Abu Abdulloh Muhammad ibn Axmad ibn Yusuf al-Xorazmiy
ham shu
davrning yirik qomusiy olimlaridan biri edi. Abu Abdulloh Xorazmiyning yoshligi
Xiva, Zamaxshar va Qiyot shaharlarida o`tgan. U biroz muddat Hurosonda ham
yashagan. Nishopurda vazir Abo`l Hasan al Utbiy (977-982)ga kotiblik qilgan.
Olim 997-yilda vafot etgan. Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan
yagona mashhur asari arab tilida yozilgan "Mafotix al-ulum" ("Fanlar kaliti")
nomli qomusiy risolasidir. I. Yu. Krachkovskiyning ta'kidlashicha, bu asar 976-
991-yillar orasida yaratilgan. "Mafotix al-ulum" asarining matnini golland
sharqshunosi Floton 1895-yilda nashr ettirgan. Bunda u asarning eng qadimgi,
1160 yilda ko`chirilgan nusxasini asos qilib olgan. Shundan keyin bu asarga K.
Brokelman, E. Videman kabi nemis sharqshunoslari ham murojaat qilganlar. G.
Sarton "Fanlar tarixiga kirish" (1953) asarini yozishda "Mafotix al-ulum"
risolasidan foydalangan hamda uning ayrim qismlarini tarjima qilgan. 1969-yilda
bu asar to`laligicha X. Xadijam tomonidan fors tiliga tarjima qilingan va Tehronda
nashr
etilgan.
15
Bu
asarni
mamlakatimiz
olimlaridan
U.I.Karimov,
G.P.Matviyeyvskaya,
B.A.Rozenfeld,
M.M.Rojanskaya,
M.Xayrullayev,
H.Hasanov, A. Sharipov, R.M. Bahodirov kabilar tadqiq etganlar. Abu Abdulloh
al-Xorazmiy o`z risolasida fanlarni dastlab ikki katta qismga ajratadi: 1. An’anaviy
"arab" fanlari va o`rta asr gumanitar bilimlari. Bu qism olti guruh va ellik ikki bob
(fasl)ga bo`lingan: 1. Fikx – o`n bir bobdan iborat. 2. Qalam - yetti bobdan iborat.
3. Grammatika (nahv) - 12 bobga bo`linadi. 4. Kitobat (ish yuritish) - sakkiz
bobdan iborat. 5. She’riyat va vazn nazariyasi - besh bobdan iborat. 6. Tarix
14
А.Нурмонов, Н.Маҳмудов. “Ўзбек тилшунослиги тарихи”. Т., “Камолот-қатортол”. 2000.
15
Fayzullaev O. Muhammad al-Xorazmiy va tilshunoslik masalalari//O`zbek tili va adabiyoti, 1983, 5-son, 46-48-
betlar.
(axbor) – to`qqiz bobdan iborat.
Noan’anaviy - "noarabiy" bilimlarga tegishli fanlar. Bu to`qqiz guruh va 41
bob (fasl)ga ajratilgan: 1. Falsafa - uch bobdan iborat. 2. Logika (mantiq) - 9
bobdan iborat. 3. Tibbiyot (medisina) - 8 bobdan iborat. 4. Arifmetika - besh
bobdan iborat. 5. Astronomiya (ilmi nujum) – to`rt bobdan iborat. 6. Musiqa - uch
bobdan iborat.7. Mexanika (ilm al-xiyal) - ikki bobdan iborat. 8. Kimyo (ximiya) -
uch bobdan iborat.
16
Umuman, Abu Abdulloh al-Xorazmiyning fanlar, ayniqsa falsafiy fanlar
tasnifi o`z vaqtida Ibn Sino taklif etgan tasnifga mos keladi. Abu Abdulloh al-
Xorazmiyning bu asari o`zidan keyingi davr olimlarining fanlar tasnifi
nazariyasiga samarali ta’sir ko`rsatdi. Masalan, Abu Xayyon at-Tavhidiy (990-
yilda vafot etgan) "Fanlar haqida risola" asarida bilimlarni quyidagicha
joylashtirgan edi: 1. Yurisprudensiya. 2. Kitob (Qur’on). 3. Sunna.4. Analogiya
bo`yicha deduksiya. 5. Qalam. 6. Grammatika (nahv). 7. Til. 8. Mantiq (logika). 9.
Tibbiyot (meditsina). 10. Astronomiya (ilmi nujum). 11. Arifmetika.12.
Geometriya. 13. Ritorika yoki stilistika. 14. Sufizm (tasavvuf ilmi).
7.
Do'stlaringiz bilan baham: |