1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 24.01.2020 yil.
4
2021-yilgi xalqaro baholash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish uchun 348 ta
tayanch maktab belgilanib, 6 mingdan ortiq o‘qituvchining malakasi oshiriladi.
Joriy o‘quv yilidan boshlab mutlaqo yangi professional ta’lim tizimi yo‘lga
qo‘yilib, 340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va 143 ta texnikum tashkil
etiladi.
Kadrlar malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish
maqsadida milliy malaka tizimi ishlab chiqiladi. Ushbu tizim 9 mingga yaqin
kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlash imkonini beradi.
Oliy ma’lumot olaman, o‘z ustimda ishlab, ilmli bo‘laman, degan, yuragida
o‘ti bor, jo‘shqin yoshlarimizning tahsil olishi uchun hamma qulayliklarni
yaratishimiz shart. Shuning uchun maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab
olish darajasini 2020-yilda kamida 25 foizga va kelgusida 50-60 foizga yetkazish
rejalashtiriladi.
O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlanishi ayniqsa Respublikamizning
mustaqilligidan keyingi davrda jadal sur’atga ko‘tarildi. Mustaqil O‘zbekistonimizda
sog‘lom avlodni tarbiyalash hamda ta’lim-tarbiya jarayonini samarali olib
borilishida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va
sport” to‘g‘risidagi qonuni (05.09.2015 yil), “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni
(29.08.1997 y), “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (29.08.1997 y), Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi PQ-3031-sonli “Jismoniy tarbiya
va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi PF-5368-sonli
“Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan
takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018 yil 18 dekabrdagi PQ-4063-sonli “Yuqumli boʻlmagan
kasalliklar profilaktikasi, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va aholining
jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori,
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 29 yanvardagi 65-
sonli “Oʻzbekistonda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish va aholini
jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish toʻgʻrisida”gi Qarori hamda
jismoniy tarbiya va sport sohasiga tegishli qarorlar, shuningdek o‘tkazilayotgan tub
islohotlarning o‘rni muhim ahamiyatga egadir.
Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa
yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi
uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali
yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash,
mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish,
shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli
tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada
rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yurtimiz sportchilarining Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari, Osiyo
o‘yinlari va chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga
erishayotgani, dunyoda O‘zbekistonning obro‘-e’tibori va sport salohiyati yanada
oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport
inshootlari barpo etilayotgani, o‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida uch bosqichdan
5
iborat «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» sport musobaqalarini
ommalashib borayotgani ayniqsa e’tiborlidir.
Shu bilan birga, mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning
inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lik-
salomatlikning asosi ekanini targ‘ib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib
kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o‘z qobiliyat va
iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular
orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini
takomillashtirish borasida muhim va dolzarb vazifalar turibdi.
Shu boisdan mazkur o‘quv qo‘llanma 5A112001-Jismoniy tarbiya va sport
mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi magistratura mutaxassisligi uchun
mo‘ljallangan bo‘lib, bo‘lajak mutaxassislarga 5112000-jismoniy madaniyat
bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan mutaxassislik fanlarining maqsadi,
vazifalari, fanlarni o‘zlashtirishga qo‘yilgan talablar, mutaxassislik fanlari bo‘yicha
o‘quv faoliyatining turlari, mustaqil ishlarni bajarish, oliy ta’lim muassasalarida
sport turlariga oid mutaxassislik fanlarini tashkil qilish, o‘quv yuklamalarini
hisoblash, oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejasini tuzish,
jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejalari va fanlarning o‘quv
dasturlarini ishlab chiqish, kurs ishlarini bajarish hamda bitiruv malakaviy ishlarini
tayyorlashning o‘quv-metodik ta’minoti haqida bilim, ko‘nikma va malakalarga
ega qilish kabi dolzarb masalalarni o‘zida mujassamlashtirgan.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |