Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


-Mavzu: Akmeologiyaning vazifalari



Download 1,69 Mb.
bet19/109
Sana09.12.2022
Hajmi1,69 Mb.
#882682
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   109
Bog'liq
Пед.акме.УМК 2021 Й

3-Mavzu: Akmeologiyaning vazifalari.
Mavzu rejasi:
1.Akmeologiya vazifalari.
2.Insonni еtuklik pillapoyasida rivojlanishini majmuaviy ravishda o‘rganish..
3.Individga oid, shaxsiy va subektga oid rivojlanishda odamlar tomonidan erishiladigan mikro va makroakmelarni aniqlash.


Tayanch tushunchalar: еtuklik, rivojlanish, individga oid xususiyatlar, sub’ektga oid xususiyatlar, kasbiy mahorat, yoshga oid jihat, ta’limga oid jihat, kasbiy jihat, kreativ jihat, refleksiv jihat.
III. 1. Akmeologiya vazifalari.
Akmeologiya, avval aytib o‘tganimizdek, insonning еtuklik davri pillapoyasi, va ayniqsa, еtuklikning shakllanganligini ko‘rsatuvchi yuqori darajaga erishgandagi rivojlanish hodisalari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganadi. Insonning еtuklik davri va ushbu еutklikning yuqori cho‘qqisi yoki uning akmesi – bu inson hayotining vaqt davriyligiga ko‘ra ko‘p qismini egallasa-da, doimo u fuqaro sifatida, faoliyatning qaysidir muayyan sohasida mutaxassis-mehnatkash sifatida, atrof voqelikdagi boy yoki kam aloqalariga ega bo‘lgan shaxs sifatida, turmush o‘rtog‘i, ota-ona sifatida qanchalik shakllanganligini ko‘rsatsa-da, u hech qachon statik hosila hisoblanmaydi, balki aksincha, ko‘p yoki kam darajadagi o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Odatda insonning jismoniy holatiga tegishli bo‘lgan tarkibiy qismi еtuklik mezonlari doirasida doimiy ravishda odatiy xususiyatlarga ega bo‘ladi va o‘zgarib turadi:

  • yetuklik – inson hayotining boshlanishi (ko‘pincha 18-20 yosh)ga muvofiq keladi, deb hisoblangan yoshga oid pillapoyasi;

  • rivojlanish – moddiy va ideal ob’ektlarning qaytmas, aniq yo‘naltirilgan, qonuniy o‘zgarishi;

  • individga oid xususiyatlar – inson organizmining umumiy va har bir a’zosining holati, shuningdek, me’yor bilan qiyoslaganda ularning faoliyati;

  • shaxsga oid xususiyatlar – insonda voqelikning turli tomonlariga, uning o‘zini ham qamrab olgan holda shakllangan munosabatlari;

  • sub’ektga oid xususiyatlar – insonning amalga oshirishi lozim bo‘lgan faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xislatlari;

  • "akme";

  • kasbiy mahorat – mutaxassisning mehnatning u yoki bu sohasidagi faoliyati mohiyatini tashkil etuvchi vazifalarni hal etishdan olingan natijalarga ko‘ra barqaror, muvaffaqiyatli ravishdagi yuqori darajasi.

Shu kabi mohiyatga oid xususiyat va uni ifodalash shakllarining harakatchan birligi insonda uning еtuklik davrida, u o‘zini fuqaro, shaxs, faoliyat sub’ekti, turmush o‘rtog‘i, ota-ona sifatida namoyon qilgan holatlarda kuzatilishi mumkin. Insonni ushbu barcha xususiyatlarning “egasi”, “tashuvchisi” sifatida to‘liq tushunish, ular o‘rtasidagi aloqalarning jamiki murakkabligini anglash uchun turli fanlar nuqtai nazaridan olib borilgan, еtuk insonni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlardan olingan natijalarni yagona manzaraga birlashtirish zarur. Insonni o‘rganishga bu kabi yondashuv natijasida olingan ma’lumotlarni umumlashtirish, o‘ta murakkab va alohida metodologiya yaratish, shuningdek, ularni bir-biri bilan ilmiy-korreksion ravishda biriktirish texnikasini talab etuvchi jarayondir.
Ularga izchil ravishda tayanish, insonning jismoniy еtukligi, uning aqli, hissiyotlari, irodasida o‘z ifodasini topuvchi psixik еtukligi, uning intellekt va irodaga bog‘liq bo‘lgan shaxsga oid еtukligi avvalambor uning munosabatlarida namoyon bo‘lishi, uning sub’ekt sifatidagi еtukligi esa dastavval uning qobiliyatida namoyon bo‘lishi o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Shu bilan birga, odatda inson individ (tirik organizm), shaxs va faoliyat sub’ekti sifatida namoyon bo‘luvchi hosilalarning barcha qismlarining bir vaqtning o‘zida еtuklikka erishish holati yuz bermaydi va keyinchalik, insonning eng еtuklik davrida ham o‘zgarishlar sodir bo‘lish sur’ati turlicha bo‘lishi kuzatiladi.
Insonning individ, shaxs va ijodiy faoliyat sub’ekti sifatidagi “akme” darajasiga chiqishi ko‘pincha bir-biriga mos kelmaydi, yoki faqatgina nisbiy muvofiqlik haqida gapirish mumkin. Akmeologiya inson o‘z rivojlanishida bosib o‘tadigan muhim palla – еtuklik pillapoyasini har tomonlama yoritib beradi. U turli odamlardagi o‘xshash va farqli jihatlarni belgilab beradi va ushbu nuqtai nazardan еtuklikning individual manzarasini belgilab beruvchi omillar ta’sirining o‘ziga xosligini yoritib beradi. Va, albatta, ushbu akmeologik tadqiqotlarda inson “tub mohiyat”ining “jismoniy” va “ma’naviy” xususiyatlari va xislatlarining o‘zaro ta’siri, tabiatini kuzatish ahamiyatli o‘rin egallaydi.
Yetuklik holati insonda kutilmaganda va birdaniga namoyon bo‘lmaydi. Unga va uning qanday bo‘lishiga insonning jamiki avvalgi hayoti “xizmat qiladi”. Inson еtuklik pillapoyasini jismoniy mustahkamlikning qanday zahirasi bilan bosib o‘tishi, uning shaxsi negizini qanday qadriyatga oid ko‘rsatma va munosabatlar tashkil etishi, shuningdek, u katta bo‘lganida qanday qobiliyatlar hamda bilim, mahorat va ko‘nikmalarning qay darajadagi zahirasi uni sub’ekt sifatida namoyon qilishi nafaqat tabiiy moyillikka, balki ko‘p jihatdan yashab o‘tilgan hayotga bog‘liq bo‘ladi. Yetuklik davriga o‘tayotganda inson salomatligi me’yoriy salomatlikka yaqin bo‘lishi mumkin, yoki aksincha, surunkali kasalliklar bilan birga kechishi mumkin. Unda faollashuvchi intilishlar umuminsoniy qadriyatlar mohiyatiga muvofiq bo‘lishi mumkin, yoki ularning ortida sun’iy qadriyatlar turishi mumkin. Uning mavjudligi bog‘liq bo‘lgan faoliyat turlarida u ojiz, yoshiga mos bo‘lmagan holda to‘liq rivojlanmaganligi, yoki aksincha, nafaqat reproduktiv, balki ijodiy darajada ham samarali g‘ayratga ega bo‘lishi mumkin.

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish