60
- umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ommaviy sog‘lomlashtirish hamda sinfdan
tashqari ishlarni rejalashtirish va o‘tkazishni tashkil qila bilish;
-o‘quvchilarning eng muhim ko‘rsatkichlari sifati, jismoniy rivojlanishi,
jismoniy tayyorgarligi monitoring tadqiqotini o‘tkazish;
-salomatlikni yaxshilashning asosiy vositalarini tadbiq qilish va noan’anaviy
usullardan foydalanish yo‘llari;
- umumiy o‘rta ta’lim makablarda sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarida interfaol
metodlardan samarali foydalanish;
Jismoniy tarbiya o‘quv dasturi asosida fan o‘qituvchisi yillik taqvim mavzuiy
reja ishlab chiqadi va ta’lim muassasalarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor
o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Taqvim mavzuiy reja tuzishda oraliq va
yakuniy nazorat ishlarining to‘g‘ri taqsimlanishi, nazariy bilim berish va amaliy
mashg‘ulotlarning ketma-ketligiga e’tibor qaratish lozim.
Ushbu o‘quv dasturda boblar kesimida umumiy soatlar ajratilgan bo‘lib, boblar
hajmi keltirilgan mavzularni taqsimlanishi o‘qituvchi tomonidan ijodiy yondashgan
holda amalga oshiriladi. Jumladan, taqvim mavzuiy rejani tuzishda o‘quv dasturida
boblarga ajratilgan (mavzularga berilgan) umumiy soat hajmi, mazmun va
mohiyatidan chiqmagan holda taqsimlanishi zarur. Taqvim mavzuiy reja tuzishda
o‘qituvchi bob ichida berilgan mavzularni sinflar kesimida taqsimot qilish vaqtida
o‘quvchilarni o‘zlashtirish darajasini inobatga olgan holda, namunada berilgan
soatlarni ko‘paytirsa, (*) belgisini qo‘yishi hamda dastur soatlarini taqsimotiga
kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan maktab pedagogik kengash yig‘ilishida
muhokama etib, qaror qismi bilan hujjatlashtirishi lozim.
Shunigdek, o‘quvchilarning Davlat ta’lim standartini o‘zlashtirish yuzasidan
o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra o‘quvchilar bilimida aniqlangan
bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida mavzularga ajratilgan soat hajmi 15% gacha
o‘zgartirish va metodik kengash yig‘ilishida kelishilgan holda maktab pedagogika
kengashida muhokama qilinib tasdiqlanishi maqsadga muvofiq. Mazkur dasturda
tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro‘yxatidan fan o‘qituvchilari ijodiy yondashgan
holda mavzularni kengaytirib o‘qitishda foydalanishlari mumkin.
O‘quv dasturning boshida har bir sinf o‘quvchilarining o‘quv faoliyati
natijalariga qo‘yiladigan talablar keltirilgan. Bu o‘z o‘rnida o‘quv yili
boshlanishida pedagoglarning harakat strategiyasini belgilab beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirining 2018 yil 5oktabrdagi 249-
sonli buyrug‘iga ko‘ra o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy
o‘rta ta’lim muassasalarining VIII-XI sinflarda “Jismoniy tarbiya” fani 2 guruhga
bo‘lib o‘qitiladi. VIII-XI sinflarda bo‘linmasdan o‘qitilganda dars mashg‘ulotlari
integratsiyalashgan o‘quv dastur asosida olib boriladi. Respublikamizning urf-odati
va milliy an’analariga ko‘ra, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda,
o‘quvchilarning jinsiga qarab sinfni ikki guruhga bo‘lishda qiz bolalar bilan (8-
11sinflarda) darsni ayol o‘qituvchi olib borishi ma’qul deb topildi.
Mazkur o‘quv dastur darsliklarning davriylik nashr etilishi asosida amaliyotga
joriy etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: