Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti


Ta’lim-tarbiya jarayonida kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish



Download 6,52 Mb.
bet64/152
Sana01.07.2022
Hajmi6,52 Mb.
#727357
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   152
Bog'liq
PEDAGOGIKA

Ta’lim-tarbiya jarayonida kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish


Kompyuter texnologiyalari (kompyuter savodxonligi)dan foydalanishda, o’qituvchi uning mazmuniga ko’ra bir qancha vazifalarni bajarishi mumkin. Faol foydalanish imkoniyatiga ega kompyuter texnologiyalari quyidagi asosiy didaktik funksiyalarni bajaradi:
- multimedia texnologiyasini qo’llash evaziga o’quvchilarda fanlarga qiziqishni rivojlantiradi;
- bunda ta’limning interfaolligi tufayli o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlari faollashadi va o’quv materialini o’zlashtirish samaradorligi oshadi;
- real holatlarda namoyish qilinishi qiyin yoxud murakkab bo’lgan jarayonlarni modellashtirish va ko’rish imkoniyatini berishi bilan muhim ahamiyatga ega ;
- o’quv materiallarini o’zlashtirilishi faqat darajasiga ko’ra emas, balki o’quvchilar erishgan mantiqan qabul qilishlarining darajasiga ko’ra ham samarali hisoblanadi;
- masofadan turib ta’lim olishni faqat o’zlashtiruvchi o’quvchilar yoki internet ta’limi uchun tashkil etilmaydi, balki sababsiz dars qoldirgan o’quvchilar uchun ham tashkil etish imkoniyatini beradi;
- o’quvchilarga mustaqil izlanish yo’li bilan materiallarni izlash, topish hamda muammoli masalalarga javob berish orqali ma’lum tadqiqot ishlarini bajarish uchun imkoniyat yaratadi;
- o’quvchilarning yangi mavzuni o’zlashtirishi, misollar еchishi, insho, bayon yozish ishlarida, o’quv materiallari bilan mustaqil tanishish, tanlash va axborot hamda ma’lumotlarni tahlil etish kabi masalalarni tez bajarish uchun sharoit yaratadi.
Ma’lumki ta’lim mazmunini takomillashtirishning bosh xususiyatlaridan biri kompyuter bilan muloqot jarayonida uning doimiy murojaat qilinadigan «qo’llab-quvvatlovchi axborot»ini ko’paytirish, kompyuter axborot muhiti va hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasining yaratilganligi, gipermatn va multimedia, o’qitishda immitasiya, kommunikasiya tizimlari qabul qilingan.
Ma’lumotlar bazasi deganda, axborotni kompyuter texnikasi yordamida kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya qilish tushuniladi.
Bir qator axborotlarni an’anaviy qayta ishlash uchun ularni tayyorlashning standart shakllari mavjud bo’lib, ularga bibliografiya, statistik ma’lumotlar, referatlar kiradi. Ma’lumotlar bazasi axborot tarkibiga statistik, matnli, grafik va ko’rinishli axborotlarni cheksiz ko’p miqdorda va albatta, belgilangan shakllardagi ko’rinishlarini qabul qiladi.
Bilimlar bazasi esa, yopiq tizimda, mazkur mavzu bo’yicha qo’shimcha axborotlarga ehtiyoj sezmagan holda va uning har bir elementi, mantiq jihatdan bog’langan boshqa elementlarga chiqa olishi bo’yicha tuzilmali axborotlashtirilgan tizimga ega bo’ladi. Bunda ushbu bilimlar bazasiga kiritilmagan, ya’ni undan tashqi elementlarga murojaat qilinishiga imkon bo’lmaydi. Bilimlar bazasining birlamchi bibliografik o’xshashliklari sifatida turli ensiklopediyalar, lug’atlar xizmat qiladi.
O’quvchilar bilimi sifatlarini test savollari yordamida aniqlash va psixofiziologik rivojlanayotganligini tashxis qilish maqsadida kompyuter tizimiga eksport tizimi qo’shimcha kiritilgan bo’lib, bu tizim yordamida elektron tarmoq orqali bilimlarni baholash va bu masala bo’yicha еtarlicha natijalarni aniqlash mumkin.
Bunday dasturiy vositalardan, ta’limdagi holat va uning maqsadiga ko’ra, ba’zan o’quvchilarning ehtiyojlarini chuqurroq anglash zaruriyati nuqtai nazaridan, ularning ma’lum fan sohasida bilimlarini tahlil qilish bo’yicha boshqa bir hollarda esa, o’qitishning psixologik tamoyillarini hisobga olish maqsadida keng foydalaniladi.
Kompyuter yordamida turli ilmiy axborotlar, o’quv materiallari bo’yicha axborotlarni tavsiya etishning boy imkoniyatlari, xususan ularga integrativ kurslarni kiritish, fanning tarixi va metodologiyasi bilan tanishish, turli fanlar bo’yicha ularning zamonaviy darajasiga oid bilimlar, madaniyat va ijtimoiy ongga dahldor bilimlarni kiritish, ta’lim mazmunini sezilarli o’zgartirish va keskin boyitishga yordam beradi, uni faollashtirish va rivojlantirishda muhim omil bo’ladi.
Kompyuter vositalari yordamida mustaqil ta’limni tashkil etish nuqtai nazaridan tahlil etadigan bo’lsak, aksariyat uning interfaolligini, bevosita muloqot yordamida o’quvchi o’quv rejasida ko’rsatilgan, istalgan fan sohasida maxsus o’quv dasturlari yordamida bilim olish imkoniyatiga ega ekanligi ma’lum bo’ladi. Kompyuter vositasi, o’quvchi yoxud o’qituvchi murojaatlariga «javob beradi», ular bilan bemalol «muloqotga kirishadi», bular kompyuter ta’limi metodikasining asosiy xususiyatlaridan biri sanaladi.
Ayniqsa, kompyuter texnologiyasining ma’lum mavzuni o’qitish bo’yicha yoki alohida didaktik masalalarni hal etishda foydalanish kabi holatlar («kirib boruvchi» texnologiya nomi bilan mashhur), shuningdek o’qitishda ma’lum texnologiyaning asosiy, aniqlovchi va eng muhim tavsiflovchisi sifatida kompyuterni qo’llanish holatida kompyuter va boshqa texnologiyalar orasidagi munosabatlar masalasi juda dolzarb sanaladi.
Kompyuterli o’qitish metodikasining boshqa bir muhim xususiyati, u o’qitish jarayonining barcha bosqichlarida, jumladan yangi o’quv materialini tushuntirishda, qaytarishda, umumlashtirishda, o’quvchilarning ma’lum fan bo’yicha erishgan bilim, malaka va ko’nikmalarini tekshirishda namoyon bo’ladi. Bunday jarayonda o’qituvchi kompyuterning o’quvchi uchun turli vazifalarni, xususan o’qituvchilik, ishchi qurol, ta’lim obyekti, o’zaro muloqot kabi funksiyalarni bajarishini bilishi kerak. Bunda o’qituvchining vazifasi dars jarayonida o’quvchilarni kompyuterdan to’g’ri foydalanishlarini nazorat qilishdan iborat:




Download 6,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish