Texnikani o‘rgatishda ba’zi uslubiy ko‘rsatmalar
Siljib yurish. Shug‘ullanuvchilar murabbiyning umumiy buyrug‘i bilan oldinga, orqaga va yon tomonlarga qadam tashlashni bajaradilar. Murabbiy bokschilarning siljish paytida gavda og‘irligini oyoqdan oyoqqa to‘g‘ri ko‘chirishlarini kuzatib boradi.
Oldinga, orqaga, yon tomonlarga bittalik, ikkitalik va uchtalik qadam tashlashlarni o‘zlashtirib olib, “mokisi-mon” qadam tashlashlarni o‘rganish hamda takomillashti-rishga kirishiladi.
Shug‘ullanuvchilar juftliklardagi mashqlarni mustaqil bajarishlari kerak. Har bir juftlik o‘ziga ajratilgan joyda hamma tomonlarga siljib himoyalanishi lozim. O‘qituvchi o‘xshash xatolar bo‘yicha umumiy ogohlantirishlar beradi.
O‘rta qa yaqin masofalarda siljib yurish uchun qadamlar qisqaroq bo‘lishi zarur. Bunda bokschi o‘zini yig‘ib olgan, birmuncha oldinga egilgan bo‘ladi. Har xil masofalarda siljib yurish uslublarini o‘zlashtirib olib va zarba harakatlari mexaniqasini o‘rganib bo‘lib, qadam tashlashlarni qo‘lga nisbatan mos hamda qaramaqarshi oyoqlar ostida imoishoralar yordamida ko‘rsatiladigan zarba harakatlari bilan birga qo‘shib bajarish kerak.
Siljib yurish texnikasini o‘rganishda boshida quyidagi xatolar ko‘proq uchraydi:
gavda, bosh va qo‘llarning noto‘g‘ri xolati;
siljib yurishlarda oyoqlar orasidagi masofaning buzilishi;
v) oyoqlar uchida emas, balki butun oyoq kaftida siljishlar;
g) gavda harakati va oyoqlar o‘rtasidagi yomon koordinatsiya;
to‘g‘ri siljib yurishni qiyinlashtiruvchi oyoq kaftlarining noto‘g‘ri joylashishi;
noto‘g‘ri siljib yurish oqibatida muvozanatni yo‘qotish.
Bokschilarni boshlang‘ich o‘rgatish davrida ayniqsa siljib yurishga ko‘p vaqt ajratish lozim. Siljib yurish mashqlarini turli yo‘nalishdagi mashg‘ulotlarda amalda qo‘llash darkor.
Zarbalar. To‘g‘ri zarba berish texnikasini muvaffaqiyatli egallab olish shug‘ullanuvchilarni zarba berayotgan qo‘l mushtining asosiy xolatlari, shuningdek, jarohatlanishni oldini olish maqsadida panjani to‘g‘ri bintlash malakalari bilan tanishtirishdan boshlanadi. Avval zarba-larni o‘rgatish bir joyda turib, keyin oldinga, orqaga, yon tomonlarga va aylana bo‘ylab qadam tashlash bilan amalga oshiriladi. Zarba berishga o‘rgatayotib, ularning aniq, tez va keskin tarzda berilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish lozim. Biroq boshlang‘ich o‘rgatish bosqichida shug‘ullanuvchilardan kuchli “buzg‘unchi” zarbalar berishni talab etmaslik lozim, chunki harakat texnikasini egallash jarayoni ancha sekinlashadi hamda zarbalar bilan qo‘pol tarzda almashish boshlanadi. Zarbani erkin, zo‘riqishsiz boshlash, harakat oxiriga kelib uni tezlashtirish va nishonga tekkan zahoti darrov to‘xtatish kerak. Shug‘ullanuvchilarga doimo shuni eslatib turish joizki, zarbalarni siltanishsiz bajarish zarur, chunki ortiqcha siltanish zarbani aniq yo‘llashga xalaqit beradi va raqibga himoyaga o‘tish uchun signal bo‘lib xizmat qiladi.
Bokschilar qo‘lga nisbatan mos va qarama-qarshi oyoqlar ostida bittalik zarbalarni joyida turib, oldinga, orqaga, yon tomonlarga qadam tashlab bajarishni
egallab olganla-ridan so‘ng murabbiy ularni o‘zaro qo‘shilib almashinadigan bir tipli va har xil tipli zarbalarni berishga o‘rgata boshlaydi.
Bittalik, qo‘shaloq va ayniqsa seriyali zarbalarni o‘rgatishda sportchilar mustahkam muvozanatni saqlashlari lozim.
Eng ko‘p uchraydigan xatolar:
zarbalar berishda harakatlarning noto‘g‘ri dinamikasi;
zarba berishda qo‘llar harakatlari bilan birga oldinga, orqaga va yon tomonlarga siljib yurishlarda noto‘g‘ri koordinatsiya;
hujumlar paytida yig‘iluvchanlikning yo‘qligi, zarbalar siltanib bajariladi, bosh ko‘tarilgan va zarba uchun ochiq qolgan;
zarba mushtning taqiqlangan joyi bilan beriladi;
bokschining harakatlari cheklanib qolgan, harakat erkinligi yo‘q;
zarbalar faqat bitta dastlabki xolatdan beriladi;
zarba kuchli, lekin noaniq.
Do'stlaringiz bilan baham: |