Oliy va o’rta maxsus ta’lim


Movut (dona) Vino(bir barrel)



Download 0,62 Mb.
bet118/160
Sana31.12.2021
Hajmi0,62 Mb.
#216033
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   160
Bog'liq
makroiqtisodiyot

Movut (dona) Vino(bir barrel)


Portugaliya 90 100

Angliya 80 120

Yuqoridagi misoldan ko’rinib turibdiki Portugaliya barcha turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda mutlaq afzallikka ega. Ammo, D. Rikardo Portugaliyada movut ishlab chiqarishga nisbatan vino ishlab chiqarish savdosini yo’lga qo’yish ko’proq foyda olib kelishini ta’kidlaydi. Chunki, bir dona movutga nisbatan bir barrel vino ishlab chiqarish arzonga tushmoqda. Bunda nisbiy afzallikdagi farq har bir millat uchun xalqaro savdoda yutuqqa olib keladi. Ya’ni, Portugaliya bir barrel vinoni (80 birlikda) 120 birlikda Angliyaga sotsa va o’z navbatida, Angliyadan (100 birlikda) ushbu birlikda 1,2 dona movut sotib olish imkoniyatiga ega bo’ladi. O’zida ishlab chiqarilgan mahsulotga solishtirganimizda esa 8/9 donaga ega bo’lar edi. Boshqacha aytganimizda, Portugaliyaning vino ishlab chiqarish va movutni sotib olish evaziga oladigan foydasi quyidagicha bo’ladi.

120 / 100 - 8 / 9 = 1,2 -0 ,(8 ) = 0,31 dona movut.

Angliya esa movut ishlab chiqarishda kamroq zaiflikka ega. Ya’ni movut ishlab chiqarishga qilinadigan mehnat sarflari o’rtasidagi farq vino ishlab chiqarishdagiga nisbatan kamroq. Demak movut ishlab chiqarishga ixtisoslashish hisobiga xalqaro savdodan Angliya ham yutadi. Ya’ni, movut ishlab chiqarib, uni Portugaliyaga sotish hisobiga 11/8 barrel vino (o’zidagiga nisbatan 5/6 barrel) sotib olishi mumkin. Ushbu vaziyatda Angli

yaning yutug’i;

9 / 8 - 5 / 6 = 7 / 2 4 = 0,29 barrel vino.



Bu misolda Portugaliya uchun har bir barrel vinoga 9/8 dona movut sotib olgandagina xalqaro savdo foydali hisoblansa, Angliya uchun esa har bir barrel vinoga 5/6 dona movut almashganda savdo foydali hisoblanadi.

Shunday qilib, erkin savdo xalqaro ixtisoslashuvni rag’batlantirib, quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: har bir mamlakat biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashishguncha o’tgan davrgiga nisbatan kamroq moddiy va mehnat xarajatlari sarflaydigan bo’ladi. Ammo, bu borada barcha nazariyalar ham savdoda mamlakatlarning pul birliklari ishtirokida amalga oshishi hisobga olinmagan. Chunki, mamlakatlar o’zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun valyutalarini almashtirishadi. D. Rikardo ushbu vaziyatni ham tushuntirib bera olgan.

U izohlaganidek yuqorida keltirilgan imkoniyat valyutalarni almashtirish sharoitida ham saqlanib qoladi. Bu vaziyatda eksport-import to’lovlari o’zaro balansga ega emas. Bunday vaziyat valyuta kurslaridagi o’zgarishlar hisobiga yoki biror bir mamlakatdagi barcha baholarni o’zgartirish hisobiga bartaraf etiladi. Yuqoridagi misol mavhum xususiyatga ega. U aniq vaziyatlarga asoslanishi uchun:



  • mehnat savdo qilayotgan mamlakatlar o’rtasida emas, balki mamlakat ichida harakatchan bo’lishini;

  • transport, bojxona xarajatlari, savdo ustamalari va boshqa cheklashlar hisobga olinmasligini;

  • mahsulotlarning yangi namunalarni ishlab chiqarishda yangi texnika va tsxnologiyalarni qo’llash hamda ularni ko’p miqdorda seriyali ishlab chiqarishda xarajatlardagi o’zgarishlar e’tiborga olinmasligini ta’minlash imkoniyatlari yaratilishi lozim.

Angliya va Portugaliya misolida keltirilgan vaziyatlarda xalqaro savdo narxlarining keng amal qilayotgan shaklini qo’llash mumkin. Chunonchi, bir barrel Portugaliya vinosini Angliyada tannarxidan kam narxda (80) va sotib olingan narxdan (120) yuqori narxda sotmaslik ksrak. Shuningdek, angliyaliklar movutidan Portugaliyada (90 dan 100 gacha) shunday tartibda sotilishi kerak.

Mahsulotlar nari o’rtasidagi o’zaro nisbat aniqlab olingandan keyin «savdo sharti» (terms of trade) tushunchasi savdo shartini aniqlab olish uchun esa “savdo sharti indeksi” tushunchasi kiritilgan. Bu indeks quyidagi formula orqali aniqlangan:

T = Px/ Pm



Bu erda T- “savdo sharti”, Px - eksport narxlar indeksi, Pm esa import narxlar indeksi

Indeksning o’sishi (masalan, 100 dan 105 gacha) savdo sharoitlarining yaxshilanayotganligini ko’rsatadi. Ya’ni, ushbu miqdordagi importga hisob-kitob qilish uchun undan kam miqdorda eksport talab etiladi.

Amaliyotda savdo sharoiti, birinchidan, tovarlar narxi o’zgarishi hisobiga, unga bo’lgan talabning oshishi yoki kamayishiga bog’liq. Ayrim mahsulot ishlab chiqaruvchilar (masalan, neft va neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar) narxlarda bo’layotgan o’zgarishlarga qaramay, katta yutuqlarga erishadilar.

Ikkinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqaruvchilar yoki etkazib beruvchilarning bozorga moslashishiga (egiluvchanligiga) bog’liq bo’ladi.

Uchinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqarish sharoitlari yoki mahsulotlar iste’molidagi o’zgarishlarga qarab o’zgaradi.

Savdo sharoiti indeksi mamlakatning xalqaro savdodagi holati to’g’risida ma’lumotlar bersada, ko’pgina kamchiliklardan holi emas. Ularning eng asosiylaridan biri mamlakatda umumiy sharoitni yaxshilasada, sotilgan mahsulotlar miqdorini hisobga olmaydi. Boshqacha aytganda, savdo sharoiti yaxshilanishi eksport hajmi qisqarishi va import hajmi oshishiga olib keladi. Bu esa to’lov balansini yomonlashtiradi.

A. Smit va D. Rikardo nazariyasida ishlab chiqarishga ta’sir qiladigan eng asosiy omil mehnat hisoblangan. Mahsulotlar narxi esa ishlab chiqarish xarajatlariga bog’liq.

Keyingi tadqiqotlar ishlab chiqarishda asosiy omillar sifatida er, kapital kabi omillardan foyda olish imkoniyatini hisobga olgan. Agarda, mehnatning bozor

narxi ish haqi sifatida gavdalansa, kapitalning narxii foiz stavkalari ko’rinishida, erning narxi renta miqdorida aniqlangan.


    1. Download 0,62 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish