mas’uliyati cheklangan jamiyat – bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan jamiyat;
milliy birlashishlar – bitta davlatda joylashgan kompaniyalarning o‘zaro birlashishi;
minoritar aksiyadorlar — aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etishi va ovoz berishi yig‘ilish kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ovoz berish natijalariga ta’sir o‘tkazmaydigan aksiyalar egalari;
moliya bozori – moliyaviy instrumentlar yordamida pul mablag‘lari oqimlarini investorlardan foydalanuvchilarga yo‘naltirishga xizmat qiluvchi barcha bozor institutlari majmui;
Do'stlaringiz bilan baham: |