Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/400
Sana23.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#405762
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   400
Bog'liq
fayl 1815 20210915

Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni 
Oʻquv  yili  umumta’lim  muassasalarida  2  sentyabrdan  kelgusi  yilning  25 
mayiga qadar davom etadi va toʻrtta chorakka boʻlinadi.  
Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:  
oʻquv yilining davomiyligi - 34 hafta (I sinflar uchun 33 hafta); 
oʻquv haftasining davomiyligi-6 kun (pedagogik kengashning qaroriga koʻra 
I sinflar uchun 5 kun); 
dars mashgʻulotining davomiyligi - 45 daqiqa; 
dars  mashgʻulotlari  oraligʻidagi  tanaffusning  davomiyligi  –  5-10  daqiqa 
(oʻquv kuni oʻrtasidagi tanaffusning davomiyligi – 15-30 daqiqa). 
Mehnat  toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida  bayram  (ishlanmaydigan)  kuni  deb 
belgilangan kunlarda dars mashgʻulotlari oʻtkazilmaydi.  
Bayram  (ishlanmaydigan)  kunlariga  toʻgʻri  kelib  qolgan  dars 
mashgʻulotlarining  mavzulari  oʻquv  dasturlarini  ixchamlashtirgan  holda  keyingi 
dars mashgʻulotlarida oʻtkaziladi. 
Oʻquv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi: 
kuzgi ta’til - 4 noyabrdan boshlab 6 kalendarь kun; 
qishki ta’til - 28 dekabrdan boshlab 14 kalendarь kun;  
bahorgi ta’til - 21 martdan boshlab 7 kalendarь kun; 
yozgi  ta’til  -  oxirgi  bosqichli  nazorat  sinovi  oʻtkazilgan  kundan  (bosqichli 
nazorat oʻtkazilmaydigan sinflar uchun oʻquv yili tugagan kundan keyingi kundan) 
boshlab 1 sentyabrgacha. 
Ta’tilning  oxirgi  kuni  bayram  (ishlanmaydigan)  kunga  toʻgʻri kelib  qolgan 
taqdirda, dars mashgʻulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi. 
I sinf oʻquvchilari uchun fevralь oyi davomida qoʻshimcha bir haftalik ta’til 
belgilanadi. 
Umumta’lim  muassasalarida  yozgi  ta’til  kunlari  kunduzgi  oromgohlar  va 
maydonchalar tashkil etilishi mumkin. 
Belgilangan me’yorlar boʻyicha tegishli maydonga ega boʻlgan umumta’lim 
muassasasining sinflari toʻliqligi 35 nafardan ortib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 
Namunaviy  loyihalar  boʻyicha  qurilmagan,  moslashtirilgan  binolarda 
joylashgan,  oʻquvchilar  soni  yetarli  boʻlmagan  umumta’lim  muassasalarida,  olis 


14 
(togʻli,  choʻlli)  aholi  punktlarida  joylashgan  umumta’lim  muassasalarida, 
shuningdek oʻzbek tilida oʻqitilmaydigan umumta’lim muassasalarida oʻquvchilar 
soni  sinflarni  toʻldirishning  oʻziga  xos  shart-sharoitlaridan  kelib  chiqib,  hududiy 
xalq  ta’limi  boshqaruv  organlari  va  tuman  (shahar)  hokimliklarining  moliya 
boʻlimlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.  
Kam  komplektli  umumta’lim  muassasalarida  (filiallarda)  boshlangʻich  sinf 
oʻquvchilari quyidagi hollarda bitta sinfga birlashtirilishi mumkin: 
oʻquvchilar soni 8 nafargacha boʻlgan I-IV sinflar; 
oʻquvchilar soni 12 nafargacha boʻlgan uchta boshlangʻich sinf; 
oʻquvchilar soni 24 nafargacha boʻlgan ikkita boshlangʻich sinf (I va III, II 
va IV sinflar). 
Malakali  oʻqituvchilar  yetarli  boʻlgan  quyidagi  hollarda  sinfdagi 
oʻquvchilarni ikki guruhga boʻlib oʻqitishga ruxsat etiladi: 
oʻquvchilar  soni  25  nafar  va  undan  ziyod  boʻlgan  umumiy  oʻrta  ta’lim 
muassasalarining  I-IX  sinflarida  «CHet  tili»  fani,  ayrim  fanlar  chuqur 
oʻrganiladigan  davlat  ixtisoslashtirilgan  umumiy  oʻrta  ta’lim  muassasalarida 
ixtisoslashgan  fanlar,  V-IX  sinflarda  «Informatika»  va  «Mehnat  ta’limi»,  VIII-IX 
sinflarda «Jismoniy tarbiya», ta’lim tili oʻzbek tili boʻlmagan umumiy oʻrta ta’lim 
muassasalarining  II-IX  sinflarida  «Oʻzbek  tili»  fani  hamda  ta’lim  tili  rus  tili 
boʻlmagan  umumiy  oʻrta  ta’lim  muassasalarining  II-IX  sinflarida  «Rus  tili»  fani 
boʻyicha.  
Umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standartlari Oʻzbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 
Umumiy  oʻrta  ta’lim  muassasalarida  oʻquv-tarbiyaviy  ishlar  umumiy  oʻrta 
ta’limning  tayanch  oʻquv  rejasi  va  umumiy  oʻrta  ta’lim  dasturi  asosida  amalga 
oshiriladi. 
Oʻzbekiston  Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligi  tomonidan  davlat  ta’lim 
standartlari  asosida  yangi  oʻquv  yili  uchun  oʻquv  reja  va  unga  tushuntirish  xati 
ishlab  chiqiladi  hamda  har  yili  1  iyunga  qadar  umumta’lim  muassasalariga 
yetkazish  uchun  Qoraqalpogʻiston  Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligi,  Toshkent 
shahar  xalq  ta’limi  bosh  boshqarmasi  va  viloyatlar  xalq  ta’limi  boshqarmalariga 
yuboriladi. 
Oʻquvchilarning  sifatli  bilim  olishini  va  ularni  umumiy  oʻrta  ta’limning 
davlat  ta’lim  standartlariga  mos  holda  oʻqitish  natijalarini  nazorat  qilishni 
ta’minlash  maqsadida  umumta’lim  muassasalarida  quyidagi  nazorat  turlari  olib 
boriladi: 
joriy  nazorat  -  oʻquvchilarning  bilim,  koʻnikma  va  malakalarini  muntazam 
ravishda  nazorat  qilish  uchun  soʻrovlar,  nazorat  ishlari  yoki  testlar  koʻrinishida 
oʻtkaziladi; 
oraliq  nazorat  -  chorak  yakunida  oʻquvchilarning  bilim,  koʻnikma  va 
malakalarini  baholash  uchun  oʻquv  dasturining  bir  qismi  tugaganda  amalga 
oshiriladi va u yozma nazorat ishi yoki testlar koʻrinishida olib boriladi; 
bosqichli nazorat - oʻquv yili tugaganda ogʻzaki, yozma imtihon hamda test 
sinovlari koʻrinishida amalga oshirilib, unga asosan oʻquvchining yakuniy bahosi, 
reytingi aniqlanadi va oʻquvchini keyingi sinfga oʻtkazishga qaror qilinadi; 


15 
yakuniy  nazorat  -  umumiy  oʻrta  ta’lim  tugaganidan  soʻng  yakuniy  davlat 
attestatsiyasi shaklida oʻtkaziladi. 
Umumta’lim  muassasalarining  V-IX  sinf  oʻquvchilari  tegishli  fanlardan 
bosqichli  nazoratlarni  muvaffaqiyatli  topshirganlaridan  soʻng  keyingi  sinfga 
oʻtkaziladi. 
Tibbiy-maslahat  komissiyasining  xulosasi  va  umumta’lim  muassasasining 
pedagogik  kengashi  qarori  bilan  oʻquvchilar  yakuniy  davlat  attestatsiyasi  va 
bosqichli nazoratdan ozod etilishi mumkin. 
Oʻquvchilarga  sinfdan  sinfga  koʻchirish  imtihonlari  va  yakuniy  davlat 
attestatsiyasidan  ozod  boʻlish  huquqini  beruvchi  kasalliklar  roʻyxati  Oʻzbekiston 
Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligi  hamda  Sogʻliqni  saqlash  vazirligi  tomonidan 
belgilanadi.  
Oʻquvchilarning  xalqaro  va  respublika  olimpiadalari,  tanlovlari, 
musobaqalari  hamda  boshqa  koʻrik-tanlovlardagi  ishtiroki  yakuniy  davlat 
attestatsiyasi va bosqichli nazorat muddatlariga toʻgʻri kelib qolgan taqdirda, ular 
tegishli yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratlardan ozod etiladi. 
Ularning  bilimlarini  yakuniy  baholash  va  reytingini  aniqlash  yillik  baholar 
asosida amalga oshiriladi. 
Umumta’lim  muassasasini  tugatgan  bitiruvchilarga  davlat  namunasidagi 
umumiy  oʻrta  ta’lim  toʻgʻrisidagi  shahodatnoma,  VIII-IX  sinflardagi  oʻqishi 
davrida faqat a’lo koʻrsatkichlarga va namunali xulqqa ega boʻlgan, yakuniy davlat 
attestatsiyasini  muvaffaqiyatli  topshirgan  bitiruvchilarga  esa  a’lo  darajali 
shahodatnoma beriladi.  
Umumiy  oʻrta  ta’lim  toʻgʻrisidagi  shahodatnomaning  davlat  namunasini 
tasdiqlash  va  uni  berish  tartibini  belgilash  Oʻzbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. 
Davlat ta’lim standartlari doirasida umumiy oʻrta ta’lim dasturlarini mustaqil 
oʻzlashtirgan  oʻquvchilarga  eksternat  tartibida  yakuniy  davlat  attestatsiyasini 
topshirish  huquqi  beriladi.  Yakuniy  davlat  attestatsiyasini  eksternat  tartibida 
muvaffaqiyatli  topshirgan  bitiruvchilarga  davlat  namunasidagi  shahodatnoma 
beriladi.  
Umumta’lim  muassasalaridagi  oʻquv-tarbiya  jarayoni  bilan  bogʻliq  boshqa 
masalalar  (dars  jadvalini  shakllantirish,  haftalik  oʻquv  yuklama)  umumiy  oʻrta 
ta’limning  davlat  standartiga  asosan  ishlab  chiqilgan  oʻquv  rejaga  muvofiq 
belgilanadi. 
Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: 
umumiy oʻrta ta’limning tayanch oʻquv rejasi; 
umumiy oʻrta ta’limning oʻquv dasturi; 
umumiy oʻrta ta’limning malaka talablari; 
baholash tizimi. 
Umumiy  oʻrta  ta’limning  tayanch  oʻquv  rejasi  (keyingi  oʻrinlarda  -  tayanch 
oʻquv  reja  deb  ataladi)  umumiy  oʻrta  ta’lim  muassasalarida  oʻqitiladigan  oʻquv 
fanlari nomi, oʻquv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning sinflar boʻyicha 
taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi. 
Tayanch  oʻquv  reja  umumiy  oʻrta  ta’lim  muassasalarining  dars  jadvalini 


16 
ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. 
Tayanch  oʻquv  reja  umumta’lim  fanlari  boʻyicha  belgilangan  ta’lim 
mazmunini  oʻquvchiga  yetkazish  uchun  ajratilgan  oʻquv  soatlari  (davlat 
ixtiyoridagi va maktab ixtiyoridagi soatlar)ning minimal hajmini belgilaydi.  

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   400




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish