Oliy va o‘rta maxsus ta’lim


I bob. KORPORATIV BOSHQARUVNING NAZARIY ASOSLARI



Download 1,4 Mb.
bet5/159
Sana29.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#415864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159
Bog'liq
Ro`yxatga olindi №

I bob. KORPORATIV BOSHQARUVNING NAZARIY ASOSLARI





    1. Korporativ boshqaruvning mohiyati, maqsadi va vazifalari

Bugungi kunga kelib dunyo miqyosida keng qo‘llaniladigan tushunchalardan biri shak-shubhasiz korporativ boshqaruv tushunchasidir. “Korporativ boshqaruv oldindan mavjud, shuningdek ushbu atama yangi hamdir”3. Bunga korporativ boshqaruv organlari tomonidan faoliyati samarali tashkil etilib kelinayotgan yirik aksiyadorlik kompaniyalari, transmilliy korporatsiyalar va hokozolarning milliy va jahon iqtisodiyotidagi o‘rni sabab bo‘lmoqda. Shundan kelib chiqqan holda dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida, xususan mamlakatimizda ham korporativ boshqaruv tizimini samarali tashkil etish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilib kelinmoqda. Keltirilayotgan jihatlar sabab korporativ boshqaruvning iqtisodiy mohiyati, uning maqsad va vazifalarini to‘g‘ri anglash maqsadga muvofiq.
Korporativ boshqaruvning iqtisodiy mohiyati uzoq yillardan buyon o‘rganib kelinmoqda va bu borada tadqiqotchilarning fikrlari xilma-xilligiga guvoh bo‘lish mumkin.
Masalan M.Xamidulin esa “Korporativ boshqaruv – korporatsiya mulkdorlarining korporatsiya kapitalini shakllantirishga, undan foyda olish maqsadida yanada samarali foydalanishga hamda olingan daromadlarni korporativ munosabatlarning barcha ishtirokchilari o‘rtasida adolatli taqsimlashga qaratilgan strategik muhim qarorlarni belgilash, ta’riflash va qabul qilishga doimiy va real ta’sirini ta’minlashdagi ongli, bevosita ishtirokidir”4, deb izohlaydi. Tashkiliy huquqiy shakl sifatida korporatsiyalar barcha mamlakatlarda, jumladan O‘zbekistonda qo‘llanilmaydi. Shu nuqtai nazardan korporatsiyalar, kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan jamiyatlari va boshqalarni umumlashtirgan holda korporativ tuzilma tushunchasi bilan ifodalaymiz.
A.Xoshimovning ta’kidlashicha “Korporativ boshqaruvning asosiy mazmuni aksiyadorlik jamiyatining faoliyatiga jalb etilgan turli shaxslar manfaatlari muvozanatini o‘rnatishdan iborat”5. Mazkur izohda korporativ boshqaruv faqatgina aksiyadorlik jamiyatlari bilan bog‘langan. Vaholanki korporativ boshqaruv yirik mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda ham joriy etilishi mumkin.
D.Suyunov tomonidan “Korporativ boshqaruv – bu mulk shaklidan qat’iy nazar amaldagi huquqiy-me’yorlarga asoslanib, boshqaruvning ma’lum bir tamoyillari asosida korxona maqsadiga erishish uchun amalga oshiriluvchi faoliyat majmuidir”6, deya berilgan ta’rif korporativ boshqaruvning mohiyatini nisbatan to‘liqroq ochib berilgan.
Bob Trikker esa korporativ boshqaruv tushunchasini operatsion, o‘zaro aloqadorlik, aksiyadorlar, moliyaviy-iqtisodiy va ijtimoiy nuqtai nazarlardan ta’riflaydi7.



3 Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 2012. – P. 4.
4 Хамидулин М.Б. Финансовые механизмы корпоративного управления. Монография. – Т.: Молия, 2008. –204 с. 5 Хашимов А.А. Ўзбекистонда интеграциялашган корпоратив тузилмаларни бошқариш методологиясини такомиллаштириш.: Иқтисод фанлари доктори илмий даражаси учун дисс.иши. – Т.: 2007. – 338 б.
6 Суюнов Д. Корпоратив бошқарув механизми: муаммо ва ечимлар. Монография. – Т.: Академия, 2007. – 319 б.
7 Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 2012. – P. 29-31.
Xususan, operatsion nuqtai nazardan korporativ boshqaruvga kompaniyalar boshqariladigan va nazorat qilinadigan tizim sifatida qaraladi va bunda direktorlar kengashi kompaniyani boshqarishga mas’ul hisoblanadi. Boshqaruvda aksiyadorlarning roli esa direktorlar va auditorlarni tayinlash va o‘z manfaatlarini qanoatlantiradigan darajada boshqaruv tarkibini shakllantirishdan iborat.
O‘zaro aloqadorlik nuqtai nazaridan esa korporativ boshqaruv tuzilmasi tashkilotdagi turli xil ishtirokchilar o‘rtasidagi huquq va majburiyatlar taqsimotini belgilab beradi. Bunda aksiyadorlar, kengash a’zolari, menejerlar va boshqa hissadorlar o‘rtasida qaror qabul qilishdagi jarayonlar va tartiblar belgilab beriladi.
Aksiyadorlar nuqtai nazaridan korporativ boshqaruv kengash faoliyati hamda uning aksiyadorlar, menejerlar, tashqi auditorlar va boshqalar bilan aloqadorligini nazarda tutadi. Korporativ boshqaruv kompaniyaning ta’sischilar (aksiyadorlar) oldidagi javobgarligi va huquqlarini ifodalovchi jarayon sifatida ifodalanadi.
Moliyaviy-iqtisodiy nuqtai nazardan korporativ boshqaruv kompaniyaning moliyaviy ta’minotchilari va ularning mablag‘lari qaytib kelishi o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Bunda egalik huquqi va investorlar huquqlari himoyasiga alohida e’tibor qaratiladi.
Ijtimoiy nuqtai nazardan korporativ boshqaruv ijtimoiy va iqtisodiy hamda jamoa va individual maqsadlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash bilan izohlanadi.
Korporativ boshqaruvning asosiy maqsadi – past qiymatda investitsiyalar jalb qilish, aksiyadorlarga to‘lanadigan dividendlarni maksimallashtirish, kompaniyaning bozordagi ulushi va kapitallashuv darajasini oshirib borishdir. Shuningdek umumiylik nuqtai nazaridan korporativ boshqaruvning maqsadini korporativ tuzilma mulkidan samarali foydalanish ustidan mulkdorlarning nazorati hamda istiqbolni belgilab berishi sifatida ham ifodalash mumkin.
Korporativ boshqaruvning asosiy vazifalari esa quyidagilardir:

  • korporativ tuzilma joriy moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilib borish;

  • aksiyadorlar (shu jumladan minoritar aksiyadorlar) huquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaftlarini ta’minlash;

  • aksiyadorlik jamiyatlari investitsion jozibadorligini oshirib borish orqali biznes qiymatini maksimallashtirish;

  • rivojlanish strategiyalarini belgilash va ularni amalga oshirib borish ustidan nazorat o‘rnatish va boshqalar.




    1. Download 1,4 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish