Davlatning bosh islohotchiligi: davlat iqtisodiy o’zgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisidir.
O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tishda davlat bosh islohotchi, iqtisodiy qayta ko’rishlarning tashabbuskori sifatida maydonga chiqdi.
«Bozor munosabatlariga o’tish davrida davlat bosh islohotchi bo’lishi. iqtisodiyot va mjtimoiy turmushning hamma sohalarini o’zgartirish rejalarini tuzib, uni izchillik bilan amalga oshirishi zarur»32, - deb ta’kidlaydi O’zbekistan Prezidenti Islom Karimov.
Nima uchun bu o’ta mas’uliyatli tarixiy vazifa aynan davlatning zimmasiga yuklatildi? Chunki mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish va ayni paytda bozor munosabatlariga o’tish boshlanganida mamlakatimizda davlatdan ko’ra qudratliroq kuch, tizim yo’q edi. Jamiyat barcha azolarining iqtisodiy imkoniyatlari deyarli bir xil, boshlang’ich darajada bo’lgan. Bozor islohotlarining takdirini, ayrim davlatlarda bo’lgani kabi, davlat korporasiyalari qo’liga topshirib qo’yib ham bo’lmasdi.
Xorijda kuchli diaspora va sahiy homiylarimiz ham yo’q. Boz ustiga bozorga o’tishning «shok terapiyasidan» farqli o’laroq, bosqisma-bosqich amalga oshiriladigan ijtimoiy yo’naltirilgan modeli tanlandi. Bunday sharoitda aholining, ayniqsa uning kam ta’minlangan qismi manfaatlarini qayta taqsimlash mexanizmi orqali faqat davlatgina himoya qila olishi mumkin. Shu bois davlatning kuch- qudratidan, boy imkoniyatlaridan foydalanmaslik keyinchalik to’g’rilab bo’lmas xatolarga olib kelishi tayin edi. Prezidentimiz tomonidan ushbu yo’l yagona va to’g’ri yo’l deb tanlandi. Davlat bizda azaldan qudratli kuch, boshqarish vositasi bo’lib kelgan. Islohotlardan oldin barcha mulk obyektlarining 90 foizdan ziyodrog’i davlat tasarrufida edi. Qayd etish lozimki, barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning samarali faoliyat yuritishida davlat, uning muassasalari va tarkibiy tuzilmalarining o’rni bor. Buni hyech kim inkor etmaydi. Lekin bozor o’zini o’zi boshqara oladigan tizim, munosabatlar silsilasi. Bunday sharoitda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi yoki iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi qanday nisbatda, darajada bo’lishi kerak? Buning aniq bir mezoni yoki ko’rsatkichi bormi? Bu - juda nozik masala.
O’tgan asr davomida jahon iqtisodiyoti rivojlanishining turli bosqichlarida ba’zan bozor qonuniyatlari, ba’zan iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullari ustuvorlik qilib keldi. 1940-70 yillarda iqtisodiy jarayonlarыi boshqarish va tartibga solishda davlatning rolini kuchaytirish konsepsiyasi ustunlik qilgan bo’lsa, 1980-90-yillarda iqtisodiyotni bozor tomonidan tartibga solishning cheklanmagan imkoniyatlari konsepsiyasini ilgari suruvchi monetarizm va neo- liberalizm nazariyalarining mavqyei oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |