Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini tashkil etish va o‘tkazishning amaldagi holati
Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan o‘tkazilgan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bilan yaqindan tanishish maqsadida O‘zsanoatqurilishbank aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlarining 2017 yil 28 aprelda o‘tkazilgan navbatdagi hisobot umumiy yig‘ilishi bayonnomasi bilan tanishib chiqamiz28.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bankning bosh binosi manzilida 2017 yil 28 aprelda soat 11.00 dan 13.00 ga qadar o‘tkazilgan.
Yig‘ilishni Bank Kengashi a’zosi – A.Kamalov ochdi.
Bank Kengashi tomonidan 2017 yil 5 aprelda O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Ustaviga binoan, Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda umumiy yig‘ilish o‘tkazish to‘g‘risidagi xabar Bankning rasmiy veb-saytida joylashtirildi, “Birja” iqtisodiy gazetasining 2017 yil 6 apreldagi sonida e’lon qilindi hamda aksiyadorlarning elektron pochta manziliga yuborilgan.
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 61-moddasiga hamda Bank Kengashining qaroriga binoan, Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxatini tuzish sanasi 2017 yil 24 aprel deb belgilangan.
Aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishining vakolatli ekanligi (kvorum to‘planganligi) bo‘yicha so‘z Sanoq komissiyasining raisi - Azizxon Nodirovga berildi. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB aksiyadorlarining reestriga ko‘ra, 2017 yil
24 aprel holatiga Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxatiga jami 204 365 135 (ikki yuz to‘rt million uch yuz oltmish besh ming bir yuz o‘ttiz besh) dona oddiy aksiyalar egasi bo‘lgan 5 250 (besh ming ikki yuz ellik) ta aksiyador kiritilgan.
Aksiyadorlar ro‘yxatining to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi va aksiyadorlar nomidan Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan vakillarning vakolatlari tasdiqlandi.
Sanoq komissiyasi raisi yig‘ilishda ishtirok etish uchun umumiy ovoz beruvchi aksiyalarning 177.456.421 (bir yuz etmish etti million to‘rt yuz ellik olti ming to‘rt yuz yigirma bir) dona yoki 86,8 foiziga egalik qiluvchi 18 (o‘n sakkiz) nafar aksiyador va aksiyadorlarning vakillari ro‘yxatdan o‘tganligi va Umumiy yig‘ilish vakolatli, ya’ni kvorum mavjudligini ma’lum qildi.
Sanoq komissiyasi bayonnomasi, aksiyadorlar va ularning vakillari ro‘yxati, Sanoq komissiyasi ma’lumoti matni ilova qilinadi.
Yig‘ilishga raislik qiluvchi Bank Kengashi a’zosi - A.Kamalov bank Aksiyadorlarining Umumiy yig‘ilishini ochiq deb e’lon qildi hamda yig‘ilishda
28 Ўзсаноатқурилишбанк АТБ расмий вебсайтидан олинди (http://www.uzpsb.uz/ru/node/2422).
bankning yirik aksiyadorlari Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi nomidan - Ijrochi direktor o‘rinbosari Sh.Vafaev, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari U.Muxtarov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ nomidan - boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari I.Subanov, “Uzneftmahsulot” AKnomidan - bosh buxgalter I.Abidov, boshqa aksiyadorlar va ularning vakillari hamda Bankning mas’ul xodimlari ishtirok etayotganligi to‘g‘risida xabar berdi.
Aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishining Ishchi organlari quyidagi tarkibda tuzildi:
Yig‘ilish hay’ati: A.Kamalov (Raislik qiluvchi), Sh.Vafaev, U.Muxtarov, I.Abidov, O.Almardanov.
Yig‘ilish kotibiyati: Z.Baymuradova, K.Xasanova
Sanoq komissiyasi: B.Anarkulov, D.Rasulev, A.Nodirov, Z.Bekova.
Aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishining kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
Bank Kengashi va Boshqaruvining yillik hisobotini, bankni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish;
Bank Taftish komissiyasining xulosasini eshitish;
Bankning 2016 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini tasdiqlash;
Bankda o‘tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini ko‘rib chiqish;
Bank foydasini taqsimlash;
Bank Kengashi a’zolarini saylash;
Bank Taftish komissiyasi a’zolarini saylash;
Bank Boshqaruvi Raisi va Boshqaruv a’zolari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini 1 (bir) yil muddatga uzaytirish;
Bank aksiyalarini maydalash;
Bankning e’lon qilingan aksiyalarining eng ko‘p miqdorini belgilash;
Bank Ustaviga o‘zgartirishlar kiritish;
Bankning tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish va qayta tasdiqlash.
Umumiy yig‘ilishni ish tartibi quyidagicha belgilab olindi:
Kun tartibiga kiritilgan masalalar buyicha hisobot va axborot berish, muzokaralarda so‘zga chiqish, ovoz berish uchun quyidagi reglament o‘rnatildi:
Bank Kengashi va Boshqaruvining yillik hisoboti bo‘yicha ma’ruzachiga – 20 daqiqagacha;
Taftish komissiyasining hisoboti bo‘yicha ma’ruzachiga – 20 daqiqagacha;
Ma’ruzalar bo‘yicha muhokamalar uchun – 35 daqiqagacha;
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ovoz berish uchun – 20 daqiqagacha.
Kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha ovoz berish tartibi ham belgilanib olindi.
Kun tartibidagi birinchi masala - «Bank Kengashi va Boshqaruvining yillik hisobotini, bankni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan
chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish» masalasi yuzasidan Bank Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari – O.Almardanov ma’ruza qildi (ilova etiladi).
Kun tartibidagi ikkinchi masala – «Bank Taftish komissiyasining xulosasini eshitish» masalasi bo‘yicha Taftish komissiyasi a’zosi – O.Xudoyberdiev ma’ruza qildi (ilova etiladi).
Kun tartibining qolgan masalari bo‘yicha yig‘ilishga raislik qiluvchi A.Kamalov batafsil to‘xtalib o‘tdi va tegishli tushuntirishlarni berdi.
Kun tartibiga kiritilgan masalalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha hamda kiritilgan takliflar va ovoz berish yakunlarini hisobga olgan holda, Aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishi - “O‘zsanoatqurilishbank” ATBni respublika iqtisodiyoti va bank tizimini isloh etish hamda milliy iqtisodiyotdagi islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha Hukumat qarorlarini bajarish yo‘lida barqaror faoliyat yuritayotganligini qayd etdi.
2016 yil yakunlari bo‘yicha “O‘zsanoatqurilishbank” ATB “Axbor-Reyting” milliy reyting kompaniyasining “uzA+” darajasidagi «Ijobiy» prognoz bilan yuqori raqobatbardoshlik reytingini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, bankning barqaror rivojlanib borayotganligi xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan ham tasdiqlanmoqda. Jahonda katta nufuzga ega “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB reytingini “B+” darajada “Barqaror” istiqboli bilan qayta tasdiqladi. Hisobot yilida yana bir nufuzli reyting agentligi “Standard&Poor’s” ham “O‘zsanoatqurilishbank” ATBga “B+” darajada “Barqaror” bo‘lgan xalqaro reytingini qayta tasdiqladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining iqtisodiyot real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish, oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantirish, bankning kapitallashuv darajasini yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalash bo‘yicha investitsion jarayonlardagi ishtirokini faollashtirish, bozor va bank infratuzilmasini kengaytirish, moliyaviy ko‘rsatkichlarni yanada yaxshilash, aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirishga qaratilgan qarorlar va dasturlarni bajarishda O‘zsanoatqurilishbankning faolligini oshirish maqsadida, kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqib, Bank Aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi tomonidan quyidagi qarorlar qabul qilingan: