2-guruh – “Xayol”
2-masala:
Adabiyot darsida o‘quvchilar adabiy chizgining yaratilishi ustida ishlashardi. O‘qituvchi o'quvchilaming har biriga ularning o‘zlariga yaqindan tanish bo'lgan kishilarning tashqi qiyofasini tasvirlashni tavsiya qildi. Barcha bolalar yozishdi o‘qituvchi kim yozib bo‘lgan bo'lsa, o'qita boshladi. Shu payt bir o‘jar bola ruxsat so'rab o‘z yozganlarini o'qiy boshladi. O‘qituvchi esa sekingina «oh» deb yubordi: o'quvchi tasvirida uning ko‘rimsiz tashqi qiyofasidagi alomatlar shunchalik mohirlik bilan qamrab olingan ediki, u gap kim to‘g‘risida ketayotganiligini darhol payqadi, Ha, u o’zini tanidi! Baqirib yuborgisi, bu yaramas bolani jim bo‘lishga majbur qilgisi, sinfdan qochib chiqib ketgisi keldi.
3-guruh – “Tasavvur”
3-masala:
Siz o‘qituvchisiz. Sinfdagi hamma o‘quvchilar sizni hurmat qiladi. Dars o‘tayapsiz. Dars jarayonida ikki nafar qizning boshqa narsa bilan shug'ullanib o'tirganini sezib qoldingiz. Qizlarga bildirmay ularning oldiga borasiz. Qizlar kulgili rasm chizgan, rasmnmg ostiga sizning ismingizni yozib qo‘yishgan edi.
|
“O’ylang fikir almashing”
Quyida keltirilgan kasbiy pedagogik xayoliy obrazlar yaratish usullariga doir savollar bilan tarnishing, ularni muxokama qiling.
“Agar men …” metodi asosida talabalarni ma’lum bir kasb kishisi sifatida shu sohaga oid muammolarni qanday bartaraf etish mumkinligi haqida o’z fikrlarini bayon etish. Masalan:
Kasbiy pedagogik hayol, xayolot olami va orzu ijodiy faoliyat haqida kelajak o’ylaringiz.
Kasbiy pedagogik hayoliy fantaziya obrazlar yaratish usullari.
Kasbiy pedagogik xayolatni rivojlantirish yuzasidan talabalar ishtirokida muayyan mashqlar bajariladi.
“Xayolan tasavvur qilish” mashqi
Mashqni bajarish sharti: ko’zni yumgan xolda bo’lib, mashq yakunlanguniga qadar ko’z ochilmaydi.
Mashqni bajarish: Ko’zlaringizni ohista yumib, o’zingizni sokin osoyishta tabiat qo’ynida deb tasavvur qiling. Quyosh botmoqda. Ufq, tobora qizg’ish tusga kirib boryapti. Maysalar yam-yashil, osmon ko’m-ko’k. Samoda faqat qushlarning sayrashi, chigirtkalarning chirillashi, qurbaqalarning qurullashi eshitiladi. Uzoqda, qayerdadir sharsharaning shovullashi eshitilmoqda. Asta-sekin sharshara ovozi kelgan tomonga yuring. Juda ham yengil, xuddi uchib borayotgandek harakat qiling, sharsharaga yaqinlashasiz. Sharsharaning ovozi tobora kuchayadi. Unga yaqinlashganingiz sari yuzingizga mayin, iliq suv tomchilari urilayotganligini xis qilasiz. Sekin-asta sharsharaning ostiga o’tasiz. Ustingizdan yoqimli, iliq suv quyiladi. O’zingizni tobora yengil xis etasiz. Hatto shunday tuyuladiki, Siz_ sharsharaga qo’shilib ketgandeksiz, go’yo. O’zingizni tobora osmonga ko’tarilayotgandek xis etasiz. Tanangiz mayin suvdan yayraydi, butun organizmingizdan ruhiy va jismoniy charchoqlar chiqib ketayotganligini sezasiz. Ruhingiz tobora sokin bo’lib boradi. Asta-sekin sharshara ostidan chiqasiz. Botayotgan quyoshning so’nggi nurlari tanangizga urilganligini xis qilasiz. Sizga shunday tuyg’uni hadya etgan borliqqa, tabiatga, Yaratganga shukronalik xissini tuyasiz. Ohista ko’zingizni ochasiz, darhaqiqat, juda yengil bo’lib qolganingizni sezasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |