Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/266
Sana18.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#386759
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   266
Bog'liq
ilmiytadqiqotmetodologiyasipdf

mantiqiylik mantiqiy o‘zgarishlar yordamida hozirgi zamondan kelajakni keltirib 
chiqaradi; 
-  tanqidiy  yondashuv  ob’ektdagi  (texnika,  ta’lim  tizimi,  ijtimoiy  hayot) 
nomukammal  va  o‘zgarishlarni  amalga  oshirish  ehtiyoji  bo‘lgan  holatlarni 
qidiradi; 
-  ijodiylik  real  hayotda  o‘xshashi  bo‘lmagan,  biroq  asosini  real  voqelikdagi 
elementlar  tashkil  etgan  prinsipial  jihatdan  yangi  g‘oyalar,  tasavvurlarni  yuzaga 
keltiradi
172

Bir qarashda ilmiy-tadqiqot faoliyatida muammolar bir qirralidek bo‘lib ko‘rinadi. 
Aslida muammoning yechimini topish jarayonida uning keng qamrovli ekanligi yoki 
ko‘p qirraliligi sezilib qoladi. 
Muammoning yechimi ko‘pincha uning yoyilishi bilan 
mos keladi, ya’ni xususiy muammolar yechimlarini topishga to‘g‘ri keladi. Ular har 
qanday xususiy muammolarni bog‘lovchi, aniqlovchi, tugallovchi xususiyatga ega 
bo‘lgan bosh muammo atrofida jamlanadi
. Bunday xususiy muammolarni yechish 
tadqiqotchining  qo‘liga  bosh  muammo  yechimiga  javob  izlashda  ma’lumotlar, 
axborotlar va dalillarni beradi.  
Xususiy  muammolar  ma’lum  darajada  asosiy  muammoning  rejalariga  o‘xshash 
bo‘ladi
. Bunda tadqiqot manbaini yangi aloqadorliklar bilan o‘rganish, yangi manba 
bilan  yoki  manbani  yangi  sharoitda  o‘rganishga  tenglash  mumkin.  Ilmiy-ijodiy 
faoliyatning  markaziy  muammosi  –  muammo  har  xil  turdagi  (nazariy,  nazariy-
                                                 
172
 Абдуллаева М., Покачалов Г. Философские проблемы методологии науки: Отдел Институт Философии и 
права им. И.М.Муминова АН Руз.. – Т.: 2006. – 7 с. 


amaliy, amaliy) jihatlardan iborat ekanligi va ular orasidagi bog‘lanishning xilma-
xilligidir.  Ular  ba’zi  hollarda  alohida  tadqiqot  mavzusi  sifatida  ham  ko‘rinishi 
mumkin  va  hattoki  alohida kichik  muammo  yoki  mustaqil  muammo  sifatida  ham 
qaraladi. 
Yuqoridagilarga  asoslanib  ilmiy-tadqiqot  faoliyatidagi  muammo  to‘g‘risida 
quyidagicha fikrlarni keltirish mumkin: 
–  biror  bir  muammo  (xususiy  muammo  bosh  muammoga  yoki  boshqa  bir 
yo‘nalishdagi muammoga) o‘sib, o‘rganilib, takomillashtirilib, tadqiqot maqsadiga 
ozgina o‘zgartirish kiritilib, boshqacha bir muammoga aylantirilishi mumkin; 
–  biror  bir  muammoni  o‘rganish  davomida  yangi  fikr  va  yangi  savollar 
(muammolar)  yuzaga  chiqadi,  bosh  muammoning  muhim  jihatlari  ko‘payadi  
(kengayadi); 
–  biror  bir  muammo  yechimini  topishda  boshqa  muammoning  tug‘ilishi  bosh 
muammoning kattagina ko‘lamda yoyilishini tug‘diradi. 
Ilmiy faoliyat ba’zida juda keskin diskussiyalar bilan yanada rivojlanadi. Chunki 
har bir olim o‘zining ilmiy tadqiqot sohasidan kelib chiqqan holda hamkasblari bilan 
o‘zaro bahs olib boradi. Bunda ularning qarashlarini qabul qilishi ham, ularni rad 
etishi  ham  mumkin.  Ayni  shuning  uchun  ham  biz  o‘zining  uzoq  davom  etgan 
taraqqiyoti jarayonida fan o‘z muammolarini asoslash, tizimlashtirishga erishdi, deb 
ayta  olamiz.  Fanda  muammoning  qo‘yilishi  va  yechilishi  bilish  ob’ektivligi 
mezoniga  mos  keladi.  Bunday  mezonga  rioya  qilgan  holda  olimlar  o‘zlari 
o‘rganayotgan  soha  haqida  maksimal  ob’ektiv  bilim  olishga  intiladilar.  Ilmiy 
bilimning  ob’ektivligi  bu  bilimga  inson  shaxsi  omili  tomonidan  hech  qanday 
buzilishlar  kiritilmasligini  talab  qiladi.  Holbuki,  shaxsiy  omillarining  o‘zi 
voqelikning bir qismi sifatida o‘rganilayotgan hodisalarning omillari bo‘lgan joyida 
o‘z-o‘zicha  hisobga  olinadi.  Mazkur  holat  muammoli  vaziyat  bilan  chambarchas 
bog‘liq. 
Muammoli  vaziyatni  belgilash  fikrlashga  doir  harakatni,  amalni,  mulohazalarni 
yoyishning  boshlang‘ich  asosi  hisoblanadi
.  O‘rganilayotgan  maqsadlarda  kerakli 
axborotning  va  insonning  bilimlari  tegishli  ma’lumotlar  olishga  yetishmasligi 
vaziyatning  noaniqligini  kuchaytirib  yuboradi.  Oqibatda  esa,  izlanuvchi  o‘z 
maqsadiga  yetaklovchi  ko‘plab  muqobilliklarga  duch  keladi.  Bunda  u  mazkur  
muqobil  g‘oyalarning  ichidan  izlanayotgan  maqsadlarga  olib  boruvchi  eng 
adekvatrog‘ini  tanlashi  kerak  bo‘ladi.  Shuning  uchun  ham  yangi  g‘oyalarning 
muqobilini  tanlashga  doir  fikrlash  amallari  muammo  tushunchasining  funksional 
vazifalarining  mohiyatini  tashkil  qiladi.  Bu  esa  fikrlashning  muammoviyligining 
o‘ziga xos xossalaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. 
Har  qanday  ilmiy-ijodiy  faoliyat  muammodan  boshlanadi.  Shuning  uchun  ham 
ilmiy-ijodiy  faoliyatda  muammo  muayyan  bilimlarning  rivojlanishi  natijasida 
ob’ektiv  tarzda  yuzaga  keladigan,  yechimini  topish  muhim  amaliy  yoki  nazariy 
ahamiyatga ega bo‘lgan masala yoki masalalar majmui sifatida namoyon bo‘ladi.  
Gipoteza.
  Ilmiy  tadqiqot  va  ijodiy  faoliyat  inson  intellektual  salohiyatini 
yuksaltiruvchi  omillar  bo‘lib,  bular  orqali    insonning    biladigan  haqiqati  ham 
bilimdan iborat bo‘ladi, aql  esa ilmdan quvvat oladi va shuning bilan birga ilm ham 
egallanadi.
  Bu  jarayonda  gipotezaning  o‘rni  beqiyos  hisoblanadi.  Ayni  shu 


ma’noda,  S.Yu.Saurov
  “
Gipoteza  fenomeni  nazariyani  yaratishning  dastlabki 
bosqichidir”
173
,  deb yozadi. Mazkur fikrda gipotezaning dinamik xususiyati yoritib 
berilgan  bo‘lsa-da,  uning  ehtimoliy  asoslarga  tayanishi  ochib  berilmagan.  Zero, 
ilmiy-ijodiy  faoliyatda  gipoteza  orqali  tadqiq  etilayotgan  muayyan  hodisaning 
ehtimol  tutilgan  yangi  asoslari  va  sabablari  haqidagi  farazlar,  taxminlar,  fikrlar 
muhim o‘rinni egallaydi. 
Gipoteza
 
deganda  yangi  ilmiy  izlanish  jarayonida  dalillarning  mohiyatini 
tushuntiruvchi  qonun  mavjudligi  haqidagi  asosli  taxmin  ko‘zda  tutiladi.  Gipoteza 
odatda  olimlar  tomonidan  ilmiy  muammoning  qo‘yilishiga  sabab  bo‘lgan  ilmiy 
dalillarni  taxminiy  tushuntirish  maqsadida  ham  ishlab  chiqiladi.  Bunda  gipoteza 
nazariy va empirik talablarga javob berishi talab etiladi. Agar bunday tekshirishning 
iloji  bo‘lmasa,  gipoteza  ilmiy  jihatdan  asossiz,  deb  topiladi.  I.Saifnazarov, 
G.Nikitchenko,  B.Qosimovlarning    ta’kidlashicha,  “Ilmiy  ijod  jarayonida 
gipotezalarning  to‘g‘riligi,  ziddiyatsizligi  bir  necha  karra  sinovdan  o‘tkaziladi. 
Tekshiruvlarning ijobiy natijasi gipotezaning to‘g‘riligini tasdiqlaydi yoki gipoteza 
haqqoniy  ilmiy  nazariyaga  aylanganini  ko‘rsatadi.  Bu  ilmiy  ijodning  tantanasi, 
chinakam ilmiy kashfiyotdir. Ilmiy ijodda teran, mazmunli gipoteza ilmiy bilimning 
o‘sishi,  fanda  prognoz  va  bashorat  qilish,  ilmiy  qonunni  kashf  etish  va  nazariya 
yaratish  uchun  pishiq  poydevor  bo‘lib  xizmat  qiladi”
174
.  Bu  fikrdan  ma’lum 
bo‘ladiki,  gipoteza  asosida  inson  bilimsizlikdan  bilimga,  nomukammal  va 
nohaqqoniy  bilimdan  mukammal  va  haqqoniy  bilimga,  dalillarni  o‘rganishdan 
ob’ektiv mavjudlikning ichki mantig‘ini bilishga, ilmiy nazariyani shakllantirishga, 
bir  nazariyadan  bilimning  yuqori  darajasidagi  boshqa  nazariyaga  o‘tish 
imkoniyatiga  ega  bo‘ladi.  Leybnits:  “Agar  gipoteza  quyidagi  uch  shartni 
qanoatlantirsa,  u  asosli  bo‘ladi:  birinchidan  –  u  sodda  bo‘lsa;  ikkinchidan  –  ko‘p 
sonli  hodisalarni  tushuntirsa;  uchinchidan  –  yangi  hodisalarni  bashorat  qilishga 
yordam bersa”
175
, - deb ta’kidlaydi. Mazkur uchta shartning oxirgisi aynan ilmiy-
ijodiy faoliyatda namoyon bo‘luvchi gipotezaning mazmun-mohiyatini ifodalaydi. 
Ilmiy  muammoni  qo‘yish,  uning  yechimini  topish,  ilgari  surilgan  qoidalarni 
tekshirish  uchun  ob’ektiv  haqiqiyligi  aniqlangan  bilim  zarur.  Bu  haqqoniy  ilmiy 
bilim ilmiy ijodda tayaniladigan dalil hisoblanadi. 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish