* * *
Rossiya engil sport samolyotlaridan bir yil ichida 70 dona ishlab chiqaradi. Ulardan 20 donasini iste’mol qilib, 50 donasini eksport qiladi. Erkin savdo sharoitida bir samolyotning narxi - 6000 AQSh dollari. Tarmoqni rag’batlantirish maqsadida hukumat har bir samolyot qiymatidan 15% miqdorida subsidiya ajratadi. Natijada samolyotning ichki narxi 6450 AQSh dollarigacha oshib, eksport narxi esa 5550 AQSh dollarigacha pasayadi. Eksport hajmi 70 dona samolyotgacha ko’payadi. Subsidiyaning kiritilishi ichki ishlab chiqarish, eksport va iste’mol hajmlariga hamda byudjet daromadlariga qanday ta’sir etganligini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |