Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Yopiq raketka podrezkasi (chap tomondan)



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet186/254
Sana23.05.2023
Hajmi5,01 Kb.
#942828
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   254
Bog'liq
MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISH METODIKASI Oquv qollanma

Yopiq raketka podrezkasi (chap tomondan) 
Dastlabki holat chap tomon oʻyini uchun maqbuldir: oʻng oyoq bir oz 
oldinga surilgan, tana bir oz oʻngga burilgan. Zarba uchun chapga-tepaga-orqaga 
burilgan va tirsakdan bukilgan qoʻl harakati avval oldinga-pastga boʻladi, bu 
bosqichda tirsaklar toʻgʻrilanmaydi. Harakat jarayonida tana bir oz burilib, ogʻirlik 
markazi oʻng oyoqqa oʻtkaziladi. Zarba vaqtida raketkaning egilish burchagi 0 dan 
90 gradusgacha boʻlishi mumkin. Raqib koptokni pastdan aylantirib uzatgan 
vaqtda pastdan aylantirish qanchalik kuchli boʻlsa egilish burchagi ham shunchalik 
oʻtkir boʻladi. Kuchli qarshi podrezkada raketka deyarli gorizontal holda koptokka 
zarba beradi. Tepadan aylanib kelayotgan koptokni qabul qilishda raketkaning 
egilish burchagi oʻtkirroq boʻladi. Tepadan kuchli aylanib kelayotgan koptokni 
qabul qilishda podrezka ham kuchli boʻlishi kerak, raketkaning yoʻnalishi esa 
deyarli vertikal boʻlishi kerak. Ba’zan bunday oʻta kuchli aylantirilgan koptoklarni 


297 
polga yaqin yerda qabul qilinadi, chunki bu holda aylanish tezligi sezilarli darajada 
zaiflashadi. Podrezkada zarba kuchi koptokning qarshi tezligi va stolgacha boʻlgan 
masofaga bogʻliq. 
Sport oʻyinlarining oʻquv-uslubiy, ilmiy-nazariy asoslari, umumiy va 
maxsus mashqlari, shu mashqlarni qoidalari va bajarish texnikasi hamda taktikasini 
oʻrgatishni oʻrgatish orqali ushbu umumkasbiy fanni oʻzlashtirishga qoʻyilgan 
talablarni amalga oshirishga erishish mumkin boʻladi. 
2.8. Oliy ta’lim muassasalarida suzish mashgʻulotlarini tashkil qilish 
Jismoniy madaniyat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha oliy ta’lim muassasalarida 
suzish mashgʻulotlarini tashkil qilish va oʻtkazishda oliy va oʻrta maxsus, kasb-
hunar ta’limi yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv-uslubiy birlashmalar faoliyatini 
Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2018 yil 18 avgustdagi 4-sonli bayonnomasi 
bilan ma’qullanib, oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 25 avgustdagi 744-
sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan fan dasturlari asosida oʻquv rejalarga muvofiq 
amalga oshirilmoqda. 
Oliy ta’lim muassasalaridagi jismoniy madaniyat ta’lim yoʻnalishida suzish 
va uni oʻqitish metodikasi fani ixtisoslik fan hisoblanadi. Ushbu fan oʻquv rejaga 
muvofiq 2-3 kurslarda ya’ni 4-5 semestrlarda oʻqitiladi.
Suzish va uni oʻqitish metodikasi fani boʻyicha jami umumiy yuklamaning 
hajmi 198 soatni tashkil etadi. Shundan ma’ruza mashgʻulotlariga 20 soat, amaliy 
mashgʻulotlarga 58 soat, seminar mashgʻulotlarga 20 soat va mustaqil ta’lim uchun 
100 soat ajratilgan. 
Suzish va uni oʻqitish metodikasi fani boʻyicha tasdiqlangan oʻquv fan 
dasturida quyidagi mavzularni oʻqitish koʻzda tutilgan. 
Nazariy mashgʻulotlarga oid mavzular:
1-mavzu.Suzish va uni o‘qitish metodikasi fanining maqsadi hamda 
vazifalari. 
2-mavzu.Suzish sportining rivojlanish tarixi. 
3-mavzu. O‘zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya tizimida 
suzishning o‘rni. 
4-mavzu.Suzish texnikasining ilmiy-nazariy asoslari. 
5-mavzu. Suzish mashg‘ulotlarida mashq qilish va o‘rgatish asoslari. 
6-mavzu. Suzishning usullarini o‘rgatish 
7-mavzu. Suzish texnikasini takomillashtirish va o‘rgatishda maxsus sport 
mashqlari. 
8-mavzu. Ko‘krakda kroll va chalqancha kroll, delfin, brass usulida suzish 
texnikasini o‘rgatish. 
9-mavzu.Suzish mashg‘ulotlarida o‘rgatish metodlari. 
10-mavzu.Suzishda startdan chiqish va burilishlarni o‘rgatish. 
11-mavzu.Suvda cho‘kayotgan odamga birinchi yordam ko‘rsatish. 
12-mavzu.Quruqlikada suzish mashqlarini o‘rgatish 
Amaliy mashgʻulotlarga oid mavzular:
1. Suzish mashg‘ulotlarida mashq qilish va o‘rgatish asoslari.


298 
2. Suzishning usullarini o‘rgatish va o‘zlashtirish bo‘yicha tayyorlov 
mashqlari.
3. Suzish texnikasini takomillashtirish va o‘rgatishda maxsus sport 
mashqlari.
4. Ko‘krakda kroll va chalqancha kroll, delfin, brass usulida suzish 
texnikasini o‘rgatish. 
5. Suzish mashg‘ulotlarida o‘rgatish metodlari.
6. Suzishda startdan chiqish va burilishlarni o‘rgatish.
7. Suvda cho‘kayotgan odamga birinchi yordam ko‘rsatish.
8. 
Quruqlikda 
o‘rgatiladigan 
mashqlarning 
jismoniy 
sifatlarni 
rivojlantirishdagi o‘rni. 
9.Suvda o‘ynaladigan harakatli o‘yinlarni o‘rgatish. 
Suzish sport turining oʻziga xos umumiy va maxsus oʻquv-metodik 
xususiyatlarini oʻrganish hamda ularni talabalarga oʻrgatish jarayonida quyidagi 
masalalarni ham atroflicha oʻrganish maqsadga muvofiq boʻladi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish