158
asosiy talablarga rioya qilinishi kerak:
Asta-sekinlik, ketma-ketlik, izchillik, xilma-xillik, har taraflamalilik.
O‘yinda haddan tashqari katta yuklama berishdan yehtiyot bo‘lish kerak,
Bunda o‘yinchilarni alohida yondashishga imkon boricha, amalga oshirish muhim
ahamiyatga yegadir.
O‘smirlarni jismoniy rivojlantirish jarayonida o‘ziga
xos xususiyatlardan biri
– o‘pka tiriklik sig‘imining bir muncha o‘sishidan iborat. O‘sib kelayotgan
organizmning kislorodga bo‘lgan yehtiyoji kuchayadi. Shu davrda o‘smirlarda
nafas olish ko‘pincha yetarli tejamkor, chuqur yemas, balki yuzaki, bo‘ladi. Shu
bilan birga harakatli o‘yinlar bilan shug‘ullanish alohida gigiyenik ahamiyatga
yega. O‘yinda xilma-xil, ser harakatlanish nafas olishga oshirilgan talabini kasb
yetadi va shu bilan birga ko‘proq nafas olishga tejomkorlik yo‘llarini ishlab
chiqarishga yordam berish tiplariga yega tez-tez chuqur nafas olish.
Markaziy asab tizimi yuqori qo‘zg‘aluvchanligi va o‘zgaruvchan jarayonlari
bilan ajralib turadi. Shuning uchun o‘smirlar harakatli o‘yinlarini ortiqcha
asabiylashmay, charchashga yo‘l qo‘ymasdan, tartibli tarzda o‘tkazish lozim.
Bosh qobig‘ini tartibga solishni borgan sari oshib borayotgan harakatlarini
tejamkorlikka va aniqlikni, koordinatsiyani yaxshilanishiga yordam beradi,
maqsadga yo‘naltirilgan harakatni, ongni, aqlni tetiklashtirish imkoniyatini
oldindan aniqlaydi. O‘smirlarda bosh qobig‘ining hissiyot ustidan nazoratini
osonlashtirish, ularga harakatli o‘yinlar jarayonida o‘zini tuta bilish, intizomlilik,
o‘yinda o‘rtoqlariga nisbatan xushmuomalalikni tarbiyalaydi.
O‘smir qobiliyati, uning yangi, takomillashgan harakatlari unga murakkab
harakatli o‘yinlarda zarur bo‘lgan texnikani muvaffaqiyatli yegallash imkonini
beradi. Ayniqsa, o‘yin yepchillik, muvofiqlik, harakatlarning o‘zaro mos kelishini
talab qiladi. Bunday o‘yinlar yetarli uncha ko‘p bo‘lmagan jismoniy kuchayishi va
o‘yin qatnashchilarini kuzata olish yetarli uzoq davom yetishi mumkin.
Ikki tomonlama o‘yin o‘smir mustaqillikka va mardonavor harakat qilishga
undab, uni o‘zining jamoasi, jamoasining sharafini himoya qilishga qiziqishini
orttiradi. Biroq bunda o‘smirlarning o‘zgarib turadigan xulqi, o‘zlariga to‘g‘ri baho
bera olmaslik harakatli o‘yinlarning noto‘g‘ri tashkil qilinishi oqibatida noxush
natijalar kelib chiqishi mumkin.
O‘smirlarning ko‘pchilik o‘yinlari o‘yinchilar o‘rtasida yetarlicha darajada
murakkab o‘zaro munosabatlarda tashkil qilinadilar. Bu o‘yinlar asosan jamoalar
guruhlar yoki jamoalarga bo‘linib o‘ynaydigan o‘yinlardir. Shunga o‘xshash
o‘yinlarda o‘smirlar jamoalari g‘alabasi uchun bir maqsad yo‘lida ongli ravishda
birlashib kurashadilar.
Kichik yoshdagi bolalar o‘yinlariga nisbatan o‘rta maktab yoshidagi bolalar
o‘yinlarining qoidalari murakkabroq bo‘lib, ular o‘rtasidagi o‘yin nizolarini hal
yetishda o‘yin qatnashchilaridan iroda kuchi, sabotlilik va chidamlilik namoyon
yetishni talab qiladi.
O‘smirlarning dramalashgan o‘yinlarga bo‘lgan qiziqishi sekin-asta ortib
boradi. Dramalashgan o‘yinlar «turar joylarda» ko‘pincha sayyohlar, ovchilar,
kurashni o‘zida aks yettirgan bo‘ladi. Bunday o‘yinlarda ko‘proq izquvarlik
yelementlari, aloqa, sanitariya bo‘yicha oddiy malakalar qo‘llanib, bu ayniqsa
159
bolalar dam olish oromgohlarida keng qo‘llaniladi.
Dramalashgan o‘yinlar ko‘pincha musiqa jo‘rligida va qahramonlarning
raqslari bilan o‘tkaziladi. Bolalar katta yoshdagi kishilar hayoti, mehnat faoliyati,
tabiiy hodisalarni, odamlar, hayvonlar va qushlarning hatti-harakatini kuzatib
hamda xalq tomoshalarida qatnashib, o‘zlari ko‘rgan narsalarni o‘yinlarida
tasvirlaydilar. Hayotni tasodifiy aks yettirish mazmunli-rolli, mazmunli – harakatli
va sport o‘yinlari uchun asos bo‘lgan.
O‘smirlar orasida dramalashgan o‘yinlarga nisbatan sport yelementlarini
ichiga olgan o‘yinlariga, ya`ni texnik va tashxisi yelementlari mujassamlashgan
o‘yinlar, shuningdek sport o‘yinlariga ko‘proq o‘rin beriladi.
Respublikamizda o‘smirlar o‘rtasida sport o‘yinlari keng ommalashib
bormoqda. Tabiiyki, o‘smirlar faqatgina natija uchun o‘tkaziladigan - futbol,
bastketbol, qo‘l to‘pi kabi musobaqalarni tomosha qilib qolishi bilan cheklanmay,
balki o‘smirlar sport musobaqalari kattalar o‘yin qoidalaridan farqli, ya`ni kichik
maydonlarda, o‘yin vaqti qisqartirilgan, o‘yin qoidalari soddalashtirilib, vazni
yengilroq to‘plarda o‘tkazilishi mumkin.
O‘smir-qizlar o‘yinda o‘g‘il bolalarga nisbatan kuchsizroq, ammo ular
nisbatan uzoq davom yetadigan, katta kuch sarf qilinadigan, tez harakatni talab
qiladigan o‘yinlarda ular bilan barobar kurasha oladilar, shuning uchun ayrim
jamoalarga
bo‘linib
o‘ynaladigan
o‘yinlarda
(«Arqon
tortishish»,
«Tortishmochoq»,) ularga o‘zlarining tengqurlari o‘g‘il bolalar jamoasiga qarshi
kurashish qiziqarli kechadi.
O‘smir-qizlar organizmini mustahkamlashda umumiy ahamiyatga yega
bo‘lgan o‘yinlar foydali (murakkab to‘siqlardan oshib o‘tish va muvozanat saqlash
yelementlari mavjud o‘yin- yestafetalar) va qo‘l-oyoqlarning yepchil, aniq
harakatini, gavdaning yegiluvchanligini talab qiladigan o‘yinlar (to‘pni otish va
ilib olish, sakrash, yugurib o‘tish bilan birga qo‘shib bajariladigan o‘yinlar).
O‘smir-qizlar o‘yin joylarida o‘yinashni yaxshi ko‘radilar. Bunday
o‘yinlarda ayrim qizlar hujumkorlik harakatlariga, ya`ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibi
bilan yaqinlashib borishga qiziqsalar, boshqalari «aloqachi» kabi rollarni
bajaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: