Tashkiliy-huquqiy shaklni o‘zgartirish, boshqa korporativ tuzilmalar bilan o‘zaro birlashish, qo‘shib olish yoki ajralib chiqish amaliyotlari aksiyadorlik jamiyatlarida umumiy holda qanday nomlanadi?
qayta tashkil etish;
korporativ birlashish;
korporativ o‘zgarish;
korporativ tugatilish.
Aksiyadorlik jamiyatlari qayta tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran necha kundan kechiktirmay o‘z kreditorlarini bu haqda yozma shaklda xabardor etishi shart?
30 kundan;
30 ish kunidan;
7 ish kunidan;
60 kundan;
Yuridik shaxslar qo‘shib yuborilgan taqdirda ularning har biriga tegishli barcha huquq va majburiyatlar topshirish dalolatnomasiga muvofiq kimga o‘tadi.
yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga;
tugatuvchiga;
qo‘shib yuborilgan yuridik shaxslar mulkdorlariga;
ro‘yxatdan chiqaruvchi davlat organiga.
Bir yoki bir nechta yuridik shaxs faoliyatini tugatib, ularning huquq va majburiyatlarini boshqa yuridik shaxsga o‘tkazish nima deb e’tirof etiladi?
jamiyatni qo‘shib olish;
ajratib chiqarish;
jamiyatni tugatish;
jamiyatni bo‘lish.
Qo‘shib olish amaliyoti qanday hujjat asosida amalga oshiriladi?
qo‘shib olish to‘g‘risida shartnoma;
ta’sis shartnomasi;
qo‘shib olinayotgan sub’ektni tugatish shartnomasi;
hamkorlik shartnomasi.
Qo‘shib olish tartibi va shartlari, shuningdek qo‘shib olinayotgan jamiyatning aksiyalarini (ulushlarini) qo‘shib olayotgan jamiyatning aksiyalari va (yoki) ulushiga ayirboshlash tartibi qaysi hujjatda belgilab qo‘yiladi?
qo‘shib olish to‘g‘risida shartnomada;
yangi ustavda;
qo‘shib olinayotgan sub’ektni tugatish shartnomasida;
qo‘shma hamkorlik shartnomasida.
Bir yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qo‘shib olinayotganda qo‘shib olinayotgan yuridik shaxsning barcha huquq va majburiyatlari qaysi hujjatga muvofiq qo‘shib olayotgan yuridik shaxsga o‘tadi?
topshirish dalolatnomasiga;
qo‘shib olish to‘g‘risidagi shartnomaga;
qo‘shma yig‘ilish qaroriga;
yangi ustavga.
Jamiyat faoliyatini uning huquq va majburiyatlarini tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga o‘tkazgan holda tugatish nima deb e’tirof etiladi?
jamiyatni bo‘lish;
jamiyatni tugatish;
ajratib chiqarish;
nazoratdan chiqish.
O‘zbekiston amaliyotiga ko‘ra tovar bozorida faoliyat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarning o‘zaro birlashuviga qanday holatlarda monopoliyaga qarshi organ roziligi talab etiladi?
oxirgi kalendar yilda tovarlarni sotishdan jami tushumi EKOIHning yuz ming baravaridan ortiq bo‘lsa;
ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati 450 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lsa;
ishtirok etayotganlar aktivlarining jami balans qiymati eng kam oylik ish haqining ellik ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa
ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati 25 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lsa.
O‘zbekiston amaliyotiga ko‘ra tijorat banklarining o‘zaro birlashuviga qanday holatlarda monopoliyaga qarshi organ roziligi talab etiladi?
o‘zaro birlashayotgan banklar aktivlarining jami balans qiymati 450 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lsa;
ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati 25 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lsa;
bitim qatnashchilaridan biri moliya bozorida ustun mavqeini egallab turgan bo‘lmasa;
O‘zbekiston amaliyotiga ko‘ra tijorat banklarining o‘zaro birlashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ jamiyat tugatilganligi haqidagi tegishli yozuvni faqat qaysi holatda kiritadi?
qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi bekor qilinganidan keyin;
tugatish to‘g‘risida bildirishnoma taqdim etilgandan so‘ng;
bankrotlik qo‘zg‘atilib, tugatish komissiyasi o‘z faoliyatini yakunlagach;
jamiyat mol-mulkining aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanishi yakunlangach.
Aksiyadorlik jamiyatlari tugatilishida chiqarilgan aksiyalar qaysi hujjatga asosan bekor qilingan hisoblanadi?
emission qimmatli qog‘ozlar yagona davlat reestri;