Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet155/254
Sana23.05.2023
Hajmi5,01 Kb.
#942828
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   254
Bog'liq
MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISH METODIKASI Oquv qollanma

Ochkolar hisobi:
agar to‘p uzatayotgan tomon o‘yinni yutib olsa, unga 
ochko hisoblanadi, keyin esa, xuddi shu o‘yinchi maydonni boshqa qismidan 
to‘pni uzatadi. Agarda to‘p uzatishda qabul qilayotgan tomon yutsa, u ochkoga ega 
bo‘ladi, va u navbatdagi to‘p uzatuvchi tomon hisoblanadi. 
To‘p uzatishlarning izchilligi: 
har qanday o‘yinda to‘p uzatish huquqi izchil 
o‘tadi. To‘p uzatishning o‘ng maydonidan o‘yinni amalga oshiruvchi o‘yinchidan 
dastlab qabul qilayotganning sherigiga, to‘p uzatish maydonning chap tomonidan 
amalga oshirilishi lozim, birinchi to‘p uzatgan sherigiga qaratib, dastlab qabul 
qilayotgan sherigiga va dastlabki yuborayotganga va hokazo. Hech qaysi o‘yinchi 
navbatida bo‘lmagan holatda to‘p uzatishi, qabul qilishi yoki bitta geymda ketma-
ket to‘pni qabul qilishi mumkin emas. Geymni yutgan har qanday o‘yinchi keyingi 
geymda birinchi bo‘lib to‘p uzatni amalga oshirishi lozim hamda yutqizgan 
tomonning har qanday o‘yinchisi birinchi bo‘lib to‘pni qabul qiladi. 
To‘p uzatish maydonining xatolari. 
To‘p uzatish maydonining xatolari, 
agarda o‘yinchi navbati bo‘lmagan holda to‘p uzatsa yoki qabul qilsa, to‘p 
uzatishning muvofiq bo‘lmagan tomonidan to‘p uzatsa yoki qabul qilinsa, xato 
amalga oshirilgan bo‘ladi. Agarda to‘p uzatish maydonida xato qilingan bo‘lsa, u 
to‘g‘rilanmaydi, va bu o‘yindagi geym o‘yinchilarni o‘rnini o‘zgartirgan holda 
davom etadi.
O‘yin qoidalarini buzish. 
O‘yin qoidalarini buzish, ya’ni “fol” quyidagi 
holatlarda ko‘rinadi: agarda to‘p uzatish qoidalariga ko‘ra amalga oshirilmagan. 
To‘p uzatish paytida volan to‘rga tegib qoladi yoki uning ustki qismida osilib 
qoladi; to‘rdan uchib o‘tayotib, unda ilinib qoladi; qabul qilayotganning sherigi 
birga o‘ynayotgan vaqtida zarba qaytarilsa. O‘yin vaqtida volan: kort 
chegarasining ortiga tushsa; to‘r orasidan yoki uning tagidan o‘tsa; to‘rning 
tepasidan-ustidan uchib o‘tmasa; zalning shifti yoki devorlariga tegsa; 
o‘yinchining tanasi yoki kiyimiga tegsa; kortdan tashqari har qanday buyum yoki 
shaxsga tegib ketsa; raketka bilan qo‘l tutilsa; keyin zarbani amalga 
oshirayotganda otib yuborilsa; bitta o‘yinchi tomonidan ikkita zarba bilan ikki 
marotaba qaytarilsa. Ammo volan raketkaning bosh qismiga yoki bitta zarbada 
o‘yinchi yoki u bilan birga o‘ynayotgan sherigi tomonidan qaytarilsa, izchil tarzda 
yoki o‘yinchining raketkasiga tegsa va raqib maydoni tarafiga harakatlanmasa, 
o‘yin vaqtida o‘yinchi to‘rga yoki to‘r ustunlariga raketka bilan teginsa, tanasi yoki 
kiyimi tegsa; raqib tomoniga to‘rni ustidan raketka yoki tanasi bilan o‘tib ketsa; 
zarba berayotgan volanni raketka yordamida zarba yo‘nalishida to‘r ustidan 
kuzatishi mumkin. Ammo bunda, agarda raketkaning bir marta volanga tegishi, 


258 
urayotgan tomonida bo‘lsa. Raqibning tomoniga to‘rtagidan yoki tanasi bilan 
raqibiga xalaqit bergan holda kirsa, raqibga xalaqit berib, ya’ni uni raketka yoki 
tanasi bilan volanga zarba berayotgan vaqtida blokka qo‘ysa va bunda to‘r 
darajasidan yuqorida bo‘lsa hamda raqibni har qanday harakatlar, masalan, imo-
ishora, baqir-chaqirlar bilan diqqatini jalb etsa va turli qoida buzarliklarni amalga 
oshirsa. 
Bahsli
. “Bahsli” yuqorida balandda o‘tirgan hakam tomonidan e’lon 
qilinadi. “Bahsli”ni e’lon qilishdan oldin “to‘xtash” buyrug‘i e’lon qilinadi. 
“Bahsli”– agarda to‘p uzatuvchi qabul qiluvchi qabul qilishga tayyor bo‘lishidan 
oldin to‘p uzatsa. To‘p uzatayotganda ham to‘p uzatuvchi, ham to‘pni qabul 
qiluvchi qoidalarni bir paytning o‘zida buzsa. O‘yin vaqtida volan to‘rga ilinib 
qolsa va uning tepa qismida ilinib tursa; to‘r ustidan uchayotib, uning ichiga kirib 
qolsa; volan buzilib, bosh qismi pastki qismidan ajralib ketsa; yuqoridagi 
hakamning fikricha, o‘yin to‘xtatilgan yoki o‘yinchi raqibning murabbiyi diqqatini 
jalb etgan bo‘lsa, chiziqdagi hakam ko‘rmasada, yuqoridagi hakam o‘z qarorini 
e’lon qila olmasa va har qanday kutilmagan yoki tasodifiy vaziyatda e’lon qilinadi. 
Agarda “bahsli” e’lon qilinsa, oxirgi to‘p uzatish paytidagi o‘yin hisoblanmaydi va 
to‘p uzatishni amalga oshirgan o‘yinchi yana to‘p uzatishni amalga oshiradi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish