Ilmiy tadqiqot ishining III bosqichi (3-semestr)
Magistrant ilmiy faoliyatning III bosqichida dastlab belgilangan dastur asosida tajribalar, sinovlar, kuzatuv ishlari, tadqiqotning boshqa turlari aniq rejaga binoan standart yoki nostandart usulda o‘tkazilganligi bayon etiladi. Dastlabki natijalarni qayta ishlash, standart yoki nostandart usullarda matematik statistika qoidalariga rioya qilinib, kompyuterda bajarilishi tavsiya etiladi.
Olingan natijalarning ishonchlilik darajasi matematik statistika mezonlari bilan kafolatlanadi. Omillar va natijalar orasidagi bog‘lanish qonuniyatlari klassik usullardan yoki kompyuter dasturlaridan foydalanib aniqlanadi va eksperimental (tajriba) natijalari nazariy qonuniyatlar bilan taqqoslanib, tahlil qilinadi. Ular asosida o‘rganilayotgan ob’ekt, jarayon, mahsulot sifati, uslubiyatlar bo‘yicha xulosalar chiqariladi. Natijalar grafik va jadvallar ko‘rinishida davlat standartlari talablari va qoidalariga rioya etgan holda rasmiylashtiriladi.
Magistrant ilmiy tadqiqot ishining III bosqichida dissertatsiya ishining olingan natijalari va ularning muhokamasiga bag‘ishlangan bobida: tadqiqot natijalarini tahlil qilish; tadqiqot jarayonlarini izohlash; eksperimental qurilma, texnologik sxemalarni taklif etish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
Ikkinchi bosqich magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot ishini baholash
mezonlari1 (3- semestr)
№
|
Bajariladigan ishning mazmuni
|
Maksimal
|
|
|
ball1
|
1.
|
Mavzu bo‘yicha tajriba-sinov ishlarining dastur asosida
o‘tkazilganligi va natijalarning rasmiylashtirilganligi
|
10
|
2.
|
Tadqiqot metodikasi va ishning amaliy qismi bayoni
|
|
3.
|
Ilmiy-uslubiy xulosalarning shakllantirilganligi
|
10
|
4.
|
Ilmiy rahbar bilan olingan natijalar yuzasidan uslubiy
tavsiyalarning ishlab chiqilganligi
|
10
|
5.
|
Magistrlik dissertatsiyasining II bobi uchun materiallarning
tayyorlanganligi va yozma variantini ilmiy rahbarga taqdim etganligi
|
10
|
6.
|
Ilmiy tadqiqot ishini olib borishda vazifalarni hal etishga
mustaqil yondashuvi, plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, shuningdek yolg‘on sitatalar keltirishga yo‘l qo‘yilmaganligi
|
10
|
7.
|
Magistrantning kalendar ish rejasida ko‘rsatilgan vazifalarni
belgilangan vaqtda bajarilganligi
|
10
|
8.
|
Mavzu bo‘yicha xorijiy, mahalliy jurnallarda, xalqaro va
respublika konferensiya to‘plamlarida 1ta ilmiy maqola yoki tezis chop etilganligi
|
10
|
9.
|
O‘quv yilining uchinchi semestri davomida amalga oshirilgan
ishlar yuzasidan hisobot tayyorlash va kafedraga himoyaga uchun taqdim etganligi uchun
|
10
|
10.
|
Bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotning sifati, kafedrada
muhokama qilinganligi va baholanganligi haqidagi yig‘ilish bayonnomasidan ko‘chirmaning mavjudligi
|
10
|
Жами:
|
100
|
1 Ilmiy tadqiqot ishi bo‘yicha yakuniy baho Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 15 yanvardagi 30-son
qarori 7-ilovasida keltirilgan “Baholarni konvertasiya qilish jadvali” asosida aniqlanadi.
Talabaning ilmiy faoliyati III bosqichida amalga oshirilgan ishlari semestr davomida har oyda kafedra yig‘ilishida muhokama qilinadi. Kafedra yig‘ilishi qaroriga binoan barcha magistratura talabalari semestr yakunida ilmiy tadqiqot ishining III bosqichi natijalari bo‘yicha magistratura bo‘limi tomonidan talaba va uning ilmiy rahbari (ilmiy maslahatchi), kafedra mudiri ishtirokida ommaviy tarzda hisoboti eshitilib, attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Attestatsiyadan o‘tmagan magistrantlarga yo‘l qo‘ygan kamchiliklari yuzasidan ko‘rsatmalar beriladi. Ularning rahbarlari yoki ilmiy maslahatchilariga qo‘shimcha maslahat soatlari belgilanadi. Kamchiliklarni bartaraf etgan magistrantlarni magistratura bo‘limi tomonidan talaba va uning ilmiy rahbari (ilmiy maslahatchi), kafedra mudiri ishtirokida qayta attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |