Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Kurash turalarida raqibni muvozanatdan chiqarish va yiqitish usullariga



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet199/254
Sana23.05.2023
Hajmi5,01 Kb.
#942828
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   254
Bog'liq
MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISH METODIKASI Oquv qollanma

Kurash turalarida raqibni muvozanatdan chiqarish va yiqitish usullariga 
oʻrgatish texnikasi, taktikasi va usuliyoti 
 
Xususiy vazifa: raqibini muvozanatdan chiqarish usullarining texnik-taktik 
ahamiyatini tushuntirish. 


319 
Sportchilar gimnastika skameykalarida oʻtirib, trenerning tushuntirishlarni 
tinglaydilar hamda usul va harakatlarning koʻrsatilishini koʻzatadilar. 
Trenerning tushuntirishlari: Har bir sportchi raqibini uloqtirishga oʻtishga 
qulay fursatga ega boʻlishi kerak. 
Kurashchining mahorati koʻp jihatdan oʻz harakatlari bilan raqibini bir zum 
muvozanat yoʻqotishga, bir oyoqlab turib qolishga, bir tomonga ogʻishga majbur 
etish malakasiga bogʻliq. Shu vaqtda hujum qiluvchi butun kuchini raqibning qoʻl, 
gavda, oyoq harakatlarida muvozanat yoʻqotishga qaratishi va shu yoʻnalishda uni 
oʻzoqlashtirishi kerak. Bundan tashqari, raqibning muvozanatni tiklashga oid 
harakatlaridan ham mohirona foydalanib, uni qarshi yoʻnalishda uloqtirish 
mumkin. 
Shuni esda tutish kerakki, raqibni muvozanatdan chiqarish va oʻzining 
barqaror holatini saqlab qolish uchun eng qulay turish holati: polvonning yuqori, 
oʻng yoki chap turish holatidir. Shuningdek, bu turish holati hiyla ishlatish va 
uloqtirish uchun dastlabki holat sifatida ham ancha qulay hisoblanadi. 
Har bir kurashchi-polvon turish holatida bellashayotganda raqibini yaxshilab 
ola bilishi, uni muvozanatdan chiqarish uchun qulay payt tanlashi va uloqtirishi 
kerak. 
Raqibni muvozanatdan chiqarish va uloqtirish muvaffaqiyatli oʻtkazish uchun 
polvonlar bellashuvlarda ikkita asosiy harakat usulini qoʻlaydilar. 
1. Oʻz kuchlaridan va raqibining harakat kuchidan foydalanadilar. 
2. Oʻz kuchlarini raqibning harakat kuchi bilan qoʻshib, foydalanadilar, 
polvon oʻz kuch-gʻayratini harakat qilayotgan yoʻnalishga sarf etadi. 
Shunday qilib, raqibini oʻziga tortish, siltash yoki ajratib yuborish, qadam 
tashlab siljish, gavdani burish yoki engashtirish bilan muvozanatdan chiqarish 
mumkin. 
Trener raqibini turgan joydan va harakatda oʻziga tortish, oʻzidan oʻngga va 
chapga siljish, oldinga va orqaga siltab koʻtarish, qadam tashlash, oʻzi atrofida 
burilish va gavdani engashtirish bilan muvozanatdan chiqarish usullarini 
koʻrsatadi. Trener usullarni qoʻrsatayotganda oʻquvchi yiqilayotgan vaqtda uni 
kiyimdan ushlab qolish, ehtiyotlash usulini koʻrsatadi. 
Xususiy vazifa: uloqtirishni tayyorlash uchun raqibini muvozanatdan 
chiqarish usullariga oʻrgatish. Bu usullarga oʻrgatishdan oldin trener 
shugʻullanuvchilarni oʻziga qaratib, keyin esa bir-biriga yuzma-yuz qaratib ikki 
sherenkaga saflaydi. 
Oyogʻi hisobiga muvozanatdan chiqarish va kombinatsiyalashgan usullar turli 
usulda uloqtirish-larni oʻrganish bilan birga yoritiladi. 
1-topshiriq. Juftliklar bir-birlarini ushlashib olib oldinga, orqaga va yon 
tomonlarga siljitish hamda sherigini oʻziga tortish, turli tomonga siltash bilan qoʻl 
va gavdani harakatlantirish hisobiga muvozanatdan chiqarishga harakat qilishadi. 
Sherigi muvozanatni yoʻqotganda oʻrtogʻi uning kiyimidan tutib qoladi. Trener 
takroriy ravishda ushlash usullarini koʻrsatadi. Mashq 3 daqiqa davomida 
bajariladi. 
Metodik koʻrsatmalar. 
Ushlash usullarini xima-xillashtirish va sherigini muvozanatdan chiqarish 


320 
uchun anchagina qulay boʻlgan usulni tanlash kerak.
Shoshilmaslik, siljitayotib keyingi harakat uchun qulay paytni sezish zarur. 
2-topshiriq juft-juft boʻlib siljitish va muvozanatdan chiqarish usullarini 
takomillashtirish. Mashq 3 daqiqa davomida bajariladi. 
Trener har bir juftlikka va yakka oʻquvchiga metodik koʻrsatmalar beradi va 
shunday metodik usul bilan sheriklari 3-5 marta almashtiradi. Ba’zan u kuchli 
oʻquvchini kuchlisi bilan, ancha boʻsh va yengil oʻquvchini oʻziga oʻxshagan 
oʻquvchi bilan sherik qilib qoʻyadi. 
3-topshiriq. Siljib yurish va sherigini muvozanatdan chiqarishga harakat 
qilish, lekin qoʻshimcha ravishda usullarni qadam tashlash, burilish yoki gavdani 
engashtirish bilan sinab qoʻrish. 
Trener biror oʻquvchi bilan usullarni koʻrsatadi, soʻngra shugʻullanuvchilar 
ushlashni mustaqil ravishda 3 daqiqa davomida bajaradilar.
Metodik koʻrsatmalar. 
Sherigini oʻngga, chapga, oʻngga- orqaga, oldinga- oʻngga va hokazo 
tomonlarga engashtirish. 
Chap oyoq bilan oldinga bir qadam tashlash, oʻng oyoqni sherigining chap 
oyogʻi yoniga keltirish va gavda ogʻirligini oʻngga oʻtkazish; gavdani engashtirish 
hisobiga sherigini bir tomonga ogʻdirish. 
Sherigi oyogʻi yoniga va undan oʻtkazib qadam tashlash. 
Mashqni bajarish davomida sheriklar almashti-riladi. Yangi sherik bilan 3 
daqiqa mashq qilinadi. 
4-topshiriq. Qoʻllarni harakatlantirib siljib hiyla ishlatish, payt poylab 
sherigini ushlab olish. Turli tomonga va aylana boʻylab siljib yurish, avval 
oʻrganilgan usul bilan sherigini muvozanatdan chiqarishga harakat qilish. Bunday 
urinishlarni 3-5 marta takrorlash. 
Sherigining qarshilik qoʻrsatishiga, ushlashdan qutilishga va oʻzi ham faol 
harakat qilishga ruxsat beriladi. 
Topshiriq mustaqil ravishda 3 daqiqa bajariladi. Har bir juftlikka va har bir 
bolaga alohida metodik koʻrsatmalar beriladi hamda keyinchalik trener ularning 
harakatini baholaydi. 
Topshiriq bajarish davomida sheriklar almashi-nadi. Oʻzaro bogʻlangan 
tayyorlovchi harakatlar, turli holatda turib siljish, xilma-xil ushlash va sherigini 
muvozanatdan chiqarish usullari ham shu yoʻnalishda oʻtkaziladi. 
Harakatlarni sherigini almashtirib bajarishdan iborat metodik usul aslida 
trenirovkaning aylanma metodidir. Milliy kurashda bu metod harakatlarni 3-5-10 
sherigini almashtirib takomillashtirishga hamda sportchilarga gavda toʻzilishi, 
psixik holati, temperamenti va hokazolari boʻyicha turli xil boʻlgan sheriklar bilan 
mashq qilib, texnik-taktik harakat-larini his qilishga imkon beradi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish