Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti


Tilshunoslikning  boshqa  fanlar  bilan  munosabati



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/78
Sana16.01.2022
Hajmi0,85 Mb.
#374177
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   78
Bog'liq
tilshunoslik va tabiiy fanlar

Tilshunoslikning  boshqa  fanlar  bilan  munosabati. 

.  Tilshunoslik  fanlar 

sistemasida  deyarli  barcha  fanlar  bilan  uzviy  aloqadadir.  Buning  sababi 

tilshunoslik fanining o`rganilish obyekti bo`lgan tilning mohiyati bilan bog`liqdir. 

Avvalo,  til  kishilar  o`rtasidagi  eng  muhim  aloqa  vositasi  sifatida  ijtimoiy 

harakterga  ega.  Demakki,  u  boshqa  ijtimoiy  hodisalar  bilan  uzviy  aloqadadir. 

Masalan,  til  egasi  bo`lgan  xalqning  tarixi,  madaniyati,  ruhiyati  va  boshqalar.  Bu 

shuni  ko`rsatadiki,  o`zaro  munosabatda  bo`lgan  barcha  ijtimoiy  hodisalarni 

o`rganluvchi  ijtimoiy  fanlar  ham  o`zaro  munosabatdadir.  Xususan,  tilshunoslik 

falsafa,  tarix,  etnografiya,  sotsiologiya,  psixologiya  singari  fanlar  bilan  uzviy 

aloqada. 

 Til  fikrni  shakllantiruvchi  va  ifodalovchi  vositadir.  Demak,  tilshunoslik 

tilning  tafakkur  bilan  aloqasini  o`rganlar  ekan,  tafakkur  qonunlarini  o`rganluvchi 

mantiq  va  psixologiya  fanlari  bilan  tutash  nuqtalarga  ega  bo`ladi.  Til  ma'lum 

jamiyatning  aloqa  vositasi  sifatida  shu  xalqning  tarixi,  etnografiyasi  bilan  ham 

bevosita  aloqada  bo`ladi.  Ana  shu  aloqa  tilshunoslikning  tarix,  etnografiya  bilan 

bog`liq ekanligini ko`rsatadi. 

Xalq madaniy olamining shunday tarmog`i borki, ular uchun til, xuddi rassom 

uchun rang-bo`yoq, xaykaltarosh uchun loy yoki tosh singari, moddiy vosita bo`lib 

xizmat  qiladi.  Bu  tarmoq  adabiyotdir.  Shuning  uchun  adabiyot  so`z  san'ati 

hisoblanadi. 

So`z 


bir 

vaqtning 

o`zida 

ham 


tilshunoslikning, 

ham 


adabiyotshunoslikning  o`rganlish  obyekti  sanaladi.  Ularning  farqi  faqat  so`zga 

qanday  nuqtai  nazardan  yondashishga  bog`liq.  So`zning  atash  ma’nosi  va  uning 

ontologik  tuzili-shi  tilshunoslikning  o`rganlish  obyekti  bo`lsa,  uning  ta’sir  etish, 

badiiy estetik vazifasi adabiyotshunoslikning o`rganlish obyekti bo`ladi. 

 Til  garchi  vazifa  bajarish  nuqtai  nazaridan  ijtimoiy  harakterga  ega  bo`lsa 

ham,  lekin  yuzaga  chiqishl  nuqtai  nazaridan  insonning  fiziologi  k  tuzilishi  bilan 

uzviy bog`liq. Chunki nutqiy faoliyat bosh miya faoliyati bilan bog`liq holda, nutq 

organlarining  harakati  hosilasi  sifatida  yuzaga  chiqadi.  Bu  esa  tilshunoslik  bilan 

fiziologiyaning o`zaro naqadar bog`liq ekanligini ko`rsatadi.

17

 



 Har  qanday  nutq  tovushlar  silsilasidan  tashkil  topadi.  Tovush  esa  muayyan 

moddiy  jismning  tashqi  ta’sir  tufayli  harakatlanishi  va  havoning  tebranishi 

natijasida  paydo  bo`ladi.  Tovushning  paydo  bo`lishi  va  uning  akustik  xossasini 

                                                                 

17

 

Нурмонов А., Маҳмудов Н.. “Ўзбек тилшунослиги тарихи”. Т., “Камолот-қатортол”. 2000



 


o`rganlish  jarayonida  tilshunoslik  fizikaning  akustika  bo`limi  bilan  uzviy  aloqada 

bo`ladi. 

 Til  kishilar  o`rtasida  axborot  tashuvchi  asosiy  vositadir.  Shu  bilan  kishilar 

boshqa  axborot  vositalaridan  ham  foydalanadilar.  Bu  axborot  vositalarining 

hammasi  belgili  tabiatga  egadir.  Chunki  bu  vositalar  obyektiv  olam  haqidagi 

axborotni  bevosita  emas,  balki  bilvosita,  belgilar  yordamida  ifodalaydi.  Tilning 

boshqa  axborot  tashuvchi  vositalar  kabi  belgili  tabiatini,  uning  belgilar  sistemasi 

ekanligini ochishda tilshunoslik semiotika bilan hamkorlik qiladi. 

 Axborot muayyan texnik vositalar yordamida uzoqqa uzatilishi ham mumkin. 

Axborot  uzatish  vositalarini  o`rgatish  uchun  tilshunoslik  axborot  nazariyasi  bilan 

aloqa  qiladi.  Hozirgi  kunda  avtomatik  tarjima  keng  tarmoq  otmoqda.  Avtomatik 

tarjima 


esa 

tarjima 


qilinayotgan 

tillarning 

leksik 

imkoniyatlarini 

programmalashtirish  mahsuli  sanaladi.  Demak,  avtomatik  tarjima  tilshunoslik  va 

kibernetikaning  o`zaro  munosabati  tufayli  yuzaga  keladi.  Shu  qisqa  dalillar 

ro`yxatining  o`ziyoq  tilshunoslikning  fanlar  sistemasidagi  juda  ko`p    fanlar  bilan 

uzviy aloqador ekanligidan guvohlik beradi.  




Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish