4-rasm. Ishlash qobiliyatining oʻrtacha statistik oʻzgarishlari
yuqori faollik pallalariga ikki soatlik tanaffus tutashib turadi, uning vaqtida inson organizmi “ayovchi” rejimda ishlaydi;
ishlash qobiliyatini avj olishi, kunning birinchi yarimiga toʻgʻri keladi, shuning uchun A-kategoriyasi vazifalarini kunni boshlanishida bajarish kerak
189
tushlikdan keyin, umumdorlikni ma’lum pasayishi payti keladi, bu davrdan ijtimoiy uchrashuvlar va mashaqqatli qoʻl faoliyati (V –kategoriyasi vazifalari) uchun foydalanish zarur, keyin esa B-kategoriyasi vazifalariga kirishish kerak.
Tabiiy kunlik ritmni hisobga olish bilan ishlash tavsiya etiladi. Bunda shuni nazarda tutish kerakka, 4-rasmda tasvirlangan egri chiziqli ishlash qobiliyatining oʻzgarishlari, ehtimol, sizning shaxsiy ishlash qobiliyatingizdan bir oz farqlansa kerak, chunki har bir kishida me’yordan ba’zi bir chetga chiqishlar kuzatiladi. Shuning munosabati bilan oʻzining shaxsiy kunlik ritmni belgilash va muntazam kuzatishlar asosida oʻzining egri chiziqli ishlash qobiliyatini qurish kerak. Bundan tashqari, sizning
ishchi kuni tartibingizni ishlash qobiliyati grafigi bilan solishtirish va uni , ya’ni muhim ishlarni bajarish vaqtini sizning ishlash kobiliyatingiz bilan qanday qilib yaxshiroq solishtirish kerakligini hal qilish kerak.
Yana ishlash qobiliyatining oʻzgarishlariga muvofiq keskin, ma’suliyatli faoliyatni muhimsizroq va keskin boʻlmagan bilan almashtirib turish tavsiya etiladi.
Yana organizm bioritmlari tabiiy pallalarini ham hisobga olish kerak. Bioritmlar haqidagi ta’lim shunga asoslanadiki, har bir odamning jismoniy, ruhiy va aqliy holati davraviy oʻzgarishlarga moyildir, ya’ni faollik va boʻshashishning muntazam pallalari mavjud. Sutka davomida bioritmlar har ikki soatda (kuniga 10- 12 marta) sekinlashadilar: organizm davriy ravishda dam oladi. Harakatsizlik (dam olish) davri- bu ishchi rejimni almashishidir, u organizmni moʻtadil faoliyat yuritishiga yordam beradi. Agar bu narsa hisobga olinmasa, unda ortiqcha yuklanishlar muqarrardir.
Ishning birinchi navbatda odam xarakterining xususiyatlari, uning moyilliklari va odatlari bilan belgilanuvchi usullari muvaffaqiyatning muhim omili boʻladi. Oʻz ish usullarini yaxshilash uchun, birinchidan, oʻz ish usullarining kuchli va zaif tomonlarini aniqlab olish, ikkinchidan, kuchli tomonlarini mustahkamlashga ragʻbatga ega boʻlish, uchinchidan, shaxsiy kamchiliklarni bartaraf qilishga harakat qilish kerak.
Eng muhim va ahamiyatliga e’tiborni qaratish muvaffaqiyatli ishlashning muhim shart-sharoitlaridan boʻladi. Agar oʻzining barcha vazifalarini avvaldan ish kuni davomidagi keraksiz ishlardan qochishga yordam beruvchi savollar ostiga qoʻyilsa, ishni ancha yaxshilash mumkin.
Hammadan avval oʻziga quyidagi savollarni berish kerak:
Umuman nimaga buni qilish kerak? Bu ba’zi bir ishlarni haqiqatdan ham keraksiz ekanligi yoki faqat “umumiy tarzda” bajarish mumkinligini aniqlashga imkon beradi.
Nima uchun men? Bu savol ishlarni oʻzi qilishi kerakligi yoki yoʻqligi nuqtai nazaridan tanqidiy qarashga arzimaydigan ishlarni bajarishdan saqlab qoladi. Oʻz xodimlaringizga ishoning va ularga topshirish imkoniyatlaridan koʻproq darajada foydalaning. Hozirgi vaqtda vujudga kelgan maqsadlar, ma’suliyatlar va huquq doiralarini oʻzingiz va xodimlar oʻrtasida taqsimlanishi qaytadan oʻylab koʻring?
190
Nima uchun endi? Bu savol sizni ishni ijro etishni notoʻgʻri tanlangan muddati tufayli koʻp vaqt yoʻqotmaslikdan saqlab qoladi. Muddatlarni belgilab turib, ularni aniq qayd eting va aniqlab oling. “Ertaga, tushdan keyin, kun davomida” kabi muddatlarni belgilamang. Hamma ishlarni ham albatta “endi” yoki “darhol” qilish, hal qilish yoki muhokama qilish shart emas.
Nima uchun bunday shaklda? Hamma vaqt ham oʻzingizning oddiy silliqlashtirilgan ish uslubingizni shubha ostiga oling va oʻz ishlaringizni ijro etishning yangi, ijodiy va ratsional usullarini qidirib toping.
Koʻrsatib oʻtilgan tashkiliy tomoyillar va usullarga muvofiq namunaviy ish kunini tuzing, bunday “ideal kunni” boʻlish ehtimoli kam boʻlsa ham. Shunga qaramasdan undan kunlik rejani tuzish va amalga oshirishda moʻljal sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun namunaviy rejani vaqtning kundaligiga koʻchirish kerak, yana haftalik namunaviy rejani tuzish ham tavsiya etiladi. Bunda oʻzingizning “ideal kuningiz” va “ideal haftangizga” yana oila, sport bilan shugʻulanish, dam olish, doʻstlar bilan mulohatda boʻlish va h.k. ga tegishli boʻlgan shaxsiy ishlaringiz va maqsadlaringizni qoʻshish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |