Trenerga tavsiyalar
•
Siz oldindan tsitatalar yoki gʻoyalar sonini belgilab olishingiz mumkin
(misol uchun, 2 ta, 4 yoki 5 tadan), - tsitatalar mazmuni va yo‘nalishi mutaxasislik,
fan yoki mavzuga mos bo‘lishi, kerak.
•
Agarda siz ijtimoiy-tarbiyaviy mavzuda bu treningni o‘tkazmoqchi
bo‘lsangiz gʻoyalar yoki tsitatalar hayotiy-ijtimoiy mavzularda tanlanishi mumkin
bo‘ladi. Bularning barchasi siz o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadga va sizning
pedagogik uslubingizga bogʻliq bo‘ladi.
•
Ish shakllari:
•
uchliklarda ishlash;
•
kichik guruhlarda ishlash;
•
blits-so‘rov – siz bir qator sportchilardan faqat bitta tsitatani va faqat
birgina sharhni o‘qib berishni so‘raysiz; Fidbeyk.
Yakunlar munozara tayyorlash yoki o‘tkazish, insho yozish yoki asoslangan esse
yozish uchun xizmat qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |