Oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Aksiyadorlik jamiyatlarining afzalliklari va kamchiliklari



Download 1,4 Mb.
bet19/159
Sana29.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#415864
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   159
Bog'liq
Ro`yxatga olindi №

Aksiyadorlik jamiyatlarining afzalliklari va kamchiliklari


Aksiyadorlik kompaniyalari faoliyatining rivojlanib borishi mulkdorlar (aksiyadorlar)ning guruhlanishiga olib keldi. Bunda biznesga boshqa mulkdorlar aralashuvining oldini olish maqsadida yopiq tarzda aksiyadorlar guruhining amal qilishi natijasida yopiq aksiyadorlik kompaniyalari shakllandi. Aksiyalar oldi- sotdisi orqali daromad olish imkoniyatining yuzaga kelishi esa ochiq aksiyadorlik kompaniyalari faoliyatiga asos bo‘lib xizmat qildi va bunda kompaniyaning o‘zi ham qo‘shimcha aksiyalar joylashtirish orqali qo‘shimcha moliyaviy resurslar jalb qilish imkoniyati tug‘ildi.
Umumiy holda aksiyadorlik jamiyatlarining afzalliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
Birinchidan, aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalar chiqarish orqali qisqa muddatda katta miqdorda pul mablag‘lari jalb qilish va bu o‘z navbatida keng ko‘lamli biznes faoliyatini yuritish imkonini beradi. Bunda ustav kapitali va aksiyadorlar soni bo‘yicha yuqori chegaralar mavjud emasligi ham cheklanmagan sonda aksiyadorlar birlashuviga imkon berishini alohida qayd etib o‘tish lozim.
Ikkinchidan, aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan katta miqdorda kapital jalb qilinishi o‘z navbatida fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini keng miqyosda joriy etish imkonini beradi.
Uchinchidan, aksiyadorlik jamiyatlari bir birlik mahsulotga xarajatlarni pasaytirish, xomashyo va materiallarning yirik zahirasiga egalik qilish, qulay shartlarda (foizlarda) qisqa va uzoq muddatli kreditlar jalb qilish, keng ko‘lamli difersifikatsiyalangan innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha keng imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
To‘rtinchidan, bozor ishtirokchilari uchun aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining ochiqligi aksiyalar chiqarish bilan birga turli qarz munosabatini anglatuvchi qimmatli qog‘ozlar chiqarish orqali ham kapital jalb qilish imkoniyatini taqdim etadi.
Beshinchidan, aksiyadorlik jamiyatlarining mulki to‘liqligicha aksiyadorlar mulkidan ajratilgan. Aksiyador o‘zi uchun ma’qul risk darajasini o‘zi belgilaydi va bankrotlik holatida aksiyaga kiritgan kapitalini yo‘qotadi.
Oltinchidan, istalgan aksiyadorning jamiyatdan chiqishi, aksiyadorlik jamiyati faoliyatining to‘xtatilishiga olib kelmaydi, shuning uchun tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning boshqa shakllariga nisbatan taqqoslaganda faolit davomiyligi uzoq hamda chegaralanmagan bo‘ladi.
Ettinchidan, birlashgan kapitalni boshqarish professional asosda amalga oshiriladi.
Bizga ma’lumki, rivojlangan bozorlarga ega davlatlar kompaniyalar aksiyadorlik kapitaliga mablag‘lar jalb qilish imkonini beruvchi yuqori darajadagi ichki investitsion imkoniyatlar va infratuzilmaga ega hisoblanadi. Shunday bo‘lsada, G‘arbiy Evropada aksariyat xususiy mulkdorlar (xususiy kompaniyalar) aksiyalarni ochiq joylashtirishga intilmaydilar. Bunga sabab aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati bilan bog‘liq kamchiliklardir. Umumiy holda aksiyadorlik jamiyatlarining kamchiliklari sifatida quyidagi jihatlarni keltirish mumkin:
Birinchidan, kapitalning haddan tashqari markazlashuvi aksiyadorlik jamiyatlarining tarmoq bozorlaridagi iqtisodiy ustunligi kuchayishini keltirib chiqaradi va ularning monopollashuvi salbiy oqibatlarga olib keladi. Kompaniyalar tez-tez mayda raqobatchilarni bozordan chiqarish maqsadida bosim o‘tkazishga intiladi, shuningdek o‘zning bozordagi ustunligini suiiste’mol qiladi. Bu jihat kichik biznesning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ikkinchidan, aksiyadorlik jamiyatining ochiqligi va shaffofligi, barcha moliyaviy hisobotlarni e’lon qilishga majburligi uning raqobatbardoshligini saqlab qolish uchun sezilarli darajada yuqori kuch talab qiladi.
Uchinchidan, kapitalga egalik qilishning boshqaruvdan ajratilishi mulkdorlar tomonidan yollanma menejment ustidan samarali nazoratni ta’minlash zarurati bilan bog‘liq risklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Professional boshqaruv tez-tez mulkdorlar boyligi va aksiya kursiga ta’sir etuvchi nizolarga olib keladi. Bosh menejerlarning o‘z boyligini oshirish maqsadida yuqori riskli operatsiyalarni amalga oshirishi, ba’zida o‘z mansabini suiiste’mol qilishi (masalan, qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq firibgarliklar) va boshqa holatlar inqirozli holatlarga olib keladi.
To‘rtinchidan, mayda va o‘rta darajadagi aksiyadorlar odatda ta’sirli nazoratni amalga oshirish uchun zarur va etarli darajada axborotga ega bo‘la olmaydi. Mayda investorlarning manfaatlari qanoatlantirilmasdan qolish holatlari ko‘p uchrab turadi.
Beshinchidan, aksiyadorlik jamiyatlarida qaror qabul jarayoni murakkab hisoblanadi. Strategik masalalar bo‘yicha ijroiya organ direktorlar kengashi va aksiyadorlarning roziligini olishi lozim, buning uchun esa umumiy yig‘ilish chaqirish talab etiladi.
Oltinchidan, kompaniya aksiyalarining erkin muomalasi uning boshqa kompaniyalar tomonidan qo‘shib olinishi yoki uning ustidan nazoratning almashinuviga imkoniyat yaratadi.
Ettinchidan, ochiq bozorga chiqish katta miqdordagi xarajatlarni talab qiladi. Aksiyalarni birlamchi ochiq joylashtirish (IPO) to‘g‘risida qaror qabul qilish vaqtida kompaniya operatsiyani o‘tkazish rejalashtirilayotgan birjaning barcha listing talablarini o‘rganishi shart.
Sakkizinchidan, aksiyadorlik jamiyatlarida foydani ikki marta soliqqa tortish kuzatiladi. Ya’ni hisobot davrida erishilgan foydadan yuridik shaxslar foyda solig‘i (rivojlangan davlatlarda korporativ soliq) undiriladi. Shuningdek soliqlar
to‘langandan keyingi foyda aksiyadorlar o‘rtasida dividend tarzida taqsimlanganda ikkinchi marta soliqqa tortiladi. Mazkur jihat jahon amaliyotida aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatidagi o‘ziga xos kamchilik sifatida tilga olinadi.



    1. Download 1,4 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish