarjimai holida hikoya qiladi.

Buxoro amiri saroyida esa yirik kutubxona mavjud bo’lgan.

Amir kutubxonasini o’sha davrdagi Sheroz kutubxonasi bilan bellasha oladigan yagona kutubxona sifatida tan olganlar.

Somoniylar davrida Rudakiy, Firdavsiy, al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino kabi mutafakkirlar ijod etganlar. X asrning ikkinchi yarmidan tashkil topgan Qorahoniylar davlatida ham ba’zi honlar o’z saroylarida kutubxonalar tashkil etdilar. Bu kutubxonalarda arab va hatto G’arbiy Evropa olimlarining asarlari ham mavjud edi. Bu davrda turkiy til shakllanib bordi. Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg’ariy kabi olimlar jahon ahamiyatiga ega bo’lgan asarlarini yaratdilar. XI asr boshida G’aznaviylar davlati, keyinroq Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlati tashkil topdi. G’aznaviylar davrida ham ilmiy, ijtimoiy-falsafiy fikrlar rivojlandi. Mahmud G’aznaviy o’z saroyiga juda katta madaniy boyliklarni to’playdi, olimlarni ilmiy ishga taklif etadi. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning mashhur “Hindiston” asarini shu erda yaratgan edi.

Saljuqiylar davrida Alp-Arslon Muhammad hokimiyatni boshqarganda uning vaziri Nizom ul-Mulk o’z davrining mashhur siyosiy arbobi va eng ma’rifatparvar kishilaridan bo’lgan.

Saljuqiylar hokimiyati harbiylashgan bo’lib, bu hokimyatning ichki va tashqi siyosatini Nizom ul-Mulk boshqarar edi. U g’aznaviylar ish uslubiga bir oz o’zgartirishlar kiritib, hokimiyatni boshqarish uslubini ishlab chiqadi va o’zining “Siyosatnoma” asarini yaratadi (1091-1092 y.y.). Bu asarda davlatni boshqarish tamoyillari-printsiplari bayon etiladi. Nizom ul-Mulk maorifni rivojlantirishda katta hizmat qiladi. 1067 yilda Bag’dodda o’zining shahsiy jamg’armasiga o’sha davrning eng mashhur o’quv yurti- “Nizomiya” madrasasini qurdiradi. U olimlar, din peshvolari, so’fiylarga katta e’tibor berib, g’amho’rlik qiladi. Uning katta hizmatlaridan yana biri taqvimni isloh qilgani. U 1074 yili o’rta Sharq mamlakatlari uchun kalendar-taqvim tuzadiki, bu taqvim hozirgacha eng takomillashgan kalendarlardan biri hisoblanadi.



  1. asrda Xorazmda ilm-fan taraqqiy etadi. Xorazm shohi Ma’mun II o’z saroyiga zabardast olimlarni taklif etadi. U tashkil etgan “Bayt-ul-Hikma” -Donishmandlar uyi tarihda “Ma’mun akademiyasi” deb nom qoldirgan. Bu akademiyaning rivoj topishida Abu RayHon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, tarihchi Miskavayh, riyoziyotchi Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu SaHl al-Masihiy, tabib Abulhayr Hammor kabi olimlar ilmiy ijod bilan shug’ullanganlar. Lekin toj-taht uchun kurash natijasida bu ilm dargoHi o’z faoliyatini to’htatib, olimlar tarqab ketadi.

Movarounnahr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma’naviy ko’tarilish Sharq Renessansi - Uyg’onish davrining boshlanishga olib keldi.

Movarounnahrda ilm-fan va ma’rifat soHasida o’z hizmatlari bilan dunyoga mashhur bo’lgan faylasuf va munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarih, til va adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar faoliyat olib bordilar. Qomusiy olimlar o’z ilmiy merosida ta’limiy- ahloqiy asarlar yaratishga ham katta e’tibor berib, bu asarlarda ilgari surilgan g’oyalar insonning ham aqliy, ham ahloqiy, estetik va jismoniy jihatdan kamol topishida, pedagogik fikr taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo’ldi.

Shuningdek, Sharq uyg’onish davrida sof pedagogik asarlar ham yaratilib, ta’lim- tarbiyada inson takomilining hususiy va umumiy metodlari haqida o’lmas ta’limoti bilan nom qoldirgan tarbiyashunos olimlar ham maydonga chiqdi.

Abu Rayhon Beruniy (973 - 1048)

Qomusiy olim Abu RayHon Muhammad ibn AHmad al-Beruniy X asrning ikkinchi yarmi va XI asrning boshlarida, g’oyat murakkab tarihiy davrda yashadi va ijod etdi. Abu RayHon Beruniy 362 yil 3-zulHijjada (milodiy 973 yil 4-sentyabr) Xorazmning Qiyod (Kot) shaHrida dunyoga keldi. Berun yoki birun so’zi «tashqari» degan ma’noni anglatadi.


  1. asr boshlarida Xorazmda bo’lgan mashhur sayohatchi va geograf YOqut Hamaviyning aytishicha, Vatanidan tashqariga ketgan Har bir kishini Xorazmiyliklar «Beruniy» laqabi bilan ataganlar. Keyinchalik bu laqab shu an’anaga ko’ra uning nomiga qo’shilib qolgan bo’lsa eHtimol. CHunonchi, olimni shahsan bilgan mashhur tarihchi Abul Fazil BayHaqiy unga nisbatan «Beruniy laqabini qo’llamay, faqat «Abu Rayhon» deb ataydi. «Abu Rayhon» esa «marhamatli», «rahmatli», «rahmdil» ma’nolarini bildiradi», - degan fikrlarni aytadilar

Abu RayHon Beruniy boshlang’ich ta’limni olgach, o’sha davrda fan - madaniyat taraqqiy etgan Xorazmning peshqadam olimlaridan saboq oladi.

Beruniy Horzam tili bilan birga sug’diy, forsiy, suryoniy, YUnon, qadimgi yaHudiy tillarini, Hatto qadimgi Hind tili sanskritni Ham o’rgangan. U YUnon klassik ilmi, astronomiya, geografiya, botanika, matematika, geologiya, tarih, etnografiya, falsafa va filologiyadan Ham chuqur bilim oladi.

Beruniy yirik olim Abu Nasr Ibn Iroqdan Evklid geometriyasi, Ptolemeyning astronomik ta’limotlaridan dars olgan.

Bundan tashqari o’zidan oldin o’tgan matematik, munajjim va geografiya olimi MuhammadXorazmiy, geografiya olimi Abul Abbos, AHmad Farg’oniy (IX asr), Marvaziy (IX asr), JavHariy (IX asr), faylasuf va tabiatshunos Abu Nasr Forobiy, Abul Vafo Juzjoniy (940-998), seyistonlik Abu Said as-Sijiy (951-1024), Abu Muhammad Hamid Ho’jandiy va boshqalarning asarlarini mustaqil o’rganadi.

995 yilgacha Beruniy astronomiya, geografiya, geodeziyaning amaliy masalalrini Hal etish bilan birga, SHarqda birinchi bo’lib Er va Osmon globusini yasadi va astronomiyaga oid bir necha kitob yozdi («Kartografiya», «Globus yasash kitobi», «Erdagi joylarning uzunlama va kenglamalarini aniqlash Haqida maqola» va boshqalar).

Beruniy Hali juda yosh olim bo’lishiga qaramay, Kot shaHrida 994-995 yillarda astronomik kuzatishlar o’tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o’zi astronomik asboblar ihtiro etgan.

994-995 yillarda Qorahoniylar samoniylar davlatiga qarshi Hujum qiladilar. Urganch amiri Ma’mun I tomonidan Beruniy ijod etayotgan Kot shaHri zabt etilib (bu shaHar Janubiy Horzamning poytahti bo’lgan), yagona Xorazm davlati tashkil topadi. Amir Abu Abdullo Muhammad hizmatida bo’lgan Beruniy Ham boshqa olimlar kabi Kot-Qiyotni tark etib, Jurjon (Kaspiy dengizining janubi-sharqi)da, so’ng Rayda (TeHron yaqinida) yashaydi, Raydan yana Jurjonga qaytib, olim va kelajakdagi ustozi Abu SaHl Iso MasiHiy bilan tanishadi va undan ta’lim oladi.

O’sha davrda Xorazmda va Kaspiy oldi viloyatlarida Qobus ibn Vushmagir yosh olimga hayrihoHlik ko’rsatadi. «SHams al-Maoliy» («Oliy martabalar quyoshi») laqabi bilan mashhur bo’lgan bu podshoHga bag’ishlab Beruniy «Qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar» asarini yozadi va unga taqdim etadi. Bu asar Beruniy nomini YAqin va O’rta SHarqqa mashhur qildi.

1004 yilda Beruniy Ma’mun II ibn Ma’mun tomonidan Xorazmga chaqirib olinadi va uning yaqin maslaHatchisi bo’lib qoladi.

Ma’mun davrida Urganchda «Ma’mun akademiyasi» nomli ilmiy markaz tashkil etiladi va u erda musulmon SHarqining yirik olimlari faoliyat ko’rsatadi.

Beruniy bir necha yil kamyob metallar va qimmatbaHo toshlar ustida kuzatishlar va tajribalar olib boradi va keyinchalik ana shu tadqiqotlari asosida «Mineralogiya» asarini yaratadi.

1017-1018 yillarda yana taht va Hokimiyat uchun kurash boshlanib, Movarounnahrda qorahoniylar davlati barpo etiladi. Huroson va Avg’onistonda MaHmud G’aznaviy (998-1030) hukmronligi o’rnatilib, qorahoniylar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq Xorazm MaHmud davlatiga tobe bo’lib qoladi.

Ma’mun akademiyasidagi ko’plab olimlar qatori Beruniy Ham G’aznaga olib ketiladi va u erda ko’p qiyinchiliklar bilan o’z ijodini davom ettiradi.

Beruniy bu erda o’zining «Xorazmning mashhur kishilari», «TaHdid niHoyot al- amokin li tasHiH masofot al - masokin», («Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning ohirgi chegaralarini aniqlash», ya’ni «Giodeziya») asarini yaratdi. Bu asarda geografiya va astronomiya fanlari bilan bir qatorda paleontologik kuzatishlar natijalari Ham bayon qilingan.

Beruniyning yana bir muhim asari «Munajjimlik san’atidan boshlang’ich tushunchalar»dir. Bu asarda ham u bir qancha fanlar yuzasidan dastlabki tushunchalar, ma’lumotlar bergan.

Ma’lumki, Mahmud G’aznaviy Hindistonga qarshi bosqinchilik urushlarini olib borgan. Mana shu yurishlarning birida Beruniy Ham MaHmud G’aznaivyga HamroH bo’lib bordi. U sanskrit (eski Hind tili)ni bilganligi uchun Hind halqi madaniyati, adabiyoti va san’ati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldi va bu meHnatlari natijasida 1030 yilda o’zining SHarq va G’arbda keng e’tirof qilingan mashhur «Hindiston» asarini yaratadi.

Kitobning to’liq nomi «Kitobu fi tahqiqi molil Hind min maqulatin fil aqli av marzulatin», ya’ni «Hindlarning aqlga sig’adigan va sig’maydigan ta’limotlarini aniqlash kitobi» bo’lib, aytishga qulay bo’lishligi uchun qisqacha «TaHqiqu mo - mil Hind» - («Hindistonga oid tadqiqlar» yoki «Hindiston») deb yuritiladi.

Uning bu shoH asari G’arb va SHarq olimlari, shu jumladan, Hozirgi zamon Hind olimlari tomonidan yuksak baHolangan. Akademik V.R.Rozen «SHarq va G’arbning qadimgi va o’rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar yo’q», - deb baHolasa, Hindiston olimi Hamid Rizo olim Haqida gapirib, «Hind madaniyatining chigal muammolarini biron-bir o’rta asr yoki Hozirgi zamon muallifi Abu RayHon

Beruniydek muvaffaqiyatli ravishda tushunib etmagan. Uning «Hindiston» asari qadimgi Hind madaniyati va fanining klassik namunasi bo’lib qoladi»

Asarda Beruniyning Hindiston Haqidagi barcha qarashlari o’z ifodasini topgan.

O’sha yili (1030) Mahmud G’aznaviy vafot etadi. Uning kichik o’g’li Muhammad voris sifatida tahtga o’tirgan bo’lsa-da, ko’p o’tmay MaHmudning katta o’g’li Mas’ud (1030-1041) ukasini tahtdan ag’darib, o’zi hokimiyatni qo’lga oladi. Bilimdon va zukko, ilm aHlini qadrlovchi Mas’ud Beruniyni o’z Himoyasiga olib, uning ijod qilishiga sharoit yaratib beradi.

Beruniy astronomiyaga oid «al - Qonun al-Mas’udiy» («Mas’ud qoununi») nomli yirik asarini shoh Mas’udga bag’ishlaydi. Olimlar bu asarni matematika va astronomiyaga oid ungacha yozilgan barcha asarlardan yuqori qo’yadilar. O’sha asr olimlaridan biri YOqutning yozishicha: «Mas’ud qonuni» kitobi matematika va astronomiya bo’yicha ungacha yozilgan Hamma kitoblar izini o’chirib yuborgan deydi.

Beruniy yana «qimmatbaHo toshlarni bilib olish bo’yicha ma’lumotlar to’plami» («Mineralogiya»), «Dorivor o’simliklar Haqida Kitob», «Kitob as Saydona fi - t-tibb» kabi asarlarni Ham yozdi. «Mineralogiya» SHarqdagina emas, Evropada Ham qimmatbaHo toshlarni izlash usullari va ular bilan savdo qilish, konlarni o’rganish, er osti boyliklarini tekshirish Haqida ma’lumot bersa, «Saidona» nomi bilan mashhur bo’lgan keyingi asarda SHarqdagi dorivor o’simliklarning tavsifi bayon qilingan.

Beruniy «Saidona» kitobida o’zining 80 yoshdan oshganligini yozadi, shunga ko’ra uni 1050-1051 yillarda vafot etgan deb tahmin etish mumkin. Ba’zi manbaalarda esa, 1048 yil 13 dekabrda G’azna shahrida vafot etgan deb ko’rsatiladi.

Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo’llari, usullari Haqidagi fikrlari Hozirgi davr uchun Ham dolzarbdir. O’quvchiga bilim berishda:

o’quvchini zeriktirmaslik;

bilim berishda bir hil narsani yoki bir hil fanni o’rgatavermaslik;

uzviylik, izchillik;

taHlil qilish va taqqoslash;

ma’lumdan noma’lumga, yaqindan uzoqqa, soddan qiyinga qarab borish;

takrorlash;

yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko’rgazmali bayon etish va Hokazoga e’tibor berish kerakligi o’qtiriladi.

Beruniy fan soHasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid qoldirilgan barcha boyliklarni qunt bilan o’rganishga da’vat etadi.

Olim ilm toliblariga qalbni yomon illatlardan, inson o’zi sezishi mumkin bo’lmagan Holatlardan, qotib qolgan urf-odatlardan, Hirsdan, beHuda raqobatdan, ochko’zlikdan, shon-shuHratdan saqlanishi zarurligini o’qtirgan.

SHuningdek, Har bir halqning o’ziga hos ta’lim usullari, yo’llari, shakllari borligini ta’kidlash bilan birga Har bir halqning Ham o’qitish tizimi alifbodan boshlanishini ko’rsatadi. Grammatika, matematika fanlarini o’qitishga oid qimmatli fikrlar bayon etadi.

Beruniy til va adabiyot, tarih, geografiya, geodeziya, biologiya, mineralogiya fanlari, tibbiyot va dorishunoslik, fizika, falakiyot ilmiga oid tadqiqotlarini o’zi targ’ib etgan nazariya Hamda kuzatishlar natijasida amaliyotda sinab ko’rib, fanda Haqiqat ustivor turishini ta’kidladi.

U barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikda deb biladi. Ilmlarni egallashda esa shahsda intilish va qiziqish, muHitni aloHida ta’kidlaydi.

Bilim olishda tushunib o’rganish, ilmiy tadqiqotchining poklikka rioya etishiga aloHida e’tibor beradi. Jamiyatning ravnaqi, ma’rifatning rivojiga bog’liq degan g’oyani

ilgari so’radi.

Beruniy bilim olishni ahloqiy tarbiya bilan bog’laydi. Zero, insonda komillikning muHim mezoni yuksak ahloqlilikdir.

Beruniyning inson kamolotida ahloqiy tarbiyaning muHim o’rnini ta’kidlashini uning yuqorida qayd etilgan «O’tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Mineralogiya», «Kitob as - Saidona», «al - Qonuni al - Mas’udiy», «Giodeziya» va boshqa asarlarida ko’ramiz.

Beruniy fikricha, ahloqiylik insonning eng asosiy sifati bo’lishi kerak. Bu hislat birdaniga tarkib topmaydi. U kishilarning o’zaro muloqoti, ijtimoiy muHit - jamiyat taraqqiyoti jarayonida tarkib topadi.

Beruniy Ham ahloqiy tarbiyaga musulmon dini talablaridan kelib chiqqan holda ta’rif beradi. Ahloqiylik yahshilik bilan yomonlik o’rtasidagi kurash natijasida namoyon bo’ladi va tarkib topadi deydi, u. YAhshilik va yomonlik insonning hulq-atvorini belgilaydigan mezon sifatida qo’llaniladi.

U yahshi hislatlarga to’g’rilik, odillik, o’zini vazmin tutish, insof, kamtarlik, lutf, sobitqadamlik, eHtiyotkorlik, sahiylik, shirinsuhanlik, raHbarlikda adolatlilik, tadbirkorlik kabilarni kiritadi.

YOmon illatlarga esa hasadgo’ylik, bahillik, nosog’lom raqobat, o’z manfaatini ko’zlash, mansabparastlik va Hokazolarni kiritadi.

Beruniy fahrlanishni yahshi hulq ma’nosida ishlatib, «YOdgorliklar»da shunday deydi: «Fahrlanish - Haqiqatda yahshi hulqlar va oliy fe’llarda oldin ketish, ilmu hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud nopokliklardan tozalanishdir. Kimda shunday sifatlar topilsa, Hukm uning foydasiga va kimda bular etishmasa, Hukm uning zarariga bo’ladi»

Demak, Beruniy insonning ma’naviy qiyofasidagi barcha ahloqiy hislatlarni yahshilik va yomonlik kabi ikki turga bo’ladi. Bu insoniyat yaratgan pedagogik fikr taraqqiyotida «qizil ip» bo’lib o’tganidek, shu an’anaga muvofiq Beruniyda Ham ahloqiy tushunchalar ahloqiy barkamollikning muHim tomonlaridir.

Beruniy sahovat (o’zaro yordam, bir-biriga foyda keltirish uchun Hamkorlik), muruvvat (odamlarga hayrihoH bo’lish, Halollik va Haqgo’ylik, o’z meHnati bilan kun ko’rish v.b.)ni insonning ahloqiy kamolotini ko’rsatuvchi hislatlar deb biladi.

Insonning ahloqiy kamolga etishi muammosi butun ta’lim-tarbiya tizimida markaziy masala bo’lib kelgan.

Abu RayHon Beruniy ezgu tilakka etishga to’sqinlik qiluvchi ziqnalik, yolg’onchilik, munofiqlik, manmanlik, takkaburlik kabi nuqsonlarni qorlaydi, boylikka ruju quyish va ta’magirlik, g’azab va joHillik inson uchun eng ashaddiy dushman deb qaraydi.

Mutafakkir ilgari surgan ahloqiy Hislatlardan yana biri adolatdir. U jamiyatda adolat o’rnatish, uni yovuzliklardan halos etish uchun dono, adolatli hukmdor bo’lishi kerak, deydi.

Beruniy kundalik turmush masalalariga Ham katta e’tibor bergan. Har bir ahloqan barkamol inson o’zining turmush tarzini Ham uyg’un, go’zal eta oladi. uyg’unlik, go’zallik va nafosatning asosi sanaladi. Beruniy insoniy hislatlardan muHimi - ozodlik, tarbiyalilik bo’lsa, insonga eng yaqin narsa uning tabiati, ruHi deydi. SHuning uchun inson o’z tabiatiga yoqadigan ishlarni bajarishi zarur, deb ko’rsatadi. Bunda insonning ichki dunyosi bilan tashqi go’zalligi, turmush tarzidagi go’zallikning uyg’un bo’lishini talab etgan. Bunga inson kiyadigan kiyimidan tortib, kundalik turmushidagi yurish- turushi, so’zi, qalbi, qilgan ishi - Hammasining go’zal bo’lishi ta’kidlangan.

Har bir shahsda sharm-Hayo, ozodalik, nafis did, iffat, latofat, shirinsuhanlikning tarkib topishi turmushning yanada go’zal bo’lishiga olib keladi.

Olimning inson turmushiga hos Hulq-odob qoidalari Haqidagi fikrlari pedagogik jiHatdan muHim aHamiyat kasb etadi. Inson Ham ichki, Ham tashqi tomondan go’zal bo’lsagina Haqiqiy kamolotga erishishi mumkin deydi. U ozodlik va arosatlikni olijanoblik bilan tenglashtiradi. Inson doimo bularga rioya etishi zarur deb ta’kidlaydi. Bunda inson o’zini boshqara olishga qodir bo’lishi, Har bir etuk inson uchun zarur bo’lgan hislatlarni tarkib toptirishda kuch va irodaga ega bo’lishi zarur, deydi. «Minerologiya» asarida bu fikrni quyidagicha ifodalaydi. «Inson o’z eHtiroslariga hukmron, ularni o’zgartirishga qodir, o’z jon va tanini tarbiyalar ekan, salbiy jiHatlarni maqtagulik narsalarga aylantirishga Hamda asta - sekin, ahloq Haqidagi kitoblarda ko’rsatilgan usullar bilan illatlarni bartaraf etishga qodirdir»

Beruniy insonni kamolotga etaklovchi hislatlardan yana biri olijanoblik deb ko’rsatadi.

Olijanoblikning mazmunini yahshilik tashkil etadi. Bunda olim insonga inson sifatida muomala qilishni nazarda tutadi.

Eng muHimi, mutafakkir, inson kamolotida, meHnat va meHnat tarbiyasi Haqida muHim fikrlarni bayon etadi. U Har bir Hunar egasining meHnatiga qarab turlarga bo’ladi. Og’ir meHnat sifatida binokor, ko’mir qazuvchi, Hunarmand, fan soHiblari meHnatini keltiradi. Ayniqsa ilm aHli - olimlar meHnatiga aloHida e’tibor berish, HayrihoH bo’lishga chaqiradi, ularni ma’rifat tarqatuvchilar, jamiyat ravnaqiga Hissa qo’shuvchilar deb, biladi: shu bilan birga, og’ir meHnat qiluvchi konchilar, er ostida gavHar izlovchilar, deHqonlar Haqida gapirib, ularning meHnatini rag’batlantirib turish kerak, deydi. Ayniqsa, podshohlar bunday meHnat aHliga g’amHo’r bo’lishi kerakligini aloHida eslatadi. CHunki, ana shu meHnat aHli ular Hukmronligining tayanchi, deb ta’kidlaydi.

Olim bolalarni mehnatga o’rgatish metodlari, yo’llari haqida ham fikr yuritadi. Masalan, bolalarni eng kichik yoshidan mehnatga o’rgatish kerak deydi. mehnat tarbiyasida o’sha davr tarbiya an’anasiga binoan vorislikka katta ahamiyat beradi. buni E.To’raqulov va S.RaHimovlar «Abu RayHon Beruniy ruHiyat va ta’lim-tarbiya Haqida» nomli risolalarida juda yahshi bayon etishgan. Beruniyning «Mineralogiya» asarida faqat qimmatbaho metallar, toshlar haqida emas, hunarmandchilikka oid, shogird tayyorlash jarayoni, ustalarning hunar o’rgatish metodlari haqida ham qimmatli fikrlar bayon etilgan. Bunda hozirgi pedagogika fani tili bilan aytganda, shahsiy namuna metodidan foydalangani, ish jarayoni bevosita ham nazariy, ham amaliy jihatdan ustahonaning o’zida bajarilgani shogirdlarning malakali usta bo’lib etishishida katta ahamiyatga ega bo’lgan. shuning uchun ham o’sha davrda Xuroson va Movarounnahr metallurgiya, konchilik, to’quvchilik, zebi-ziynat buyumlari yasash, qog’oz va oyna ishlab chiqarish va boshqa sohalarda dunyo bozorida nom chiqargan.

Hunarmandchilikning bunday yakka holda o’rgatilishi malakali kasb egalarining etishib chiqishiga yordam bergan, halol va vijdonan mehnat qilishga yo’llaganki, bu insonning kamolga etishiga muhim pog’ona bo’lgan. Zero, qadimdan har bir etuk inson u shohmi, oddiy fuqaromi, hunarning bir yoki bir necha turini bilishi zarur sanalgan. shunga ko’ra buyuk shohlar ham, beklar ham, mol-mulk egalari bo’lgan boylar ham, oddiy fuqaro ham o’z farzandini bilimli bo’lishi bilan birga, hunarli bo’lishiga ham e’tibor bergan va bu yozilmagan qonunga barcha birdek amal qilgan. CHunki, kishilik jamiyati paydo bo’lgandan boshlab, kishilar o’z meHnati va Hunari bilan kun kechirishga majbur bo’lgan va bu Hayot taqozosi sifatida qabul qilingan.

SHuning uchun Ham Beruniy inson Har tomonlama kamolga etishi uchun u ilmli bo’lishi bilan birga meHnatsevar va Hunar egasi bo’lishi Ham kerak deydi.

Beruniy inson kamolotida uch narsa muHimligini ta’kidlaydi. Bu Hozirgi davr pedagogikasi Ham e’tirof qiluvchi irsiyat, muHit, tarbiyadir.

Ma’lum bir davrda olimlar inson kamolotiga irsiyat, muHitning ta’sirini inkor etib, faqat tarbiyani tan oldilar. Lekin Beruniy o’z zamondoshlari - buyuk mutafakkirlar Forobiy, ibn Sinolar kabi inson kamolotida Har uchalasini Ham muHim deb Hisoblaydi. YA’ni u insonning kamolotga etishida ilmu ma’rifat, san’at va amaliyot asosiy rol o’ynasa-da, nasl-nasab, ijtimoiy muHit va ijtimoiy turmush qonuniyatlari Ham katta aHamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi.

Abu RayHon Beruniy nazarida inson kamolga etishining eng muHim omillari ilm- ma’rifatli bo’lish va yuksak ahloqlilikdir. Beruniy ilmiy bilishga oid, ta’lim metodlari Haqidagi qarashlari bilan ta’lim nazariyasida o’ziga hos maktab yaratdi.

YOshlarni tarbiyalashda esa ahloqiy meHnat tarbiyasi, nafosat tarbiyasi, oila tarbiyasi, insonning shahsiy gigienasi, halqlar o’rtasidagi do’stlik, Hamkorlik Haqidagi tushunchalar katta aHamiyatga egadir. Olim ahloqlilikning belgilari sifatida yahshilik, to’g’rilik, adolat, kamtarlik,sahovat, olijanoblik, do’stlik va Hamkorlik, meHnat va Hunar egallash, poklik, go’zallikka intilish kabilarni ilgari surgan. Bularning barchasini u yaratgan asarlaridagi ijtimoiy-falsafiy fikrlarga bog’lab tushuntirgan.

YUqoridagilardan ko’rinib turibdiki, Beruniyning komil insonni shakllantirishga oid bu fikrlari faqat o’z zamonasi uchun emas, Hozirgi davr ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishda Ham katta aHamiyatga ega.

Zero, uning o’zi Ham Haqiqiy komil insonga hos hislatlarga ega ekanligini, Hayoti va ijodiy faoliyati, yozgan asarlari bilan isbotlab, kelajak avlodlarga katta ma’naviy me’ros qoldirdi.

Beruniy «SHarq Renessansi» davri qomusiy olimlaridan biri sifatida nom qozondi.

Mashhur Amriqolik tarihchi olim J.Sarton jaHon fani tarihida XI asrning birinchi yarmini Beruniy davri deb atadi. SHuningdek, uni o’z davrining jaHondagi birinchi donishmandi deb baHolaydi.

Beruniyning Ham tabiiy, Ham ijtimoiy fanlarni qamrab olgan 150 dan ortiq yirik ilmiy asarlar yaratganligi Ham bu fikrning o’rinli ekanligini tasdiqlaydi.

AbuAliibnSinoningta’Iimiy-ahloqiyqarashlari

Abu Ali ibn Sino (980-1037)

SHarq va Obro’pada ma’rifat, madaniyat taraqqiyotiga katta Hissa qo’shganligi tufayli, «SHayh - Ur - Rais» SHarqda «Olimlar boshlig’i», Ovro’pada «Olimlar podshosi» nomi bilan mashhur bo’lgan allomalardan biri o’rta asr buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sino Ham boshqa zamondosh qomusiy olimlar qatori matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, ruHshunoslik, fiziologiya, falsafa, filologiya, ta’lim - tarbiya soHalarida ijod etgan va dunyoga mashhur yirik asarlar meros qoldirgan olim.

Abu Ali ibn Sino 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida kichik amaldor oilasida tug’iladi. Uning to’la ismi Abu Ali al-Husayn ibn AbdulloH ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sinodir. Abu Ali uning kuniyasidir. Oti Husan, otasining ismi AbdulloH edi. Keyinroq uning oilasi Buxoroga ko’chib o’tgach, u boshlang’ich maktabda o’qiy boshlaydi. Ibn Sinoning mutolasi zo’r, meHnatsevar edi. Undagi tug’ma qobiliyat, o’tkir zeHn, kuchli hotira o’zaro birikib ketgan edi. Ibn Sinoning otasi AbdulloH Hamda uning do’stlari bilimdon kishilar bo’lib, ularning ilmiy munozaralari o’tadigan oilaviy muHit yosh ibn Sinoga Ham ta’sir etadi. SHu bilan birga uning bolalik va o’smirlik yillari o’tgan Buxoro shaHri somoniylar davrining yirik madaniy markazi bo’lib Hisoblanar edi. Buxoroda ko’plab maktab, madrasa, kasalhona va nodir kitoblar saqlanadigan kutubxona bo’lgan. JaHonning turli mamlakatlaridan kelgan olimlarning ilmiy munozaralarida yosh ibn Sino Ham qatnashib, turli fanlarga oid bilimlarini chuqurlashtirib borgan. U ustozlaridan Hind Hisobi, fiqHdan bilim olgan. Keyin esa faylasuf Abu AbdulloH Notiliydan falsafa, mantiq, Handasa va boshqa fanlardan ta’lim oladi. SHundan so’ng ibn Sino o’zi mustaqil Holda barcha fanlar bilan shug’ullana boshlaydi. U ayniqsa tib ilmini chuqur egallab oladi, bu soHada unga ta’lim bergan kishi Buxorolik Abu Mansur Kamariy bo’ldi. Ibn Sino so’ngra falsafani o’rganishga kirishadi. Ayniqsa, Aristotel falsafasini, uning «Metafizika» asari moHiyatini buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiyning yozgan sharHi tufayli to’liq o’zlashtirib oladi.

IX asr ohiri - X asr boshlariga kelib, o’lkada siyosiy-ijtimoiy vaziyat murakkablashdi. SHu tufayli ibn Sino Xorazmga - Urganchga ko’chib o’tadi. Xorazmda u bir qator olimlar bilan Hamkorlikda Abu RayHon Beruniy boshqarayotgan «Ma’mun akademiyasi»da ilmiy ish bilan shug’ullana boshlaydi. Xorazmda o’zining yirik asarlari - «Tib qonunlari», «Ash-SHifo» kitoblari ustida ish olib boradi.

MaHmud G’aznaviy 1017 yilda Xorazmni o’ziga qaram qilib olgach, nufuzli olimlarni Ham o’z saroyiga chaqirib ola boshlaydi. Ibn Sino MaHmud G’aznaviy saroyiga bormay, boshqa yurtlarga ketishga majbur bo’ladi. Gurganjda, Rayda, keyin esa Hamadonda va umrining so’nggi yillari Isfahonda yashaydi. Ibn Sino 1037 yilda vafot etdi.

Ibn Sino Haqiqiy qomusiy olim sifatida o’z davridagi fanlarning Hammasi bilan muvaffaqiyatli shug’ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd etilgan .

SHundan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli, 43 tasi tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi psihologiyaga, 23 tasi tibbiyot ilmiga, 7 tasi astronomiyaga, 1 tasi matematika, 1 tasi muzikaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi etikaga, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo’lgan ilmiy yozishmalarga bag’ishlangan. Allomadan keyingi avlodlar uning ilmiy asarlari boy meros bo’lib qoldi.

Abu Ali ibn Sinoning «Al-Qonun», «Hayy ibn YAqzon», «Risolat at - tayr», «Risolat fi-l-ishq» («Ishq Haqida risola»), «Risolat fi moHiyat as-salot» («Nomozning moHiyati Haqida risola»), «Kitob fi ma’no ziyorat» («Ziyorat qilishning ma’nosi Haqida»), «Risolat fi - daf al - g’am min al mivt» («O’limdan keladigan g’amni daf qilish Haqida risola»), «risolat al-qadr», «An-Najot», «Ash SHifo», «Donishnoma», «Kitob ash - ishorat» va at tanbiHot asarlari shular jumlasidandir.

Ma’lumki, ibn Sino Ham boshqa mutafakkirlar kabi o’zining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog’liq Holda ifodalagan, mahsus risolalarda talqin etgan. SHuningdek, fanlarni tasnif etadi. Bunda u birinchi o’ringa tibbiyot fanlarini qo’yadi. Falsafani esa ikki guruHga, ya’ni nazariy va amaliy guruHlarga bo’ladi. Nazariy guruH kishilarni o’zidan tashqaridagi borliq Holati Haqidagi bilimlarni egallashga yo’llasa, amaliy qism bizga bu dunyoda nimalar qilishimiz kerakligini o’rgatadi deydi.

U birinchi guruHga etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruHga fizika, matematika, metafizika, dunyo qonuniyatlarini o’rganuvchi barcha fanlarni kiritadi.

Abu ali ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan ma’rifatni egallashga da’vat etadi. CHunki ilm-fan insonga hizmat qilib, tabiat qonunlarini ochib avlodlarga etkazishi kerak. Bu maqsadga etishish uchun inson qiyinchiliklardan qo’rqmasligi zarur, deydi. «Ey birodarlar! Odamlarning botiri mushkulotdan qo’rqmaydi. Kamolot Hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo’rqog’idir»

Zero, ma’rifatli kishi jasur, o’limdan Ham qo’rqmaydigan, faqat Haqiqatni bilish uchun Harakat qiladigan bo’ladi, deydi u fikrini davom ettirib.

Bilimsiz kishilar joHil bo’ladi, ular Haqiqatni bila olmaydilar, deb ularni etuk bo’lmagan kishilar qatoriga qushadi. Bunday kishilardan ilmiy fikrlarni sir tutish kerakligini ta’kidlaydi.

U Haqiqatni bilish uchun bilimga ega bo’lish kerakligi, lekin Har qanday bilim Ham Haqiqatga olib kelmasligi, inson o’z bilimining Haqiqiyligini bilishi uchun mantiqni Ham bilishi zarurligini uqtiradi. Ibn Sinoning ta’lim metodlari Haqidagi ta’limoti asosida Ham bilimlarni egallashda mantiqiy tafakkurga, shahsiy kuzatish va tajribalarga tayanish kerak degan g’oya yotadi.

Ibn Sino bolani maktabda o’qitish va tarbiyalash zaraurligini qayd etib, maktabga barcha kishilarning bolalari tortilishi va birga o’qitilishi va tarbiyalanishi lozim deb, bolani uy sharoitida yakka o’qitishga qarshi bo’lgan. Bolani maktabda jamoa bo’lib o’qishini foydasi quyidagicha ifodalangan:

Agar o’quvchi birga o’qisa u zerikmaydi, fanni egallashga qiziqish yuzaga keladi, bir-biridan qolmaslik uchun Harakat, musobaqalashish istagi rivojlanadi. Bularning Hammasi o’qishning yahshilanishiga yordam beradi.

O’zaro suHbatda o’uvchilar bir-biriga kitobdan o’qib olganlari, kattalardan eshitganlarini Hikoya qiladilar.

Bolalar birga to’planganlarida bir-birini Hurmat qila boshlaydilar, do’stlashadilar, o’quv materiallarini o’zlashtirishda bir-biriga yordamlashadilar, bir-biridan yahshi odatlarni qabul qiladilar

Bilim olishda bolalarni maktabda o’qitish zarurligini qayd etar ekan, ta’limda quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi:

bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo’ymaslik;

ta’limda engildan og’irga borish orqali bilim berish;

olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi;

o’qitishda jamoa bo’lib maktabda o’qitishga e’tibor berish;

bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini Hisobga olish;

o’qitishni jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib borish

qitishniR6ismoniyRlibR1orishЪ.

Bu talablar Hozirgi davr ta’lim tamoyillariga Ham mos kelishi bilan qimmatlidir. YUqoridagi masalalarga o’zining «Tadbiri manzil» asarida mahsus bo’lim bag’ishlaydi. «Bolani maktabda o’qitish va tarbiyalash» («Omo’zish va parvarish madrasa farzand») bo’limida ta’lim va tarbiya jarayonini ochib beradi. YUqoridagi tamoyillar esa bolalarni engil-elpi bilim olish emas, balki Har tomonlama chuqur va mustaHkam bilim olishiga yordam beradi.

Talabaga bilim berish o’qituvchining ma’suliyatli burchidir. SHunga ko’ra ibn Sino o’qituvchining qanday bo’lishi kerakligi Haqida fikr yuritar ekan, shunday yo’l-yo’riqlar beradi. Bular quyidagilardan iborat:

bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo’lish;

berilayotgan bilimning talabalar qanday o’zlashtirib olayotganiga e’tibor berishi; ta’limda turli metod va shakllardan foydalanishi;

talabalning hotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shahsiy hususiyatlarini bilishi; fanga qiziqtira olishi;

berilayotgan bilimlarning eng muHimini ajratib bera olishi;

bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berishi;

Har bir so’zning bolalar Hissiyotini uyg’otish darajasida bo’lishiga erishishi zarur, deydi olim

Ibn Sino ta’limotida bilishda qaysi metodlardan foydalanilmasin - u og’zaki ifodami, bilimlarni tushuntirishmi, turli ko’rinishdagi suHbatmi, tajribalarmi, baribir talabada Haqiqiy bilim Hosil qilish mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad bo’lgan.

SHu jiHatdan olimning «Hay ibn YAqzon» asari kishilarning did - farosatini o’stirishi, fikr doirasini kengaytirishi bilan ta’lim - tarbiyada katta aHamiyatga ega. Uning nomi Ham shunga ishor qiladi: «Hay ibn YAqzon» (Uyg’oq o’g’li Tirik). Bu asar farosat ilmi Haqida ekanligini ibn Sinonining o’zi Ham ta’kidalaydi.

Mazkur asarni ibn Sino 1023 yilda Hamadonga yaqin bo’lgan Faradjon qal’asi qamoqhonasida yozgan deyishadi

Ibn Sino bu asarida ilm - ma’rifatni o’rganishga kirishishi natijasida ko’zi ochilgani, uning natijasida Aql (Hay ibn YAqzon) ko’ziga ko’ringani va ilm Ham unga o’z jamolini namoyon qilganini Hikoya qilar ekan, ilm-aqlni o’lim bilmaydigan Uyg’oq, qarimaydigan, yosh, beli bukilmaydigan - barvasta, nuroniy sifatida tasvirlaydi. Tafakkur qilib zarur bo’lgan va bilishi mumkin bo’lgan narsalarni o’qishga kirishgani, bu yo’lda aqlni ishga solib, o’zini yomonliklardan chetlashtiradigan turli hususiyatlarini bilib olganligini qayd etadi

Demak, «Hay ibn YAqzon» mantiq ilmiga bag’ishlangani bilan Ham aqliy tarbiyada katta aHamiyatga ega. SHuningdek, insondagi yomon illatlarni Ham bartaraf etishda ilmu fan, ziyoning aHamiyati, insondagi aql - tafakkur quvvatining yomon illatlardan qutilishi, o’zligini anglash vositasi ekanligi bilan adabiy-falsafiy asargini bo’lib qolmay, tarbiyaviy asar sifatida Ham qimmatlidir.

Ibn Sino insonning kamolga etishida uning ahloqiy kamoloti muHim aHamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi.

Tadqiqotchilar uning falsafiy asarlarida ahloqqa oid fikr yuritganlari o’n ikkita deb qayd etadilar

Ibn Sino ahloqqa oid asa.r1a.rini «Amaliy Hikmat» (Donishmandlik amaliyoti) deb ataydi. Olimning fikricha, ahloq fani kishilarning o’ziga va boshqalarga nisabatan hatti - Harakati me’yorlari va qoidalarini o’rganadi.

Ibn Sino ahloqlilikning asosini yahshilik va yomonlik kabi ikki tushuncha bilan ta’riflaydi:

Dunyoda mavjud bo’lgan jami narsalar tabiatiga ko’ra kamolot sari intiladi. Kamolot sari intilishning o’zi esa moHiyat e’tibori bilan yahshilikdir...»

Ibn Sino inson kamolotining muHim ahloqiy jiHatlarini Ham tahlil etadi va Har biriga ta’rif beradi : masalan, adolatni ruHiy lazzatning bosh mezoni sanaydi. Inson qanoat, jasurlik, donolik bilan adolatga ega bo’ladi, yomon illatlardan o’zini tiyib, yahshilikni mustaHkamlaydi, Haqiqiy ruHiy lazzat oladi, deydi olim. Insondagi ijobiy, ahloqiy Hislatlarga sahiylik, chidamlilik, kamtarlik, sevgi - muHabbat, mo’’tadillik, aqlilik, eHtiyotkorlik, qat’iyatlilik, sadoqat, intilish, uyatchanlik, ijrochilik va boshqalarni kiritadi.

Qanoat va mo’’tadillikni insonning Hissiy quvvatiga kiritadi, chidamlilik, aqllilikni g’azab quvvatiga, donolik, eHtiyotkorlikni ziyraklikka, sadoqat, uyatchanlik ijrochilik, achinish, sofdillikni tafovut quvvatiga kiritadi.

Olim qanoatni Hissiy fazilatlardan sanaydi va inson o’zini ta’magirlikdan tiysa, mo’’tadillikka rioya qilsa, o’zida hirsning namoyon bo’lishini engadi, inson yomon iilatlarni engishda o’z imkoniyatlarini ongli sarf etishi lozim, deydi.

Ibn Sino Har bir ahloqiy Hislatning ta’rifini beradi: mo’’tadillik - tan uchun zaruriy oziq va hulq ma’yorlariga to’g’ri kelmaydigan ishlarni qilmaslik;

sahiylik - yordamga muhtoj kishilarga ko’maklashuvchi insoniy quvvat; g’azab - biror ishni bajarishda jasurlik; chidamlilik - inson o’z boshiga tushgan yomonliklarga bardosh beruvchi quvvat;

aqillilik - biror ishni bajarishda shoshma - shosharlikdan saqlovchi quvvat deydi. Ziyraklikni narsalar va Hatto Harakatlarning Haqiqiy ma’nosini tezlik bilan tushunishga yordam beruvchi quvvat, achinish, kishilar bahtsizlik, azob - uqibatga duchor bo’lganda, ular bilan hushmuomalada bo’luvchi insoniy quvvat; kamtarlikka hudbin ishlar bilan shug’ullanishdan to’htatuvchi kuch sifatida ta’rif beradi.

Ibn Sino insonning kamolga etishida to’siqlik qiluvchi nuqsonlar sifatida joHillik, nodonlik, shafqatsizlik, takabburlik, nafratni ko’rsatib o’tadi. JoHillikni - ilmga, nodonlikni - zeHni o’tkirlikka, shafqatsizlik, takabburlikni adolatga, nafratni - sevgi- muHabbatga qarama-qarshi illat sifatida ta’riflaydi.

Ibn Sino yuksak ahloqiy hislatlarga yana kishilarning bir-birlariga do’st bo’lib yashashi, Hamkorlik qilishini Ham kiritadi. CHunki Har bir kishi jamiyatda, odamlar bilan birga yashar ekan, ular bilan do’stona yashashga intiladi.

Modomiki, inson aloqaga muHtoj ekan, boshqa birov bilan qo’shinchilik qilish uchun uning uyi yoniga uy soladi, o’zining eHtiyojini qondirish uchun esa ishlab chiqarish maHsulotlarini almashtiradi, dushmanlardan saqlanish uchun o’zgalar bilan birlashadi. Mana shu tariqa kishilarda birlik Hissi, boshqalarga nisbatan sevgi-muHabbat va umumiy ahloqiy negizlar ishlab chiqila boshlaydi. U insonda yahshi hulqning shakllanishida hushhulq, ilmli do’st muHim rol o’ynaydi, deydi. Olim do’stlikni shunday ta’riflaydi:

Har qanday qiyinchiliklarga qaramay o’z do’stini havf-hatarda yolg’iz qoldirmaydigan do’stlik;

manfaatlari o’hshash va g’oyaviy yaqin do’stlik;

o’z shahsiy manfaati va eHtiyojini qondirishga qaratilgan do’stlik. Ibn Sino birinchi va ikkinchi hil do’stlikni Haqiqiy do’stlik deb e’tirof etadi.

Olim Haqiqiy do’stlik natijasida sevgi-muHabbat paydo bo’lishi mumkinligini aytadi. U «Risolai ishq» asarida sevgi-muHabbatning asl moHiyatini Ham ijtimoiy, Ham fiziologik jiHatdan yoritib beradi. Insonlarga ularning tashqi ko’rinishiga qarab emas, balki ularning ichki, ma’naviy dunyosiga qarab baHo berish kerakligini uqtiradi. Har bir kishi tabiatan sevgi tuyg’usiga ega, u tabiiy zarurat sifatida namoyon bo’ladi, lekin inson o’z tuyg’ularini boshqara olishi, aql va farosat bilan Haqiqiy sevgini Hirs tuyg’usidan, eHtiros kuchidan ajrata oladi. CHunki Haqiqiy sevgi, olimning fikricha, inson zimmasiga ahloqiy, huquqiy burch yuklaydi. Bu esa olimning sevgiga ijtimoiy omil sifatida Ham qaraganligini ko’rsatadi.

Tadqiqotchilar ibn Sino musiqaga oid ham asarlar yaratganligi, lekin ularning faqat bir qismigina bizgacha etib kelgani haqida ma’lumot beradilar

SHulardan biri «Musiqa bilimiga oid to’plam» bo’lib, bunda tovushning sezgi a’zolariga ta’siri, uning yoqimli va yoqimsizligi, tovushni eshitganda lazzatlanish yo nafratlanish Hissining paydo bo’lishi kabi masalalarga to’htaydi. Unda musiqaning kishi Hayotida qanchalik zarurligi Haqida Ham fikrlar bayon etiladi. Olimning fikricha, inson tabiatan yoqimli narsalar orqali engil tortsa, uning aksida oromi yo’qolib, nafrati paydo bo’ladi. Ibn Sino musiqa ovozlarining kishi ruHiga ta’siri Haqida Ham o’z fikrlarini bayon etadi.

Ibn Sinoning musiqaga oid asarlari u yashagan davr musiqa ilmidan juda muHim ma’lumotlar berishi bilan Ham qimmatlidir.

Ibn Sino aqliy tarbiya turli bilimlarni o’rganish natijasida amalga oshsa, ahloqiy tarbiya ko’proq yahshi ahloqiy hislatlarni mashq qildirish, odatlantirish, suHbat orqali amalga oshadi, deb ta’lim berdi.

Inson Hissiy va ma’naviy talablarni ajratib olish imkoniyatiga ega ekan, bu imkoniyat asta-sekin inson fe’l-atvoriga hos hislatga aylana boradi. Ibn Sino insonning shakllanishida uning atrofini o’rab olgan tashqi muHit, odamlar aloHida rol o’ynaydi, ana shu tashqi muHit va odamlar insonning atrof-dunyoni bilishigagina emas, balki uning Hulqida yahshi yoki yomon jiHatlarning tarkib topishiga Ham ta’sir etadi. SHuning uchun Ham bolalarni tarbiyalashda eHtiyotkor bo’lish kerakligini, bola yomon odatlarga o’rganmasligi uchun, uni yomon odamlardan, yomon muHitdan uzoqroq saqlash zarurligini uqtiradi.

Ibn Sinoning tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy tarbiya masalalariga keng o’rin berilgan. CHunki inson avvalo oilada kamolotga etadi.

Olim oilada ota-onaning vazifasi va burchiga katta e’tibor beradi. Oila munosabatlariga to’htalar ekan, ayniqsa ota-onalarning oilada meHnatsevarligi bilan farzandlarini Ham kasb va Hunarga o’rgatishi borasida muHim fikrlar bayon etadi. Insonning hulqi va ruHiga meHnatning ijobiy ta’sirini ta’kidlash bilan bir qatorda turli kasb egalari: Hunarmand, deHqonlar meHnatini ulug’laydi va qimorboz, sudHo’r kabilarni qoralaydi. U meHnatsiz Hayot kechirish insonga Ham jismoniy Ham ruHiy tomondan salbiy ta’sir etishini to’g’ri talqin etadi.

Ibn Sino aqliy, aHloqiy tarbiya bilan bir qatorda inson kamolotida jismoniy tarbiyaning muHim aHamiyatini Ham nazariy, Ham amaliy jiHatdan taHlil etadi.

Ibn Sinogacha insonning kamolga etishida jismoniy tarbiyaning ta’siri Haqida bir butun, yahlit, ta’limot yoritilmagan edi. Ibn Sino birinchi bo’lib jismoniy tarbiyaning ilmiy pedagogik jiHatdan bir butun tizimini yaratdi.

Jismoniy mashqlar, to’g’ri ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish tartibiga rioya etish inson sog’lig’ini saqlashda muHim omillardan ekanligini Ham ilmiy Ham amaliy jiHatdan asosladi.

Bolaga Ham Hali u tug’ilmasdan turib g’amho’rlik qilish, go’daklik lavridan boshlab tarbiyani boshlash zarurligini ta’kidlaydi. Bolaning etuk nson bo’lib shakllanishida unga g’amho’rlik, poklik, mas’uliyatni His etish, do’stona manosabatlar tuyg’usini singdirib borish zarur, deydi olim.

CHunki, Ibn Sino merosinining asosiy qimmat va qudrati uning keng va kuchli gumanistik mazmunidir.

U o’z ilmi, merosi bilan o’rta asr SHarqining ilmiy madaniy qudratini butun dunyoga namoyon qildi. Butun insoniyat madaniyatining rivojiga ulkan Hissa qo’shdi.

SHuning uchun Ham Ibn Sino jaHon madaniyatining buyuk siymosi, insoniyat uchun Hurmat qilgan olim, buyuk tabib, eng katta faylasuf, tabiatshunos, insonshunos, mashhur entsiklopedist sifatida tan olindi.

Ibn Sinoning jaHon fani va madaniyati rivojiga qo’shgan Hissasini e’tiborga olib, Jordano Bruno Ibn Sinoni qadimgi YUnonistonning buyuk faylasufi Aristotel, (vrach) tabib Golenlar bilan teng qatorga qo’ysa, A.Dante o’zining «IloHiy komediya»sida olimni Ptolomey, Evklid, Gippokratlarga tenglashtiradi. Nemis faylasufi L.Feyirbah olimni «mashhur tabib va faylasuf»dir desa, Hindostonning buyuk davlat arbobi J.Neru


o’zining «Hindistonning ochilishi»degan asarida O’rta Osiyo olimlarining tilga olar ekan, Ibn Sino nomini aloHida ta’kidlab: «Ulardan eng mashhuri (vrachlar) tabiblar podshoHi» degan nomni olgan Buxorolik Ibn Sino (Avitsenna) dir

Demak, ibn Sinoning shahsiy faoliyati dunyoviy ilmlarni o’rganish Haqidagi ti’limotlari, ta’lim-tarbiya Haqidagi muloHazalari, umuminsoniy pedagogik fikr taraqqiyotida o’ziga hos o’rinni egallaydi.

Sharq pedagogik ta’limptida ta’limiy-axloqiy qarashlar.

Movarounnahrda ilm-fan va ma’rifat soHasida o’z hizmatlari bilan dunyoga mashhur bo’lgan faylasuf va munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarih, til va adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar faoliyat olib bordilar. Qomusiy olimlar o’z ilmiy merosida ta’limiy- ahloqiy asarlar yaratishga ham katta e’tibor berib, bu asarlarda ilgari surilgan g’oyalar insonning ham aqliy, ham ahloqiy, estetik va jismoniy jihatdan kamol topishida, pedagogik fikr taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo’ldi.

Shuningdek, Sharq uyg’onish davrida sof pedagogik asarlar ham yaratilib, ta’lim- tarbiyada inson takomilining hususiy va umumiy metodlari haqida o’lmas ta’limoti bilan nom qoldirgan tarbiyashunos olimlar ham maydonga chiqdi.

Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari

Qomusiy olimlar o’z ilmiy merosida insonning aqliy, ahloqiy, jismoniy va estetik takomili masalalariga katta e’tibor berganlar. Masalan, Muhammad Al-Xorazmiy (783­850) insonning kamolga etishi va insoniy munosabatlarni yo’lga qo’yishda ilm-fanning muhim ahamiyatiga ega ekanligi to’g’risidagi g’oyani ilgari surgan holda pedagogik fikr taraqqiyotida munosib o’rin egallaydi.

Ayniqsa, u matematika sohasida yangilik yaratgan nazariyotchi hamda pedagog- uslubiyotchi olim sifatida tarihda qolgan. Xorazmiy o’z davrigacha bo’lgan qadimiy matematika fani rivojlangan mamlakatlar Vavilion (Bobil), YUnoniston, Hindiston, Xitoy, Misrdagi deyarli barcha matematiklarning kashfiyotlarini o’rgandi va o’zi Hayotiy talablar nuqtai nazarida ulardan farq etuvchi yangi kashfiyot yaratdi.

Muhammad al-Xorazmiy ilmiy merosi bilan bilish nazariyasiga o’zining ulkan Hissasini qo’shdi. “Al-kitob al-muhtasar fi-Hisob al-jabr va-l muqobala” asarida (“aljabr va -l muqobala Hisobi Haqida qisqacha kitob”) sonli kvadrat va chiziqli tenglamalar va ularni echish yo’llarini bayon etadi. Bu asar uch qismdan iboratdir. Birinchisi algebraik qism. Uning ohirida savdo muomalasiga oid kichik bir bo’lim kiritiladi; ikkinchsi, geometrik qism-algebraik usul qo’llab o’lchashlar Haqida; uchinchi qism vasiyatlar Haqida bo’lib, muallif uni “Vasiyatlar kitobi” deb ataydi.

Muhammad al-Xorazmiy matematika fanida abstraktsiya tushunchasini kengaytiradi. Induktsiya yo’li bilan umumiy echish usullarini Hal etadi, deduktsiya yo’li bilan umumiy usullar yordamida hususiy masalalarni echadi. “Aljabr va-lmuqobala” asari bilan Ham matematika fanini rivojlantirib, o’zidan avvalgi bilimlarni o’rgandi va ularni sintezlashtirdi Hamda amalda qo’llash usullarini bayon etdi.

Mutafakkir ushbu tenglamalarni echish uchun “Al-jabr” va “al-muqobala” (“tiklash” va “qiyoslash”) amallarini kiritdi. Bu amallarninng moHiyati tenglama Hadlarining ishorasini o’zgartirgan Holda ularni bir tomondan ikkinchi tomonga o’tkazish va yig’ishdan iboratdir. “Al-jabr” keyinchalik matematika fanining aloHida bo’limiga aylandi va “algebra” deb ataladigan bo’ldi. Mazkur amallar yordamida Har qanday tenglamani kononlik shakliga, ya’ni asosiy tiplardan biriga keltirib, keyin echiladi. Bu usul fan olamida muHim aHamiyatga ega edi. SHu asar tufayli “Al-Xorazmiy” nomi lotincha transkriptsiyada “Algoritmi” shaklini oldi, keyin “Algoritmus” va niHoyat Hozirgi zamon Hisoblash matematikasining asosiy tushunchasi “algoritm” (“algorifm”) ga aylandi. U matematikaning nazariy rivojlanishi bilan birga, undan turmushda foydalanish yo’llarini Ham berdi. Meros taqsim qilish, vasiyatnomalarni tuzish Hamda mol taqsim etish uchun zarur bo’lgan Hisoblarni ta’lif etdi.

Muhammad al-Xorazmiyning matematikaga oid ikkinchi kitobi “Hind arifmetikasi Haqida kitob” (“Hisob al-Hind”)dir. Asar o’nlik tizim raqamlari (1,2.3,4,5,6.7,8,9)ga bag’ishlangan. Mutafakkir Hindlarning falakiyot va matematikaga oid “SindiHin” nomli qo’llanmasini o’qib, uning yanglish va qiyin tomonlarini qayta tikladi, uning mundarijasiga yangi boblarni qo’shdi va bu asarni “qisqargan SindiHind” (“Algorizmi Hind Hisobi Haqida”) deb atadi. Mazkur asar faqat SHarqdagina emas, Evropada Ham qo’llanma sifatida shuHrat taratdi. U Hindistonda kashf etilgan raqamlarni soddalashtirdi va birinchi marta arab tilida bayon etdi. Ungacha ancha qo’pol sanoq usullaridan foydalanib kelingan. O’nlik tizimining kashf etilishi fan olamida sanoq tizimida inqilobiy o’zgarish deb ta’riflanadi. Evropaga 1,2.3,4,5,6,7,8,9 raqamlaridan foydalanish va nol yordamida eng katta sonlarni yozish va joylarni aniq ko’rsatish H-H1 asrlarda arablardan kirib kelgan.

Muhammad al-Xorazmiy arifmetikaning algoritmlari bo’lgan qo’shish, ayirish, bo’lish Hamda ko’paytirish qoidalarini yaratgan. SHuningdek, turli “jins”dagi sonlarni ko’paytirish algoritmini Ham bergan. Masalan, minut va sekundlarni bir-biriga ko’paytirish uchun, avvalo bir hil shaklga keltirish, ya’ni, sekund yoki minutga aylantirish maqsadga muvofiq ekanligini ko’rsatgan. Mahsus bobda kasr va ildizdan chiqarish amallarining moHiyatini bayon etgan.

Muhammad al-Xorazmiy o’zining falakiyotga doir ishlarida Hindlarning falakiyot jadvallarini taHlil etib, “Xorazmiy ziji” nomi bilan mashhur astronomik jadvallar tuzdi.



Ma’lumotlarga ko’ra VIII-XV asrlarda Hammasi bo’lib, yuztacha zij (trigonometriya va falakiyotga oid) jadvallar mavjud bo’lgan. Bu zijlar orasida boshqa olimlar bilan birga Muhammad al-Xorazmiy tuzgan zijlar Ham bor edi. Bu kitob Ham bir necha asrlar bu soHa olimlariga qiziqish uyg’otadi va 1126 yilda latinchaga tarjima qilinadi. Arab tilida birinchi yozilgan sinuslar va tangenslar ziji Xorazmiyga taalluqli. Tadqiqotchilar fanda tekis, uchburchak trigonometriyasi va sferik uchburchak trigonometriyasini tadqiq qilish Ham Xorazmiydan boshlangan deyishadi. Uning sinus zijlari latin tiliga o’girilib, Evropa falakiyotchi va geodez olimlariga qo’llanma sifatida hizmat qildi. Allomaning bu asari XII asrda latin tiliga tarjima etilib, bir necha asr davomida undan foydalanib kelindi. Bundan tashqari “Kitob surati-l-ard” (“Evropa surati kitobi”) birinchi yozilgan geografiyaga oid kitob sanaladi. Bu asar xaritani tavsiflagan

asardir. Asar Muhammad al-Xorazmiyning ko’p yillik olib borgan tekshirish-kuzatish ishlarining natijasi edi. Alloma sharq mamlakatlari ustida kuzatishlar olib borib, mamlakat va shaHarlarning xaritalarini chizadi, nomlar ro’parasiga uzunlik va kenglik darajalarini ko’rsatadi. U geografiyaga oid asarlarida erni etti iqlimga bo’ladi Hamda erning xaritasini chizadi. Olimning to’rt xaritasi (Azov dengizi, Nil daryosi, YAqin va o’rta SHarq halqlari xaritasi) saqlanib qolgan1. Uning yuqoridagi asari Ham SHarq va g’arbda katta Hamiyatga egadir.

827 yilda Xorazmiy raHbarligida er kurrasining kattaligini aniqlash maqsadida er meridianining bir gradusi o’lchab chiqildi. Bag’dodda yozilgan trigonometriyaga oid dastlabki asar Ham Xorazmiyga tegishli bo’lib, unda sinus, tangeneslarning o’zgarish qonuniyati ko’rsatiladi. Uning trigonometrik jadvali o’sha davr jadvalaridan farq qilgan.

Muhammad al-Xorazmiyning tarih va musiqaga oid, quyosh soatlari to’g’risida Ham asarlari bo’lib, “Tarih kitobi” (“Kitob at-tarih”) xalifalik tarihiga oid va xalifalikning birinchi tarihchilaridan sanaladi.

SHuni ta’kidlash joizki, alloma o’zigacha bo’lgan ilmiy bilimlarning asosiy g’oyalari, tamoyil va metodlarini sintezlashtirdi. U ilmiy bilimlarni o’rganuvchilarning mustaqil bilim olishlariga e’tiborni qaratdi.

Xorazmiy bilim olishda talabaning shahsiy kuzatishlariga Hamda olgan bilimlaridan foydalanishga katta e’tibor berdi. Bunda u ilm izlovchilarning ilmiy manbalarni to’plash, ularni ifodalash va kuzatganlarni tushintira olish malaka va ko’nikmalarini Hosil qilishga katta baHo berdi. Masalan, “Al-kitob al-muhtasar fi Hisob al-jabr va-l muqobala” asarida olimlarni uch guruHga bo’lib shunday yozadi: Ulardan biri o’zidan avvalgilar qilgan ishlarni amalga oshirishda boshqalardan o’zib ketadi va uni o’zidan keyin qoluvchilarga meros qilib qodiradi.

Boshqasi o’zidan avvalgilarning asarlarini sharHlaydi va bu bilan qiyinchiliklarni osonlashtiradi, yopiqni ochadi, yo’lni yoritadi va uni tushunarliroq qiladi. YOki bu ayrim kitoblarda nuqsonlar topadigan va sochilib yotganni to’playdigan odam bo’lib, u o’zidan avvalgilar Haqida yahshi fikrda bo’ladi, takabburlik qilmaydi va o’zi qilgan ishidan mag’rurlanmaydi.

Muhammad al-Xorazmiyning bu fikri bir tomondan, olimlar faoliyatining ezgulikka hizmat qilishini yoritsa, ikkinchi tomondan, o’sha davrda ilmiy tadqiqot ishlari va o’qitishning metod va vositalaridan qay darajada foydalanganligini ko’rsatadi.



Barcha mutafakkirlar kabi Muhammad al-Xorazmiy Ham ko’rgazmali-tajriba metodlari, bilim berishning turli vositalari, savol-javob, malaka va ko’nikmalarni shakllantirish metodlari, bilimlarni sinash metodlaridan foydalangan. Allomaning arifmetikaga oid risolalari tafakkurni rivojlantirish uchun bilimlarni izchil bayon etishga e’tibor berganligini ko’rsatadi. “Men arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini o’z ichiga oluvchi “Aljabr val-muqobala Hisobi Haqida qisqacha kitob”ni ta’lif qildim, chunki meros taqsim qilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda va adliya ishlarida, savdoda va Har qanday bitimlarda, shuningdek, er o’lchashda, kanallar o’tkazishda, geometriyada va boshqa shunga o’hshash turlicha ishlarda kishilar uchun zarurdir”1.Muhammad al-Xorazmiy bilishni sezgidan mantiqiy tasavvur orqali farq qilish Haqida fikr bayon etgan: “sezgi” orqali bilish bu qisman bilish bo’lsa, mantiqiy bilish esa Haqiqiy bilimning muHim tomonini namoyon etadi.

Muhammad al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muHim Hissa qo’shdi. U birinchilardan bo’lib, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi (samoviy ob’ektlarning Harakatini aks ettiruvchi jadval asosida matematik masalalarning algoritm metodida echishni ishlab chiqdi). U matematik g’oyalar asosida odamlarning Hayotiy zarurati yotishini, ilmiy kashfiyotlar odamlarning amaliy talablari asosida paydo bo’lishini asosladi. Masalan, er ishlari, binolar qurish, kanallar ochish shunday paydo bo’lgan, deydi. U birinchi marta insonlar o’rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda ifodaladi. Alloma ilmiy faoliyatining metodologik jiHatlariga katta aHamiyat berdi.

Abu Nasr Forobiyning ta’limiy-ahloqiy qarashlari

Abu Nasr Forobiy (873 - 950)

O’rta asr ijtimoiy - falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Forobiy nomi bilan bog’liq bo’lib, uning inson kamoloti Haqidagi ta’imoti ta’lim - tarbiya soHasida katta aHamiyatga ega. Mashhur YUnon faydasufi Arastudan keyin SHarqda o’z bilimi, fikr doirasining kengligi bilan nom chiqargan Forobiyni yirik mutafakkir - «Muallimiy soniy» - «Ikkinchi muallim» deb ataydilar.

Abu Nasr Forobiy (to’liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzaliq ibn Tarhon al-Forobiy) Hijriy 260 yil (milodiy 873 yil)da SHosh - Toshkentga yaqin Forob (O’tror) degan joyda Harbiy Hizmatchi oilasida tug’ilgan. Forobda boshlang’ich ta’limni olgach, SHoshda, Buxoroda, Samarqanda ta’lim olganligi Haqida ma’lumotlar bor. Lekin arab xalifaligining yirik madaniy markazi Bag’dodga xalifalikning turli tomonlaridan kelgan olimlar yig’ilganligi, uning yirik ilmiy markazga aylanganligi tuyfayli Forobiy Ham ilm olish istagida Bag’dodga jo’naydi. Bag’dodda Forobiy o’rta asr fanini, turli fan soHalarini o’rganadi. Masalan, unga YUnon tilida Abu Bashar Matta (Matta ibn YUnus), tibbiyot va mantiqdan YUhanna ibn Haylon (Jilon) ta’lim bergan. Umuman, Forobiy Bag’doda matematika, mantiq, tibbiyot, ilmi nujum, musiqa, tabiiyot, Huquq, tilshunoslik, poetika bilan shug’ullandi, turli tillarni o’rgandi.

Ba’zi manbalarda Forobiy 70 dan oshiq tilni bilganligi Haqida gapiriladi.

Abu nasr Forobiy qomusiy olim Hisoblanadi. Tadqiqotchilar uning 160 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligini qayd etadilar.

Forobiy taHminan 941 yillardan boshlab Damashqda yashaydi. SHaHar chekkasidagi bog’da qorovul bo’lib ishlaydi va faqirona Hayot kechirib, ilmiy ish bilan shug’ullanadi. 943-967 yillarda esa Halabda yashaydi. 949-950 yillarida Misrda Ham bo’lgan. So’ng yana Damashqga qaytib, shu erda 950 yilda vafot etgan. Damashqdagi «Bob as - sag’ir» qabristoniga dafn qilingan. Rivoyatlarga ko’ra Abu Nasrning Hikmat falsafani o’qishiga bir kishi sabab bo’lgan ekan. O’sha kishi unga Arastunin g bir necha kitobini, shu erda tura tursin, keyin olib ketaman deb qo’yib ketgani sabab bo’lgan, deyishadi. Ittifoqo, kitoblarga ko’zi tushib, ularning Abu Nasrning ko’ngliga ma’qul bo’lib qoladi va o’qishga kirishadi natijada etuk faylusufga aylanadi. Haqiqatdan Ham Abu Nasr Forobiy o’rta asr davri ilm - fani taraqqiyotiga katta Hissa qo’shgan olim, Forobiy tabiiy, ilmiy va ijtimoiy bilimlarning barcha soHalarida ilmiy ish olib borgan. Forobiy o’zidan keyin juda boy ilmiy meros qoldirgan. Falsafa, musiqa, filologiya va boshqa tabiiy, ilmiy bilimlarning turli soHalarida asarlar yaratgan. Demak, Forobiy inson baht - saodatga erishuvi uchun ularni bahtli - saodatli qila oladigan jamoa raHbari bo’lishi kerak deydi. U fozil shaHarni boshqaradigan Hokim tabiatdan: 1 - sog’ - salomat bo’lib, o’z vazifasini bajarishda Hech qanday qiyinchilik sezmaligi; 2 - tabiati nozik, farosatli; 3 - hotirasi mustaHkam, 4 - zeHni o’tkir, 5 - o’z fikrini tushuntira oladigan notiq, 6 - bilim-ma’rifatga Havasli, 7 - taom eyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha, o’zini tiya oladiga bo’lishi (qimor yoki boshqa o’yinlardan) zavq, Huzur olishdan uzoq bo’lishi, 8 - Haq va Haqiqatni, odil va Haqgo’y odamlarni sevadigan, yolg’onni va elg’onchilarni yomon ko’radigan, 9 - o’z qadrini biluvchi va oriyatli bo’lishi, 10 - mol dunyo ketidan quvmaydigan, 11 - adolatparvar, 12


  • qatiyatli, sabotli, jur’atli, jasur bo’lishi muHimligini qayd etadi. Forobiy bu fazilatlarni Har bir etuk insonda ko’rishni istaydi.

Forobiy o’zining fozil jamoasida odamlarni turli belgilarga qarab guruHlarga bo’ladi. Bunda u, kishilarning diniy masHabiga, millatiga, irqiga qarab emas, balki tabiiy Hususiyatlariga, qobiliyatlariga, aqliy iqtidoriga, bilim ko’nikmalariga e’tibor berishlik zarur deydi. U o’zning «Baht saodatga erishuv yo’llar Haqida risola» asarida «Davlatning vazifasi insonlarni baht - saodatga olib borishdir, - deb yozadi. U, - bu esa ilm va yahshi ahloq yordamida qo’lga kiritadi». Forobiy davlatni etuk shahs boshqarishi lozim daydi; ya’ni jamoani idora etuvchi adolatli, dono bo’lishi, qonunlarga rioya etishi va qonunlar yarata olishi, kelgusini oldindan ko’ra bilishi, boshqalarga g’amho’r bo’lishi lozim deydi.

Forobiy ta’lim tarbiyaga bag’ishlangan asarlarida ta’lim - tarbiyaning muHumligi, unda nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim - tarbiya usullari va uslubi Haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shaHri», «Baht saodatga erishuv to’g’risida», «Ihso - al - ulum», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma’nolari to’g’risida» kabi asrlarida ijtimoiy - tarbiyaviy qarashlari o’z ifodasini topgan.

Forobiy o’z ishlarida ta’lim - tarbiyani uzviy birlikda olib borish Haqida ta’lim bergan bo’lsa Ham, ammo Har birining insonni kamolga etkazishda o’z o’rni va hususiyati bor ekanligini aloHida ta’kidlaydi.

Forobiy «Baht - saodatga erishuv to’g’risida» asarida bilimlarni o’rganish tartibi Haqida fikr bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur bo’lgan ilm o’rganiladi, bu - olam asoslari Haqidagi ilmdir. Uni o’rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon Haqidagi bilimlarni o’rganish lozim. Undan so’ng, umuman, jonli tabiat o’simlik va Hayvonlar Haqidagi ilm o’rganiladi, deydi.

Forobiy inson kamolotga yolg’iz o’zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo’lish, ularning ko’maklashuvchi yoki munosabatlariga muhtoj bo’ladi. Uning fikricha tarbi jarayoni tajribali pedagog, o’qituvchi tomonidan tashkil etilishi muHumdir. CHunki Har bir odam Ham bahtni va narsa Hodisalarni o’zicha bila olmaydi. Unga buning uchun o’qituvchi lozim.

Bunga Forobiy ta’lim - tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yish orqali erishish mumkin, deydi. CHunki maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta’lim - tarbiya insonni Ham aqliy, Ham ahloqiy jiHatdan komolga etkazadi, hususan, inson tabiat va jamiyat qonun- qoidalarini to’g’ri bilib oladi va Hayotda to’g’ri yo’l tutadi, boshqalar bilan to’g’ri munosabatda bo’ladi, jamiyat tartib qoidalariga rioya etadi.

Demak, Forobiy ta’lim - tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun hizmat qiladigan etuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.

Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi. Ta’lim - degan so’z insonga o’qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya - nazariy fazilatni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo’lgan hulq normalarini va amaliy malakalarni o’rgatishdir, deydi olim.

Abu nasr Forobiy yana aytadi: «Ta’lim - degan so’z halqlar va shaHarliklar o’rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu halqlar o’rtasidagi tug’ma fazilat va amaliy kasb Hunar fazilatlarini birlashtirish degan so’zdir.

Ta’lim faqat so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu halq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo’lgan ish - Harakat, kasb - Hunarga berilgan bo’lishi, o’rganishidir»

Forobiy nazariy bilimlarni egallashga kirishgan Har bir kishi hulq - odobda Ham qay darajada pok bo’lishi kerakligini «Falsafani o’rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to’g’risida»gi risolasida shunday ta’riflaydi: «Falsafani o’rganiHdan avval o’zingizni Hirs-Havaslardan shunday tozalashingiz lozimki, sizda maishiy va shaHvoniyat kabi notug’ri tuyg’ularga emas, balki kamolotga bo’lgan Hirs-Havas qolsin.

Bunga hulq ahloqni faqat so’zdagina emas, balki Haqiqatda (amalda) tozalash orqali erishish mumkin. SHunday so’ng hato va adashishdan saqlovchi, Haqiqat yo’lini tushunib olishga boshlovchi (notiq - so’zlovchi, fikrlash ma’nosida) nafsini, jonini, ruHini tozalash zarur»

Forobiy ahloqiy fazilatlar deganda bilimdonllik, donolik va muloHazali bo’lish, vijdonlilik, kamtarlik, ko’pchilik manfaatini yuqori qo’yish, Haqiqat, ma’naviy yuksaklikka intil, adolatliylik kabi Hislatlarni tushunadi. Ammo bu Hislatlarning eng muHumi Har bir insonning bilimli, ma’rifatli bo’lishidir. SHuning uchun Ham Forobiy ahloq tushunchasiga aql bilan uzviy bog’liq Holda, tafakkurga asoslangan ahloq sifatida qaraydi. Bundan biz Forobiyning ahloqni hulq me’yorlari ifodasi sifatidagini emas, balki kishilarning aqliy faoliyatining natijasi sifatida Ham talqin etganligini ko’ramiz. Forobiy «Aql ma’nolari Haqida» risolasida aql masalasini taHlil qilib, aql bilish Haqidagi ta’limotida mantiq (logika) ilmi muHim o’rin tutadi deydi. U mantiq ilmi bilan grammatika o’rtasidagi mushtarakligini qayd etib, mantiqning aqlga munosabati, grammatikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi Ham tafakkurni Haqiqiy yo’lda olib borish uchun aqlni to’g’irlab turadi deydi.

Forobiy «Muzika Haqida katta kitob» degan ko’p jildi asari bilan o’rta asrning yirik muzikashunosi sifatida Ham mashhur bo’ldi. U muzikaga ilmini nazariy, amaliy jiHatdan yoritib, muzikani inson ahloqini tarbiyalovchi siHat salomatligni mustaHkamlovchi vosita deb qaragan. Uning muzika soHasida qoldirgan merosi muzika madaniyati tarihida muHim aHamiyatga molikdir.

Forobiyning ta’lim-tarbiya yo’llari, usullari vositalri Haqidagi qarashlari Ham qimmatlidir. U insonda go’zal fazilatlar ikki yo’l - ta’lim va tarbiya yo’li bilan Hosil qilinadi. Ta’lim nazariy fazilatlarini birlashtirsa, tarbiya esa tug’ma fazilat - nazariy bilimlar va amaliy kasb - Hunar, hulq odob fazilatlarini birlashtiradi. Ta’lim so’z va o’rganish bilan tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi, deydi. Har ikkalasi birlashsa etuklik namoyon bo’ladi, ammo bu etuklik bilim va amaliy ko’nikmalarni qay darajada o’rganganligiga qarab paydo bo’ladi, deb ko’rsatadi.

Forobiy ta’limda barcha fanlarning nazariy asoslari o’rganilsa, tarbiyada ma’naviy - ahloqiy qoidalar, odob me’yorlari o’rganiladi, kasb-Hunarga oid malakalar Hosil qilinadi, deb uqtiradi.

Bu muHim vazifa tajribali tarbiyachilar tomonidan ta’lim-tarbiyaning turli metodlari yordamida amalga oshiriladi. Forobiy ta’lim - tarbiya ishlarini ikki yo’l bilan amalga oshirishni nazarda tutadi.

«Amaliy fazilatlar va amaliy san’at (kasb-Hunar)lar va ularni bajarishga odatlanish masalasi»ga kelganda, bu odat ikki yo’l bilan Hosil qilinadi: bulardan birinchisi - qanoatbahsh so’zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so’zlar yordamida odat Hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g’ayrat, qasd-intilish Harakatga aylantiriladi.

Ikkinchi yo’l (yoki usul) - majbur etish yo’li. Bu usul gapga ko’nmovchi, qaysar shaHarliklar va boshqa saHroyi halqlarga nisbatan qo’llaniladi. CHunki ular o’z istaklaricha so’z bilan g’ayratga kiradiganlardan emaslar. Ulardan birortasi nazariy bilimlarni o’rganishga kirishsa, uning fazilati yahshi bo’ladi. Kasb Hunarlarni va juz’iy san’atlarni egallashga intilish bo’lmasa, bunday odamlarni majbur etmaslik kerak. CHunki shaHar halqlariga tarbiya berishdan maqsad - ularni fazilat egasi qilib va san’at aHllariga aylantirishdir

Demak, Forobiy ta’lim - tarbiyada rag’batlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari surgan. Har ikkala usul Ham pirovardida insonni Har tomonlama kamolga etkazish maqsadini ko’zlaydi.

Hulosa qilib aytganda Forobiy pedagogik ta’limotining asosida komil insonni shakllantirish, insonni o’z moHiyati bilan ijtimoiy, ya’ni faqat jamiyatda, o’zaro munosabatlar jarayonida komillikka erishadi, degan falsafiy qarashi yotadi.

Insonning kamolga etishida Ham aqli, Ham ahloqiy tarbiyaning o’zaro aloqasi muHim aHamiyat kasb etadi. Bunda Forobiy tavsiya etgan ta’lim - tarbiya usullari Hozirgi davrda Ham o’z aHamiyatini yo’qotmaganligi bilan diqqatga sazovordir.

Muso al-Xorazmiy, Imom Ismoil al - Buxoriy, Imom at- Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Ahmad Yugnakiy, Shayx Najmiddinov Kubro, Sulaymon Boqirg’oniy, Abduxoliq G’ijduvoniy, Bahovuddin Naqshband, Mahmud Zamaxshariy, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Davoniy, Voiz Koshifiy va ulardan keyin ijod qilgan boshqa mutafak-kirlar islom ta’limotini, Qur’oni Karimni, payg’ambarimizning aytgan so’zlari, diniy va axloqiy yo’l-yo’riqlari, hikmatlaridan iborat manba-Hadisi Shariflarni yaxshi bilganlar, ularning ta’sirida ijod etib, kelgusi avlodlar uchun benazir meros qoldirganlar. Aslini olganda esa, mutafakkirlarimizning tabiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy va ta’lim- tarbiyaga oid qarashlari-ning asosi, shuningdek, asarlarining mazmun - mohiyati va g’oyasi ham Qur’oni Karim va Hadisi Sharif ta’limotiga asoslanadi. Chunki biz nazarda tutayotgan davrdan boshlab savod o’rgatish Qur’oni Karim va Hadisi Shariflardagi pand- nasihatlarni o’rganish va ulardagi ko’rsatmalarni o’zlashtirish bilan olib borilgan. Shunga ko’ra, Qur’oni Karim va Hadisi Shariflardagi pand-nasihatlar ham olimlar, ham adiblar ijodiga kuchli ta’sir etgan va islom ta’limoti allomalarimiz asarlarida ilmiy talqin etiladi. Bularda ilgari surilgan g’oyalar yosh avlodning ham aqliy, ham axloqiy jihatdan kamol topishiga, pedagogik fikr taraqqiyoti tarixida katta ahamiyatga ega bo’ldi.

Shunday qilib, biz islom ta’limotida, ta’lim-tarbiya masalalarining tutgan o’rnini tahlil etar ekanmiz, bu davr ma’naviy-ma’rifiy tafakkurining xarakterli tomoni shundaki, ma’naviyat, ma’rifat, odob-axloq sohasidagi tasavvur, fikr, bilimlar islom diniy aqidalari va ta’limotlarini ham bilimning, ilmiy tasavvurning bir ko’rinishi sifatida o’z ichiga singdirib yubordi. Dunyoviy ilmlar va diniy ilohiy tasavvurlar bir butun holda qabul etilib, inson ilmiy tushunchalari asosida talqin etilib, ular jahonga mashhur qomusiy mutaffakkir-larimiz asarlarida keng o’rin egalladi.

3.2. Tasavvuf namoyondalari komil insonni tarbiyalash haqida Islom madaniyatining tarkibiy qismi bo’lgan tasavvuf islom musulmon Sharqi mamlakatlarida falsafa, axloq, madaniyatni targ’ib etishga, Qur’on va Hadislarning mohiyatini ochib berishga, ilohiy ilmlar bilan dunyoviy ilmlarni o’zaro bog’lashga intilgan insonparvar va halqsevar ta’limot sifatida VIII asr o’rtalaridan boshlab o’z nazariyasi va amaliyoti, ilm sifatida shakllandi va rivojlandi.6

Tasavvufning tub mohiyati inson qalbi va ruhiyatini, axloqini poklash, shaxsiy hayotda halol yashash, zahiran va botinan pok bo’lish, pok qalb va ruh kuchi bilan Alloh visoliga etishga kishilarni targ’ib-tashviqot etishdan iboratdir.

Birinchidan, tasavvuf ta’limot sifatida g’oyat murakkab va ko’pqirrali ijtimoiy- ma’anaviy hodisa bo’lib, uning murakkabligi va ko’pqirraliligi tasavvufiy yo’nalishlarning turli tumanligidan, metod-uslublarining rang-barangligida, bilish ob’ektining tadqiqot va targ’ibot qilgan masalalar doirasining qamrovi juda kengligi, xilma-xilligi va teranligida ifodalanadi.

Ikkinchidan, mazmunan va mohiyatan inson qalbini poklashga qaratilgani, jaholat va xudbinlikka qarshi bo’lgani, mehru shafqat, himmat va mardlik ko’rsatishni targ’ibot etgani, Allohga bo’lgan ishqni birinchi o’ringa chiqargani, ilohiyat yo’lida dunyodan yuz o’girishini, jismini shu yo’lda qurbon etishni da’vat etgani sababli ham tasavvuf azal- azaldan ilmu ijod ahliga yaqin bo’lgan.

N.Komilov ta’kidlaganidek: “...tasavvuf garchi islom ta’limoti hikmatidan oziqlangan, ko’p hollarda lekin shu diniy aqidaparastlik va mutanosiblikka hamda hokim tabaqalarning ayshu ishratga g’arq turmush tarzi, talonchilik va maishatparastlikka zid o’laroq mehnatkash xalq noroziligini ifodalab keldi. Ushbu ta’limotning el orasiga yoyilib, fikriy yangilanishlarga qanot bergani, haq va haqiqatga tashna ziyolilar yuragini band etganini sababi shu. Qolaversa, tasavvufning ayni shahar hunarmandlari, qadimdan madaniyati rivojlanib kelgan ilm-ma’rifat markazlarida taraqqiy etgani ham bejiz

59 9


emas .7

Tasavvuf ta’limotining mazmun va mohiyatini tushunib etmoq uchun olimu fuzalolarning tasavvufga bergan ta’riflaridan xabardor bo’lmoq lozim. Ilmiy va diniy adabiyotlarda tasavvuf tushunchasi turlicha ta’riflanadi:



  1. Tasavvuf g’oyalarining ilm sifatida ta’riflanishi: tasavvuf - insonning ruhiyati va ma’naviy olamidagi jarayon bo’lib, uni aqliy hamda axloqiy kamolotga etkazuvchi ilmdir. Bunda bir qator fikrlar ilgari suriladi.

Xususan, “Tasavvuf va tariqat” masalasi o’tmishdagi kabi bugungi kunda ham ko’p bahslarga sabab bo’lgan mavzulardan biridir. Uning o’ziga xos ilm sohasi, amaliy, nazariy, ruhiy va tajribaviy xususiyatlari mavjud. Jumladan, turk olimlaridan Komil Yilmas bu haqida shunday fikr bildiradi:

  1. tasavvuf - tajriba orqali his qilib, yashab, anglashiladigan xos ilmdir;

  2. tasavvuf amalda qo’llanadigan bir ilm bo’lgandan murshid yoki shayx (ustoz) xuzurida va uning tarbiyasi ostida o’rganiladi;

  3. tasavvuf ilmining mavzusi ma’rifotullohdir;

  4. tasavvuf - sirlarini o’rgangan murshid yoki shayx (ustoz) hazrati Payg’ambarimizga ulanib, uzilib qolmagan bir silsilaga sohib bo’lish kerakdir;

  5. tasavvuf kitobiy bir ilm emas, ya’ni, biror kishi tasavvufga doir yozilgan kitoblarini o’qib, (pir va uning ko’rsatmasini bajarmasdan), shayx va sufiy bo’la olmaydi;

  6. tasavvuf movaroi alq (aqldan ustun) bir ilmdir;

  7. tasavvuf ko’z bilan ko’radigan bu shahodat va nosud (biz ko’rmaydigan) olamdan tashqari ham har zamon G’arb bahs etadi;

  8. tasavvufga tariqat deb atalgan va Allohga etkazadigan o’ziga xos yo’llar kiradi.8

Ibn Arabiy Fahriddin Roziyning “Tavsira qabr”i munosabati bilan yozgan

maktubida o’qib o’rganiladigan ilmdan tashqari, Allohdan keladigan ilm, ilhom, kashfu hollar borligini va bu ilm, asosan, tariqat yo’li bilan qo’lga kiritilishini ta’kidlaydi.9

Abdulvoriy Nadviy shunday fikr bildiradi: “Tasavvuf ruhni badaniy foneliklardan poklab, bezak va botiniy sifatlarida Janobiy Payg’ambarimizga ergashishni o’rgatuvchi ilmdir”10.

Bu fikrlardan ko’rinib turibdiki, o’rta asr mutasavviflari tasavvufni o’z dunyoqarashlariga mos holatda ta’riflaganlar. Chunki, tasavvuf har bir mutasavvifning ichki olamidagi ruhiy jarayon bo’lib, uning yashash joyi va zakovatiga taalluqli shahsiy bir sohadir. Shu bois, har bir mutasavvif o’zining zehn - zakovatiga ko’ra, tasavvufning ma’lum jihatini bayon etganki, birining tasavvuf haqidagi ta’rifi boshqasidan farqlidir.

Darhaqiqat, yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib ta’riflaganda, tasavvuf inson qalbidagi yomon sifatlardan xalos bo’lish choralarini o’rgatuvchi, qalbdagi ezgu sifatlar va ularni qo’lga kiritish yo’llarini ko’rsatuvchi, ma’naviy martabalarni bosib o’tib, eng yuksak martaba - “komil inson” maqomiga erishmoq qoidalarini o’rgatuvchi nihoyat, tavhid sirlarini bayon etuvchi bir ilmdir.11


  1. Tasavvuf g’oyalarining harakat sifatida ta’riflanishi: “Tasavvuf haqiqatlarni qabul etmoq, insonlarning qo’llaridagi narsalarga ko’ngil bog’lamaslikdir” (Ma’ruf Karhiy); “Tasavvuf go’zal axloqdir” (Sirri Saqatiy); “Tasavvuf amr va nahy ostida sabr qilmoqdir” (Abu Amr Ismoil ibn Junaid); “Tasavvuf aqlingdagi barcha o’y - harakatlarni tark etishning, qo’lingdagi narsalarni ehson qilishning va senga ro’para kelgan voqea - hodisalardan oh-voh chekmasligingdir” (Abu Said ibn Abil Hayir); “Tasavvuf batamom azobdan iborat” (Abul Hafis - al Haddot)12, “Nafs lazzatlaridan voz kechish” (Shayx Nuriy); “Nafs manzillarini bosib o’tish” (Shayx Safiy Alim Shoh); “Xudo yo’lida nafsdan kechmoq” (Shayx Ravim); “Yaxshi va oliy xulqqa kirish va past xulqdan chiqishdir” (Shayx Haririy); “Tasavvuf ikki ishdir: biri Alloh buyurgandek to’g’ri yurmoq, ikkinchisi - noshariy ishlarda boshqalardan ajralmoq. Kimki Alloh buyurganini to’liq ado etsa, yurish turishi, xulqi, odamlar bilan muammosi yumshoq va chiroyli bo’lsa, o’sha zotni sufiy deyish mumkin”.13

Demak, tasavvuf o’z jozibasi, ahamiyati bilan muhimdir. U tarbiyaviy jihatdan insonning ichki dunyosini teranlashtirish va poklashga taalluqli bo’lgani uchun muhimdir. Bu ta’riflarda u yoki bu darajada juz’iy tafovutlar mavjud bo’lsada, tasavvuflar-ning mohiyati, uning ma’naviy ahamiyati atroflicha ifodalangan.

Demak, bu dunyo bor ekan, insoniyat bilan birga tasavvuf ham bor.



  1. Tasavvuf g’oyalarining “tariq” ya’ni “yo’l” sifatida ta’riflanishi bunday ulug’ mutafakkir Alisher Navoiy qalamiga mansubdir. Uning “Favoyid ul-kibor” asarida quyidagicha fikr bayon qilinadi: “Xilofu ixtilofi bo’lmagan zuhd, toat emas, riyosiz, sof tavhidga eltuvchi yo’l”14. Mahmud As’ad Jo’shon ta’rifiga ko’ra “Tasavvuf favqulodda yuksak darajadagi yo’l bo’lib, unda shaxs barkamol inson darajasiga ko’tariladi” yoki “dinimizning o’zagi, negizi va uning haqiqiy ma’nosi, komil inson bo’lish yo’lidir”15 degan ma’noni bildiradi.

  2. Tasavvuf g’oyalarining “ta’limot” sifatida ta’riflanishi Husayn Voiz Koshifiy tasavvuf tushunchasini quyidagicha talqin etadi: “t” - tajriba, ya’ni, ortiqcha narsalardan holi bo’lish (qolish), behuda ishlardan chetlanish, “s” - sidqu safo, “v”

  • vafo, “f” - fano16.

Agar tasavvuf nimadir deb so’rasalar aytginki, - deydi Koshifiy, - bu savolga berilgan javoblar bir qancha. Birinchidan, tasavvufning tahliya, ya’ni holi bo’lmoq, qalbni bo’shatmoq va yaxshi maqtalgan axloqdir, deydilar. Ikkinchidan, tasavvuf tavsiya, ya’ni ruhni ag’yor-begonadan tozalashdir, deb aytadilar. Uchinchidan, tasavvuf xuzu’, ya’ni nafsni jilovlash, xoksorlik va jonsiporlik namunasini ko’rsatishdir, deydilar. To’rtinchidan, tasavvuf da’voni tark etish va ma’nolarni xalqdan yashirishdir deguvchilar bor. Beshinchidan, tasavvufni (yana) ibodat husniga ishorat, deb ta’riflaydilar. Oltinchidan, tasavvuf nafsni xor tutish va amrni aziz tutishdir deydilar. Ettinchidan, tasavvuf barcha uchun adabdir va kimki faqir (darveshlik) odobini biriga o’zini vobosta etmasa, tasavvufdan faqat nomgina bo’ladi, xolos deydilar ”17

Yuqoridagi ta’riflarni umumlashtirib, tasavvufga diniy-pedagogik ta’limot sifatida qarab, quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: “Tasavvuf - diniy-pedagogik xususiyatga ega bo’lgan ilm-ta’limot bo’lib, insonning ma’naviy kamolotiga, barkamol inson bo’lishiga oid diniy -pedagogik bilimlarni (nafs tarbiyasi, ruh tarbiyasi, aqliy tarbiya) o’z ichiga oladi va insonni o’z-o’zini boshqarishga o’rgatadi”.

Bu g’oya yosh avlodning ma’nan etuk, jismonan salomat, barkamol inson bo’lib etishishida ustuvor vositalardan bo’lib hisoblanadi.

Sharq mutafakkirlarining Islom va tasavvuf ilmi allomalarining asrlar davomida insonlarni eng ulug’ maqsadlar yo’lida birlashishiga, hamjihat bo’lishga chaqirgan g’oyalari mustaqil O’zbekiston taraqqiyoti uchun ijobiy ta’sir etmoqda.18



Tasavvuf ta’limotiga ko’ra, borliqdagi hamma mavjudotda, jumladan, insonda ham ilohiy zarralar mavjud. Ta’kidlashlaricha, Qur’on va Hadislarda belgilangan qonun- qoida va maqomlarni izchil sur’atda o’zlashtirish va amalga oshirishi, ya’ni Allohning yakkaligi va borligiga iymon keltirmoq, Alloh taoloni idrok qilmoq va uning vasliga etmoq uchun bir qancha maqom va manzillar mavjud: birinchi bosqich —shariat: diniy rasm-rusumlarni, shariat qoidalari va hukmlarini amalda qo’llash, Alloh taologa ibodat qilish bilan belgilanadi. Tasavvufchilar uchun shariat asl maqsadga —haqiqat holatiga, ya’ni Alloh taolo rahmatiga etishishi uchun bevosita, “zinapoya” hisoblanadi. Demak, Allohni aqlu idrok bilan tanimasdan, shariat talablarini bajarmasdan tariqatga o’tish mumkin emas.

Ikkinchi bosqich -tariqat: o’zini har tomonlama tarbiyalash maqsadida pir yoki shayxga shogird tushish, yorug’ dunyoni huzuru-halovatlaridan voz kechish, nafsni tiyish nazarda tutiladi. Shuningdek, tavba qilmoq, pirga qo’l bermoq, Alloh qahridan qo’rqish, Tangri dahshatidan umidvor bo’lish, pirning ijozati bilan so ’zlamoq, jamoat ko’z o’ngida tiz bukib, tavoze bilan o’ltirmoq, o’zini birovlardan past tutmoq, shayxlar, aziz-avliyolar majlisida sukut saqlab turmoq, beijoza so’z aytmaslik, piri komil o’gitlarini dilga jo etmoq kabi maqomlardan iborat.

Uchinchi bosqich — ma’rifat: “So’fiylar nazarida ma’rifatfikrdan oldin ketadigan va shubhaga zarracha asos botiniy deb ham yuritilgan. Chunki tasavvuf ahli dunyoviy va diniy ilmlarni birga qo’shib “zohiriy ilmlar” deb ataganlar. Ularning uqtirishicha, zohiriy ilmlar bilan Hudoni bilish qiyin.... Garchi zohiriy bilimlar Haq taolo asarini anglashga yaroqsiz bo’lsa-da, lekin dunyoni bilish Allohni bilishning birinchi bosqichi, ya’ni Allohni bilish dunyoni bilishdan boshlanishi kerak. Chunki dunyo-hasrat olami Allohning ijodi, uningsifatlari, qudratini namoyon etib turadigan ko’zgu”.19

To’rtinchi bosqich — haqiqat: bunda so’fiy shaxs sifatida tugab, Allohning haqiqyi mohiyatini qalban his qiladi. Haqiqat bosqichiga faqat mumtoz so’fiylargina erishishi mumkin. Buning uchun ilmiy laduniy - ilmni tugal bilish kerak. Bu “Alloh taolo tomonidan ato qilingan ilm. Unday ilmga urinish, sa’y-xarakat, riyozat chekish natijasida Alloh taolo xohlasa erishish mumkin. Chunki bu Alloh o’zi xohlagan kishilarigagina nasib qiluvchi ilohiy ilmdir.

Laduniy ilm uchga bo’linadi: vahiy, ilhom, farsat. Vahiy payg’ambarlarga, ilhom

  • avliyolarga, farsat — so’fiylarga Allohning izni bilan beriladi”.20

Demak, Laduniy ilm sohibi olamni, uning yaratuvchisini fikran va zikran o’zgacha aql-idrok ila tasavvur etadi va Allohning mohiyatini o’zgacha anglaydi.

Binobarin, tasavvuf g’oyalari insonni ruhiy o’z-o’zini anglash sari yo’naltirib, ruhning ozodligi, fikrning erkinligi uchun ma’naviy ozuqa beradi. Tasavvuf shayxlari nazdida oldin haqiqatga etishmoq uchun shariat va tariqatdan xabardor bo’lishning o’zi kifoya emas, ma’naviy komil inson aqlli. ma’rifatli, ilmli bo’mog’i lozim.

Qur’on oyatlaridan bir qanchasi aql va ilmning fazilatlari xususidadir. Masalan, «Mujodala» surasining 9-oyatida “Axloq sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja-martabalarga ko’tarur”, - deyilgan.

Nasriddin Rabg’uziyning payg’ambarlar tarixidan yozilgan “Qissasul -anbiyo” asarida bayon etilishicha, Alloh taolo odamni quyidagi to’rt unsundan bunyod etgan. Birinchisi aql, ikkinchisi ruh, uchinchisi ko’ngil, to’rtinchisi nafs. Bunda Alloh ko’ngilni suvdan, ruhni shamoldan, aqlni tuproqdan, nafsni olovdan olgan deb talqin qilinadi. Unda Odam alayhissalomga aql bo’lgan tuproqning fazilatlari sabr-qanoat, og’ir-vazminlik, muloyimlilikdir. Binobarin tasavvufda aqlli kishining axloqiy fazilati shu sifatlar bilan belgilanadi. Sharq mutafakkirlari Muso al-Xorazmiy, Umar al- Chag’miniy, Imom al-Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Az-Zamaxshariy, Sulaymon Baqirg’oniy, Shayx Najmiddin Kubro, Pahlavon Mahmud, Bahovuddin Naqshband, Xoja Abduholiq G’ijduvoniy, Nasriddin Rabg’uziy, Alisher Navoiy, Ulug’bek, Taftozoniy, Jurjoniy kabilar aql, ilmning foydasi, axloqli bo’lish va ilm egallashning bir - biri bilan bog’liqligi, mantiq, tafakkur tarbiyasi xususida qimmatli fikrlar bayon etganlar. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sinoning aql va ilm egallash haqidagi fikrlari ko’p jihatdan bir-biriga yaqin bo’lib, ular ilm egallashda quyidagilarga alohida e’tibor beradilar:



  1. Aqliy tafakkur va uning xissiy bilishdan farqi.

  2. Aqliy tafakkur afzalligi.

  3. Tafakkur yuritishida irodaning ahamiyati (“Ilmu ma’rifat egallash ahdida sobit turmoq uchun qunt va sabot bilan intilish lozim”).

Tasavvufning ulkan namoyondalaridan biri bo’lgan Farididdin Attor (1147-1229) ruhning kamoloti haqida fikr yuritib, ruh kamoloti asosini tashkil etuvchi olti quvvatdan ikkitasini aqliy tarbiya bilan bog’laydi. Ulardan biri aql (“Aql muvofiqlikni, mantiqni boshqaradi”), ikkinchisi ilmdir, ya’ni Attorning uqtirishicha, “ma’lumot bilim to’plash bilan banddir”.21

Qolgan to’rttasi - quvvat nafs, nafsi ammora (shaytoniy nafs), fano (yo’qlikni istash) tavhid (yagona zotga Allohga intilish) dan iborat.

1 . Tursunov, U.N. Nishonaliyev. Pedagogika kursi. - Т., "O'qi- tuvchi", 1997, 17-bet.

2 V. Karimova. Psixologiya. Toshkent. Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002, 97-b

3Куръони Карим. Узбекча изошли таржима. Таржима ва изохлар муаллифи Алоуддин Мансур. -Т.: Fафур Fулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1992, 5-532-бетлар (Кейинги мисоллар хам шу манбадан олинди).

4Мухаммад Содик Мухаммад Юсуф. Имон. -Т.: “Камалак”, 1991, 128-136-бетлар.16

5Хддис. Ал-Жомиъ ас-сахих (Ишонарли туплам). I, II, III, IV жилд. Комуслар Бош тахририяти; -Т.: 1991­1996 (кейинги мисоллар одам шу манбалардан олинди).

6Комилов Н. Тасаввуф ёки комил инсон ахлоки. 1-китоб. Т.: “Укитувчи”, 1996, 16-бет.21

7Нажмиддин Комилов. Тасаввуф. Биринчи китоб. -Т.: “Ёзувчи”, 1996, 6-бет.

8Комил Йилмаз. Тасаввуф ва тарщатлар.- Истамбул, 1997, -20-22-бетлар.

9Усмон Турар. Тасаввуф тарихи. - Т.: “Истщлол”, 1999; 4-бет.

10Уша асар. - 17-бет.

11Уша асар. - 18 - 19 бетлар.

12Уша асар. - 17-бет.

13 Бухорий С.С. Дилда ёр (Баховуддин Накшбанд) Бадиа. -Т.: F.Fулом. номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1993, -23 бет.

14Навоий А. Мукаммал асарлар туплами. 20 томлик. Мас.мух. С.Муталибов. 6 том. Хазойин-ул-маоний. Фавойид ул-кибор. - Т.: “Фан”, 1990. - 25 бет.

15Жушон М.А. Тасаввуф ва нафс тарбияси. (НДасанов тарж.) -Т.: Чулпон. 1998, 24-28-бетлар.

16Кошифий Х.В. Футувватномаи султоний ёхуд жованмардлик тарикати. (тарж. Н.Комилов) -Т.: А.Крдирий. 1994, 20-бет.

17Кошифий Х.В. Футувватномаи султоний ёхуд жованмардлик тарикати. (тарж. Н.Комилов) -Т.:А.Кодирий номидаги “Мерос” нашриёти, 1994,17-18 бетлар.

18К.Киличева Узлуксиз таълимда тасаввуф илми воситасида. “UZLUKSIZ TA’LIM” 2007 йил. 3-сон, 18-20- бетлар.

19Н.Комилов. Тасаввуф. -Т,: “Узбекистон”, 1994, 35-бет.

20 Дожа Абдухолик; Fиждувоний. -Т,: F.Fулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1993, 4-бет.

21М.Иномава. Тасаввуф таракатида баркамол инсон тарбияси.// Узлуксиз таълим., 2007 йил, 4-сон,65-бет.25







Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish