25
qo’shimcha ravishda ma’lumot saqlashning fizik darajasini oshirish uchun
hizmat qiladi. Simmetrik shifrlash algoritmlarining eng asosiy kamchiligi
quyidagidan iborat: ma’lumot almashinishdan avval ma’lumot
oluvchiga
mahfiy kalitni qandaydir qilib jo’natish kerak. Internet orqali kalitlarni
jo’natish juda havfli, shuning uchun kalitni “qo’ldan-qo’lga” disketada yoki
oddiy pochta orqali yoki kur’er hizmati vositasida jo’natiladi. Bu ishni bir
marta
amalga oshirish kifoya, shundan so’ng ma’lumotlarni istalgancha
shifrlab jo’natish mumkin. Ammo ekspertlarning fikricha, kalitlarni
imkoniyat bo’lsa, tez-tez almashtirib turgan ma’qul. Chunki, agarda kalit
biror bir yo’l bilan boshqalar qo’liga
tushib qolsa, endi xatlaringiz ochiq,
shifrlanmagan
xolda
ketishi
mumkin.
Simmetrik
algoritm
shaxsiy
komp’yuteringizdagi fayllarni o’zingiz uchun shifrlashda juda ham qulay.
Chunki agarda noutbokingiz yoki planshetingizni biror bir joyda qoldirib
ketsangiz yoki o’g’irlatib qo’ysangiz, uning ichidagi ma’lumotlarni
shifrlab
qo’yganligingiz tufayli, undagi ma’lumotlarni hech kimsa o’qiy olmaydi.
Bunda albatta mahfiy kalitni va kalit kodi yozilgan disketni ham nouytbuk
sumkasiga solib qo’ymagan bo’lsangiz, mahfiy ma’lumotlaringizni hech
kimsa o’qiy olmaydi. O’z komp’yuteringizdagi ma’lumotlarni shifrlab
qo’yishning bir necha xil usullari mavjud bo’lib, ularning ichidan
foydalanuvchi uchun bilinmaydigan “
shaffof
” shifrlash dasturlaridan
foydalanish tavsiya etiladi. Bunday programmalar komp’uterning mantiqiy
disklarini shifrlash uchun ishlatiladi. Agarda ularni bir martagina
komp’yuteringiz uchun sozlab qo’ysangiz, keyinchalik bunday programmalar
diskka yoziladigan barcha ma’lumotlarni avtomatik
ravishda shifrovka
qiladilar va diskdan o’qiladigan ma’lumotlarni ham avtomatik ravishda
deshifrovka qilish imkonini yaratadilar. Ya’ni ishlaringizni qulay, tez va
havfsiz amalga oshirasiz. Ba’zi vaqtlarda ma’lumotlarni internet orqali
simmetrik kodlashtirilib jo’natilishga mo’ljallangan
shifrlash algoritmlarini
tanlab olish ham maqsadga muvofiq bo’lishi mumkin. Agarda uzatiladigan
ma’lumotlar juda ham mahfiy bo’lsa, yuqori darajadagi mahfiylikni
26
ta’minlash uchun ushbu usulni qo’llash mumkin. Bunda yuqori darajadagi
mahfiylikka kalitlarning tarmoqli to’plamidan foydalanish orqali erishiladi.
Ya’ni, kalitlarning tarmoq to’plami matritsa ko’rinishida bo’ladi.
Matritsaning
har
bir
qatori
esa
shifrlash
tizimidagi
bittagina
foydalanuvchining kalitlari majmui bo’lib xizmat qiladi. Har bir foydalanuchi
bir qancha kalitlarga ega bo’lgani sababli, ma’lumotlarni o’g’irlamoqchi
bo’lgan shaxs barcha kalitlar to’plamini qo’lga kiritish imkoniyatiga ega
bo’la olmaydi.
Shifrlashning
ikkinchi
usulu
Do'stlaringiz bilan baham: