IV
XULOSA…….…………………………………………………….
Foydalanilgan afabiyotlat ro`yhati….……………………………
Ilova
KIRISH
“Ilm egallash har bir muslim va
muslima uchun farzdir”
hadisi sharifdan
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi.
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari
darajasiga ko‘tarish, kelajak uchun barkamol avlodni tarbiyalash ishlari Davlat
siyosatining ustivor yo‘nalishiga aylandi. Ayniqsa davlatimizda “Ta`lim
to`g`risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Yoshlarga oid siyosat”
nechog`lik kerakli ekanligini aytib o`tish lozim [1, 2].
O‘zbekistonning kelajagi, uning istiqboli, birinchi navbatda yoshlar
tarbiyasiga, ularni sog`lom qilib o‘stirishga, milliy g`oya, milliy mafkura va o‘z
vataniga sadoqat ruhida tarbiyalashga bog`liq bo‘lib, bu murakkab jarayonni
muvaffaqiyatli amalga oshirish mustaqil mamlakatning eng dolzarb vazifalaridan
biridir. SHuning uchun ham, mamlakatimizning birinchi prezidenti Islom
Abdug`aniyevich Karimovning “Mamlakatimizning istiqboli yosh avlodlarimiz
qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga yetishiga,
farzandlarimizning hayotga nechog`lik faol munosabati bo‘lishiga, qanday oliy
maqsadlarga xizmat qilishiga bog`liq ekanligini hamisha yodda tutishimiz kerak”
deb ta’kidlagani bejiz emas [5]. Shu boisdan ham bugungi kunda yoshlarning ta’lim-
tarbiyasi mustaqil O‘zbekistonning davlat siyosatida ustivor ahamiyat kasb
etmoqda.
O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti ta’kidlaganidek,
“Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan muhim hayotiy omil bu
ta’lim-tarbiya tizimi bo’lib, ular o`zaro chambarchas bog’liqdir. Ta’limni
tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ajratib bo’lmaydi” [9].
Yangi asr o`qituvchisini tayyorlashda uning pеdagogik-psixologik va
intеllеktual salohiyat bo`yicha chuqur bilimga egaligi, innovatsion ta'lim bo`yicha
chuqur bilimga egaligi, innovatsion ta'lim tеxnologiyalari, ta'limning intеrfaol
usullari va ilg`or samarali mеtodlariga oid ijodiy faollikni oshirishning samarali
usullaridan xabardor bo`lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Muhtaram
Birinchi Prеzidеntimiz I.A.Karimov o`zining «Yuksak ma'naviyat – еngilmas kuch»
asarida “...farzandlarimizni mustaqil va kеng fikrlash qobiliyatiga ega bo`lgan,
ongli, yashaydigan komil insonlar etib voyaga еtkazish – ta'lim-tarbiya sohasining
asosiy maqsad va vazifasi bo`lishi lozim,” dеb ta'kidladi.
Ma’lumki ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo’lmish ilmu ma’rifat, ta’lim-
tarbiyani inson kamoloti, millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan.
Albatta, ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda u ong darajasi va uning
rivojini ham belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va
boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’limtarbiya tizimini va shu asosda
ongni
o’zlashtirmasdan
turib,
ma’naviyatni
rivojlantirib
bo’lmaydi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan keng ko'lamli islohotlar
natijasida milliy davlatchiligimiz poydevori mustahkamlanib, davlatimiz
suvereniteti, chegaralarimiz daxlsizligi ta`minlandi, jamiyatimizda tinchlik va
osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini kuchaytirish,
qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari hamda manfa’atlarini ro'yobga
chiqarish bo'yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Ana shunday ishlardan biri
O'zbekistonni yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi loyihasini ishlab
chiqilishi hisoblanadi. O‘zbekiston Prezidenti 7-fevral kungi farmoni bilan 2017 —
2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasini tasdiqladi [4]. Harakatlar strategiyasi besh bosqichda
amalga oshirilib, ularning har biri bo‘yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda
alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi. Xususan, 2017 yil —
Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e’lon qilindi. Jumladan, Harakatlar
stratyegiyasininig
4-bo`limida
ijtimoiy
sohani
rivojlantirishning
ustuvor
yo‘nalishlari belgilab berilgan.
4.4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish:
Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli
ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy
ehtiyojlariga muvofiq, yuqori malakali kadrlar tayyorlash; ta’lim muassasalarini
qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o‘quv-
laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va o‘quvmetodik qo‘llanmalar bilan
jihozlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish orqali ularning moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish;
maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, bolalarning har
tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ushbu
muassasalaridagi shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha
ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va uning qulayligini ta’minlash,
pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish; umumiy o‘rta ta’lim
sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo,
biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan
tarzda o‘rganish; bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishga, ularni
musiqa hamda san’atga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti obyektlarini,
bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish;
kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning
ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash hamda ishga
joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish; ta’lim va o‘qitish sifatini
baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari
faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul
kvotalarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish; ilmiy-tadqiqot va innovatsiya
faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy
etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot
institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori
texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish.
Hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiya jarayonlarini
tashkiliy - huquqiy asoslarini o‘rganish va taxlil etish o‘ta dolzarb vazifalardan biri
hisoblanadi.
Ta’kidlash joizki, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan amalga
oshirilgan islohatlardan ya’na biri “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari” to`g`risida PQ-2909-sonli 2017 yil 20 apreldagi qarori ta’lim tizimida
yangi sahifani ochib berdi [3]. Ilmiy salohiyatga katta e’tibor qaratilmoqda,
o`quvchilarni va professor-o`qituvchilarni chet elga chiqib tajriba ortirib kelishlari
uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Bunga bir misol qilib istedod
jamg`armasini qayta tashkil etilganligini aytish mumkin.
Ta’lim muassasalarining ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishda
quyidagi: ta’lim to‘g`risidagi qonun xujjatlari, qonun osti xujjatlari jumladan
farmonlar, farmoyishlar, qarorlar va buyruqlar kabi tashkiliy huquqiy xujjatlar
qo‘llanilmoqda.
Normativ xujjatlar bilan amalga kiritilgan o‘quv dasturi, chizmachilik fanining
nazariy va amaliy muammolari, chizmachilik fanini o‘qitishdagi innovatsiyalar,
o‘quv dasturi, ma’ruza matnlari, chizmachilik fanidan tayyorlanayotgan keyslar,
amaliy topshiriqlar, nazorat savollari shu kunga qadar ta’lim muasasalari
o‘qituvchilari tomonidan lozim darajada o‘rganilmoqda.
Bu xolatlar ta’lim muasasalarida qo‘llaniladigan ta’lim va tarbiya jarayonlarini
tashkiliy-huquqiy xujjatlarini va ular asosida ishlab chiqiladigan lokal xujjatlarni
har tomonlama nazariy va amaliy jixatdan o‘rganish va taxlil etishni dolzarbligidan
dalolat beradi.
O`quvchilar «Chizmachilik» fanini o`zlashtirish uchun o`qitishning ilg`or va
zamonaviy usullaridan foydalanishi, yangi information texnologiyalarni qo`llashi
muhim ahamiyatga ega. Fanni o`zlashtirishda darslik, o`quv va uslubiy
qo`llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual
stendlar, ishchi detal qirqimi va kesmalarning namunalari ma’ruza va amaliy
darslarda mos ravishdagi ilg`or pedogogik texnologiyalardan, o`qitishning texnik
jixozlari-o`quv kinofilmlari, plakatlar, maketlar va shu kabilardan foydalanish
o`quvchi bilim olish uchun dolzarb hisoblanadi.
Qirqim va kesimlar chizmachilik fanini asosiy bo`g`ini hisoblanadi.
O`quvchilarga qirqim va kesimlar mavzusini tushuntirishda interfaol usullarni
qo`llab dars jarayonini olib borish o`quvchilarni yuqori darajada bilim olishlari
uchun muhimdir. Chizmachilik fanini istiqbolli ravnaqi uchun qirqim va kesimlarni
yaxshi bilish, ularni hosil qilish, tadbiq qilish va tushunish dolzarb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |