Adolatning birinchi talabi:
aholi turli tabaqalarining oʻzaro oʻygʻun boʻlishini ta’minlashdir.
Adolatning ikkinchi talabi:
el-ulusining haq-huquqi teng ta’minlangan holda kishilarni xizmatga tayinlashda shaxsning salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqish.
Adolatning uchinchi talabi:
barchaning teng farovonligini himoya qilish bilan birga bu farovonlikni yuzaga keltirishdagi xizmati va huquqiga qarab har bir inson oʻz ulushini olishga imkon yaratishdan iborat.
Bu kabi davr va hayot tajribasida tasdiqlangan fikrlar oradan sakkiz asr chamasi oʻtib, Prezident Islom Karimovning rahbarlik faoliyatida oʻziga xos tarzda ifoda topmoqda. Bunga ishonch hosil qilmoq uchun yurtboshimizning ma’ruzalaridan biridagi ushbu nuqtaga diqqat qilaylik:
“Davlat jamiyatning keskin tabaqalanishiga-oshib-toshib ketgan boylaru kambagʻal qashshoqlarga boʻlinib ketishga yoʻl qoʻymasligi kerak”.
Bundan shu xulosa kelib chiqadiki, har turli qingʻir yoʻllar bilan haddan tashqari boylik orttirib oʻzini qoʻyarga joy topolmay, “ toʻqliqqa shoʻxlik” qiladigan kimsalarning jilovini tortib qoʻyish bilan birga, halol menat kishilariga imkoniyat yaratib berish, ularni qoʻllab quvvatlash, zurur boʻlsa, ragʻbatlantirib borish davlat siyosatining muhim yoʻnalishlariga aylangan.
Adolatning ikkinchi talabi sifatida Prezident jamiyat taraqqiyoti va uning siyosiy muhitini belgilashda rahbar kadrlarni tanlash va ularni joy-joyiga qoʻyishga katta ahamiyat beradi va bu masalaga hal qiluvchi ma’naviy-siyosiy omil, tub islohatlarning tayanchi va bosh yoʻnaltiruvchi kuchi, deb qaraydi:
“Xalqning dardiga befarq qaraydigan, oʻz manfaatidan boshqa narsani oʻylamaydigan, xudbin va ta’magir rahbarlar mamlakatimiz ravnaqiga, xalqimiz farovonligiga toʻsiq boʻlmoqda. Endi ular bilan murosa qilib boʻlmaydi. Bizga shunday rahbarlar kerakki, toki ular elim deb, yurtim deb quyib-yonib, oʻz halovatlaridan kechib mehnat qilsinlar!
Barcha boʻgʻinlarda insofli, diyonatli, bilimdon, tajribali rahbarlar boshchilik qilmas ekan, mustaqil mamlakatimizning obroʻsi, uning manfaati uchun mardlik, jonkuyarlik bilan ishlmas ekan ishlarimiz koʻngildagidek boʻlmaydi”.
160
Adolatli jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi va bunyodkorlik ishiga ragʻbati kuchli boʻladi. Shuning uchun ham Prezidentimiz:
“Biz shunchaki demokratik davlat emas, balki adolatparvar demokratik davlat qurishga itilayapmiz. Adolatga intilish- xalqimiz ma’naviy-ruhiy dunyosiga xos eng muhim nususiyat. Adolatparvarlik gʻoyasi butun iqtisodiy va ijimoiy munosabatlar tizimiga singib ketishi, ijtimoiy koʻmaklashuv mexnaizmida oʻz aksini topishi kerak”, degan masalani dolzarb vazifa qilib qoʻydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |