Oliy va oʻrta maxsus ta’lim


Muvozanatlashgan qarorlarni



Download 3,88 Mb.
bet73/252
Sana09.06.2022
Hajmi3,88 Mb.
#647199
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   252
Bog'liq
Менеж янги УУМ -2021

Muvozanatlashgan qarorlarni odatda mazkur muammoni obdon bilgan, xar bir xarakatini "etti oʻlchab bir kes" qabilida ish tutadigan, oʻzining xatti- xarakatlariga tanqidiy nuqtai nazardan ¸ndoshadigan menejerlar qaboʻl qiladi. Bunday boshqaruvchilar qarorni qaboʻl qilishdan oldinroq u toʻgʻrisida oʻzining tayanch fikriga ega boʻlgan boʻladi.
Turtki beruvchi (impulsli) qarorlarni qabul qiluvchilar boshqaruvchilar rangma-rang fikr, gʻoyalarni osonlik bilan oʻylab topadigan, ammo ularni aniqlash, baxolash, tekshirishga imkoniyat topaoladigan raxbarlardir. Shu sababli bunday qarorlar birdaniga qabul qilingan qarorlar boʻlib etarli darajada asoslanmagan va ishonchsiz boʻladi.
Tinch xolatni saqlovchi (inertli) qarorlar chuqur izlanishlar natijasida qabul qilinadi. Bu erda tezkor gʻoyaning paydo boʻlishdan koʻra koʻproq aniqliq kiritish, nazorat qilish asosida qaror qaboʻl qilinadi. Shu sababli bunday qarorlarda novatorlik, originallik va juda sozlik alomatlari oʻz aksini topmaydi.
Tavvakal (riskli) qarorlar impulsi qarorlardan farqi shundaki uni qabul qiluvchi boshqaruvchilar oʻz taxminlarini asoslashga oʻrinmaydilar. Ular oʻzlariga oshingan xolda xar qanday xavfdan qoʻrqmaydilar.
Exti¸tkorona qarorlar oʻz ishiga nixoyat puxta ¸ndoshadigan, unga tanqidiy nuqtai nazardan qaraydigan, turli variantlarni baxolab ish tutadigan menejerlar tomonidan qabul qilinadi. Bu qarorlarda inetli qarorlardan xam koʻproq originallik va yangilik alomalari oʻz aksini topmaydi.
Qayd qilingan qarorlar odatda tezkor boshqaruvni amalga oshirish maqsadida qabul qilinadi. Strategik va taktik boshqaruv maqsadida esa iqtisodiy taxlillab optimallashtiririshga asoslangan oqilona qarorlar qaboʻl qilinadi.
Qarorni ishlab chiqish quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi. Albatta, raxbar uchun qaror qaboʻl qilish shunchaki ¸lgiz ¸ki chegaralangan maqsad emas. Bu erda bosh masala muqobil variantni tanlash emas, balki boshqaruv oldiga qoʻyilgan maqsadning oqilona echim yoʻlini topishdan iborat. Shu sababli qarorni ishlab chiqish jara¸ni ayrim unsurlar mazmuni va koʻlamiga koʻra xilma-xil va ancha murakkabdir. Qarorni ishlab chiqish jara¸ni quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi.
Ravshanki, bunday sxemani taxminiy deb bilmoq lozim. U vaziyatning xususiyatlariga va xal qilina¸tgan xolatning koʻrinishiga qarab oʻzgarishi mumkin. Umuman qarorni ishlab chiqish jara¸nida quyidagi savollarga toʻgʻri javob topish uta muximdir:

  • nima qilmoq kerak (ob’ekti miqdori va sifati);

  • qanday xarajat (resurslar) evaziga;

  • qanday tarzda (texnloogiyada) bajarmoq keraq

  • kim uchun bajarmoq kerak

  • qanday muddatda bajarish lozim;

  • kim tomonidan bajarmok kerak

  • qaysi joyda bajarmoq lozim;

  • qanday (iqtisodiy, sotsial, texnikaviy, ekologik) samara beradi.

Agar ish savollarga miqdor nuqtai nazardan toʻgʻri javob topib, ularni makon va zamon bilan shuningdek, resurs va bajaruvchilar bilan bogʻlay olsangiz, bilinki siz qarorni ishlab chiqish texnologiyasini toʻliq uddalay olgan boʻlasiz.

Vaziyatni taxlil qilish va muammoni aniqlashda koʻp omillarga e’tibor qaratish kerak. Chunki, qarorni ishlab chiqish jara¸ni vaziyatni taxlil qilish va vazifani aniqlab olishdan boshlanadi. Vaziyatni taxlil qilish quyidagilarni amalga oshirishni talab qiladi:


*taxlil qilina¸tgan ob’ekt xolatinib uning sifat jixatlarini, resurslar bilan ta’minlanganligini taxlil qilish;
*mazkur ob’ekt samaradorligini jaxonning eng yuqori samaraga ega boʻlgan mos ob’ekt bilan taqqoslash;
*taqqoslana¸tgan ob’ektlar koʻrsatkichlari oʻrtasidagi tafovutlar sababini aniqlash;
*adabi¸tlar manbaini, ilmiy tadqiqot ishlari boʻyicha xisobotlarni, patent fondi, iste’molchilar imkoniyatlari va davolarini taqlil qilish;
*ishlab chiqaruvchi va iste’molchilardagi ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik darajasini taxlil qilish;
*mazkur ob’ektning taraqqi¸t yoʻnalishini shakllantirish va x.k.
Boshqarish jara¸ni xamisha biron-bir masalani xal qilishdir, chunki tashkiliy jara¸nlar buzilishi tufayli belgilangan parametrlardan ogʻish sodir boʻladi, yangi tashkiliy jara¸nlarga zaruriyat tugʻiladi, natijada ishlab chiqarish sharoitlari oʻzgaradi. Binobarin, birinchi navbatda ishlab chiqarish oldida kanday muammo paydo boʻlganligini bilish, uni umumiy taxlil qilish va xal etish zaruriyatini aniqlash kerak.
Qaror qabul qilish zaruriyati va taxdid qilina¸tgan ob’ektdagi aniq vaziyat aniqlangach turli yoʻllar bilan erishiladigan qaror maqsadida shakllantiriladi va uning echimi boʻyicha vazifalar belgilanadi. Qaror maqsadi yuqori organ tomonidan koʻrsatib berilishi ¸ki mamlakatda yuzaga kelgan vaziyatga belgilanishi mumkin. Masalan, respublikamiz uchun gʻalla etishtirishni keskin koʻpaytirish va bir qator muloxazalarga koʻra, donni etishtirishga eng yaxshi moslashadigan tumanlar aniqlanadi. Vazirlik ularning ixtisoslashuvini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va buning uchun u tumanlarni don etishtirishga koʻchirish rejasini ishlab chiqadi. Tuman raxbarlari topshiriq olgach, qaror ishlab chiqishga xar tomonlama tay¸rgarlik koʻradi.
Bu erda asosiy maqsad va vazifa xalq xoʻjaligiga zarur don maxsulotini etishtirishdir. Shunday qilib muammoni aniqlash quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Mezonlarni tanlash vazifalarning xar xil variantlarini muxokama qilish, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniklashdan boshlanadi. Bu masalani xal qilishda taklif qilingan variantlarni iktisodiy tax,lil qilish muxim axamiyatga ega. Berilgan variantlarni echishda matematik, grafik, mantikiy va boshqa usullar qoʻllaniladi.
Tanlab olingan variantning muvofiqligi va afzalligi iqtisodiy, ijtimoiy, si¸siy, texnik va boshqa mezonlarni boʻyicha umumiy tarzda baxolanadi. Eng kulay qarorlarni ishlab chiqish koʻp jixatdan omilkor kishilarning va ayniqsa kelgusida shu qarorni bajaruvchilarning fikri nakadar toʻla xisobga olinganligiga bogʻliq.
Mezonlar tanlab boʻlingach endi anik omillar va sharoitlarni tanlashga oʻtiladi. Zero, ishlab chiqarish natijalari va maqsadning amalga oshuvi shularga bogʻlik boʻladi. Bularga yana resurslar (moddiy, moliyaviy, mexnat), texnika va texnologiya, topshirikni bajarishga ketadigan vaqt, xom-ash¸ etkazib beruvchilar, oʻzaro aloqalar va xakozalar kiradi.
Mezonlar aniqlanib boʻlingach qaror tay¸rlashning navbatdagi bosqichiga oʻtiladi.
Bu bosqichda kuyilgan vazifani bajarish modeli ishlab chiqiladi.
Model - bu botsshcharish oldida turgan vazifani xal etish sxemasidir.
Model oddiy ¸ki programmalashni talab qiluvchi murakkab boʻlishi mumkin. Murakkab qarorlarni qabul qilishda matumatik ¸ki statistik modellardan foydalaniladi. Bu modellar muammolarni miqdor jixatdan tavsiflaydi va optimal variantli boshqarish qarorini qabul qilish uchun asos xizmatini oʻtaydi.
Modellashtiroish quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
taxlil qilinadigan muammolar tarkibiy qismlarga boʻlinadi, omillar aniqlanadi; Tanlab olingan omillarning oʻzaro aloqasi aniqlanadi, oʻzaro ta’siri baxolanadi,
vazifani xal etish modeli belgilanadi;
*tadbirlar majmuasi ishlab chiqiladi;
*qarorlar variantlarning samaradorligi ularni amalga oshirish yoʻllari aniqlanadi. Bularni quyidagi sxemada ifodalash mumkin:
Qaror modeli ishlab chiqish Qarorni modellash
Model mak, boʻlligini baxolash Algoritm tuzish
Dastur tuzish
Qarorlarni tanlash va ularni uzil-kesi qaboʻl qilish raxbarlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda raxbar qarorni yakkaboshchilik asosida qaboʻl qilishi mumkin. Odatda yakkaboshchilik kupchilik fikri bilan kushib olib boriladi, ya’ni:
*tanlangan qaror variantini tegishli tashkilotlar bilan kelishib olinadi;
*qaror uzil-kesil qaboʻl qilinadi va xujjat (buyruk, farmoyish berish, rejani tasdiklash va x. k.lar) bilan rasmiylashtiriladi;
*qaror aniq ijro etuvchi shaxslarga etkaziladi. Xar bir qarorni qaboʻl qilishda raxbar boshqaruv mutaxasssislari tavsiya etgan kuyidagi Yuta tamoyilga amal qilsa foydadan xoli boʻlmas edi:
Tafsilotlarni bilib olishdan oldin muammoni toʻlaligicha tasavvur qil.
Extimol tutilgan xamma variantlarni koʻrib chiqmaguncha qadar qaror qabul qilish.
Xatto xamma tan olgan xaqiqatlarga xam shubxa bilan qara, ularni rad etishdan qoʻrqma.
Muvaffaqiyat juda oz boʻlib koʻringanda xam oldinda turgan muammoga turli xil nuqtai nazarlardan qarashga intiladi.
Xal qilinadigan muammoning mohiyatini yaxshiroq tushunib olishga oʻxshashlikni
izla.


Xaqiqatga yaxshilashish uchun imkoni boricha koʻproq savollar ber. Xa¸lingga kelgan birinchi qaror bilan kanoatlanib qolma.
Uzil-kesil qaror qabul qilishdan oldin oʻz muammolarning xaqida biron bir kishi
bilan gaplashib koʻr.
Oʻz sezgi va xayajoningga e’tibor bilan qara.
Xar bir kishi xa¸tga va xar kuni paydo boʻlib turadigan muammolarga oʻz nuqtai nazaridan qarashini unutma.
Imkoni boricha kamrok farmoyish berish kerak. Tajriba shuni koʻrsatadiki, farmoyish qanchalik koʻp boʻlsa, uni bajarish va ijrosini nazorat qilish shunchalik qiyin boʻladi. Bir vaqtda bir necha farmoyish berish tavsiya etilmaydi. Topshiriklarni xar xil vaqtda bajarilish izchilligiga qarab berish maqsadga muvofikdir.

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish