Оliy vа oʻrtа mахsus ta’lim vаzirligi tоshkеnt аrхitеkturа


Mehnat xavfsizligi tadbirlarini rejalash va moddiy ragʻbatlantirish



Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/77
Sana15.01.2022
Hajmi5,2 Mb.
#368583
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77
Bog'liq
hayot faoliyati xafvsizligi va mehnat muhofazasi fanidan mustaqil ish bajar

Mehnat xavfsizligi tadbirlarini rejalash va moddiy ragʻbatlantirish 
 
Mehnat  xavfsizligi  tadbirlarini  oldindan  rejalash,  qurilishda  mehnat 
muhofazasini boshqarishni asosiy vazifalaridan biri boʻlib, jamoa shartnomalarini 
tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Bunday  rejalar  qurilish  tashkilotlarida  odatda  uch 
pogʻonada  tuziladi,  ya’niy  inshoot  loyihalarini  tayyorlayotganda  va  qurilish 
jarayonida  hamda  yaqin  kelajakda  bajariladigan  ishlar  uchun  rejalar  tuziladi. 
Oxirgisini kompleks reja ham deyiladi. 
Rejalarda vazifalar va bajarilish muddatlari hamda moddiy xarajat manba’lari 
aniq  koʻrsatilgan  boʻlishi  kerak.  Yaqin  kelajakda  bajarilishi  moʻljllanadigan 
kompleks rejalarda aynan iqtisodiy va ijtimoiy zaruriyatlardan kelib chiqqan xolda, 
qurilishda atrof-muhitni yer, suv va havoni ifloslantirmaslik choralari, ishchilarni 
turmush  sharoitlarini  hamda  mehnat  qilish  uchun  barcha  sharoitlarini  yaratib 
berishga loyiq boʻlmogʻi shart. 


95 
 
Qurilish tashkilotlari tadbirlar rejasida asosan qurilishda zamonaviy targʻibot 
va uning bilan bogʻliq boʻlgan xavfsiz uskuna va dastgohlarni xarid qilish va ishlab 
chiqarishga  tadbiq  qilish,  ogʻir  ish  jarayonlarini  mexanizm  va  avtomatik 
moslamalar  yordamida  bajarishni  ta’minlash,  ish  joylarida  iqlim  sharoitini 
sanitariya  me’yorlari  talabi darajasida  tashkillashtirish, ya’niy  yoz  paytida  salqin 
xonalarda  dam  olish,  ovqatlanish,  yechinib-kiyinish  va  yuvinish,  hamda  qish 
mavsumida isinib olish va kiyimlarni quritish uchun maxsus issiq xonalarni joriy 
qilish,  har  bir  qurilish  tresti  qoshida  mehnat  xavfsizligi  burchaklarini,  koʻchma 
xolda mehnat xavfsizligi koʻrgazmasini tashkil qilish, ularni zarur boʻlgan asbob 
va  jihozlar  bilan  hamda  targʻibot  qoʻllanmalari  bilan  toʻla  ta’minlash  va  boshqa 
amalliy choralar kiritiladi. 
Xavfsizlik  tadbirlari  bajarilish  muddatiga  qarab  yana  ikki  toifaga  boʻlinadi, 
birinchnsn kundalik tadbirlar, ya’niy ish boshlanishi oldidan bajarnladigan va qisqa 
vaqt  ichida  ayni  shu  ishga  taalluqli  boʻlgan  tadbirlar  boʻlsa,  ikkinchisi  esa  uzoq 
muddatta moʻljallanib kelajakdagi koʻplab qurilishlarda takrorlanib qoʻllaniladigan 
maxsus tadbirlardir. 
Birinchi turdagi tadbirlar har bir qurilish maydonining mohiyati, oʻlchami va 
undagi ishlar koʻlamidan  kelib  chiqqan holda  tuziladi va  ular shu kunda  mavjud 
mehnat  xavfsizlngi  va  ishlab  chiqarish  sanitariyasi  holatining  saqlab  turishga 
qaratilgan  boʻladi.  Bularga  qurilish  maydonida  aniq  bajariladigan  ish  jarayonida 
qoʻllaniladigan  tadbirlar  ya’niy,  bunga  misol  qilib,  moshina  va  mexaniq 
uskunalarni ustuvor oʻrnatish, ularni harakat yoʻllari va ish tartibini toʻgʻri tashkil 
qilish,  bosim  ostida  ishlovchi  idishlar  va  uskunalardan  xavfsiz  foydalanishini 
ta’minlash  yuk  koʻtaruvchi  moslama  va  mexanizmlardan  hamda  elektr 
uskunalaridan toʻgʻri foydalanish va qisqasi qurilish maydonida bajarilayotgan har 
bir ishni xavf - xatarsiz bajarilishini ta’minlovchi hamda ish sharoitini yaxshilovchi 
barcha chora - tadbirlarni koʻrsatish mumkin. 
Ikkinchisi  maxsus  (nomenklatura)  tadbirlar  boʻlnb,  ular  korxonadagi  jami 
ishchi  xizmatchilarning  ish  sharoitlarini  yaxshilashga,  ish  qurollari  va  asbob-


96 
 
uskunalarini  sozlashga,  takomillashtirishga,  umuman  baxtsiz  xodisalarni 
kamaytirishga  qaratilgandir.  Bularga  zamonaviy  asbob  -  uskunalar,  kichik 
mexanizmlar,  moslama  va  qurilmalarni  joriy  qilish,  ixcham  va  ob-havoga  mos 
jomakorlar-ishchi  kiyimlari  bilan  hamda  qish  va  yozning  iqlim  sharoitiga  mos 
sanitariya  me’yorlari  talabiga  javob  bera  oladigan  "Komfort”  markali  koʻchma 
vagonlar bilan ta’minlash va shuningdek mehnat xavfsizligi burchaklarining davr 
talabiga doir tashkil qilishi va boshqalar kiradi. 
Odatda maxsus tadbirlar qurilishda baxtsiz xodisalarning sabablarning taxlili 
asosida na joylardagi ish sharoitlarini nazarda tutgan xolda korxona ma’muriyati 
va  kasaba  uyushmasi  tomonidai  rejalashtiriladi.  Bu  reja  ishchi  va  xizmatchilar 
muxokamasidan oʻtkazilib tasdiqlanadi. 
Maxsus tadbirlar tarkiban uch xilga boʻlinadi. 
1.Baxtsiz  xodisalarni  ogohlantiruvchilar:  ish  tartibini  takomillashtirish, 
zamonaviy  asbob-uskunalar  bilan  ta’minlash,  yordamchi  himoya  vositalarini, 
masofadan boshqarishni va darakchi moslamalarni joriy qilish va boshqalar. 
2.Kasb  kasalligini  oldini  oluvchilar:  ishchi  xizmatchilarni  zaxarli  va  xavfli 
ishlab-chiqarish omillaridan asrovchi moslamalarni qoʻllash sovutgich va isitgich, 
hamda havo tozalovchi qurilmalarni joriy qilish va h.k. 
3.Ish  sharoitini  sogʻlomlashtiruvchilar:  ishchilarning  turmush  sharoitini 
takomillashtirish,  yechinib-kiyinish. ovqatlanish,  va  dam  olish,  xonalarini  tashkil 
qilish, mehnat xavfsizligi boʻyicha koʻrgazma va kabinetlarda malaka oshirish va 
h.k. 
Bu  kabi  maxsus  xavfsizlik  tadbirlarining  rejasi  toʻzilib  jamoa  majlislarida 
tasdiqlanadi, va jamoa shartnomasiga kiritiladi. Shu kundan ztiboran magʻmurnyat 
va kasaba jamoasi uchun bu tadbirlar rejasini bajarish shartli tus oladi. Ular ishchi-
xizmatchilar  oldida  bu  rejalarni  bajarilishi  xakida  vaqti-vaqti  bilan  hisobot  berib 
boradilar. 
Rejalangan tadbirlarni amalda bajarish ma’lum sarf-xarajatni talab qiladi. Shu 
boisdan birinchi turdagi kundalik tadbirlarni bajarish uchun bino va inshnootlarni 


97 
 
loyihasi  baholanayotganda  toʻla  sarf-xarajatiing  0,25  dan  0,5  foizgacha  teng 
mablagʻ  qoʻshib  yoziladikim,  bu  faqat  shu  bino  qurilishi  davomida  qurilish 
maydonida  mehnat  xavfsizligining  ta’minlashga  kodir  va  zarur  boʻlgan  rejadagi 
tadbirlarni bajarishga sarflanishi shart boʻladi. 
Ikkinchi  turdagi  maxsus  xavfsizlik  tadbirlarini  bajarish  uchun  esa,  yuqori 
qurilish  tashkilotlari  tamonidan  har  yili  mehnat  xavfsizlikini  va  sharoitini 
yaxshnlash  uchun kuy  i  tashknl otlarga bir  yillik  umumin  foydaniig  5-7  foyizini 
ajratpb beradilar. Bu mablagʻlarni faqat tayialangan maqsad uchun foydachannsh 
mumkii. boshqa maqsadda nshlatish katiyan mangʻ etiladi, bu xakdoa oʻz vaqtida 
yuqori  tashkilotlarga  hisobot  beriladi.  Korxona  magʻmurnyati  bu  shartni  buzgan 
taqdirda jamoa oldida javobgar boʻladi. 
Bu  mablagʻlarni  sarflashda  eng  muxim  omillardan  biri,  tadbirlarni 
zaruriyatchilik  darajasini  aniqlashdir.  Buning  uchun  mavjud  tashkilotlardagi 
baxtsizliklarni miqdori, kelib chiqish sabablari hamda ular tufayli vujudga kelgan 
mehnat  yaroqsiz  kunlar  nisbagidan  kelib  chiqqan  xolda  tadbirlarning  zaruriyat 
darajasiga muvofiq mablagʻ ajratish maqsadga muvofiqdir. 
 

Download 5,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish