Lektoriy - (lot. lectorium, nem. Lettner) - qadimiy katolik cherkovlarida ibodat paytida qo‘yiladigan baland yog‘och minbar. Lektoriylar XI asrda Italiyada, keyinroq Germaniya va Fransiyada paydo bo‘lgan. Hozirda lektoriylar – ko‘proq ilmiy tadbirlarga oid bo‘lib, ma’lum bir mavzu asosida ilmiy fikr almashinadi.
Shо́ u (ingl. show — namoyish etmoq, ruscha - pokaz, predstavleniye) — ko‘ngil ochar xarakteriga ega bo‘lgan tadbirlardan hisoblandi. Shou-dasturlar tashkillashtirish xususiyatiga ega bo‘lib, insonlarni yig‘ib ularni ko‘ngil ochar
dasturlar, turli qiziqarli chiqishlar, kuy-qo‘shiq, raqslar, turli o‘yinlar asnosida o‘tkazish mumkin. Shou-dasturlar uchun maxsus ssenariylar yozilib, repititsiyalar tashkil qilinadi. Tadbirlarning bunday turi ko‘pincha televideniyeda namoyish etiladi.
Muzeylar, madaniyat va san’at maskanlariga, teatr, konsertlar, tomoshagohlarga, ziyoratgohlarga, dam olish maqsadida, ekologiya masalalari bo‘yicha tabiat qo‘yniga ekskursiyalar-sayohatlar tashkil etish ham madaniy tadbirlar turlaridan hisoblanadi.
Mustaqillik sharoitida madaniy tadbirlarni bevosita ta’lim va tarbiya jarayonida hamda bo‘sh vaqt sharoitida o‘tkazishning mohiyatini ifodalaydigan, uning yo‘nalishi, mazmuni hamda shakllarini belgilaydigan hayotiylik, ommaviylik, ixtiyoriylik va ilmiylik tamoyillariga asoslanishini qayd etish mumkin.
Hozirgi kunda Respublikamizda bir qancha tadbirlar yuqori daraja tashkil etilib, insonlarga estetik zavq bag‘ishlab, ularning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil
etishga hizmat qilib kelmoqda. Masalan, turli mavzularda tashkil etilayotgan tantanali kunlar madaniy-ma'rifiy ishlarning o‘ziga xos shakli sifatida insonlarda milliy g‘ururni saqlashga, Vatanni sevish, mehnatning qadriga yetish va boshqa ijobiy hislatlarni o‘zida jo etishga undaydi. Tantanali kunlar tadbir qatnashchilarida ma'lum bir yo‘nalish va mavzu bo‘yicha kayfiyat kun davomida hukmronlik qiladi hamda bu kun ularning hayotlari davomida uzoq saqlanib qoladi. Kunlar o‘tkazish rejasiga kirgan barcha tadbirlar mavzuga asosan tuzib chiqiladi. Tantanali kunning o‘zi alohida ish shakli bo‘lsada, bayramlarga o‘xshab, boshqa ko‘plab shakl va usullar yig‘indisidan tashkil topadi.
Ko‘rgazmalarni tashkil etishning ham o‘ziga xos muhim jihatlari bor. Madaniyat va istirohat bog‘larida o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar ilmiy, texnikaviy, tibbiy, badiiy kabi ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil qilinib, yoshlar va bolalarga ta'sir qilishning ibratli va qiziqarli vositalaridan hisoblanadi.
Ushbu mavzudan ma'lum bo‘lib turibdiki, O‘zbekistonda madaniy tadbirlar muntazam ravishda davlat darajasida tashkil etilib, insonlarga ma'naviy ozuqa berish, ularni ma'rifat bilan qurollantirish, bo‘sh vaqtlarni to‘g‘ri tashkil etish kabi muhim vazifalarni bajarib kelinayotganligidan dalolat bermoqda.
Yuqorida qayd etilgan tadbirlar yirik loyihalardan hisoblanib, insonlarni ma'naviy, madaniy bilimlarini oshirishga, saviyasi, dunyoqarashlarini kengaytirishga, yurtimiz muvaffaqiyatlarini jahon hamjamiyati e'tiboriga taqdim etishga qaratilgandir.
Madaniy tadbirlar nafaqat keng masshtabda, balki tor doira atrofida ham tashkil etilishi mumkin. Masalan, institut yotoqxonasida istiqomat qiluvchi qizlar bilan “Qizlar odobi bilan go‘zal” mavzusida davra suhbatini tashkil etish mumkin. Ushbu bo‘limda 7ta yoki ko‘pi bilan 10ta talaba qiz yotoqxonada (TTJ)da istiqomat qilishi mumkin. Ammo, tadbirlarni tashkil etishda uning tor yoki keng masshtabda tashkil etilishi muhim emas. Muhimi, insonlarga o‘zlari uchun kerakli ma'lumotni olishlari, tadbirdan to‘g‘ri xulosa chiqarishlari, vaqtini foydali mashg‘ulotlarga sarf qilishlari va boshqa ijobiy, tarbiyaviy, ta'limiy jarayonlarda faol ishtiroki, ertangi kelajak uchun qayg‘urishlari, Vatanni sevish, mustaqillikni
qadriga yetish, ota-onaga nisbatan mehr-muruvvatli bo‘lish, ustozlarni, yon atrofdagilarga hurmatda bo‘lish kabi fazilatlarni qalbiga joylashtirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |