Hozirgi vaqtda, xalqaro amaliyotda, monetar siyosatning taktik maqsadlari sifatida pul massasining o‟sish sur‟ati, milliy valyutaning nominal almashuv 11 Bureau of Economic Analysis, Eurostat sayti ma’lumotlari. 12 HYPERLINK "http://www.imf.org/" www.imf.org(2017 yilning III-choragi yakuni).
kursi, nominal foiz stavkasi va inflyatsiyaning maqsadli ko‟rsatkichidan foydalanilmoqda. Milliy valyutaning nominal almashuv kursidan monetar siyosatning taktik maqsadi sifatida foydalanish holati ko‟proq milliy valyutasining barqarorligini ta‟minlashdamuammolarmavjudbo‟lganmamlakatlardakuzatiladi.Shusababli,mazkurmamlakatlardahukumatvaMarkaziybanko‟zarokelishganholda,milliy valyutaning devalvatsiya bo‟lishiga yo‟l qo‟ymaslik yoki devalvatsiya sur‟atini pasaytirishga qaratilgan siyosatni olibboradilar. Mamlakatda to‟lov balansining joriy operatsiyalar bo‟limi bo‟yicha milliy valyutani xorijiy valyutalarga erkin konvertirlashni joriy etilishi milliy valyutaning nominal almashuv kursidan monetar siyosatning taktik maqsadi sifatida foydalanishni murakkablashtiradi. Buning sababi shundaki, XVF Nizomi VIII- moddasi bo‟yicha majburiyatlar qabul qilingandan so‟ng hukumat joriy valyuta operatsiyalaribo‟yichacheklovlarni joriyetishhuquqigaegabo‟lmaydi. Monetarizm pul-kredit kontseptsiyasining asoschisi M. Fridmen pul massasining o‟sish ko‟rsatkichini monetar siyosatning asosiy taktik maqsadi,deb hisoblaydi. M.Fridmen pullarga bo‟lgan talab funktsiyasi va xarajatlar funktsiyasini barqaror, deb hisoblaydi. Shu sababli, u pul massasini monetar siyosatning taktik maqsadi sifatida qabul qilish maqsadga muvofiq, degan xulosaga keldi. Monetarizm pul-kredit kontseptsiyasining asoschisi bo‟lgan M.Fridmen va uning izdoshlari Markaziy banklar faoliyatini tubdan isloh qilishni taklif qiladilar. Ularning fikriga ko‟ra, Markaziy bank hukumatning iqtisodiy siyosatini qo‟llab- quvatlashlari shart emas. Shu tufayli, ular Markaziy bank hukumat xarajatlarini moliyalashtirish jarayonida umuman ishtirok etmasliklari zarur, degan g‟oyani ilgari suradilar. M.Fridmen Markaziy bank tomonidan hukumat xarajatlarining moliyalashtirilishini pul muomalasini izdan chiqaruvchi omil, deb hisoblaydi. M. Fridmen, A.Shvarts bilan amalga oshirgan tahlillarining natijalariga asoslangan holda, Markaziy bank pul massasining barqaror o‟sishini ta‟minlashi
kerak, degan xulosaga keldi. Bu qat‟iy belgilangan qoidaga asosan amalga oshirilishi va aniq miqdorga ega bo‟lishi kerak edi. Germaniyada 1970 yildan e‟tiboran muomaladagi pul massasining o‟sish ko‟rsatkichimonetarsiyosatningindikatorisifatidaqo‟llanilaboshladi.Buesa,o‟z navbatida, milliy valyuta-doyche markaning nominal almashuv kursibarqarorligini XIX asrning 90-yillariga qadar barqarorlashtirish imkonini berdi. Bundesbank moliyaviy yil davomida muomaladagi pul massasini oldindan belgilangan o‟sish sur‟atlarini ta‟minlash choralarini ko‟radi. Xususan, tijorat banklari uchun trattalarni qayta hisobga olish kontingentini belgilashda pul massasining o‟sish sur‟ati bo‟yicha belgilangan maqsadli ko‟rsatkich hisobga olinadi. AQShda 1978 yildan boshlab, muomaladagi pul massasining barqaror o‟sish sur‟atlarinita‟minlashFZTningzimmasigayuklangan.Natijada,harbirmoliyaviy yil uchun M2 yoki M3 pul agregatining o‟sish sur‟ati belgilab olinadi. AQSh Kongressi FZTning faoliyatiga baho berishda pul massasining o‟sish ko‟rsatkichlarigaFZTtomonidanqaydarajadarioyaetilganliginihisobgaoladi. Taraqqiy etgan mamlakatlarning, xususan, AQSh va Yaponiya banklarining muomaladagi pul massasining o‟sish sur‟atini cheklash borasidagi tajribalari ko‟rsatdiki, ushbu tadbirning qo‟llanishi natijasida makroiqtisodiy o‟sish sur‟atlari sekinlashadi. Monetar siyosatning taktik maqsadlarini tanlashning asosiy shart- sharoitlaridan biri davlat byudjeti defitsitining mavjudligi va darajasidir. Davlat byudjeti defitsiti darajasining YaIMga nisbatan 3 foizdan yuqori bo‟lishi foiz me‟yorining oshishiga olib keladi. Natijada, baholar darajasiningo‟sishi yuz beradi. Bu esa, o‟z navbatida, investitsiyalar darajasini pasaytiradi va shuning asosida ishlab chiqarish real hajmining o‟sishi sekinlashadi. Bunday sharoitda uzoq muddatli davriy oraliqlarda pul massasi o‟sishining barqaror darajasining saqlab turilishi, baholar darajasini o‟sishi davom etayotgan sharoitda, pulmassasiningo‟sishsur‟atibilanishlabchiqarishrealhajmitabiiydarajasining o‟sishio‟rtasidagifarqningsaqlanibqolishigasababbo‟ladi.Bundaysharoitda
Markaziy bank davlat byudjeti defitsitining inflyatsiya jarayonlarini kuchayish omili sifatidagi ahamiyatiga barham berish maqsadida indikator sifatida baholar darajasining barqaror o‟sish ko‟rsatkichidan foydalanishga majbur bo‟ladi. Odatda, byudjet defitsitini o‟sishi oqibatlariga qarshi kurashishning maqbul yo‟li bo‟lib, muomaladagipulmassasinio‟sishsur‟atlarinijilovlashhisoblanadi.Ushbutaktik maqsad byudjet defitsiti bilan bog‟liq pulning aylanish tezligini oshishiga xizmat qiladi. Buning natijasida davlat byudjeti defitsitining nominal milliy daromadning o‟sishiga nisbatan yuzaga kelgan salbiy ta‟siriga barham beriladi. Lekin qisqa muddatli davriy oraliqlarda ishlab chiqarishning real hajmi va baholar darajasi o‟zgarmaydi. O‟zbekiston Respublikasida rasman pullar taklifini tartibga solish Markaziy bank monetar siyosatining taktik maqsadi hisoblanadi. O‟zbekiston Respublikasining «O‟zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‟g‟risida»gi qonunining 23-moddasiga asosan, respublikamiz Markaziy banki «pul massasi yillik o‟sish sur‟atining aniq maqsadli ko‟rsatkichlarini» belgilaydi13. Shuningdek, mamlakat hukumatining 2003 yil 4 fevraldagi 63-sonli «Pul-kredit ko‟rsatkichlarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish chora- tadbirlari to‟g‟risida»gi Qaroriga asosan, Markaziy bankka pul massasining o‟sishini nazorat qilish majburiyati yuklatilgan14. O‟zbekistonRespublikasiPrezidentining2005yil5avgustdagi147-Qaroriga asosan, O‟zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklarini, ularning Markaziybankdagivakillikhisobvaraqlaridagimablag‟lardoirasida,zarurhollarda O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitob-kassa markazlaridagi zaxira jamg‟armalaridan foydalangan holda naqd pul mablag‟lari bilan cheklanmagan miqdorda ta‟minlaydi hamda tijorat banklari bilan birgalikdatijorat banklarining filiallaridagi naqd pul zaxiralari hajmining eng kam miqdorini tasdiqlaydi hamda majburiy zaxiralar bo‟yicha talablarni hisob-kitobqilish
13O’zbekiston Respublikasi qonuni. O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida. - Toshkent: O’zbekiston, 2006. - B. 15. 14 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 fevraldagi 63-sonli “Pul-kredit ko’rsatkichlarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori. O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami. - Toshkent, 2003. - №3. - B. 29.
chog‟ida umuman bank bo‟yicha amaldagi zaxiralar summasini hisobga oladi. O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 27 martdagi PQ-822-sonli “Naqd pul mablag‟larini jalb qilish va unga bo‟lgan ehtiyojni ta‟minlash borasidagi qo‟shimcha chora-tadbirlar to‟g‟risida”gi Qaroriga muvofiq, O‟zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda 2008 yil 1 apreldan boshlab tijorat banklari va ularning filiallari kassalarida naqd pul zaxiralarining eng kam miqdorini banklar mijozlarining naqd pul mablag‟lariga bo‟lgan ikki kunlik ehtiyojlari darajasida belgilaydi. Bundan tashqari, banklarning aylanma kassa qoldiqlariga belgilangan limitdan oshgan pul mablag‟lari summasini naqd pul mablag‟lari zaxirasiga majburiy tarzda o‟tkazish talabiga tijorat banklari tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytirildi. O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi PQ-57-sonli “Naqd pul muomalasini takomillashtirish va bankdan tashqari aylanmani qisqartirish borasidagi qo‟shimcha chora-tadbirlar to‟g‟risida”gi Qaroriga asosan, naqd pul tushumi to‟liq hisobga olinishi va inkassatsiya qilinishi, qonun hujjatlarida ko‟zda tutilgan tartibda naqd pulga tovarlar sotadigan va xizmat ko‟rsatadiganxo‟jalikyurituvchisub‟ektlartomonidannazorat-kassamashinalari so‟zsizqo‟llanilishiustidansoliqnazoratimexanizmitakomillashtirildi. Bundan tashqari, ushbu Qarorga muvofiq:
aholi jamg‟armalari va xo‟jalik yurituvchi sub‟ektlarning bo‟sh pulmablag‟larini bank omonatlariga, ayniqsa muddatli depozitlarga jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
qonun hujjatlarida ko‟zda tutilgan barcha hollarda aholi depozitlaridan va xo‟jalikyurituvchisub‟ektlarninghisobvaraqlaridannaqdpullarnimonesizberish, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga muvofiq pul massasini boshqarish, naqd va naqdsiz pul hisob-kitoblari o‟rtasidagi farqlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish tizimini yaratish vazifasiqo‟yildi.