1
tekislik bilan o`tkir yoki o`tmas burchak tashkil
qiladi. 2.17-shakldagi kesuvchi A —A tekislik P
1
tekislik bilan o`tkir burchak
tashkil qiladi, ya`ni P
1
tekislikka nisbatan og`madir. Bunda qirqimni strelka
yo`nalishi bo`yicha proeksion bog`lanishda yoki chizma maydonining xoxlagan
joyga joylashtirish mumkin. Bundan tashqari shu chizmaning bosh ko`rinishida
maxalliy qirqim to`lkinsimon chiziq yordamida detaldagi silindrik teshiklar
ko`rsatilgan. Bundan tashkari amaldagi detalni frontal yoki profil proeksiyalar
tekisliklariga parallel bo`lmagan tekislik bilan xam qirqib ko`rsatiladi.
2.17-shakl
Bunday xolda qirqim kuzatuvchi tomonidan belgilangan bo`lib, kesuvchi tekislikka
qo`yilgan strelkaning yo`nalishi bo`yicha bajaradi. Masalan, 2.18-shaklda, A—A
tekislik bilan vertikal kirkimning bajarilishi ko`rsatilgan. Ayrim hollarda detalning
xamma elementlarini bitta tekislik bilan ko`rsatib bo`lmaydi. Bunday dollar, da
murakkab qirqim ishlatiladi. Agar buyumning ko`rinmaydigan qismlarini ikki va
undan ortiq tekisliklar bilan qirqib ko`rsatilsa murakkab qirqim xosil bo`ladi (2.19-
shakl). Murakkab qirqim pogonali va sindirilgan (siniq) bo`ladi. Tekisliklarning
sonidan katiy nazar, kesuvchi tekisliklarning joylashish xolatlari qirqimning boshi
va oxirida shtrix kesim chizig`i bir xil harflar bilan ifodalanadi, qirqim yo`nalishi
esa strelka bilan ko`rsatiladi (2.20-shaklda A —A qirqim).
Detal ikki va undan ortiq uzaro parallel kesuvchi tekisliklar bilan qirqilsa,
pogonali murakkab qirqim xosil bo`ladi. 2.20-shaklda ikkita o`zaro parallel
tekisliklar bilan qirqilgan frontal pogonali qirqimning tasvirlanishi ko`rsatilgan.
Kesuvchi tekislik izlari A —A bilan belgilangan.
2.18-shakl
Shaklda o`zaro parallel ikki tekislik bilan Kesilgan gorizontal. pogonali murakkab
qirqimning bajarilishi keltirilgan. Bu yerda tekislik izlari B—B ko`rinishda
belgilangan. `
Yuqoridagi xar ikki xolatda xam kesim yuzasi bitta tekislikka keltirilib tasvirlanadi
Detal ikki va undan ortik uzaro kesishuvchi tekisliklar bilan qirqilganda xosil
bo`lgan qirqimga sindirilgan qirqim deb aytiladi.
2.19-shakl
2.20-shakl
Bunda kesuvchi tekisliklardan biri proeksiyalar tekisliklariga qiya joylashgan
bo`lsa u tekislik proyeksiyalar tekisligiga parallel joylashgan tekislik bilan bitta
tekislik xosil qilguncha aylantiriladi. Natijada qiya tekislikdagi qirqim proektsiyalar
tekisligiga uzining haqiqiy ko`rinishi bilan tas- virlanadi
.
2.21-shaklda detalning
ikki kesishuvchi tekisliklar bilan qirqilishi ko`rsatilgan. Bunda chap tomondagi
tekislikni frontal tekislik bilan bitta tekislik xosil qilguncha aylantiriladi. Bunda
qiya tekislikdagi ko`rinish xam uzining haqiqiy kattaligi buyicha proektsiyalanadi.
2.21-shakldagi misolda esa ikki kesishuvchi tekisliklardan bittasi gorizontal
proektsiyalar tekisligiga Qiya
joylashgan. Shuning uchun bu tekislik gorizontal
tekislik bilan bitta tekislikka tushguncha aylantiriladi, so`ngra qirqim tasvirlanadi.
Bu yerda
tekislik
izlari
A — A
ko`rinishda
belgilangan.
Kesishuvchi
tekisliklar
aylantirilganda uning orqasidagi elementlar o`z xolatini o`zgartirmaydi, ya`ni
aylanmaydi. 2.22-shaklda detaldagi B — element kesuvchi A—A tekislik orqasida
bo`lganligi uchun uning frontal proektsiyalar tekisligida o`zgarmasdan tasvirlanishi
ko`rsatilgan [16, 17].
Chizmalarda detallarning biror kichik qismlarini aniqlash uchun maxalliy
qirqimdan foydalaniladi. Chizmalarda maxalliy qirqim
Do'stlaringiz bilan baham: |