Оliy vа oʻrtа mахsus ta’lim vаzirligi tоshkеnt аrхitеkturа


ZAXARLI MODDALAR VA ULARNING ODAMGA TA’SIRI



Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/77
Sana15.01.2022
Hajmi5,2 Mb.
#368583
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   77
Bog'liq
hayot faoliyati xafvsizligi va mehnat muhofazasi fanidan mustaqil ish bajar

ZAXARLI MODDALAR VA ULARNING ODAMGA TA’SIRI 
 
Ishlab  chiqarishda  zaxarli  moddalar  deb,  mehnat  jarayonida  odamga  salbiy 
ta’sir  etib  ish  qobiliyatini  pasaytiradigan  va  sogʻligʻini  buzadigan  darajada 
zaxarlanishlarni vujudga keltiruvchi moddalarga aytiladi.  
Ularni  asosan  toksikologiya  fani  oʻrganadi.  Bu  fan  ishlab  chiqarish 
zaxarlarining organnzmga ta’sir qilish belgalarini oʻrganadi. Ularning eararliligi va 
xavfsizlik darajasini belgilaydi, gigienik normativlar va tavsiyalar ishlab chikadi. 
Qurilishda  ishlatiladigan  zaxarli  moddalar  ikki  koʻrinishda,  ya’ni  qattiq, 
holatda  -  qurgʻoshin,  karbit  kalsiy,  mishyak,  xar  xil  quruk  boʻyoklar  va  suyuq 
xamda gazsimon holatda - karbon oksidi, benzin, benzol, atseton, atsitsilin, spirt, 
efir, har xil kislota va eritgichlar shaklida uchraydi. 
Ta’sir kuchi nuqtai nazaridan toʻrt guruxga boʻlinadi: 
- Emiruvchilar, terinn jaroxatlovchilar – H
2
S0
4
, HCI, H
2
S kabilar; 
- Nafas yuliga ta’sir etuvchilar SiO
2
, SO
2
, NH
3
 va boshqalar; 
- Qonni tarkibini boʻzuvchilar - SO , mishyakli vodorod-ArN va boshqalar; 
-  Markaziy  nerv  tizimiga  ta’sir  etuvchilar,  spirt,  efir,  oltingugurtli  vodorod, 
karbonli  vodorod  va  boshqalar.  Zararli  moddalarning  odamga  ta’siri 
zaxarlanishning oʻtkir (kuchli) yoki surunkali koʻrinishlarida namoyon boʻladi. 
Oʻtkir (yoki kuchli) zaxarlanish, bu ayni vaqtda katta miqdordagi zaxarlovchi 


26 
 
moddaning odam tanasida paydo boʻlishidan zoxir boʻladi. Surunkali zaharlanish 
esa: zaxarli moddalarning inson vujudida oʻzoq yillar davomida oz - ozdan yigʻilib 
muttasil ta’sir etishdan xosil boʻladi. Bu zaxarlanish turi xavfli hisoblanadi, chunki 
bunday xollarda zaxarnnng odamga ta’siri ustivor (muqim) darajaga erishib, kasb 
kasalligini belgilari paydo boʻla boshlaydi. Bu xastalikni davolash koʻp vaqt talab 
qiladi va ishchining kasbi yoki u bilan bogʻlik boʻlgan lavozimini oʻzgartirish bilan 
tugaydi. 
Ishlab  chiqarish  zaharlari  vujudimizga  nafas  olish  va  ovkatlanish  yullari 
hamda  teri  va  koʻzning  shillik  pardalari  orqali-  oʻtib  yuqoridagi  xastaliklarni 
chaqirish bilan birga odamdagi biologik qarshilikni kuchsizlantiradi, yurak, qon – 
tomirlari, oʻpka va bosh miya a’zolarida murakkab kasalliklarni rivojlashiga imkon 
yaratadi. 
Davlat  xavfsizlik  me’zoni  GOST  12.1.005-88ning  "Ish  joyining  havosiga 
nisbatan  sanitariya  va  gigiena  umumiy  talablari"  boʻlimida  ish  joyida  havoning 
tarkibidagi zararli moddalarining ruxsat etilgan miqdori (REM) ni belgilab beradi. 
Bu miqdor esa quyidagicha izoxlanadi. Ish joyining havosida zararli moddalarning 
ruxsat etilgan miqdori deb, 8 soatlik ish jarayonida yoki boshqacha davomiylikda, 
biroq,  xaftasiga  41  soatdan  oshmagan  mehnat  jarayonida,  butun  ish  faoliyati 
davomida  ishchining  va  undan  qoladigan  nasllarning  salomatligiga  salbiy  ta’sir 
etmaydigan,  ya’ni  surunkali  ta’sirdan  kelib  chiqadigan  kasalliklarni 
chaqirmaydigan zararsiz miqdoriga aytiladi va mg/mZ birlikda oʻlchanadn. 
Davlat xavfsizlik me’zonining GOST 12.1.007-76 "Zararli moddalarning 
turlari va ularga nisbatan xavfsizlik talablari" boʻlimida jami zaxarli hisoblangan 
moddalar toʻrt snnfga boʻlib koʻrsatilgan: 


27 
 
 
I - behad xavfli REM < OD mg/m1: Zaxarli moddalarning inson uchun oʻta 
xavfli mivdordari 
2- yuqori darajada xavfli 0.1 < REM < 1.0 mg/m3 gacha; 
3- urtacha xavfli 1.0 < REM < 10,0 mg/m3 gacha;   
4- kam xavfli REM > 10,0 mg/m1. 
Zararli  moddalarning  odamga  ta’siri  boʻyicha  sinflarga  boʻlinishi  quyidagi 
jadvalda yaqqol koʻrsatilgan. 
Qurilish sanoatida va ayrim korxonalarning ishlab chiqarish jarayonida ajralib 
chiqadigan ba’zi zararli moddalar bilan tanishib chiqamiz. 
1. Ammiak NH, rangsiz, ammo oʻtkir xidli gaz yoki suyuq xolda uchraydn. 
Asosan  sovutgich  uskunalarida  va  ammiak  silitrasi  ishlab  chiqarishda  ishlatiladi. 
Bu  gazdan  zaxarlanish  tomoq  yullarinnng  ogʻir  jaroxatlanishiga,  qon bosimining 
tushib  ketishiga  olib  keladi.  Koʻzga  tushgan  ammiak  koʻr  boʻlib  qolish 
darajasigacha  va  teriga  tekkan  joyini  esa  II-darajagacha  puffaklar  xosil  qilib 
kuydirishi mumkin. 
2.Atsitelin  -  C
2
H
2
,  rangsiz  suyuq  va  gaz  holatida  mavjud  boʻlib  sezilarli 


28 
 
xidga ega. Qurilishda metallarni qirqishda ishlatiladi. Oʻta portlovchi moddadir. 
3. Atseton  - S
3
N
6
0, rangsiz, oʻtkir va noxush xidli suyuqlikdir. Qurilishda 
xar  xil  boʻyoklarni  suyultirishda  ishlatiladi.  Atseton  bugʻining  ma’lum  miqdori 
ta’siridan  mastga  oʻxshash  holatta  tushish  mumkin.  Agar  bu  gazdan  koʻproq 
xidlanganda,  kuchli  bosh  ogʻrigʻi  va  xushsizlanish  holati  sodir  boʻlishi  mumkin. 
REMi 200 mg/m
3
 ni tashkil etadi. 
4.Benzol  –  S
6
N
6
,  rangsiz  engil  bugʻlanuvchi  xushbuy  xidli  suyuqlik  xolda 
uchraydi.  SHu  xildagi  suyuqliklarga  toluol,  ksilol  va  stirol  kiradi.  Bularning 
bugʻlari  havodan  2,5-2,7  barobar  ogʻir.  Benzolin  suyultirgich  tariqasida  ishlatish 
man  etilgan,  ammo  toluol  va  ksilol  ishlatiladi.  Benzol  markaziy  nerv  tizimi  va 
yurak, oʻpka faoliyatiga ruxiy kuchli ta’sir qiladi. YA’ni engil zaxarlanish oʻrtacha 
holatdagi  mastlnkka  toʻgʻri  kelsa,  ogʻir  zaxarlanish  holatida  esa  odam  xushidan 
ketishi  mumkin.  Agar  odam  shu  xodatda  oʻzoqrok  turib  kolib,  kuchli  miqdorda 
zaxarlansa,  nafas  olish  a’zolari  va  qon  tomirlarining  faoliyatini  boshqaruvchi 
markazlarining falaj boʻlishi oqibatida oʻlim sodir boʻlishi mumkin. 
5
.
Benzin 
- S
7
N
13
 engil bugʻlanuvchi, tabiatan rangsiz va oʻta yonuvchan 
va  portlash  xususiyatiga  ega  suyuqlikdir.  Qurilishda  buyoklarga  suyultirgich 
modda sifatida qoʻshib ishlatiladi. REMi 100 mg/m

dan oshmasliga kerak. Odam 
vujudiga  koʻp  miqdorda  singigan  benzin  bugʻi  uning  xoʻshsizlanishiga  va  bu 
miqdor  35000-40000  mg/m
3
  ga  etganda  esa  oʻlimga  sabab  boʻlishi  mumkin. 
Surunkali  oʻzoq  muddat  davomida  benzin  bilan  muloqotda  boʻlgan  xollarda  teri 
kasadliklari-dermatit, folikulit va xar xil boshqa yara koʻrinishlarida sodir boʻladi. 
6. Xlor -  CL  -  sargʻish-yashil,  rangda  boʻgʻuvchan  noxush  oʻtkir  xidli, 
havodan  2,5  baravar  ogʻir,  oʻta  zaxarli  gazdir.  Xlor  yuqori  darajada  zaxarli 
moddalar guruxiga kiradi. Ish joylaridagi havoda ruxsat etilgan miqdori, REM = 1 
mg/m
3
  ni  tashkil  etadi.  Xlor,  eritma  xolida  qurilishda  qish  mavsumlarida 
ishlatiladi. Xlor bugʻlari ta’siridan nafas olish yullari va yurak faoliyati boʻzilishi 
oqibatida fojiali oʻlim sodir boʻlishi mumknn. xlordan  zaxarlangan oʻpkada shish 
paydo  boʻlishi,  pnevmoniya,  yuzida  esa  xlor  dogʻlari  paydo  boʻlishi  va  yapara 


29 
 
aylanishi mumkin. 
7. Vodorodli  oltingugurt  –  H
2
S  rangsiz,  ammo  aynigan  tuxum  xidiga 
oʻxshash  badbuy  xndli  gaz.  Havodan  ogʻirroq  boʻlgani  uchun  er  satxidan  past 
boʻlgan xandak va quduqlarda yigʻilib qolish extimoli bor. Bu gaz yuqori darajada 
zaxarli  moddadar  guruxiga  kiradi,  uning  nsh  joylarida  REM  i  -10  mg/m
3
  dan 
oshmaydi.  Undan  eng  avval  oʻpka  a’zolari  va  markaziy  nerv  tizimi  zaxarlanadi. 
Agar uning ta’sir miqdorn 1000mg/m
3
 ga etsa shu zaxotiyoq zaxarlanish boshlanib 
odamning xushi yoʻqola boshlaydi. nafas olish markazi falaj boʻlishi oqibatida bir 
necha daqiqa ichida oʻlim sodir boʻlishi mumkin. 
8.  0ltingugurt  ikki  oksidi  –  SO
2
-  rangsiz,  achchiq  va  bugʻuvchan  xidli  gaz. 
Havodan  2,3  baravar  ogʻir.  Bugʻ  qozonlari  va  pechlarda  koʻmir,  gaz  va  boshqa 
yonilgʻi  moddalarni  yoqqanda  xosil  boʻladi.  Ish  joylarida  REM  i  10  mg/m3  ga 
teng. Bu gaz qonga singib sulfat kislotasini xosil qiladi, bu salomatlik uchun juda 
xavflidir. Agar SO
2
 havo tarkibida oshib ketsa nafas yoʻllari jaroxatlanishi, oʻpka 
shishi paydo boʻlishi va xushdan ketish xali yuzaga kelishi mumkin. Bu xolda tez 
va oʻz vaqtida yordam koʻrsatilmasa fojia sodir boʻlishi muqarrardir. 
9.  Karbon  oksidi  -  SO,  xidsiz  va  rangsiz  gazsimon  modda  boʻlib,  gʻisht 
zavodlari,  temir  beton  zavodlarida  bugʻlab  quritish  xonalarida  xosil  boʻladi.  Ish 
joylarida  REMi=20  mg/m
3
  ni  tashkil  qiladi.  Engil  zaxarlapganda  bosh  ogʻrishi, 
koʻngil aynishi seziladi. Agar SO-ni havodaga miqdori bir necha ming mg/m
2
 dan 
oshib ketsa ogʻir oqibatlarga, ya’ni xushdan ketish va xatto oʻlim bilan yakunlanish 
xavfi tugʻiladi. Zaxarli gaz mavjud boʻlgan ish joylarida yurak, oʻpka va markaziy 
nerv tizimi bilan bogʻliq xastaligi boʻlgan shaxslarni ishlashi man etilishi lozim. 
10.Toluol  –  S
7
.H
8
  -  yonuvchan,  rangsiz  suyuqlik  boʻlib  undan  benzol  xidi 
keladi, qaynash xarorati 110,6 
0
S. Boʻyoqlar va portlatgich moddalar tayyorlashda 
va  rezina  sanoatida  ishlatiladi.  Ta’sir  kuchi  xam  besnzolnikiga  oʻxshash.  Ruxsat 
etilgan miqdori 50 mg/m
3
 ni tashkil etadi. 
 
 


30 
 

Download 5,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish