Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/266
Sana18.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#386759
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   266
Bog'liq
ilmiytadqiqotmetodologiyasipdf

Mishel Fuko
 (1926 – 1984) – fransuz faylasufi va madaniyat tarixchisi, fransuz 
strukturalizmi  namoyandalaridan  biri.  Asosiy  asarlari:  «So‘zlar  va  narsalar», 
«Bilim arxeologiyasi», «Nazorat qilish va jazolash», «Seksuallik tarixi».  
Fuko  ijodida  uch  davr:  60-yillar  –  «arxeologik»  (bilim  arxeologiyasini 
o‘rganish); 70-yillar – «genealogik» (hokimiyat genealogiyasini o‘rganish); 80-
yillar – «estetik» (mavjudlik estetikasini o‘rganish) davrlari farqlanadi.  
Fuko o‘z diqqat markaziga tilni qo‘yadi va uni so‘zlashuvchi odamlarga bog‘liq 
bo‘lmagan, ontologik nuqtai nazardan bazis xususiyatini kasb etadigan muayyan 
borliq  sifatida  o‘rganadi.  Tilni  o‘rganishda  mazkur  darajaga  ko‘tarilish  uchun 
tushunchalarning 
konkret 
mazmunini 
«qavsdan  tashqari»da  qoldirib, 
«reduksiyalash»ni  amalga  oshirish  talab  etiladi.  Natijada  tildan  materialdagi 
farqlar  bilangina  bog‘liq  bo‘lgan  va  nutqda  borliqning  mutlaq  sharti 
hisoblanadigan  «sof  struktura»gina  qoladi.  Shundan  kelib  chiqib,  Fuko 
madaniyatning tarkibiy tuzilishi va asosiy qatlamlarini aniqlash maqsadida uning 
rivojlanishi tarixiy jarayonini tiklashga qo‘l urdi.  
Ijodning birinchi davrida uning bosh maqsadi – bilish va madaniyatning tarixan 
o‘zgaruvchan asoslarini o‘rganuvchi fan – bilim arxeologiyasini tuzish. Mazkur 
asoslar u yoki bu davrda hukm suruvchi semiotik munosabat (so‘zlar va narsalar 
o‘rtasidagi  munosabat)  tipi  bilan  belgilanadi.  Yevropa  tarixida  bunday 
munosabatlarning uch tipi (epistemalar): Uyg‘onish (narsa sifatidagi til), klassik 
ratsionalizm  (fikrni  ifodalash vositasi  sifatidagi til)  va  hozirgi zamon  (mustaqil 
kuch sifatidagi til) ajratiladi. Tilning oxirgi modifikatsiyalari shunga olib keladiki, 
insonning mohiyati haqidagi masala o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. O‘rganish ob’ekti 
va  sub’ekti  sanalgan  mavjudot  –  «inson»  hayot,  mehnat  va  til  haqidagi  yangi 
diskursning qo‘shimcha mahsulidir. Fuko gumanitar fanlar boshqa predmetga ega 
bo‘lishlari  lozim,  deb  hisoblaydi.  Uning  fikricha,  soxta  predmet  –  «inson»  tez 
orada yo‘qoladi va uning o‘rnini «inson» tushunchasiga xos bo‘lgan sub’ektivlik 
va  ob’ektivlikning  qarama-qarshiligiga  barham  berish  uchun  imkoniyat 
yaratadigan diskurs egallaydi. 
«Hokimiyat  genealogiyasi»ning  vazifasi  –  turli  tarixiy  davrlarda  insonni 
o‘rganishga  nisbatan  yondashuvlarni  belgilovchi  bilim-hokimiyat  majmualari 
(hokimiyat  strategiyalari  va  diskursiv  amaliyotlar)ni  tahlil  qilish.  Fuko  fikriga 
ko‘ra,  hokimiyat  nafaqat  tazyiq  o‘tkazadi,  balki  voqelikni  va  uni  anglab  yetish 
usullarini ma’lum darajada yaratadi. Bilim-hokimiyatning hozirgi tipi XVIII-XIX 
asrlar  chegarasida  paydo  bo‘lgan  va  to‘laqonli  nazorat,  intizom  va  me’yorga 
solish  prinsiplariga  asoslanadi.  Bu  taomillarning  eng  yorqin  ifodasi  –  ijtimoiy 
institut  sifatidagi  turma,  lekin  shunga  o‘xshash  munosabatlar  butun  ijtimoiy 
hayotni qamrab oladi (oiladagi, maktabdagi, klinikadagi munosabatlar va h.k.). 
O‘z ijodining so‘nggi davrida Fuko individuallashuvga, belgilangan xulq-atvor 
kodlari va strategiyalari «tizgini»ni uzishga qodir bo‘lgan insonning «erkin» xulq-


atvor  shakllari  va  usullarini  tahlil  qiladi.  Seksuallik  tarixiga  oid  materialga 
tayanib, Fuko hozirgi davrda kodlar va qoidalar axloqi o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, 
degan  xulosaga  keladi.  Uning  fikricha,  bu  yerda  konkret  qilmish  axloqi 
(mavjudlik  estetikasi)  birinchi  o‘ringa  chiqadi.  Ushbu  axloq  amaliyot  taklif 
qiluvchi refleksiyalangan muqobillarni tanlash sifatida tushuniladi.  
Fuko o‘zining aqlsizlik, ijtimoiy fanlar, tibbiyot, turmalar va seksuallik haqidagi 
kitoblari  bilan  hozirgi  zamon  fransuz  adabiyotining  eng  nufuzli  mutafakkirlari 
qatoridan o‘rin oldi. 
 
Sotsiologiyaga  Burde  kiritgan  tushuncha  ham  diqqatga  sazovor.  Bu  yerda  gap 
xabitus  (habitus)  tushunchasi  haqida  borayotir.  «Yaratuvchi  sxemalarning 
o‘zlashtirilgan  tizimi  sanalgan  gabitus  uni  yaratishning  alohida  sharoitlariga  xos 
bo‘lgan doiradagi har qanday fikrlar, sezgilar va harakatlar bilan erkin ish ko‘rish 
imkoniyatini  beradi,  -  deb  yozadi  Burde  o‘zining  «Amaliy  mazmun»  kitobida.  – 
Gabitusni  yaratgan  struktura  amaliyotni  boshqaradi,  lekin  bu  jarayon  mexanik-
deterministik  yo‘l  bilan  emas,  balki  avvalboshdanoq  uning  topqirligi  bilan 
belgilangan majburlash va cheklashlar orqali amalga oshiriladi»
153
.  
Shunday  qilib, 
xabitus  –  bu  amaliyotni  boshqaruvchi  alohida  stixiya. 
Mazkur 
stixiya o‘z turi va xiliga xos bo‘lgan belgilar orqali tavsiflanishi mumkin emas. Uni 
genetik yoki ostensiv jihatdan tavsiflashning ham iloji yo‘q. Xabitus ratsionallikning 
bir  vaqtda  amao  qiluvchi,  muttasil  ravishda  birikuvchi  va  parchalanuvchi  tiplari 
to‘plamini  o‘zida  ifodalaydi.  Nazariya  mulohaza  yuritish  usullaridan  birini 
tozalashga,  uni  aqliy  xulosalar  zanjiriga  aylantirishga  va  oxir-oqibat  bilimning 
chiziqli  tizimini  olishga  harakat  qiladi.  Bu  haqiqiy  borliq  sifatidagi  abadiy, 
o‘zgarmas  va  barkamol  borliq  g‘oyasiga  muvofiq  keladi.  Bu  yerda  soddalik  – 
murakkablikni  o‘lchash  va  baholash  uchun  tayanch  nuqtasi  va  mezondir.  Bunda 
o‘lchash va baholash murakkablikni soddalikka nisbatan reduksiyalash yo‘li bilan 
amalga  oshiriladi.  Tahlilning  odatdagi  strategiyasi  shuni  nazarda  tutadi.  Jamiyat 
kommunikativ  nazariyasi  teskari  harakat  –  soddalikda  murakkablikning 
abstraksiyasinigina  ko‘rishni  amalga  oshiradi.  Bu  yerda  murakkablik  har  qanday 
soddalikni tushunish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.  
Nazariyani  amaliyot  uchun  andoza  sifatida  tushunishdan  voz  kechishni  birinchi 
bo‘lib  Kant  taklif  qilgan.  U  amaliy  aqlni  nazariy  aqldan  shu  ma’noda  ustun 
qo‘yadiki,  nazariy  aql  maqsadlarini  aynan  amaliy  aql  belgilaydi.  Fransuz 
ma’rifatchilari  nazariy  tafakkur  kashf  etilgunga  qadar  amaliy  fikrlash  insonga 
yashab  qolishga  yordam  bergan,  lekin  nazariy  tafakkur  kashf  etilgach,  o‘z 
ahamiyatini butunlay yo‘qotgan, deb hisoblaganlar. Teskari tezisni isbotlashni Kant 
boshladi, Gusserl esa oxiriga yetkazdi. Nazariy bilim amaliy bilimning «hayoti»ga 
bog‘liq ekanligi aniqlandi. Gap shundaki, amaliy bilim hayot qonunlariga muvofiq 
mavjud  bo‘ladi,  u  doim  vaziyatga  moslashib,  o‘z  shakl-shamoyilini  o‘zgartiradi. 
Amaliy  bilim  o‘z-o‘zidan  kontekstual  xususiyat  kasb  etadi.  Tematik  bilim  esa 
relevantlikka intiladi.  
                                                 
153
 Бурдье П. Практический смысл. – М., 2001. – 106-б.  


Inson hayotida yuz beruvchi hodisalar va jarayonlar uzoq vaqtgacha muayyan ideal 
sxemalarga  muvofiqlik  yoki  muvofiq  emaslik  nuqtai  nazaridan  baholab  kelingan. 
Bunga  sarflangan  kuch-g‘ayrat  amalda  erishish  mo‘ljallangan  natijaga  muvofiq 
keladimi,  degan  savol  misol  bo‘lishi  mumkin.  Maqsadlar  va  vositalarning  o‘zaro 
nisbati – ijtimoiy yoki oqilona harakatlar tahlilining alfa va omegasi. Ammo bu ko‘p 
darajali voqelikda tahliliy ajratilgan bir yo‘nalish, xolos. U foydali bo‘lsa-da, lekin 
voqelikni aks ettirmaydi.  
Vaqtning nazariy tavsifi xususiyatlarini o‘rganish nazariy va amaliyot o‘rtasidagi 
alohida munosabatni aniqlash imkoniyatini beradi. Fan o‘z vaqtiga ega va u amaliyot 
vaqti bilan muvofiq kelmaydi.  
Xabitus  va  vaziyatning  o‘zaro  nisbati  diqqatga  sazovordir.  U  notematik  bilimga 
tematik tus berish konsepsiyasini eslatadi. Bunda vaziyat katalizator sifatida amal 
qiladi. Xabitus hech qachon sodir etmaydigan xatti-harakatlar ham yo‘q emas, deb 
yozadi  Burde.  Uning  aytishicha,  bunday  xatti-harakatlar  sodir  etilishi  uchun 
xabitusning  yaratuvchilik  imkoniyatlari  o‘ta  aktuallashuviga  zamin  yaratuvchi 
alohida vaziyat talab etiladi.  

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish