4-jadval. Martabali (kasbiy) reja
-
Maqsad
|
Ahamiyati
|
Muddat (yil)
|
Amaliy tadbirlar
|
Muddati
(qaysi vaqtga)
|
Nazorat
|
Yirik korxona-ning iqti-sodiyot boʻ-yicha di- rektor oʻrinbo sari boʻlish
|
Yuqori
|
2022
|
Universitetning iqtisodiyot fakultetini tugatish
|
2012
|
|
Amaliy ish tajribasini olish
|
201
|
Iqtisodiy boʻlim rahbari boʻlish
|
2017
|
Oʻzini oʻzi boshqarishning keyingi pallasi – menejerning shaxsiy vaqtini rejalashtirishdir (4–jadval) Bunda eng qimmat boylik-vaqtdan ratsional foydalanish ta’minlanadi: yo mavjud vaqtni unumli faoliyat uchun qoʻllash ( eng katta mezon) yoki qoʻyilgan maqsadlarga vaqtni kamroq sarflash bilan erishish (eng kichik mezon).
182
Rejalashtirish maqsadlarni amalga oshirishga tayyorgarlik va vaqtni turkumlashtirish (tartibga solish)ni bildiradi.
Rejalashtirishga vaqtni sarflanishini koʻpayishida ularni ijro etish uchun zarur vaqt qisqaradi, bu provordida umuman vaqtni qisqarishiga olib keladi. Rejaviy davr (yil, oy, kun )ning 1%ga yaqinini rejalashtirishga sarflash tavsiya etiladi.
Shaxsiy vaqtni rejalashtirish qoidalari mavjud:
-vaqtni sarflanishini uning haqida aniq tasavvurga ega boʻlish uchun sinchiklab rejalashtirish;
ish kuning faqat 60% ni reja bilan qamrab olish, 20% ni koʻzda tutilmagan muammolarni hal qilish va 20% esa ijodiy faoliyatga, shu jumladan malakani oshirishga qoldirish;
-hamma vaqt boshlangan ishni oxirigacha etkazish;
-vazifalarning faqat bajarsa boʻladigan hajmini rejalashtirish;
rejalarning egiluvchanligini ta’minlash;
-rejalarda nafaqat harakatlarni, balki kutilgan natijalarni ham qayd etish;
ishlarni bajarish uchun aniq muddatlar va vaqtli me’yorlarni belgilash;
-muhimni shishilinchdan ajrata bilish va shishilinch ishlarning hukmronligidan qochish;
-rejalarni ishlarni toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirilishi nuqtai nazaridan doimiy ravishda nazorat qilish va tuzatishlar kiritish;
-shaxsiy vaqtdan foydanalishni rejalashtirish;
-yirik vazifalarni hal qilish uchun vaqtning katta uzluksiz davrlarini va kichiklarni esa– kichik masalalar uchun zaxira qilib qoldirish;
-unumsiz faoliyatga iloji boricha kamroq vaqt ketishi ustidan nazorat qilish;
muqobil rejalashtirish va yaxshi variantni qidirib topishga harakat qilish;
-oʻz rejalarini hamkasblari bilan muvofiqlashtirish.
Umumiy rejalashtirish doirasida vaqtni rejalashtirish tegishli uzoq muddatli (strotegik) maqsadlarga qaratiladi, u oʻz navbatida operativlarga boʻlinadi. Shaxsiy va kasbiy maqsadlarga erishish uchun vaqtni belgilashda uni afzalroq taqsimlash va ishlarning maqsadga muvofiq nisbatiyligini olish mumkin.
Ishbilarmonlik hayotida quyidagi rejaviy davrlar oʻzlarini oqlaganlar:
uzoq muddatli (3 - yoki koʻproq yillar);
oʻrtacha muddatli ( 1- 3 yillar)
joriy (1 kun - 3 oy - chorakli, oyli, oʻn kunli, haftali, kunlik rejalar).
Vaqtni rejalashtirish yopiq tizimdan iborat boʻladi, unda rejalarning alohida turlari oʻrtasidagi yaqin aloqa kuzatiladi. Masalan, uzoq muddatli rejalar oʻrta va aniq muddatli rejalar, joriy davr rejalari va kunlik rejalarda aniqlanib olinadi.
Hayotning rejasi rejalashtirish jarayonining boshlangʻich nuqtasi boʻladi. Uning asosida yaqin yillarga reja tuziladi, keyingi asosida esa- yillik. Shundan keyin choraklarda boʻlish amalga oshiriladi, yillik rejani bajarilishi ustidan nazorat qilish uchun tegishli reja tuziladi.
Yil davomida vaqtning teng oraliqlardan keyin oʻtgan davrdagi hodisalarning oʻylab koʻrish va zarur boʻlganda oʻzgartirishlar kiritish yoki muddatlarni koʻchirish (oraliq nazorat) tavsiya etiladi. Har bir chorakning oxirida keyingi
183
davrga moʻljallarni belgilash va undan qaysi vazifalarni chiqarib tashlash, qaysini
– koʻchirish, qaysini esa– qoʻshishni belgilash zarur.
Rejalar, agar ya’na erkin rejalashtiruvchi vaqt deb ataluvchi belgi- lansa, hamda qoʻshimcha va koʻzda tutilmagan vazifalarni hal qilish uchun vaqtning zaxiralari koʻzda tutilsagina , haqiqiydirlar.
Haftali reja kelguvsi davrni yanada batafsilroq bashoratlashni koʻzda tutadi. Oylik rejadan kelib chiqqan holda haftadagi barcha ishlarning kun tartibi ularni ijro etish uchun zarur vaqtni koʻrsatish bilan tuziladi. Vaqtni rejalashtirish tizimidagi soʻnggi va gʻoyatda muhim bosqich- kunlik rejadan iborat boʻladi va u haftali reja asosida quriladi.Unda kun davomida qanday ishlar qilinishi kerakligi belgilaniladi, buning ustiga oldindan rejalashtirilgangacha koʻzda tutilmaganlar qoʻshiladi.
Shunday qilib rejalashtirish umumiy vazifalarni har xil harakatlarni vaqtda taqsimlash uchun xususiylarga asta-sekin joylashtirishni koʻzda tutadi.
Barcha rejalar yozma koʻrinishda tuzilishlari kerak, chunki miyada saqlanadigan rejalar osonlik bilan rad qilinadilar, yozma rejalar esa xotirani boʻshatilishini ta’minlaydilar va ishga oʻzini oʻzi undashning ruhiy samarasiga egalar. Ishga doir faollik maqsadga qaratilganroq va moʻljallangan dasturga qat’iy rioya qilinganroq boʻladi.
Keyin menejer tomonidan ishlab chiqilgan rejalarni amalga oshirilishi kerak. Rahbar mehnatini ratsional tashkil qilish ishlarini bajarishda ustivorliklarni belgilashni koʻzda tutadi. Bu har xil ishlar ahamiyati boʻyicha katta farqlanishlari bilan bogʻliqdir.
Koʻpincha rahbarlar birdagina ishning judayam katta hajmini bajarishga harakat qiladilar yoki, aksincha, oʻz vaqtlari va kuchlarini alohida, koʻpincha muhim boʻlmagan, ammo zaruriy boʻlib koʻringan ishlarga sarflaydilar. Buning natijasida shiddatli ish kunining oxiriga kelib, koʻp narsa qilinganga oʻxshasa ham, muhim ishlar yo tugallanmay qoldilar, yoki joylaridan umuman siljimaydilar.
Muvaffaqiyatli menejerlar ish kuni davomida koʻpgina muhim masalalarni hal qilishga ulgurush bilan, ma’lum vaqt davomida bitta yagona vazifani bajarish bilan band boʻlishlari bilan ajratib turadilar. Buning uchun muhim ishlarning birinchi navbatdaligi haqidagi bir ma’noli qarorni qabul qilinishi, ustivorlarning tegishli roʻyxatini tuzish va unga rioya qilish shart-sharoitlar boʻlib xizmat qiladi.
Ustivorlarni belgilash, rejaga kiritilgan vazifalarni ularning navbatliligi bilan izchil va tizimli bajarish zarur, bu quydagilarga imkon beradi:
e’tiborni faqat bitta vazifani bajarishga jamlash;
ishga maqsadga intilgandek kirishish va ma’lum muddatlarga rioya qilish;
berilgan holatlarda qoʻyilgan maqsadlarga erishish;
boshqalar tomonidan bajarilishi mumkin boʻlgan ishlarni chiqarib tashlash;
rejaviy davr (hafta, kun)ning oxiriga kelib juda boʻlmaganda eng muhim masalalarni hal qilish;
nizolar va stressli yuklamalaridan qochish.
Bunda italiyali iqtisodchi V.Pareto (1848-1923) tomonidan shakl-lantirilgan tomoyilni hisobga olish zarur, unga koʻra alohidagi kichik qismlar guruhida ularning bu guruh sonidagi salmoqqa koʻra ancha katta miqdor topiladi.
184
Pareto tomoyiligi koʻra “80:20 nisbati” belgilash mumkin. Bu ish jarayonida 20%da sarflangan vaqt (xarajat)da 80% natijalar (ishlab chiqarish)ga erishilishini bildiradi. Vaqtning qolgan 80% umumiy yakunning faqat 20%ni beradi.
Demak, boshidan eng oson, shoʻ’baiqroq yoki vaqtni kamroq sarflanishi talab qiluvchi ishlarga kirishish kerak emas. Masalalarga ularning muhimliligiga muvofiq kirishish zarur: dastavval ozgina “hayotiy muhimlar”, keyin- koʻp sonli “ikkinchi darajalilar”ga.
Agar barcha vazifalar ularning yakuniy natijalardagi ulushlariga muvofiq tahlil qilinsa va keyin ABV usuli boʻyicha tahlil qilish yordamida kategoriyalar boʻyicha taqsimlansa, Pareto tamoyili aniqlanib olinadi. Bunda tahlil shundan kelib chiqadiki, juda muhim va kamroq muhim ishlarning uning umumiy sonidaga foizlardagi ulushi umuman oʻzgarmasdan qoladi.
Pareto tamoyiliga koʻra menejerning barcha ishlarini uchta guruhga boʻlish mumkin:
eng muhim ishlar (A kategoriyasi) ishlarning umumiy sonidan 1% yaqinni tashkil qiladi, ularning ahamiyati esa (maqsadga erishishga qoʻshilgan ulush ma’nosida) 6% ga yaqinni tashkil qiladi;
kamroq muhim boʻlgan ishlar (B-kategoriyasi)-ularning umumiy sonidan 20% ga yaqin, ularning ahamiyati 20% ni tashkil qiladi;
muhim boʻlmagan ishlar (V-kategoriyasi)-ularning umumiy sonidan 6%, ammo ularning ahamiyati ishlarning umumiy ahamiyatliligidan faqat 1% ga yaqin.
Vazifani ABV usuli boʻyicha tahlil qilib chiqish tavsiya etiladi, buning uchun:
ma’lum vaqt (oʻn kunlik, kun va h.k.)da hal qilish kerak boʻlgan barcha vazifalarning roʻyxatini tuzish;
vazifalarning ularning ahamiyatliligiga muvofiq navbatliligini belgilash. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, vazifalarning muhimligi ularning shoshilinchligi bilan hech qanday umumiylikka ega emas;
vazifaga tartib raqamlari berish;
vazifani A,B,V kategoriyalariga muvofiq baholash:
faoliyatni amalga oshirish uchun qayta topshirib boʻlmaydigan eng muhim vazifalar ( barcha vazifalardan 1%- A-kategoriyasi);
boshqa kishilarga ijro etish uchun topshirilishi mumkin boʻlgan muhim vazifalar ( barcha vazifalardan 20%- B-kategoriyasi);
qayta topshirilishi mumkin boʻlgan kamroq muhim boʻlgan (barcha vazifalardan 6% - V-kategoriyasi);
oʻzining vaqtinchalik rejasini vazifalarining birinchi navbatdaligidan kelib chiqqan holda mavjud vaqtni vazifalarning miqdoriga qaytadan tekshirish:
rejalashtirilgan vaqtning 6% (3soatga yaqini)– A-kategoriyasi vazifalari;
rejalashtirilgan vaqtning 20% (1soatga yaqini)- B-kategoriyasi vazifalari;
rejalashtirilgan vaqtning 1% (4daqiqaga yaqini)- V-kategoriyasi vazifalari;
tegishli tuzatishlar kiritish. Oʻzining vaqtinchalik rejasini A kategoriyali vazifalarni hal qilishga qarata turib, B va V kategoriyalarining muhimsizroq vazifalarni hal qilishga ularning miqdoriga mos keladigan vaqtni ajratish kerak;
185
B va V kategoriyalari vazifalarini ularni boshqalarga topshirish imkoniyatlari nuqtai nazaridan baholash zarur.
Shunga e’tiborni qaratish kerakki, V kategoriyasi vazifalari keraksiz boʻlmadalar, chunki A va V koregoriyasi vazifalari bilan bir qatorda bajarilishi kerak boʻlgan koʻpgina dastlabki ishlar va mashaqqatli qoʻl mehnati mavjud.
Menejer tomonidan ustivorliklar haqidagi qarorlarni qabul qilinishi- shaxsiy, sub’ektiv jarayondir. Ammo uni hal qilinishi doimiy ma’lumotlarga asoslanishi kerak.
A-kategoriyali vazifalarni rejalashtirish va aniqlashda menejer quyidagi savollarga javob berishi kerak:
-qaysi vazifalarni bajarilishi tufayli u asosiy maqsadlarini baja- rilishiga koʻproq darajada yaqinlashadi;
-u bitta yagona vazifani bajarish yoʻli bilan birdaniga bir necha boshqalarni bajarishi mumkin;
-qaysi vazifalarni bajarilishi kattaroq foyda keltiradi;
-kaysi vazifalarni bajarilmaganligi salbiy oqibatlarga ega boʻladi.
Haqiqitan ham muhim ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan vaqt koʻpincha shoshilinch, ammo unchalik muhim boʻlmagan ishlarga sarflanadi. Juda koʻp hollarda shunday vaziyat vujudga keladiki, unda rahbar qaysi ishga afzallik berish haqidagi qarorni tezroq qabul qilishi kerak. D. Eyzenxauerning qoidalariga koʻra
,ustivorliklar ishning shishilinchligi va muhimligi kabi mezonlar boʻyicha belgilanishi kerak.
Shoshilinchlik va muhimlikka koʻra quyidagilar ajratiladi:
shoshilinch- muhim ishlar. Ularga darhol kirishish va oʻzi bajarishi kerak:
shoshilinch - muhim boʻlmagan ishlar. Bu holda shoshilinchning “hokimligi” ostiga tushib qolgan va natijada faqat bu vazifalarni ular shoshilinch boʻlganliri uchun bajarish xavfi mavjud. Ammo ular judayam muhim boʻlmasalar, unda boshqalarga topshirilishlari kerak, chunki ularni bajarish uchun qandaydir alohidagi kasbiy sifatlar talab qilinmaydi;
shoshilinch boʻlmagan - muhim ishlar. Ular, qoidaga koʻra, kutib turishlari mumkin. Bu ishlar shoshilinchga aylangan va qisqa muddatlar ichida rahbar tomonidan bajarilishi kerak boʻlgan vaqtda kiyinchiliklar vujudga keladi. Shuning uchun ularning muhimligini qaytadan tekshirish va ularni bajarishni toʻliqligicha yoki qisman xodimlarga topshirish tavsiya etiladi;
shoshilinch boʻlmagan – muhim boʻlmagan ishlar. Qoidaga koʻra, bu ishlarga darhol kirishish yoki ularni qoʻl ostidagilarga topshirish shart emas. Shu ishlarning ba’zi birlarini arxivga yoki savatchaga joʻnatish zarur.
Shunday qilib, boshqaruv ishining unimdorligi va natijaligini ancha oshirish uchun menejer oʻz qoʻli ostidagilarni mehnatga undashi, ularga nafaqat muhim boʻlmagan (qoʻlda mashaqqat bilan bajariladigan) ishlarni topshirib, balki oʻzining javobgarligi sohasiga jalb qilishi kerak.
Qoʻl ostidagilarga vazifalarni hal qilish, oʻz vazifasi sohasidan ishlarni bajarishni topshirish menejerning muhim vazifasi boʻladi. Shu bilan bir vaqtda
186
topshirilgan ish uchun vakolatlar va javobgarlik ham topshirilishi kerak . Bunda rahbar topshirish mumkin boʻlmagan rahbarlik uchun javobgarlikka ega boʻladi.
Vakolatlarni topshirish uzoq muddatga ( uzoq yoki bosh topshirish) yoki cheklangan bir martali topshiriqlar (bir martali topshirish) bilan amalga oshiriladi.
Topshirishda xodimlarning oʻzlari oʻz ishini rejalashtirishlari, ustivorliklarni tanlab olishlari, uni bajarish usullarini belgilashlari, uning sifatini qachon va qanday tekshirishni hal qilishlari mumkin. Ular muammoning shaxsiy yechimlarini qidirib topganliklari yoki ular, rahbar- ning emas, balki guruhning boshqa a’zolari yordamida hal qilganliklari uchun ragʻbatlantiriladilar.
Rahbarda rahbarlik vazifasi ( A – kategoriyasi vazifalari)ni bajarish uchun boʻsh vaqt hosil boʻladi, xodimlarga esa oʻz qobiliyatini ochish uchun imkoniyat (motivatsiya) beriladi, shuning uchun topshirish ham rahbar va qoʻl ostidagilar uchun bir xilda foydalidir. Qoidaga koʻra, qoʻl ostidagilar rahbarning uslubini, agar u koʻp narsalarni topshirsa, ijobiy baholaydilar.
Xodimlarni topshirish jarayonida birgalikda ishtirok etishlari darajasi rahbarni oʻz vazifasini bajarishni bilishini aks ettiradi. Shu narsa ma’lumki, oʻz vakolatlarini muvaffaqiyatli topshiruvchi rahbar samarali menejmentni amaga oshiradi. Vakolatlarni topshirishni har kuni, iloji boricha koʻproq va ishchi vaziyat va xodimlar salohiyati qanchalik imkon bersa, hamda korxonani qayta tashkil qilinishi va tarkibiy qayta qurilishida, faoliyatning yangi sohalarini paydo boʻlishida,- buning ustiga nafaqat oʻzining qoʻli ostidagilarga emas, balki boshqa boʻlinmalar va servis xizmatlariga amalga oshirish tavsiya etiladi.
Menejer aniq topshiriqlarni topshirishida oʻziga berishi kerak boʻlgan quyidagi oltita yordamchi savollar mavjud:
Nima qilinishi kerak?
Buni kim qilishi kerak?
Nima uchun u qilishi kerak?
U qanday qilishi kerak?
Bu nimani yordamida qilishi kerak?
Buni qachon qilish kerak?
Vakolatlarni samarali topshirish mehnatni tegishli ravishda tashkil qilishni koʻzda tutadi: rahbar tomonidan vazifalarni topshirishni rejalashtirish va ularni bajarilishi va muddatlarga rioya qilinishi ustidan nazorat varaqalari yordamida nazorat qilish.
Boshqaruv faoliyatining natijaliligi uchun vaqtini ratsional sarflanishi nuqtai nazaridan menejer mehnat jarayonini tashkil qilinishi muhim ahamiyatga ega. Bu narsa uning mehnatini shartli uch qismga boʻlishni taqazo qiladi.
Bunga koʻra ish kunining tashkiliy tamoyillarini ham uchta guruhga boʻlish mumkin. Masalan, kunni boshlanishi qoidalari:
Kunni ijobiy kayfiyat bilan boshlang. Har kuni oʻzingizga quyidagi savolni bering: Qanday qilib bu kun meni oʻzimning maqsadlarimga etishtiradi?
Yana quyidagi jahatlarni ham oʻylab koʻrish zarur:
Bugun kim bilan uchrashish zarur?
187
Bugungi kun qanday qiyinchiliklar va muammolarni “tayyorlab qoʻyishi” mumkin, ularni qanday engib oʻtish mumkin?
Ishni iloji boricha bir xil vaqtda boshlang.
Kecha kechqurun tuzilgan oʻzingizning kunlik rejangizni, vazifalarning muhimligi va shishilinchligi darajasini baholab, qaytadan koʻrib chiqing va tuzatishlar kiriting.
Ishni gazetalar va xatlarni oʻqiishga qadar va iloji boricha hamkasblar va qoʻl ostidagilar ish kunlarini boshlagunlaricha, kunning eng muhim vazifalarini bajarishdan boshlang, chunki kun davomida siz joriy ishlar va har xil chalgʻitishlar bilan shunchalik band boʻlasizqi, eng muhim masalalarni bajarishga etarlicha vaqt ajratishingiz dargumon.
. Kunning rejasi, muddatlar va ustivorliklarni kotib bilan muvofiqlashtirib oling, u faoliyat uchun muvofiq sharoitlar yaratishda sizning sherigingiz boʻladi.
Kunning asosiy qismlarining qoidalari:
Ishga va rejalashtirishga tayyorlanish yoʻli bilan oʻzingizning shaxsiy ish vaqtingizni tejang.
Vazifani bajarish uchun qulay muddatlarni belgilang, hamda muqobil variantlarni toping.
Toʻsatdan paydo boʻlgan shoshilinch muammolarni hal qilishga chalgʻimang. Har bir tashkilotda koʻzda tutilmagan vaziyatlar vujudga keladi, ammo ularga chalgʻib ketish rejalashtirilgan muhim vazifalarni ba’zi bir vaqtga chetga surib qoʻyishga va buning oqibatida, vaqt va mablagʻlarni qoʻshimcha sarflanishiga olib keladi.
Rejalashtirilmagan beixtiyor harakatlardan qoching. Agar siz ish vaqtida qandaydir boshqa narsani qilishni istab qolsangiz, masalan, kimgadir qoʻngʻiroq qilishni, bu narsa sizni joriy ishingizga halaqit beradimi yoki yoʻqmi, oʻylab koʻring. Agar vazifalarni bajarishda sizda shoʻ’baiqarli gʻoya yoki muhim axborot paydo boʻlsa, uni qisqacha yozib qoʻying va unga keyinroq murojaat qiling.
. Muntazam ravishda (1 soat ishlagandan keyin) qisqacha (10 daqiqadan koʻp boʻlmagan) tanaffuslar kiling. Tanaffusga dam olish vaqtidagi energiyani toʻplash sifatida qarang.
Kichikroq bir turli vazifalarni ishchi bloklariga birlashtiring. Jarayonning uzliksizligi tufayli vaqt tejaladi.
Boshlangan ishni oxirigacha etkazishga harakat qiling. Asosiy ishdan chalgʻishga ancha vaqt sarflanadi, chunki unga qaytishda bir marta qilib boʻlganlarni yana takrorlashga toʻgʻri keladi.
Kutishlar va “boʻsh yurishlar”dan tashkil boʻlgan vaqtning rejalashtirilmagan oraliqlari, hamda tushlik tanaffus va ish kuni oxiridan oldingi soʻnggi daqiqalardan tayyorgarlik, rejaviy yoki qoʻldagi mashaqqatli faoliyat uchun foydalaning.
Davrga qarshi ishlang. Eng muhim rejalashtirilgan vazifalarni tinchroq tushlikkacha boʻlgan vaqtda, ya’ni boshqa xodimlarda faoliyat avjiga chiqqan va ishdagi keskinlik choʻqqiga etgan davrga qadar bajaring. Bunda “notinch” davrdan B-kotegoriyali vazifalarni bajarish uchun foydalaning.
188
Muhim ishlarni bajarish uchun sizga hech kim halaqit bera olmaydigan bir tinch yoki aniq soatni zaxira qilib qoldiring.
Oʻzingiz uchun vaqt (1 soat)ni belgilang, undan oʻzingizning kunlik rejangizga kiritilgan va uzoq muddatli xarakterga ega muhim, ammo shoshilinch boʻlmagan ishlar, masalan malakani oshirish uchun foydalaning.
Vaqt va rejalarni nazorat qiling, hamda oʻzingizning kunlik rejalaringizni ularni bajarilishi, yangi ustivorliklarni belgilanishi nuqtai nazaridan koʻp martalab qaytadan tekshiring.
Ish kuning yakunlash qoidalari :
Ishning natijalarini nazorat qiling, ya’ni koʻplik rejada moʻljallanganni haqiqiy bajarilgan bilan qoʻyilgan maqsadlar va ulardan chetga chiqishlarni hisobga olish bilan solishtiring.
Keyingi kunga rejani vaqt kundaligidan foydalanish bilan oldingi kuni kechqurun tuzing.
Uyingizga yaxshi kayfiyat bilan joʻnang. Hayotning ijobiy tarzdagi ma’nosida har bir kun qanday sifat boylikka egaligini his qilish muhimdir.
Bu qoidalar kunlik rejani tuzish uchun ishga undovchi boʻlib xizmat qilishlari kerak.
Yana shuni hisobga olish kerakki, odamning ishlash qobiliyati ma’lum oʻzgarishlarga moyildir. Uning kun davomidagi oʻrtacha statistik oʻzgarishlarini 4-rasmda tasvirlangan egri chiziq koʻrinishida tassavvur qilish mumkin
Ishlash qobiliyati
Rasmdan koʻrinishicha:
8 9 10 11 12 13 14 1 16 17 18 19
Sutkaning vaqtlari
Do'stlaringiz bilan baham: |