Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi
Mirzo Ulug’bek nomidagi
O’zbekiston Milliy universiteti
Ijtimoiy fanlar fakulteti
Umumiy psixologiya kafedrasi
60310903-Psixologiya :Amaliy psixologiya
Umumiy psixologiya fanidan
1-mustaqil ta’lim
Bajardi:1-bosqich “A”guruh talabasi
Boymirzayeva Nilufar
Mavzu:Shaxsni tadqiq etish metodologiyasi
Reja;
1-Kirish
2-Shaxsni tadqiq etish metdologiyasi
3-Shasni o’rganishda tizimlilik prinsipi darajalari,kompanentlari va tuzilma xosil qilish mexanizmlari(S.L.Rubinshteyn,B.G.Ananyev,B.S.Merlin).
4-Shaxs muammosi va fanning metodologik darajalari.
Har bir fan aniq ma’lumotlarga asoslanadi, shu jumladan psixologiya ham.Ma’lumotlarni olish ilmiy tadqiqot metodlari yoki nazariy ta’limot deb ataladi.Shaxsni o’rganish bo’yicha psixologiya o’z metodlariga ega.Bu metodlar shaxsni har tomonlama va aniqroq o’rganishga yordam beradi.
Psixologik tadqiqotlarda qo’llaniladigan metodlarning barchasi 4 guruhga ajratiladi.Bular;
1-Tashkiliy metod
2-Tajriba metodi
3-Ma’lumotlarni qayta ishlab chiqarish metodi
4-Izohlash metodi
1-Qiyosiy ,longityud va majmua metodlari kiradi.
2-Tajriba metodi-bu metod turli yoshdagi va kasbdagi odamlarning psixikasini chuqurroq ,aniqroq o’rganishga yordam beradi.Tajriba metodi yordamida sun’iy tushunchalarning shakllanishi ,nutqning o’chishi ,favqulotda holatdan chiqarish,muammoli vaziyatni hal qilish jarayonlari o’rganiladi.Inson psixikasining nozik ichki bog’lanishlari ,munosabatlari murakkab mexanizmlari tekshiriladi.
3-Malumotlarni qayta ishlash metodi asosan statistic va sifat metodlari kiradi
4-Tavsiflash metodi-Turli xildagi irsiy (materialning rivojlanishdagi alohida davrlar,bosqichlar,xavfli vaziyatlar va boshqalarni ajratib ko’rsatgan holda tahlili)va tarkibiy metodlar kiradi.
Tizimlilik prinsipi va unga asoslangan psixik hodisalar o’rganishga yondashuv psixologlar orasida noaniq munosabatlarni keltirib chiqaradi.Ba’zilar tizimli yondashuvni kon’yuktura deb hisoblaydilar ,ba’zilar esa buni go’yoki muvaffaqiyatsiz bo’lgan markistik metodologiya deb hisoblaydilar.Tizimli yondshuv haqida gap ketganda ,ular odatda tadqiqotchining alohida pozitsiyasini va o’rganilayotgan mavzuni ko’p sifatli ,yaxlit va o’zgaruvchan deb belgilaydigan vositalar arsenalini anglatadi.Rus fanida psixikasining tizimli xarakteri ochishda Ananiyev,Bexterov,Vygotskiy ,Luriya,Merlin,Rubinshteyn,Teplov ,Uxtomoskiy va boshqalar muhim qadamalar tashladilar.Anoxin ,Leontyev ,Brenshteyn ,Lomov va boshqalar psixologik bilimlarning asosiy tartibga soluvchisi deb hisoblab ,xuddi shu uslubiy yo’nalishda ishladilar.
Psixologiyada izchillik prinsipining o’tmishdoshlari:
-Holizm(tashqi yaxlitlik,mohiyati yo’qoladi)
-Elementalizm(elementlar tizimida bir-biriga bo’langan ,ularning mohiyati umuman o’zgarmaydi)
-Elektizm
Reduksionizm
Psixologiyada izchillik tamoyilining eng muhim postulati barcha psixik jarayonlar ko’p bosqichlari tizimiga tashkil etilganligini,uning elementlari uning yaxlitligini bilan berilgan yangi xususiyatlari ega bo’lishini ta’kidlaydi.
Tizim tahlili :tizimni tashkil etuvchi elementlarni va tarkibiy va funksional munosabatlarini ajratib ko’rsatish ,uning darajalarini asoslash va tizimni shakllantiruvchi omillar ,tashkilot va funksiyalarning birligi ,barqarorligiva boshqaruv.
Shaxs muammosiga psixologiyaga yondashishning o’ziga xosligi shundaki ,u turli guruhlar bilan bo’ladigan turli shakldagi o’zaro munosabatlarning oqibati sifatida qaraladi.Ya’ni psixologiyada biror guruhning a’zosi hisoblangan shaxs xulq-atvor qanday qonuniyatlarga bo’ysinishi ,shaxsning muloqotlar sistemasida olgan ta’sirlari uning ongida qanday aks topishini o’rganadi.Guruhning shaxs psixologiyasiga ta’siri qay darajada sodir bo’lishini ijtimoiy psixologiyada sotsializatsiya muammosi bilan bog’liqdur.Ana shular asosida shaxsda shakllanadigan fazilatlar va ularning turli tipdagi shaxslarda namoyon bo’lishini aniqlagan holda ,shaxs xulq-atvorini boshqarish mexanizmlarni ishlab chiqish ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifalaridan biridir.
Shaxsni shakllanish jarayoni 3 sohada amalga oshiriladi;
1)Faoliyat sohasi ,ya’ni umr mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki bilvosta jalb etilgan bo’lib bu jarayon fan katalogi kengayib ,boyib boraveradi.Har bit faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarning ,malaka va ko’nikmalarning ,bilimlarning borligini talab etadiki,ularning ko’niktirish yo’lidagi aktivligi unda o’ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlari kompleksini shakllantiradi;
2-Muloqot sohasi ,ayniqsa maktabgacha yosh davrdagi va o’smirlik davrlardagi muloqot sistemalari bolada bir qancha ijtimoiy huslatlarni paydo qiladiki ,uning natijasida u faol hayotiy mavqeaga ega bo’ladi,jamiyat o’z o’rnini tasavvur qilishga erishadi;
3-O’z o’zini anglash sohasi ,ya’ni “MEN” obrazining yil sayin o’zgarib borishi jarayoni bo’lib ,avval o’zini boshqalardan farqliligini ,o’zicha mustaqil harakat qilish ,mustqil fikr yurita olisj qobiliyatini anglash ,so’ngra o’z-o’zini baholash ,nazorat qilish xususiyatlari rivojlanadidiki,ular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismi bo’ladi.
Ijtimoiy muhitning ta’siri xulq atvorida bevosita namoyon bo’ladi.U yoki bu xulq-atvorning sababi uning motividur.Lekin bu motivlar anglashning yoki shaxs tomonidan anglanmasligi mumkun.Shuning uchun ham motivlar anglangan yoki anglanmagan bo’lishi mumkun.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak shaxs murakkab tuzilma va uni o’rganish bugun yoki kecha paydo bo’lgano yo’q.Shaxs tushunchasini shakllanishi tarixdan boshlab o’rganib kelingan.Shaxsni o’rganishdagi barcha metodlar va nazariylar shaxsga bo’lgan tushunchamizni oshiradi va rivojlantiradi.
Foydali manbalar:
https://Chistenkoeschool.ru/uz/
https://hozir.org.sotsial
https://arxiv.uz.psixologiya
Muxamedova.D,G’;Mullaboyeva.N.M;Rasulov.A.I”Umumiy psixologiya”
Do'stlaringiz bilan baham: |