Korporativ boshqaruvda kuzatuv kengashi, ijroiya organiya va nazorat organlarining belgilangan tartibda hisobot berib borishlari qaysi prinsipdan kelib chiqadi?
hisobdorlik prinsipi;
shaffoflik prinsipi;
adolatlilik prinsipi;
axborotlarni oshkor etish prinsipi.
Axborotlarni oshkor qilish manfaatdor shaxslar uchun qanday imkoniyat yaratadi?
korporativ tuzilma faoliyati bilan bog‘liq axborotlarni erkin foydalanish;
tijorat sirini boshqalarga sotish;
boshqalarga hisob berish;
korporativ tuzilma faoliyatiga doir maxfiy ma’lumotlardan erkin foydalanish.
Aksiyadorlik jamiyatlarida “Axborot siyosati to‘g‘risida”gi nizom aynan qaysi jihatlarni tartibga soladi?
axborotlar bilan ishlashni tashkil etish, ularni oshkor qilish tartibini belgilash;
axborotlarning maxfiylik va ochiqlik darajasini belgilash;
xizmat doirasida foydalaniladigan axborotlarni belgilab qo‘yish;
aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga doir axborotlarni so‘rab olish tartibini belgilaydi.
Aksiyadorlar, investorlar, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, shuningdek boshqa manfaatdor shaxslarning kompaniya va uning faoliyati to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlarga bo‘lgan talabini qondirish orqali kompaniya faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash qanday maqsad hisoblanadi?
axborot siyosatining maqsadi;
aksiyadorlik jamiyatining bosh maqsadi;
kuzatuv kengashining bosh maqsadi;
moliyaviy ta’minotning bosh maqsadi.
Qaysi javobda axborotlar siyosatining asosiy prinsiplari keltirilgan?
doimiylik, tezkorlik, qulaylilik, to‘liqlilik, teng huquqlilik, tenglik, axborot resurslarining himoyalanganligi;
Aksiyadorlik jamiyati faoliyati to‘g‘risida tarqatilayotgan axborotlar guruhlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang?
majburiy, qo‘shimcha va erkin oshkor etiladigan axborotlar;
maxfiy va xizmat doirasida foydalaniladigan axborotlar;
ixtiyoriy va majburiy tarqatiladigan axborotlar;
tijorat siri, maxfiy hamda umumfoydalanishdagi axborotlar.
Korporativ avxborotlar yagona portali vevsayti:
www.openinfo.uz;
www.uzse.uz;
www.csm.gov.uz;
www.gkk.uz .
Axborotlar oshkoraligini ta’minlash maqsadida aksiyadorlik jamiyatlari korporativ veb-saytlarida e’lon qilinadigan axborotlar qaysi qonunchilik hujjati bilan tartibga solinadi?
Vazirlar mahkamasining “Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2014 yil 2 iyuldagi qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.04.2015 yildagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №PF-4720 sonli farmoni;
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.12.2015 yildagi №PQ-2455 sonli qaroria;
Qimmatli qog‘ozlar bozori emitenti sifatida aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan e’lon qilinadigan muhim faktlar soni nechta?
37 ta;
107 ta;
77 ta;
1 ta.
Qimmatli qog‘ozlar bozori emitenti sifatida aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan e’lon qilinadigan 32-muhim faktning mazmuni nimadan iborat?
qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlarni hisoblash;
dividend va foizlar to‘lash;
qimmatli qog‘ozlarni qaytarib sotib olish;
Qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini to‘xtatib turilishi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori emitenti sifatida aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan e’lon qilinadigan 1-muhim faktning mazmuni nimadan iborat?
nom o‘zgarishi;
qayta tashkil etilganligi;
faoliyatning tugatilganligi;
faoliyatning qayta tiklanganligi.
Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining 20 foiz va undan ortiq qismini tashkil etuvchi qismini sotib olgan aksiya egasi haqida axborotni oshkor qilish tartibi qaysi javobda berilgan?
aksiyador tomonidan mustaqil ravishda respublika gazetasi yoki fond birjasining rasmiy veb-saytida;
aksiyadorlik jamiyati xabarnomasida jamiyat tomonidan;
korporativ axborotlar portalida birja tomonidan;
bu haqda axborotlarni oshkor qilish talab etilmaydi.