Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


-mavzu:Ahamoniylarning O‘rta Osiyoga bostirib kirishi va hukmronligi (2 soat)



Download 0,53 Mb.
bet13/130
Sana11.04.2022
Hajmi0,53 Mb.
#543300
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   130
Bog'liq
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

8-mavzu:Ahamoniylarning O‘rta Osiyoga bostirib kirishi va hukmronligi (2 soat)
Reja:

  1. O’rta Osiyo Eron Axamoniylari imperiyasi tarkibida.

  2. Marg’iyonada ko’tarilgan xalq kurashlari.

  3. Axamoniylarga qarshi sak va massagetlarning kurashlari.

  4. Axamoniylar xukmronligi darida ijtimoiy-siyosiy hayot

O‘zbekistonning qadimgi davr tarixini o‘rganishda keyingi yillarda katta yutuqlar qo‘lga kiritilayapti. Bunda asosan O‘zbekiston hududida olib borilayotgan arxeologik tadqiqot ishlarining ahamiyati katta hisoblanadi.


O‘zbekiston tarixida Axamoniylar hukmronligi davri yoritilgan bo‘lsa-da, ularning O‘rta Osiyoga bostirib kirish jarayonlari ko‘pincha, To‘maris va Shiroq afsonalari asosida yoritilib o‘tiladi. Bunda ham asosan, Geradot ma’lumotlariga asoslanib fikrlar beriladi.
Axamoniylarning O‘rta Osiyoga hujumi mil.avv.540 yillarda Kir II (558-530) tomonidan boshlangan bo‘lib, 519 yilda Doro I (522-486)davrida tugatilgan. Bu jarayonlarning izlari arxeologik manbalarda ham o‘z aksini topgan.
O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlari Kir II tomonidan bosib olinganligini arxeologik tadqiqotlar jarayonida tasdiqlangan. Shimoliy Baqtriyadagi Bandixon 2 qal’asi mil.avv. 6 asrda buzilganligi va yong‘in izlari aniqlangan. Yongan don va yog‘ochlar ham topilgan. Bandixon 2 ning minorasi 10-20 kgli palaxmon toshlar bilan to‘lgan. Bu esa, devor teshar qurollardan foydalanganliklaridan guvoh beradi. Bandixondan 40km shimoli sharqda joylashgan Qiziltepaning arki va qo‘rg‘oni ham katta yong‘in natijasida v ayron qilingan. Qizilcha 6 yodgorlikda yong‘in qatlami 25-30 smni tashkil qiladi. Shundan keyin Bandixon 2 yodgorligi tashlab ketilgan bo‘lsa, Qiziltepaning minorasi va ximoya devori loy bilan to‘ldirilib, mustaxkam bir butun 10 m qalinlikdagi devor hosil qilingan. Surxon vodiysidagi Tallashkan tepa yodgorligida ham shunday holat kuzatiladi.
Qashqadaryo xududidigi Uzunqir va Daratepadagi ham yong‘in izlari bor. Marg‘iyona xududdidagi Yaztepa ham qattiq jangdan keyin vayron holga kelgan va undan keyin u еrda aholi qayta yashamagan. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, Baktriya, Marg‘iyona, Sug‘diyona va Xorazm Axamoniylar bilan uzoq olib borilgan janglardan keyin bosib olingan. Ktesiy bu haqda ma’lumot yozib qoldirgan.
Geradot ham bu haqda quyidagicha ma’lumot qoldirgan:”Quyi Osiyoni Garpag odamsiz qoldirdi, yuqorini Kirning o‘zi. U halqlarni birma-bir bo‘ysundirib bordi, lekin biriga ham shavqat qilmadi.”
Kir II eng chekka xudud bo‘lgan sharqiy va shimoliy viloyatlarni 545 va 539 yillar oralig‘ida bosib olgan: Darangiana, Marg‘iyona, Xorasmiya, Sug‘diyona, Baqtriya, Ariya, Sak qabilalari, Sattagidiya, Araxosiya, Ganxara43. He writes: ‘Cyrus attackedBabylonia after he had reduced all the rest of Asia’, 5 that is to say, only after capturinghis most distant provinces in the north and east between 545 and 539 b.c., Drangiana,Margiana, Chorasmia, Sogdiana, Bactria, Aria, Gedrosia, the Saka tribes, Sattagydia, Arachosiaand Gandh¯ara, did Cyrus turn his attention to Babylonia.
Kir II Baqtriyaliklar bilan uzoq vaqt kurash olib borgan. Bu xududlarni egallagach, Kir II massagetlar qarshi kurashib haloq bo‘ladi. Bu haqda Geradot asarida to‘liq ma’lumot saqlanib qolgan. To‘marisga Kir II yuborgan shartnomasi va Kir II To‘marisning daryoni kesib o‘tishga imkon berishi, Kir Lidiya shohi Krezning daryoni kechib o‘tish, dushman chekingan joyga qadar olg‘a harakat qilish, lagerda qo‘shinning eng no‘noq kismini, turli noz-ne’matlar va toza vino qoldirish, qolgan qo‘shinlarga daryoga tomon kaytish to‘g‘risidagi taklifini kabul kilgan. natijada o‘g‘li Sargapisning asr tushgani, To‘marisning g‘azabda Kirni tuzoqga tushurib 200 ming fors jangchisini mag‘lib etganligi haqida ma’lumotlar bor. Kir II haqida axamoniy yozma ma’lumotlarida esa, uning kasal bo‘lib vafot etganligi va o‘limidan oldin o‘g‘illariga davlatini bo‘lib berganligi haqidagi ma’lumotni uchratamiz. Kir II ning vafoti haqidagi ma’lumotni tarixda eng aniq ma’lumot hisoblanadi. Bu Bobil hujjatlarini o‘rganish natijasida aniqlangan. Bobilga Kir II nomidan yuborilgan hujjat 530 yilning 12 avgusti bilan imzolangan. Kambiz nomidan birinchi noma esa, 530 yilning 31 avgusti bilan imzolangan. Uning vorisi Kambiz Misrga qarshi kurash olib borib, uni bo‘ysudiradi. Doro I yana massagetlar ustiga yurish boshlaydi.
Kambiz davrida axamoniylar saroydagi qarama-qarshiliklar natijasida O‘rta Osiyo halqlar ham axamoniylar hukmronligiga qarshi kurash boshlaganlar. Bu haqda Doro I Bexistunda yozib qoldirgan. Parfiya, Marg‘iyona, saklar g‘alayon ko‘targanlar.
Marg‘iyonada Frada ismli odam qo‘zg‘olonga boshchilik qilingan. Unga qarshi Doro Dadarshish ismli lashkarboshini qarshi yuborgan. Ularni 522 yilning 10 dekabrida tor mor keltirgan. (assiyadiya oyining 23 kuni deb Bexistunda yozilgan. ) Bunda 55 ming odam o‘ldirilgan, 7 mingga yaqin odam asirga olingan. Parfiya va saklarning qo‘zg‘olonlari ham shu tariqa bostirilgan.
Doro I o‘zining hukmronligining 3 yilida, 519/518 yillarga to‘g‘ri keladi. Doro ularni bo‘ysundirib, Skuxna ismli ularning yo‘lboshchisini asir oladi. Bu saklarga esa, boshqa yo‘lboshchini tayinlaganligi haqida yozib qoldirilgan. Antik avtor Polien asarida Shiroq haqida afsona saqlangan.
Persopol yozuvlarida Axamoniylar davlati chegarasi haqida ma’lumot bor. Sug‘d orqasidagi saklardan, Kushagacha, ya’ni Efiopiyagacha borganligi yozilgan. Bu Sirdaryoning narigi tomonidagi saklar deb izohlanadi. Bu O‘ra tepaning shimoli-g‘arbi xududlari hisoblanadi. Bu еrda mil.avv. 6-4 asrlarga oid Nurtepa yodgorligi topilgan. Tadqiqotchilar buni Kirushkat deb taxmin qiladilar. Baqtriya Axamoniylar davlati tarkibida bo‘lib, U Sharqiy davlatlar orasida еtakchi o‘rinni egallashi bilan birga taxt uchun bo‘lgan kurashda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan.
Axamoniylar davlati harbiy-ma’muriy xudud- satrapliklarga bo‘lingan. Geradot ma’lumoticha, Doro I davrida 20 ta satraplikga bo‘lingan. Shundan 4 satraplik O‘rta Osiyo xududida bo‘lgan. Satrap faqat podshoga bo‘ysunib, ular faqat forslardan tayinlangan va meros bo‘lib o‘tgan. Satrap asosan, soliq yig‘ish va jangchilarni saqlash bilan shug‘ullangan. Shuningdek, podsho bilan kelishgan holda boshqa joylarga hujum uyushtirishi mumkin bo‘lgan.
Axamoniylar davlatining asosiy funksiyasi soliqlarni yig‘ish bo‘lgan. Maxalliy halqlarning turmush tarzi va ichki qonuniyatlar o‘zgartirilmagan. Sotsial-iqtisodiy munosabatlar ular mustaqil faoliyat yuritganlar. Ko‘chmanchi axolining fors satrapi tomonidan emas, o‘z yo‘lboshchilari tomonidan boshqarilgan. Miloddan oldingi 518 yilga yakin podsho Doro I (522-486 yy.) davlatning ma’muriy tizimi va soliq xizmatlarini qayta tashkil etish islohotlarini boshlaydi. Baktriya, Sak, Xorazm, Parfiya, So‘g‘d va Xarayva O‘rta Osiyo hududida joylashgan edi.
Ularning har biri podsho g‘aznasiga muayyan mikdorda soliq to‘lashi kerak bo‘lgan. Ushbu soliq og‘irlik o‘lchovi - talantda ifodalangan va u 25,92 talan 34 grammga kilogrammga teng bo‘lgan. Jumladan, Baktriyadan kumush bilan 360 talant undirilgan (8972 kg); saklardan - 250 talant (6230 kg); Xorazm, Parfiya, So‘g‘d va Xarayvadan jami bo‘lib 360 talant (7476 kg) undirilgan (Her. Sh). Shunday kilib, Ahamoniylar hukmronligi ostida bo‘lgan O‘rta Osiyoning butun hududidan har yili 970 talant yoki kariyb 23000 kg kumush undirilgan. Aftidan, yig‘ilgan soliqning umumiy miqdori bo‘yicha O‘rta Osiyo viloyatlari Ahamoniylar podsholigida еtakchi o‘rinlardan birida turgan. Mesopotamiya satraplari 1000 talant va Kichik Osiyo satraplari - 1000 talantdan ko‘proq to‘lashgan. Gerodotning Tejen daryosiga Akes daryosi to‘g‘risidagi mashhur hikoyasi suvdan foydalanganlik uchun Ahamoniylar g‘aznasiga to‘lanadigan soliqlar ham pul shaklida undirilganligini ko‘rsatadi. «Men,-deb yozadi Gerodot,- podsho to‘g‘onlarning suv darvozasi ochilganligi uchun odatdagi o‘lpondan tashqari katta miqdorda pul undirishini bilaman» (Yer., Sh, 117) Ahamoniylar poshologi satraplari, shu jumladan O‘rta Osiyo satraplari pul soliklaridan tashkari natura shaklidaham o‘lpon to‘lashlari kerak bo‘lgan. Jumladan, Doro I ning Suzdagi saroyi kurilishi uchun Baktriyadan oltin, So‘g‘diyonadan lojuvard kumush nitrat, Xorazmdan yarqirama rangdor toshlar keltirilgan. Persepol saroyidagi mashhur bo‘rtma rasmlarda Ahamoniylar podshosiga o‘lpon olib kelayotgan turli satrapliklarning vakillari tasvirlangan. Jumladan, baktriyaliklar idishlar va ikki o‘rkachli tuyalar bilan tasvirlangan,saklar otlar va qandaydir buyumlar olib kelishmokda, so‘g‘diyonaliklar ikkita ikki o‘rkachli tuya еtaklab ko‘llarida jom ko‘tarib olishgan, xorazmliklar esa qilichlar, bilaguzuklar va otlar bilan kelishmokda.Persepol saroyi devorida tasvirlangan ushbu buyumlar va hayvonlar Ahamoniylar imperiyasiga o‘lpon to‘lovchi har bir viloyatning o‘ziga xosligini aks ettaradi. Soliq yig‘ilishi uchun javobgarlik satraplar, nomarxaxlar, shahar boshliqlari, kishloq oqsoqrllari va kabila boshliklari zimmasiga tushgan. Podsholarning maxsus solikyig‘uvchilari va soliq yo‘rikchilari ham bo‘lgan. Bir kanchaolimlarning fikriga ko‘ra, Ahamoniylar imperiyasiningayrim satrapliklarida aholidan soliq bevosiga uning o‘zidan emas, balki ijaradorlar yordamida olingan. Kimdirpodsho g‘aznasiga o‘lponni oldindan to‘lagan va bu bilanotkupni monopoliya qilish hukukini davlatdan olgan, so‘ngraesa o‘lponni aholidan yig‘ib olgan. Bunda, albatta, yig‘iladigan soliq miklori oshirilgan. O‘rta Osiyo hududida soliqto‘lovchilardan soliq yitish texnikasi to‘g‘risidagi bevositama’lumotlar mavjud emas, biroq, bu еrda Ahamoniylarimperiyasining boshka kismlarida ko‘llanilgan fiksal tizimlardan biridan foydalanilganga o‘xshaydi.66
Geradotning yozishicha, Kurush massagetlar ustiga yurish boshlaganida massagetlar malikasi To‘maris uni bu niyatdan qaytishga, bexuda qon to‘kmaslikka chaqirgan. Ammo o‘ziga bino qo‘ygan Kurush o‘z niyatidan qaytmasligini bildiradi. Shunda To‘maris Kurushga noma yuborib, jang ochiq maydonda bo‘lsin, buning uchun yo sen, yo men o‘z askarlarimizni daryodan uch kunlik yo‘l narida to‘plab olish uchun bir-birlarimizga imkon beraylik, deb maslahat bergan. Ayyor Kurush o‘z qarorgohida katta mikdorda vino va kishini badmast qiluvchi giyovanlar qoldirib chekingan. Bundan xabarsiz massagetlar Kurushning qarorgohida rosa maishat qilganlar. Massaget navkarlariga malikaning o‘g‘li, tajribasiz, lekin jasur Sparganis bosh edi. Maishat qilish avjiga chiqqan paytda Kurush o‘z qo‘shini bilan u еrga bostirib kirib, massagetlarning bir qismini qirib tashlaydi, boshqa bir qismini Spargapis bilan birgalikda asir oladi. Kayfidan tushgan shahzoda qilmishiga chiday olmay o‘zini o‘zi o‘ldiradi. Bundan xabar topgan To‘maris tezda yangi kuchlar to‘plab dushman qarorgohida bostirib kiradi va qonxur Kurush II ning kallasini tanasidan judo qilib, qon to‘ldirilgan meshga tashlaydi. Ammo Kurushning o‘limi O‘rta Osiyo xalqlarini Eron ahamoniylariga tobelikdan ozod eta olmadi. Kurushning o‘g‘li Kambis mamlakatda ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlarni bostirishga ulgurdi, hatto u o‘z otasining jasadini qo‘lga kiritib maxsus daxmaga dafn etadi.
Kambisning Bardiya ismli inisi bor edi. Saroy fitnasi tufayli Kambis o‘z ukasini o‘ldiradi, lekin u bu voqeani xalqdan yashirgan. Miloddan avvalgi 526 yilda Kambis Misrni istilo etish uchun ketgan vaqtda Bardiya o‘limidan xalq xabar topadi va uning o‘limi bilan bogliq har xil rivoyatlar to‘qiladi. Miloddan avvvalgi 522 yilda Gaumata ismli zardushtiylar kohini bosh ko‘tarib, "men Kurushning o‘g‘li Bardiya bo‘laman", - deb xalqqa murojaat bilan chiqadi. Avom xalq Kambisdan aynib Gaumataga qo‘shiladi va u Persidada hokimiyatni qo‘lga oladi. Bundan xabar topgan Kambis tezda Misrdan Eronga qaytadi. Ammo yo‘lda noma’lum sababalarga ko‘ra u xalok bo‘ladi. Shundan keyin Gaumata Bardiya ismi bilan o‘zini shoh deb e’lon qiladi. Bardiya hokimiyatni qo‘lga kiritish jarayonida keng xalq ommasiga suyanib, aristokratiyaga qarshi chiqqan edi. U aholini uch yilgacha davlat soliqlaridan va harbiy xizmatdan ozod etadi. Bu xabar O‘rta Osiyoga ham etib keladi. Bundan norozi saroy aristokratiyasi miloddan avvalgi 522 yil 29 sentyabrda Gaumatani o‘ldirib, ahamoniy Dorush I ni taxtga qo‘yadi. Bu xabar butun mamlakatda keng xalq ommasini qo‘zg‘olonlar qilishga otlantirdi. 30 sentyabrda Marg‘iyonada Frada boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Biroq, u 10 dekabr kuni Dorush I tomonidan shafqatsiz ravishda bostiriladi. Dorush I ning Behustun qoyalariga bittirgan kitobasida Marg‘iyona qo‘zg‘oloni haqida quyidagilar yozilgan: "Shoh Dorush aytdi: Margush (Marg‘iyona) ismli mamlakat mendan ajralib ketdi. qo‘zg‘olonchilar Frada ismli Marg‘iyonalik kishini o‘zlariga bosh qilib oldilar. Keyin men Baqtriya satrapi xizmatkorim Dadarshishga odam yubordim. Unga shunday dedim: Bor, meni tan olmayotgan uning lashkarlarini yanchib tashla. Keyin Dadarshish qo‘shin bilan uning ustiga yurish qilib, Marg‘iyonaliklar bilan jang qildi. Axuramazda menga yordam qildi. Axuramazdaning irodasi bilan mening qo‘shinlarim dushman kuchlarini yanchib tashladi. Keyin mamlakat yana meniki bo‘ldi".
Dadarshish jangda uz qo‘shinlariga asir olmaslikni buyurgan. Dorush I ga qarshi ko‘tarilgan Marg‘iyona qo‘zg‘oloni O‘rta Osiyo viloyatlarida yagona emas edi. Marg‘iyonaliklar bilan bir vaqtda Parfiyada ham keng xalq ommasining qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi. Bu qo‘zg‘olon miloddan avvalgi 521 yilning yozigacha davom etdi. Dorush I davrida unga qarshi saklar ham bosh ko‘targanlar. Bixustun yozuvlarida Dorush I ning saklar yurtiga uyushtirgan yurishi haqida yozuvlar saklangan. Ularda aytilishicha, Dorush I saklarni quvib Orol dengizi sohillarigacha borgan. Saklar hukmdorini asir olgan, boshqa bir Skunxa ismli lashkarboshini saklarning o‘zi Dorush I ga topshirgan. Shundan so‘ng saklar yurti Dorush I davlatining tarkibiga kirgan viloyatlardan biriga aylandi. Bu voqealar miloddan avvalgi 520-528 yillarda sodir bo‘lgan edi.
Miloddan avvalgi 522-521 yillarda bo‘lib o‘tgan xalq qo‘zg‘olonlari Dorush I ni qattiq ichki siyosat olib borishga majbur etdi. U hatto saroy aristokratiyasi huquqlarini ham cheklab, mamlakatda mutloq hokimiyat tartiblarini o‘rnatdi.
Gerodotning xabar berishiga qaraganda, Dorush I o‘z imperiyasini alohida viloyatlarga - satrapliklarga bo‘lib idora qilgan. har bir satraplik har yili davlat xazinasiga ma’lum miqdorda soliq to‘lashga majbur edi. Soliq miqdori odatda, kumush talanda belgilangan. Bir talan 34 grammga teng edi. Satrapliklardan soliq olishning yagona tizimi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra Dorush I oltin darik tanga birligini ishlab chikdi. Bir darik 8,4 gr. oltinga, 20 kumush tangaga, bir tanga 5,6 gr. kumushga teng edi. Oltin darikni faqat shahonshoh, kumush tangasi esa viloyat hokimlari ham zarb etishi mumkin edi.
Satraplik tepasida hokim-satrap turgan. U chegarasiz hokimlik huquqiga ega bo‘lib, uning qo‘lida harbiy va fuqarolik hokimiyati jamlangan. Satrap o‘z viloyati doirasida sud’yalik va xalqdan har xil soliqlarni undirib olish, o‘z nomidan kumush va mis tangalar zarb etish huquqiga ega edi. Odatda, satraplik tepasida faqat ahamoniylar oilasiga mansub forslar turgan. Satraplar faoliyatini doimo nazorat etib turish uchun maxsus amaldor-ayg‘oqchilar tayinlangan. Ular shahonshohning joylardagi "ko‘z-quloqlari" bo‘lgan.
O‘rta Osiyo hududi ahamoniylar tomonidan 3 ta satraplikka bo‘linib idora etilgan. Baqtriya Marg‘iyona bilan birgalikda 12-satraplikni tashkil etgan. U podsho xazinasiga yiliga 360 talant o‘lpon to‘lagan. Parfiya, Xorazm, So‘g‘d va Areya birgalikda 16-satraplikni tashkil etgan va yiliga 300 talant o‘lpon to‘lagan. Saklar va kaspiylar esa 15-satraplik bo‘lib, ular Dorush I xazinasiga yiliga 250 talant jarima to‘lagan.
Urta Osiyo aholisi shahonshoh xazinasiga har yili to‘lab turgan aniq mikdordagi soliqlardan tashqari yirik davlat qurilishlarida ishlab berishga majbur edi. Masalan, Persepoldagi shoh saroyining qurilishida, Suza va Ekbatanadagi yirik inshootlarda o‘rta osiyoliklar ishlashga majbur bo‘lishgan. Dorush I ning Suzadagi shoh saroyi qurilishida Baqtriya, So‘g‘diyona va Xorazmdan keltirilgan ustalardan va ishchi kuchidan qul sifatida foydalanilgan. Bu qurilishlarda O‘rta Osiyodan keltirilgan materiallar ham ishlatilgan. Suzadagi shoh saroyi, Bihustun kitobasiga ko‘ra, Lidiya va Baqtriya oltinlari bilan bezalgan. Ko‘k tosh (lazurit va serdalik) So‘g‘diyonadan keltirilgan, feruza esa Xorazmdan olib kelingan.
Shunday qilib, O‘rta Osiyoning katta qismi (Farg‘ona vodiysi va Toshkent vohasidan tashqari) miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Eron ahamoniylarining qo‘l ostida bo‘ldi. Faqat milodsan avvalgi VI asrga kelib, markaziy hokimiyat o‘zining avvalgi mavqeini yo‘qota boshlagach, uning chekka o‘lkalaridan ayrim viloyatlar ahamoniylar ta’siridan chiqib, mustaqil holda ichki va tashqi siyosat olib bora boshlaganlar. Ana shunday viloyatlardan biri sifatida Xorazm miloddan avvalgi VI asrda tarix maydoniga chiqdi.
Axamoniylar hukumronligi davrida O‘rta Osiyo xududida katta ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Yagona davlat tarkibida yagona pul, soliq sistemasi shakllangan. Oromiy tili davlat tili bo‘lgan. Yagona davlat aloqa tuzimi shakllangan. Karvon yo‘llariga e’tibor kuchaygan. Umumiy davlat qonunchiligi joriy etilgan. Lekin har bir halqning o‘z qonunlari amalda bo‘lgan. Axamoniylar boshqa oldingi davlatlarga nisbatan bo‘ysungan еrlarda qurilish ishlarini olib borganlar. Ibodatxonalar qurganlar. Bobil va Iudeyada. Kirni barcha halq ulug‘lagan: Forslar o‘z otamiz deb, bobilliklar Bobil xudosi Mardukning elchisi deb, greklar buyuk davlat arbobi deb, еvreylar yaxva xudosining messisi deb ulug‘laganlar.
Bu davrda halqaro savdo uchun yaxshi shariot yaratilgan. Sayoxatchi va olimlar uchun imkoniyatlar yaratilgan. Ayni shu davrda Gekatey, Geradot va Demokrit sayoxat qilishgan.
Axamoniylar davlati tarkibiga kirgan turli halqlar madaniy va iqtisodiy jihatdan birlashib ketgan. Turli xalqlar birgalikda ish olib borganlar. Yozma manabalarda Marafon jangida Saklarning otliqlari alohida o‘rin egallaganliklari, ular Platey va Fermopil janglarida ham tilga olinadi. Baqtriyaliklar ham ishtirok etganlar. O‘rta Osiyoliklar Axamoniylarning saroyida ishlaganlar. Elefantinada xorazmlik Dargman yashaganligi yozib qoldirilgan. Doro I davrida baktriyalik ayollarning qul sifatida sotilganliklari ham yozib qoldirilgan. Shuningdek, O‘rta Osiyo xududiga Miletdan greklarning ko‘chirib keltirilganligi va Barka shaxri axolisi (Shimoliy Afrika) Baktriyaga ko‘chirib keltirilganligi yozilgan. Mil.avv. 4 asrda parfiyalik Ammnasp Misrga hukmron etib tayinlangan.
Xorazmliklar axamoniylar hukmronligidan mil.avv. 5 asrning oxirlarida ozod bo‘lganlar. Bobildagi oxirgi hujjat mil.avv.505 yil bilan berilgan. Qal’alikir yodgorligining qurilishi.



Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish