6-§. To‘la metrik fazolar. To‘ldiruvchi fazo
Fundamental ketma-ketliklar. Matematik analiz kursidan ma’lumki, ketma-ketlik yaqinlashuvchi bo‘lishi uchun u Koshi shartini qanoatlantirishi zarur va yetarli. Bu xossa matematikada katta ahamiyatga ega bo‘lib, haqiqiy sonlar to‘plamining to‘laligini ko‘rsatadi.
Haqiqiy sonlar to‘plamining bu xossasi har qanday metrik fazo uchun o‘rinlimi? - degan savol tug‘iladi. Bu savolga javob berish uchun quyidagi ta’rifni kiritamiz.
1-ta’rif. Agar (X,) metrik fazodan olingan {xn} ketma-ketlik Koshi shartini qanoatlantirsa, ya’ni ixtiyoriy >0 uchun shunday n() nomer mavjud bo‘lib,
(xn,xm)< tengsizlik barcha n, mn() uchun bajarilsa, u holda {xn} fundamental ketma-ketlik deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |