136
Ўша асар: - 87 с.
137
Франк С.Л. Реальность и человек. Мыслители XХ века. – М.: Республика 1997. –С. 479.
138
Когнитивная эволюция и творчество
/РАН. Ин-т философии; Ред.: И.П.Меркулов. –М.: ИФРАН, 1995. –
С.325.
6 MAVZU
O‘ZBEKISTONNING INTELLEKTUAL SALOHIYaTI VA UNING
YaNGI JAMIYaT QURIShDAGI ROLI
Respublikamizning
mustaqillikka
erishishi
fanning
turli
yo‘nalishlarda
rivojlanishiga keng yo‘l ochib berdi. Bu jarayonda olimlarimizning mashaqqatli
mehnatlari va ijodiy izlanishlari alohida ahamiyatga ega. Shu ma’noda, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov hozirgi kunda “...olimlar va ijodkor
xodimlarimizga e’tiborni kuchaytirish kerak. Chunki ma’naviy boyliklarni aynan
shular yaratadi. Ularga g‘amxo‘rlik qilish, samarali faoliyati uchun barcha zarur
moddiy-ma’naviy sharoitlarni yaratib berish davlat hokimiyati va xo‘jalik
tashkilotlari rahbarlarining burchi va mas’uliyatli vazifasidir”
139
deb yozadi. Shu
nuqtai nazardan qaraganda, bugungi kunda olimlar ilmiy-ijodiy faoliyatining
falsafiy-metodologik masalalarini tadqiq etish dolzarb masalalardan biri
hisoblanadi.
Inson o‘z ijodiy izlanishlari asosida ham dunyoni o‘zgartiradi, ham o‘zini
yaratuvchi, ijodkor, kashfiyotchi sifatida namoyon etadi, ya’ni inson o‘z oldiga
xilma-xil muammolarni qo‘yadi va hal qiladi, ularning o‘ziga xos yechimlarini
topadi, ba’zan bunday yechimlarga nisbatan betakror yondashuvlar, usullarni
qo‘llaydi. Ijodkor shaxs deganda yuksak qobiliyat, hayotiy tajribaga tayanadigan
teran aql-idrokni, haqiqat va yaxshilik birligini, oliy haqiqatni, adolat va rostgo‘ylik
mushtarakligini, aqliy va axloqiy kamolotning oliy darajaga yetgan holatini,
qadriyatlarni qadrlash, o‘zgacha his-tuyg‘ularning hayotga singib ketishini, har
qanday narsaga va hodisaga yangicha nuqtai nazar, aql ko‘zi bilan qarash
tushuniladi.
Ijodning maxsus shakli bo‘lgan ilmiy ijod masalasi o‘ziga xos metodologik
xarakterga ega. Uning asosiy vazifasi sub’ektning borliqni, hodisalarni bilishida
namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, ilmiy ijod fanda evristik xarakterga ega.
Darhaqiqat, ilmiy-ijodiy faoliyat deganda sub’ektning ob’ektga faol, izchil ta’siri
tushuniladi. Bu ta’sir jarayonida inson o‘zini qurshab turgan muhitni o‘zgartiradi,
shu paytgacha ko‘rilmagan, anglanilmagan, o‘rganilmagan, g‘aroyib va jozibali
yangilikni yaratadi yoki kashf etadi. Ayni shu ma’noda faoliyat deganda kishilik
jamiyati mavjudligining zaruriy sharti bo‘lib, dunyoni o‘zining maqsadiga ko‘ra
o‘zgartirishga qaratilgan inson xatti-harakati tushuniladi. Ilmiy-ijodiy faoliyat – bu
insonning o‘zi va atrofidagi o‘zgarishlarni anglab yetishga doimiy ravishda tayyor
turish, yangicha tafakkur qilish asosida o‘z qobig‘idan chiqa olishidir. Yangi
narsalarni ixtiro etishga bo‘lgan intilish olimning nazariy huzur-halovatini namoyon
etadi.
Bugungi kunda ko‘plab olimlar ilm-fanning nazariy va amaliy masalalarini ilmiy
asosda tadqiq etmoqdalar. Bizning nazarimizda nazariy g‘oyalarni amaliyotga
uyg‘unlashtirish, kashfiyotlar yaratish va ixtirolar qilishda buyuk olimlar
tajribasidan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Chunki ilmiy-ijodiy faoliyat
139
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008. – 79 б.
muayyan tadqiqotlar asosida yig‘iladigan shaxsiy yoki jamoaviy intilishning bir
ko‘rinishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |