Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


IV BOB Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlari bo‘yicha kurs



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet346/400
Sana23.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#405762
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   400
Bog'liq
fayl 1815 20210915

IV BOB Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlari bo‘yicha kurs 
ishlarini bajarish va bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlashning metodik 
ta’minoti 
  
4.1. Mutaxassislik fanlari bo‘yicha kurs ishlarini bajarishning metodik 
ta’minoti 
 
Jismoniy  tarbiya  o‘qituvchilarining  bilim  darajasi  va  sifati  oliy  ta’lim 
muassasalaridagi  jismoniy  tarbiya  fakultetlarining  jismoniy  madaniyat  ta’lim 
yo‘nalishlari  uchun  mo‘ljallangan  hamda  tasdiqlangan  o‘quv  rejalari  asosida 
umumkasbiy fanlar va ixtisoslik fanlar bo‘limlari bo‘yicha ta’minlanadi. Jismoniy 
madaniyat  ta’lim  yo‘nalishida  “Jismoniy  madaniyat  nazariyasi  va  metodikasi”, 
“Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi” va “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish 
metodikasi”  fanlari  asosiy  umumkasbiy  fanlar  hisoblanib  jismoniy  tarbiya 
o‘qituvchilarini va sport murabbiylarini tayyorlashda ko‘maklashadi. Ushbu fanni 
o‘zlashtirish talabalarda ahloqiy va ma’naviy, ruhiy tayyorlanishida va pedagogik 
fikrlash, maxsus bilim, ko‘nikma va malaka tizimini shakllanishiga ko‘maklashadi.  
Bular  hammasi  bo‘lajak  yosh  o‘qituvchisiga  jismoniy  tarbiya  jarayonida 
ahloqiy,  ma’naviy,  vatanparvar  insonlarni  tarbiyalashga  va  amaliyot  bilan 
bog‘lashda  yordam  beradi,  yetakchi  o‘qituvchi  tajribalarni  umumlashtirishga, 
bolalarni  jismoniy  takomillashtirishni  yangi  usullarni  mustaqil  ishlab  chiqishga 
imkoniyat yaratadi. 
Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishining umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini 
batafsil va chuqur o‘rganish maqsadida jismoniy  madaniyat ta’lim  yo‘nalishining 
o‘quv  rejalarida  kurs  ishlarini  bajarish  ko‘rsatilgan.  Kurs  ishlarini  bajarish 
“Jismoniy  madaniyat  nazariyasi  va  metodikasi”,  “Gimnastika  va  uni  o‘qitish 
metodikasi”,  “Sport  va  harakatli  o‘yinlarni  o‘qitish  metodikasi”  va  “Sport 
mahoratini oshirish” fanlari bo‘yicha rejalashtirilgan.  
Kurs  ishini  yozilishi  2-3-4  kurslarda,  4,5,6  va  7  semestrlarida  bajarish 
mo‘ljallangan. O‘qish faoliyati jarayonida talabalarda ilmiy ishga bo‘lgan qiziqish, 
qobiliyat  hosil  bo‘ladi  va  shakllanadi.  Shuning  uchun  talaba  1  kursdan  boshlab 
adabiyotlar  bilan  ishlash,  ularni  umumlashtirish,  qiziqtiradigan  mavzu  bo‘yicha 
annotatsiya  yozish,  mustaqil  ilmiy  ish  vazifalarini  bajarish  malakalarini  egallashi 
lozim.  
Zamonaviy  o‘qituvchilar,  ilg‘or  pedagoglar,  ustoz  va  murabbiylar  ishlarida 
ilmiy  tadqiqot  xarakterdagi  elementlari  kam  emas.  Jismoniy  tarbiya  o‘qituvchisi 
anatomiya,  fiziologiya,  biomexanika,  matematika,  psixologiya,  fizika,  gigiena  va 
boshqa fanlar bo‘yicha yetarli darajada bilimga ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. 
O‘qituvchilar tomonidan dars jarayonida har xil ilmiy ma’lumotlardan foydalangan 
holda  tashkil  qilishi  o‘quvchilarda  ichki  dunyoqarashini  kengaytiradi,  aqliy, 
ahloqiy  va  ma’naviy  ko‘nikmalarini  va  o‘quvchilarni  butun  o‘rganish  jarayonini 
faollashtiradi. 
Tadqiqot  ish  jarayonida  talabalar  pedagogik, tibbiy  biologik, texnik  –  sport 
ilmiy  tekshirish  metodlarini  o‘zlashtiradilar;  materiallarni  umumlashtirishda 
matematika  va  boshqa  usullardan  foydalanishga  o‘rganadilar,  ilmiy  –  tekshirish 


354 
ishlar vazifasini to‘g‘ri tanlash ko‘nikmalarini egallaydilar. Talabalarning ilmiy  – 
tadqiqot  ishlarining  predmeti  fanida  o‘rgatish  va  tarbiyalash  masalalari,  tashkil 
qilish  va  o‘quv  –  tarbiyaviy  ishlarini  rejalashtirish,  sportchi  shaxsni  shakllanishi, 
sport  trenirovkalarining  asoslari,  rejalashtirish  vazifalarining  mazmuni,  tiklanish 
jarayoni,  sport  turlari  texnikasi  va  taktikasi,  harakat  sifatlarini  rivojlantirishi, 
harakat ko‘nikmasini shakllanishi va malakalarini oshirish ta’minlanadi. 
Bo‘lajak  zamonaviy  o‘qituvchilar,  ustoz  va  sport  murabbiylari  oldida 
shug‘ullanuvchi  bolalar  va  o‘quvchilar  salomatligiga  putur  yetkazmasdan,  ularni 
gormonik va intelektual rivojlanishiga imkoniyat yaratishi bilan, jismoniy, estetik, 
ahloqiy  rivojlanishi  uchun  o‘quv  –  tarbiyaviy  va  o‘quv  –  trenirovka  jarayonini 
qanday  tashkil  qilishiga  katta  qiziqish  uyg‘otadi.  Bu  muammoni  murakkabligi 
shundaki,  hamma  shug‘ullanuvchilar  o‘zlarining  psixik  sifatlari,  xarakteri,  hayot 
sharoiti va hokozolar bilan farq qiladi.  
Jismoniy  tarbiya  va  sport  sohasidagi  o‘quv-uslubiy  hamda  ilmiy  faoliyatni 
o‘rganish,  shuningdek  ushbu  sohadagi  yechimini  kutayotgan  dolzarb  masalalarni 
har  tomonlama  o‘rganib  shular  yuzasidan  ilmiy  faoliyat  olib  borish  maqsadga 
muvofiqdir.  Shu  boisdan  jismoniy  madaniyat  ta’lim  yo‘nalishidagi  quyidagi 
fanlardan dolzarb mavzular yuzasidan kurs ishlarini bajarish rejalashtirilgan.  
- “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” fanidan 7 semestrda; 
- “Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi” fanidan 4 semestrda; 
- “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi” fanidan 6 semestrda; 
-  “Sport  mahoratini  oshirish”  fanidan  7  semestrda  kurs  ishlarini  yozish 
rejalashtirilgan.  
Mazkur  fanlardan  kurs  ishlarini  bajarish  quyidagi  nizom  asosida  amalga 
oshiriladi.  
 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   400




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish