Davlat xaridlari G = 50, transfert to’lovlari TR = 10, davlat qarzi bo’yicha foiz stavkasi R =10% (davlat qarzi D = 20), soliq tushumlari T = 40. Byudjet kamomadi mavjudmi, yo’qmi?
VII BOB. KEYNSNING TOVARLAR VA XIZMATLAR BOZORIDA MAKROIQTISODIY MUVOZANAT MODELI
Haqiqiyvarejalashtirilgan xarajatlar
Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin bo’lgan yo’qotishlarning oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. Shuning uchun ham Keynsning iqtisodiy nazariyasini ko’p hollarda jami talab nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniqsa investitsiyalarning o’zgarishi makroiqtisodiy beqarorlik sabablaridan biridir.
Haqiqiy investitsiyalar rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan investitsiyalar miqdorini o’z ichiga oladi. Rejalashtirilmagan investitsiyalarga tovar – moddiy zaxiralariga (TMZ) investitsiyalardagi kutilmagan o’zgarishlar kiradi. Ushbu rejalashtirilmagan investitsiyalar tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamg’arma va investitsiyalar miqdorining o’zaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi va makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlaydi.
Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xo’jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyoning mahsulot va xizmatlarni sotib olishga mo’ljallagan xarajatlari kiradi. Firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdagi kutilmagan o’zgarishlar tovar moddiy zaxirasiga rejalashtirilmagan investitsiyalar qilishga olib kelsa, haqiqiy xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlardan farq qiladi.
Rejalashtirilgan xarajatlar funktsiyasi : E=S+ I +G+Xn ko’rinishiga ega. Dekmak uning grafigi iste’mol funktsiyasi (S= a+b x (U-T) ) grafigiga nisbatan I+G+Xn miqdorda yuqoriga surilgan bo’ladi. Keltirilgan Xn -sof eksport bo’lib, uning funktsiyasi esa quyidagi ko’rinishga ega:
Xn = g – m’Y
Bu erda :g – avtonom sof eksport;
m’ - importga chegaralangan moyillik; Y – daromad.
Importga chegaralangan moyillik import xarajatlaridagi o’zgarish miqdorini bunga sabab bo’lgan daromadlardagi o’zgarish miqdoriga bo’lib topiladi.
Yalpi daromadlarning oshishi bilan import ham oshadi. Chunki, bunda iste’molchilar va investorlar ham milliy ham import mahsulotlarga bo’lgan xarajatlari miqdorini oshiradilar. Ayni paytda mamlakatning eksporti hajmi shu mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) miqdoriga bevosita bog’liq bo’lmaydi, balki tovar olib chiqib ketayotgan mamlakatning yalpi daromadlari o’zgarishiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) o’zgarishi bilan sof eksport (Xn) o’rtasidagi bog’liqlik salbiydir va sof eksport funktsiyasida minus ishorasi bilan belgilanadi.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modelini ko’rib chiqish jarayonini soddalashtirish uchun sof eksport miqdori yalpi daromadlar (Y) o’zgarishiga bog’liq emas deb olinadi. Shuning uchun sof eksport to’lig’icha avtonom xarajatlar miqdoriga qo’shiladi, ya’ni avtonom xarajatlar (a + I + G +Xn) yig’indiga teng deb olinadi.